Авторы

  • Munisa Matkarimova
    Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46802

Аннотация

Ma’lumki, tabobat insonlarning amaliy faoliyati va hayotiy zarurat natijasada paydo bo‘lgan va bu ularning yashash tarzi, orzu-umidlari, bilim va tajribalarini o‘zida mujassam etgan xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham o‘ziga xos tarzda ifodasini topgan. Tabobat an’analari – odamlarning sog‘liqni saqlashga oid tajribalari asosida bilim, malaka va ko‘nikmaning hosil bo‘lishidir. X.Jumanazarov so'zlari bilan aytganda, “xalq tabobati an’analari – insonlarning yashash tarzi, mashg‘ulot turi, xo‘jaligi, diniy qarashlari, umuman, ijtimoiy faoliyat natijasida to‘plangan tajribalar yig‘indisidir”


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

ERTAKLARDA XALQ TABOBATI DORI TERAPIYASINING AYRIM

KO‘RINISHLARIGA DOIR

Munisa Matkarimova

Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13959417

Ma’lumki, tabobat insonlarning amaliy faoliyati va hayotiy zarurat natijasada paydo

bo‘lgan va bu ularning yashash tarzi, orzu-umidlari, bilim va tajribalarini o‘zida mujassam
etgan xalq og‘zaki ijodi namunalarida ham o‘ziga xos tarzda ifodasini topgan. Tabobat
an’analari – odamlarning sog‘liqni saqlashga oid tajribalari asosida bilim, malaka va
ko‘nikmaning hosil bo‘lishidir

1

. X.Jumanazarov so'zlari bilan aytganda, “xalq tabobati

an’analari – insonlarning yashash tarzi, mashg‘ulot turi, xo‘jaligi, diniy qarashlari, umuman,
ijtimoiy faoliyat natijasida to‘plangan tajribalar yig‘indisidir”

2

. “Xalq tabobati asrlar davomida

e’tirof etilgan qadriyatlar asosida kasalliklarni oldini olish, sog‘lomlashtirish, tashxis qo‘yish,
inson tanasini yaxlit o‘rganish va faqat tabiiy vositalar yordamida davolash an’analaridir”

3

.

Ruhiy ta’sir orqali davolovchi mistik tabiblar (

baxshi, folbin, azayimxon, sadqoqchi, duoxon,

parixon

va h.k) va inson tanasini davolovchi empirik tabiblar (

siniqchi, kahhol, siloqchi, jarroh,

doya va h.k.)ning

ish jarayoni va kasb taraqqiyoti xalqning amaliy bilimlari bilan hamohang

yashab kelmoqda. O‘zbek xalq tabobati dori terapiyasida dori-darmonlar kelib chiqish asosi
uchga bo‘lingan:
1.

O‘simliklar.

2.

Hayvonlar tana a’zolari va mahsulotlari.

3.

Mineral xom ashyolar.
Tabiblar mahalliy hududda aholi yetishtiradigan madaniy o‘simliklar yoki yovvoyi holda

o‘suvchi giyohlarning davo xususiyatlaridan samarali foydalanishgan va shu asosda sodda,
murakkab dorilar tayyorlashgan yoki dorigarlar, attorlardan tayyor dorini sotib olishgan.
Turli kasalliklarni o‘simliklardan tayyorlangan damlamalar, malhamlar va iksirlar shaklida
davolash uzoq vaqtdan beri keng qo‘llanilgan va bu ertaklarda ham aks etgan. Xususan, “Egri
va To‘g‘ri” ertagida o‘qiymiz: “…bizning o‘rmonda bir qayrag‘och bor, uning pastrog‘ida ikki
shoxchasi bor. Shu shoxchalarning yaproqlari butun kasallarga davo. Mana shu shahardagi
podshohning qizi yetti yildan buyon kasal…Agar o‘sha qayrag‘och yaprog‘ini ezib, shu qizga
ichirilsa, u darrov sog‘ayar”

4

. Bu so‘zlarni eshitgan ertak qahramoni To‘g‘riboy qayrag‘och

barglarini ezib ichirib, ko‘p tabiblar sog‘aytirolmagan qizni davolaydi. Shuningdek, “O‘ynang,
kuchugim, o‘ynang!” ertagida ham o‘simlik asosli dori terapiyasini kuzatamiz. Ertakda og‘ir
kasal bo‘lib qolgan “cholning kasalini bironta tabibib tuzata olmabdi. Nihoyat, tabiblar cholga
olmurut shoxini qaynatib ichganidagina sog‘ayib ketishini aytishibdi”

