YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
135
BOSHLANG’ICH TA’LIMDA TARBIYA DARSLARINI O’TISHDA TAYANCH
KOMPETENSIYALARNI QO’LLASH METODIKASI
M. Abdullaeva
QDPI 3-kurs tayanch doktoranti
Abdullaevamarifatxon5@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.14005712
Annotatsiya:
Tarbiya fanining bugungi kundagi talabi darajasi: fanning kundalik
hayotda tutgan o’rni, talabalarning mantiqiy tafakkuri, ilmiy dunyoqarashi, o’zini-o’zi
manaviy, aqliy kasbiy rivojlantirishi, ta’lim olishlari va kasbiy faoliyati davomida kerakli
kompetensiyalarni shakllantira olishi bilan belgilanadi. Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv
talabalarda u yoki bu fanga bo’lgan qiziqishlari ya’ni motivatsiyasini uyg’otish orqali amalga
oshadi. “Boshlang’ich ta’limda tarbiya” fanidan talabalarda “Milliy qadryatlar tushunchasini
taxlil etish” dars mavzusiga oid muammoli vaziyatni taxlil qilish bilan talabalarda motivatsiya
uyg’otamiz.
Kalit so’zlar
: tarbiya fani, kompetensiyaviy yondashuv, tayanch kompetensiya, kasbiy
faoliyat.
Bugungi kundagi fan texnikaning mislsiz taraqqiyoti, axborotning kundan-kunga ortib
borishi bilan bog’liq globallashuv sharoitida ta’lim-tarbiyaga innovatsion yondashuvlar va
yangiliklarni joriy etish tajribasi talab qilinmoqda. Bu esa pedagoglardan darslarni turli
texnalogiyalar asosida o’tish, talabalarga zamon talabiga doir bilimlarni yetkazib berish, fan
predmetiga doir motivatsialar berish, talabalarda mantiqiy va tanqidiy fikrlashga o’rgatadigan
ma’lumotlardan samarali foydalanish zaruratini keltirib chiqaradi. Chunki bugungi kunda
o’quvchining atrof-olamga munosabati, fikrlashi, dunyoqarashi, rivojlanishi, kasbiy o’sishi
uman olganda shaxs sifatida shakllanishiga ta’sir qiladigan omillar shu darajada ko’pki,
ularning ichidan o’z pozitsiyasini ajratib olish va jamiyatda shaxs sifatida shakllanish global
muammodir. Shu nuqtai nazardan fanlardan kompetentlikka yondashilgan ilmiy tadqiqotlar
o’tkazishdan maqsad, o’quvchilarning bilim saviyasini bugungi kun talabiga moslash, horijiy
ilg’or texnologiyalarni joriy etish, kelajakda ularning egallagan bilim, malaka va ko’nikmalarini
kasbiy va ijtimoiy faoliyatlarida amaliy jihatdan qo’llay olish kompetensiyalarini
shakllantirishga yo’naltirilgan.
Tarbiya fanining bugungi kundagi talabi darajasi: fanning kundalik hayotda tutgan
o’rni,talabalarning mantiqiy tafakkuri, ilmiy dunyoqarashi, o’zini-o’zi manaviy, aqliy kasbiy
rivojlantirishi, ta’lim olishlari va kasbiy faoliyati davomida kerakli kompetensiyalarni
shakllantira olishi bilan belgilanadi. Ta’limga kompetensiyaviy yondashuv talabalarda u yoki
bu fanga bo’lgan qiziqishlari ya’ni motivatsiyasini uyg’otish orqali amalga oshadi.
“Boshlang’ich ta’limda tarbiya” fanidan talabalarda “Milliy qadryatlar tushunchasini taxlil
etish” dars mavzusiga oid muammoli vaziyatni taxlil qilish bilan talabalarda motivatsiya
uyg’otamiz. Quyida talabalarda tayanch va fanga oid umumiy kompetensiyalarni
rivojlantirishga oid dars na’munasini keltiramiz:
Mavzu: Milliy qadryatlar tushunchasini taxlil etish
.
Reja:
1.
Tarbiya darslarida milliy qadriyatlar, urf-odat va marosimlarni o‘rganish
2.
Milliy qadriyatlarning shaxs kamolotiga tasiri.
3.
“Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunning mohiyati va mazmuni.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
136
4.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini milliy qadriyatlar asosida tarbiyalash.
5.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari ongiga umuminsoniy qadriyatlarni singdirish.
6.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida
tarbiyalanganlik darajasini baholash.
Muammoli savol berish. (2.2-rasm):
Keltirilgan rasmlarga izoh bering. Milliy qadriyat, milliy annana, milliy urf- odatning bir-
biridan farqi nimada?
1.
Kommunikativ kompetensiyani shakllantirish
.
“Milliy qadriyatlar tushunchasini taxlil etish” mavzusida talabalarning milliy qadriyat
tushunchasi, uning inson hayotida tutgan o’rnini eshitish, gapirish orqali o’z fikrlarini bayon
qila olishi, milliy qadriyatlarga misollar yozish orqali yozma nutqlari shakllanadi, mavzuga oid
tushunchalarning turli davrlardagi ko’rinishi, nomlanishini bilish va o’z bilimlariga asoslangan
xolda qat’iy fikrga ega bo’lish, bilim va ko’nikmalariga tayangan holda qarorlar qabul qila
olishlari tufayli talabalarda ushbu kompetensiya rivojlanadi. Masalan: (2.3-rasm)
2.
