Авторы

  • Dostonbek Sultonov
    O‘zDSMI FMF “Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46794

Ключевые слова:

Teatr san’at voqelik L.N.Tolstoy. K.S.Stanislavskiy tomoshabin rejissyor aktyor adabiyot.

Аннотация

Ushbu maqolada teatr sohasida saxnada aktyorning quroli nutq haqida, uning aktyorga beradigan yordami haqida so‘z boradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

65

SAHNA NUTQI

Sultonov Dostonbek

O‘zDSMI FMF

“Dramatik teatr rejissorligi” 4-bosqich talabasi

sultonovdoston07@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13968689

Annotatsiya:

Ushbu maqolada teatr sohasida saxnada aktyorning quroli nutq haqida,

uning aktyorga beradigan yordami haqida so‘z boradi.

Kalit so‘zlar:

Teatr, san’at, voqelik, L.N.Tolstoy. K.S.Stanislavskiy, tomoshabin, rejissyor,

aktyor, adabiyot.

Sahna nutqi

- teatrda badiiy obraz yaratish, qahramon xatti-harakatlari, histuygʻularini

tomoshabinga yetkazishda asosiy ifoda vositalaridan biri. Sahna nutqi texnikasi aktyorlik
mahoratining muhim unsurlaridan boʻlib, unda aktyor ovozining yoqimliligi, jarangdorligi,
talaffuzining toʻgʻri va anikligiga amal qilgan holda, turli davr, turli kasb kishilarining til
xususiyatlarini, harakterlarning ijtimoiypsixologik, milliy, maishiy hislatlarini ifodalaydi.
Sahna nutqining talaffuzi va ohangi ijro etilayotgan asarning janri va uslubiga bogʻliq. Teatr
taraqqiyoti tarixida turli aktyorlik maktablari va yoʻnalishlarida Sahna nutqi uslubi va
xususiyatlari qam oʻzgarib, rivojlanib kelgan.

Sahna nutqi sohasida amalga oshirilgan ko‘p yillik ish tajribalari shuni ko‘rsatadiki,

talabalar faqat omma oldiga so‘zga chiqqanlaridagina o‘zlarining so‘z san’atiga asosiy
e’tiborlarini qaratar ekanlar. Bu, albatta, tabiiydir. Chunki so‘zga chiqqan notiq ham, ijrochi-
aktyor ham, suxandon ham o‘z fikr-mulohazalari va nuqtayi nazarining haqligiga tinglovchilar
auditoriyasini ishontirishga bir xilda harakat qiladilar. Faqat notiq o‘z nutqiy faoliyatida,
asosan, mantiq, dalil va isbotga tayanadi. Yaxshi notiq mantiq va Fikrning izchilligi hamda ular
ifodasining badiiy ta’siri vositasida tinglovchilami ta’sirlantiradi va ishontiradi. Aktyor, ijrochi
esa mantiq, badiiy so‘zning estetik ta’sir kuchi va tuyg'u izchilligi bilan ishontiradi. Bu esa, o‘z
navbatida, talabalarga badiiy so‘z va notiqlikni o‘rganishda san’atning ana shu turlaridan har
birining o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlash bilan bir qatorda, ulardagi umumiylikni ham
ta’kidlab, jonli badiiy so‘z san’ati asoslarini egallashning ustuvor tamoyillari va yo‘l-
yo‘riqlarini chuqur egallashga harakat qilishni taqozo etadi. «Ilm bilan san’at bir-biri bilan
yurak va o‘pka kabi uzviy bog‘langanki, agar ulardan biri buzilgan bo‘lsa, ikkinchisi ham
ishlamaydi», deb yozgan edi. L.N.Tolstoy. K.S.Stanislavskiy tizimining sahna nutqini o‘qitish
metodikasi ham, buyuk yozuvchi obrazli qilib aytganidek, ilm bilan san’atning o‘zaro uzviy
bog‘liqligiga asoslanadi. Masalan, rejissyor, aktyor va so‘z ustasi tovush va nutq vositalari
tizimining tuzihshi va ishlatilishini o‘rganuvchi anatomiya, fiziologiya kabi fanlar; nutqning
yaratilish psixofiziologiyasi, lisoniy-nutqiy kamchiliklarini tuzatish bo‘yicha ishlash tizimi,
ohangdorlik, mantiq, sheva va adabiy talaffuz qoidalari, orfoepiya, imo-ishoraviy ta’sir
vositalarini o‘rganishi, notiqliksohasi bilan bog‘Iiq maxsus fanlami yaxshi bilishi, o‘qitish
metodikasini qayta ishlashi va nutq o‘stirishga qaratilgan fanlarning uslublarini mukammal
o‘zlashtirishi uchun poydevor yaratadi.

