YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
109
HOMILADORLIKDAN KEYIN BACHADONNING GISTOLOGIK O‘ZGARISHLARI
Ахмедов У.Х.
Termiz Iqtisodiyot va Servis universiteti
https://doi.org/10.5281/zenodo.14039688
Mavzuning dolzarbligi:
Hozirgi kunda jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining
malumotlariga qaraganda 300 minga yaqin onalar tug‘iriqdan keying asoratlar tufayli vofot
etar ekan. JSST malumotlariga asosan hozirgi kunda homiladorlikdan keyingi asoratar
natijasida 500 minga yaqin onalarda bachadon amputatsiyasi amalga oshiriadi. Bularning
sabablari turlicha bo‘lib mavzuda shular yoritib o‘tilgan. Bularning barchasi bachadonning
tug‘ruqdan keyingi involyusiyasi deb ataladigan jarayonni belgilaydi. Tug‘ilgandan so‘ng
darhol uning pastki qismi kindikdan biroz pastda joylashgan. Tug‘ruqdan bir hafta o‘tgach,
bachadon tanasi 2 barobar kamayadi va 4-6 haftadan so‘ng uning hajmi va vazni
homiladorlikdan oldingi kabi bo‘ladi. Involyutiv o‘zgarishlarning tezligi asosan tug‘ilish akti va
tug‘ilish davrining o‘ziga xos xususiyatlari, shuningdek tug‘ilgan bolaning vazni, amniotik
suyuqlik miqdori, uterotonikadan foydalanish va boshqalar bilan belgilanadi. O‘z navbatida,
bachadon subinvolyusiyasi tug‘ruqdan keyin yiringli-septik asoratlar paydo bo‘lishi uchun
xavf omili bo‘lishi mumkin.
Tadqiqot maqsadi:
Tug‘ruqdan keyingi bachadon asoratlarini kamaytirish va ularni
oldini olish yuzsidan yangicha yondoshuvlarni ishlab chiqishdan iborat. Xususan tug‘ruqdan
keyingi qon ketish sabablari o‘rganiladi.
Tadqiqot materiallari va usullari:
Surxondaryo viloyat patologik anatomiya byurosiga
olib kelingan tug‘ruqdan keyin bachadon amputatsiyasi qilingan bachadonlarning
makroskopik, mikroskopik tekshiruvlari, bachadon tuzilmalaridan olingan bioptatlarni
gemotoksilin-eozin bilan
bo‘yash usullaridan foydalanildi. Tadqiqot uchun 100 dan oshiq
tug‘ruqdan keyingi bachadon namunasidan olingan mikropreparatlardan foydalanildi.
Tadqiqot natijalari:
Tug‘ruqdan keyingi bachadon mikroskopik tekshirishlari
natijasiga ko‘ra bemorlarning 70 tasida (ya’ni 65,4%) turli darajadagi bachadon devorining
mushak qavatida tug‘ruqdan keyingi 5 haftada qisqarishi buzilgan holatda bachadon
amputatsiyasi qilingan. Miometriyning o‘zgarishlari. Silliq tolali mushak to‘qimasi orasiga
fibroblastlarning o‘sib kirishi kuzatilgan. Miometriydagi silliq tolali mushaklarning atrofik
o‘zgarishini ko‘rishimiz mumkin. Homiladorlikdan keyingi bachadon gistroektomiyasining 37
tasida (37,8%) turli, bachadon devorining mushak qavati tug‘ruqdan keyingi 4 haftada
bachadonning dastlabki holatga qaytishi buzilgan holatda bachadon amputatsiya qilingan
miometriyning o‘zgarishlari (Gemotaksilin-eozin bilan bo‘yalganda bachadon devorining
tuzilishi mikroskopik ko‘rinishda to‘qimaga qon quyilgan, o‘choqlar qon tomirlar to‘laqonligi
kuzatilgan.
Xulosa:
Bachadon – tug‘ruqdan keyingi dastlabki daqiqalarda uning intensiv qisqarishi –
tug‘ruqdan keyingi qisqarish sodir bo‘ladi, bu esa bachadon hajmini kamaytirishga yordam
beradi. Tug‘ruqdan keyingi holatlarda qisqarishining buzilishlari turli sabablar tufayli yuzaga
keladi. Bulardan eng asoratlisi bachadon endometriyning funksional buzilishi va silliq tolali
mushaklarning gipoplaziyasi natijasida yuzaga keladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
110
References:
1.
Shynlova O., Kwong R., Lye S. J.
Mechanical stretch regulates hypertrophic phenotype of
the myometrium during pregnancy // Reproduction. 2010. Vol. 139, N 10. Р. 247–253.
2.
Серов В.Н., Тютюнник В.Л., Кан Н.Е. и соавт. Послеродовые гнойно-
воспалительные заболевания Учебное пособие (УМО №255/05.05- 20 от 23.07.2014). М.:
«Центр полиграфических услуг «Радуга», 2014, 98 с.
3.
Clark SL, Belfort MA, Dildy GA et al. Maternal death in the 21st century: causes,
prevention, and relationship to cesarean delivery.
Am J Obstet Gynecol
., 2008
4.
Орджоникидзе Н.В., Емельянова А.И., Мешалкина И.В. Послеродовая инфекция.
Под ред. акад. РАМН Г.Т. Сухих. М., 2012, 480 с.
5.
Ahnfeldt-Mollerup P, Petersen LK, Kragstrup J. Postpartum infections: occurrence,
healthcare contacts and association with breastfeeding.
Acta Obstet Gynecol Scand
. 2012.
91(12): 1440-4
6.
Conroy K, Koenig AF, Yu YH et al. Infectious morbidity after cesarean delivery: 10
strategies to reduce risk.
Rev Obstet Gynecol
. 2012. 5(2)