Axborot bilan ishlash kompetensiyasini shakllantirish
.
“Milliy qadriyatlar tushunchasini taxlil etish” mavzusini o’rganishda milliy
qadriyatlarimizga oid manbalarni topish, tanlash, samarali foydalanish, inson hayotidagi o’rni
va turmush tarzidagi axamiyatini taxlil qilish orqali ushbu kompetensiya shakllanadi.
Masalan:
Buyuk qirg‘iz yozuvchisi Chingiz Aytmatov “Qiyomat” asarida “O‘zbeklarning odatlari
turkiy xalqlar uchun Bobil vazifasini o‘tagan”, - deb yozadi.
Talabalarga yangi axborotlarni izlash vazifasi beriladi. (2.2-jadval)
3.
O’zini-o’zi rivojlantirish kompetensiyasini shakllantirish.
“Milliy qadriyatlar tushunchasini taxlil etish” mavzusini mustaxkamlash uchun yer
yuzida yashaydigan barcha xalqlarning o’z ananlari urf-odatlari, milliy qadriyatlari
mavjudligini tushunish, o’zbek milliy qadriyatlarini davriylik tamoili asosida taxlil qilib ko’rish
va milliy qadriyatlarning axamiyati haqida o’qib o’rgangan, bilim tajribalariga tayangan holda
hayoti davomida qo’llay olishga yondahish ko’nikmalari shakllantiriladi. Masalan:
1) Qo’shnichilik aloqalarining inson hayotidagi axamiyatini izohlab bering.
2) Bag’rikenglik-ya’ni bir jamiyatda turli millat va elatlarning birga yashashi sizning
hayotingizda qanday o’rin tutgan?
4.
Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasini shakllantirish.
“Milliy qadriyatlar tushunchasini taxlil etish” mavzusini o’rganish davomida bugungi
kunda global masalardan bo’lgan iqlim o’zgarishi va uning salbiy oqibatlari, butun dunyoda
kechayotgan suv tanqisligi muammosi va uni oldini olish chora-tadbirlari, turli mintaqalarda
bo’layotgan qirg’inbarot urushlar va unga nisbatan mamlakatimiz va fuqorolik pozitsiyalari
kabi muammolar yechimlariga daxldorlik. Ko’chada, uyda suvni isrof qilmaslik, tabiatga zarar
yetkazadigan (daraxt kesish, olov yoqish, jonivorlarni ovlash kabi zararli odatlarni qilmaslik),
turli millatga mansub bo’lgan qo’ni-qo’shnilar bilan birdamlikda va axillikda yashash kabi
tushunchalarni talabalar ongiga singdirish orqali ushbu kompetensiya shakllanadi. Masalan:
(2.4-jadval)
5.
Milliy va umummadaniy kompetensiyani shakllantirish.
“Milliy qadriyatlar tushunchasini taxlil etish” mavzusini mustaxkamlashda milliy
obidalarimiz, ajdodlarimiz tomonidan qurdirilgan ko’xna yodgorliklarni asrab, avaylash, u
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
137
yerda o’rnaatilgan odob-axloq qoidalariga rioya qilish, o’zgalarning dunyoqarashi, anana va
ma’rosimlarini hurmat qilish orqali ushbu kompetensiya shakllanadi.
Masalan: Samarqand shaxrida joylashgan Registon maydoni.(2.4-rasm)
6.
Fan va texnika yangiliklaridan xabardor bo’lish xamda foydalanish
kompetensiyasini shakllantirish
.
Mavzuga doir tarixiy sanalrni yodlab qolishda, kundalik turmushda uchraydigan hissob-
kitoblarga rioya qilgan xolda: darsga qo’ng’iroq chalinmasdan yetib kelishi, kutubxonaga
qancha vaqt ajratish, dars davomida kompyuter, planshet, elektron doskadan foydalanish
uchun o’z bilim va rejasiga ega bo’ladi. Shu bilan birga aniq xisob-kitoblar asosida shaxsiy,
oilaviy va iqtisodiy rejalar tuza oladi. Insonlar uchun qulay shart-sharoit yaratadigan fan va
texnika yangiliklaridan samarali foydalanadi. Masalan: (2.5-jadval)
2.5-jadval
ChatGPT nima?
Sun’iy intelekt tizimi
Qanday halqaro qidiruv tarmoqlarini
bilasiz?
Google, Yandex, Nigma, notEvil.
Kompyuterda yozilgan ma’lumotlarni
ko’chirish tugmasi qaysilar?
CTRL+C
References:
1.
N.Xujayev, N.Xasanboyev “Iqtisodiy pedagogika” T.” O’qituvchi” . 2002-yil.
2.
Muslimov N.A. Kasb ta’limi o’qituvchisini kasbiy shakllantirishning nazariy-metodik
asoslari. Ped.fan. dok…dis. –T.: TDPU. 2007.-30-bet
3.
M. Abdullaeva CLASSIFICATIONS OF TEACHER'S PROFESSIONAL COMPETENCE
DEVELOPMENT BASED ON "PEDAGOGY" IN PRIMARY EDUCATION. International jurnal of
education. Social Sciense & Humanities Volume-12| Issue-5| 2024 Published: |22-05-2024|
4.
M. Abdullaeva. “Boshlang’ich ta’limda “Tarbiya fani”ni o’qitishda o’qituvchilarning
kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish maqsadlari.” Til va adabiyoti. 13-son. 2024y. 73-bet