YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
113
AYOLLARDA ARTERIAL GIPERTENZIYANING PAYDO BO‘LISHINI YOSHGA
BOG‘LIQ HOLDA SABABLARINI O‘RGANISH
Yarmuxamedova D.Z.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 1-son Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi
dotsenti, t.f.n.
Ne’matova D.N.
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 1-son Oilaviy tibbiyotda ichki kasalliklar kafedrasi
2-kurs magistranti “Neo Med Cardio” xususiy klinikasi
Toshkent, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.13995451
Maqsad:
Turli yoshdagi ayolllarda arterial gipertenziya (AG) ning paydo bo‘lish
sabablarini o‘rganish.
Kalit so‘zlar:
Arterial gipertenziya, reproduktiv yosh, qandli diabet, semizlik, klimaks
davr
Tadqiqot materiali va usullari:
“Neo Med Cardio” xususiy klinikasida 2024-yilning
yanvar va 2024-yilning sentabr oylari oralig‘ida AG bilan davolangan 285 ta ayollarning kasallik
tarixi retrospektiv tahlil qilindi. Bemorlar quyidagi guruhlarga bo‘lindi: 1) 30 yoshgacha (70
ta); 2) 50 yoshgacha (95 ta); 3) 70 yoshgacha (65 ta) 4) 70 yoshdan yuqori (55 ta).
Tadqiqot natijasi:
30 yoshgacha bo‘lgan ayollarning 52,8 % (37 ta) AG ning paydo
bo‘lishini homiladorlik bilan bog‘ladi. 18.5 % (13 ta) ayollar surunkali buyrak
yetishmovchiligini AG ning sababi deb hisobladi. Bemorlarning ko‘p qismi yani 65.7%(46 ta)da
yaqin qarindoshlari orasida AG borligi aniqlandi. Ularning ayrimlarida itsenko-kushing
sindromi (1 ta), qandli deabet (4 ta), semizlik (12ta) ham uchradi.
31 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan ayollarning 61 % (58 ta)da AG ning boshlanishi klimaks
davriga to‘g‘ri keldi. Ushbu yosh oralig‘idagi 25,2 % (24 ta) bemorlarda qandli deabet borligi va
shu sababli arterial bosim ko‘tarilishi ma’lum bo’ldi. Shuningdek ayollarning ko‘p qismida
68.42 % da semizlik mavjud.
51 yoshdan 70 yoshgacha bo‘lgan ayollarning 64,6 %i (42 ta) AG ning boshlanishi klimaks
davri bilan bog‘liqligini ta’kidladi. 58,4% (38 ta) bemorlar esa oila a’zolari orasida AG
uchraydiganlar borligini aytdi. Ushbu ayollar orasida qandli deabet (10 ta), surunkali buyrak
yetishmovchiligi (9 ta), buyrak usti bezi kasalligi bilan bog‘liq holatlar (4 ta) ham bor. Lekin
bemorlarning asosiy qismida 87,6 % da semizlik mavjud.
70 yoshdan katta bemorlarning 92.7 % (51 ta)da kasallik 70 yoshdan oldin boshlangan.
Qolgan ayollar esa sababini aniq ayta olishmadi.
Xulosa:
AG ning asosiy sababi reproduktiv yoshdagi ayollarda homiladorlik va nasliy
moyillik, reproduktiv yoshdan keyin klimaks va semizlikdir.
References:
1.
Gathiram P, Moodley J. Pre-eclampsia: its pathogenesis and pathophysiolgy. Cardiovasc J
Afr. (2016) 27:71–8. 10.5830/CVJA-2016-009 [DOI] [PMC free article] [PubMed] [Google
Scholar]
2.
Hod T, Cerdeira AS, Karumanchi SA. Molecular mechanisms of preeclampsia cold. Spring
Harb Perspect Med. (2015) 5:a023473. 10.1101/cshperspect.a023473 [DOI] [PMC free article]
[PubMed] [Google Scholar]
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
3.
Engberding N, Wenger NK. Management of hypertension in women. Hypertens Res.
(2012) 35:251–60. 10.1038/hr.2011.210 [DOI] [PubMed] [Google Scholar]
4.
Vongpatanasin W. Autonomic regulation of blood pressure in menopause. Semin Reprod
Med. (2009) 27:338–45. 10.1055/s-0029-1225262 [DOI] [PubMed] [Google Scholar]