Ommaviy bayram va tadbirlar rejissurasida sahna nutqi ommaviy bayram va tadbirlar

rejissurasi sahnabop faoliyatning alohida san’at turidir. Ommaviy tadbir va bayramlar
rejissorlari o‘zlarining badiiy konsepsiyalarini to‘la ochib berishlari uchun bu san’at turining
barcha ifodali vositalari va tabiiy ta’sir kuchini teran tushunmoqlari, she’riyat, musiqa,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

66

dramatik asarlar, ijtimoiy-siyosiy mavzudagi matnlar (publitsistika), hujjatli materiallar,
so‘zsiz, ya’ni imo-ishora bilan ko‘rsatilgan etudlar (masalan, pantomima), raqslar hamda nur
texnikasi ta’sirini o‘ziga bo‘ysundira olishlari lozim. Ommaviy bayramlarda ifodalilik
san’atining tarkibiy qismi hisoblanmish so‘z ohangi yetakchi o‘rinni egallaydi. Asosan so‘z
ohangi orqali san’atning g‘oyaviy-amaliy vazifasi amalga oshiriladi. Ommaviy bayramlarning
o‘ziga xos xususiyatlari rejissyorlar oldiga so‘z ohangi ta’siri asoslarini puxta egallashdek
muhim masalani qo‘yadi. Tomoshabinlar oldida so‘zga chiquvchilarning murojat shakli xoh
bevosita obraz orqali, xoh ishtirok etuvchi personaj yoki epizod nutqi orqali, xoh o‘z nomidan
turli xil adabiy janrlarga mansub asarlar (she’r, nasr, masal, ijtimoiy-siyosiy materiallar,
folklor, qo‘shiq materiallari va boshqalar) orqali bo‘lsin ishlatish badiiy so‘z san’atida so‘z
ustasi oldiga nutqiy ohangdorlikka erishish ko‘nikmalarini chuqur egallash masalasini
qo‘yadi.

Badiiy-nazmiy matnlardan keng foydalanish ma’lum she’riy shaklning hayotiy voqelik

bilan uzviyligini saqlash (uni buzmay va she’mi ifodali o‘qiy olish), har xil she’riy vazn
o‘lchamini yaxshi bilish va bir she’rdan ikkinchisiga o‘tish usullaridan mohirona foydalanish,
she’r ijrosida o‘zgarayotgan usulni his qilish orqali she’riy ohangning ta’sir ko‘nikmasini
egallashni taqozo etadi. So‘zni harakat bilan uyg‘unlashtirish ommaviy bayramlar
ko‘rinishlarida ijrochidan ta’sirchan, o‘ychan va harakatlanuvchan obraz yaratishni talab
etadi. Bularing hammasi nutqiy eshitish qobiliyatini mohirona egallash, har tomonlama
e’tiborni tarbiyalash zarurati, ijro etishni nazorat qilish masalasini qo‘yadi.

Maxsus adabiyotlar bilan ishlash va uni tahlil qilish, turli teatr inaktablari sahnaviy

nutqlaridan ta’lim berish uslublarini umumlashtirish hamda taqqoslash, turli ijrochilik
materiallari asosida kursdoshlar bilan rejissorlik ishini olib borish (ya’ni, talaba rejissyor,
talaba ijrochining nutq ustida ishlashni nazorat qilishi) kabi vazifalar turadi.

References:

1.

Rizaev O. XXI asr o‘zbek teatri: muammolar va rejalar. “Teatr”, 2002 yil, 6- son.

2.

K.S.Stanislavskiy “Aktyorning o‘z ustida ishlashi” - T., YAngi asr avlodi., 2010.

3.

Jumanov I. Sahna nutqi - T., “Abu matbuot-konsalt”MCHJ nashriyoti - 2015.

4.

Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o‘quv qo‘llanma Toshkent, “Innovasion ziyo”- 2021.

5.

Nosirova A. Jonli so‘z san’ati - T., TDSI bosmaxonasi, 2003.

6.

R. Usmanov “Rejissura” “Fan” Toshkent — 1997

7.

J. Mahmud “Aktyorlik mahorati” “Bilim” Toshkent – 2005

8.

Sh. Usmonov “Sahna harakati va jangi” “Navroʻz nashriyoti” Toshkent – 2014

9.

Sh. Usmonov “Ritmika – Plastika” – oʻquv qoʻllanma Toshkent — 2020.

Библиографические ссылки

Rizaev O. XXI asr o‘zbek teatri: muammolar va rejalar. “Teatr”, 2002 yil, 6- son.

K.S.Stanislavskiy “Aktyorning o‘z ustida ishlashi” - T., YAngi asr avlodi., 2010.

Jumanov I. Sahna nutqi - T., “Abu matbuot-konsalt”MCHJ nashriyoti - 2015.

Boltaboeva U. M. Sahna nutqi - o‘quv qo‘llanma Toshkent, “Innovasion ziyo”- 2021.

Nosirova A. Jonli so‘z san’ati - T., TDSI bosmaxonasi, 2003.

R. Usmanov “Rejissura” “Fan” Toshkent — 1997

J. Mahmud “Aktyorlik mahorati” “Bilim” Toshkent – 2005

Sh. Usmonov “Sahna harakati va jangi” “Navroʻz nashriyoti” Toshkent – 2014

Sh. Usmonov “Ritmika – Plastika” – oʻquv qoʻllanma Toshkent — 2020.