5

. Cholning kenja qizi

Zimzim shahridan olmurut shoxini olib kelib, otasiga qaynatib ichirgach, qariya tuzalib ketadi.
“Hotam” ertagida “Xotinlardan biri:— Bu bola besh oydan beri behush bo‘lib yotibdi, lekin
sababini bilmaymiz, biz shu bolaning holidan xabar olib turamiz, — debdi. Hotam xotinlardan

1

Nyiegwen А. Modernity in traditional medicine: Teses and Dissertations. – Umeå: International School of Public

Health, 2011. – P. 5.

2

Jumaniyozov X. O‘zbeklarning xalq tabobati an’analari (tarixiy-эtnologik tadqiqot). Tarix fanlari f.f.f.d. diss; –T.:

2018. –B. 19.

3

Hamroyev M. O‘zbek xalq tabobatining nazariy va amaliy asoslari. –Toshkent: 2015. – B. 328.

4

Egri va To‘g‘ri // O‘zbek xalq ertaklari. I Jild. –Toshkent: -B. 338.

5

O‘ynang, kuchugim, o‘ynang!// O‘zbek xalq ertaklari. III Jild. –Toshkent: -B. 45.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

41

bir choydish so‘rab, unga chinordan olib kelgan barglarni solib qaynatibdi. So‘ngra uni
bolaning og‘ziga tomizibdi. Birozdan keyin behush bo‘lib yotgan bola o‘ziga kelibdi, ko‘zini
ochib, o‘rnidan turibdi. Bola yana chinor bargining suvidan ichibdi”

6

.

Dori tayyorlashda hayvon a’zolaridan yoki ularning suti, qoni va boshqa qismlaridan

foydalanilgan. Odatda, har bir aholi davolashda o‘zlari boqadigan hayvon qismlaridan
foydalanadi. Masalan, arablarda tuyaning go‘shti, sut mahsuloti va chiqindilari

7

, chuvash

8

larda

esa otning tana a’zolari ishlatilsa, o‘zbek xalq tabobatida mayda va yirik chorva mollarining
mahsulotlari ko‘proq o‘rin egallaydi. Ammo ertaklarda asosan, yovvoyi hayvonlar go‘shti,
qoni, sut mahsulotiga murojaat qilinadi. Hayvonlardan olingan dori-darmonlarda sut keng
qo‘llanilgan. Ta’kidlash joizki, ertak matnlarida hayvonlar suti ham, ona suti ham dori sifatida
ishlatiladi. Masalan, “Baxtli kal” ertagida ayiq suti tish og‘rig‘iga davoligi qayd qilinadi

9

. “Til

tig‘dan o‘tkir” ertagida ”…mamlakat podshosi qattiq kasal bo‘lib qolibdi. Mashhur tabiblar
ham ko‘rib uni tuzata olmabdilar. Nig‘oyat, bir donishmand chol podsho qoshiga kelib: — Sher
sutini ichsangiz tuzalasiz, — debdi… Podsho sher sutini ichib sog‘ayibdi”

10

. “Gungila” ertagida

tabib xulosasiga ko‘ra, “bolani yaxshi qilish uchun Dashti Kabirda bir daraxt bor, shu
daraxtning sutidan olib kelib, ona suti bilan birga ichirsa, shundan keyin tilga keladi”

11

. Ertak

nihoyasida tabib Gungilani bir necha kun och qo‘yib, daraxtning sutini ona suti bilan birga
ichirib, o‘zi beradigan taomlardangina berib, tilini chiqarib, reglaridan (tomirlaridan – M.M.)
nashtar urib davolaydi. Gungila qirq kun deganda gapira boshlagach, uyiga olib ketib, yana
qirq kun muolaja qiladi.

Shu o‘rinda aytish lozimki, ertaklarda nafaqat tabiblar, asos ko‘pchilik hollarda ertak

qahramonlari kasalni tuzatadi. Bu, bir tomondan, ertakda yetakchi qahramonning maqsadga
erishishi yo‘lida qo‘yilgan shart taqozosidir. Ayni holat shart-sinov motiviga borib
taqaladi.”Sinov qahramonning kasalmandni davolashi bilan bog‘liq. Sog‘ayish sharti aniq biror
narsaga aloqador”

12

. Ikkinchidan, “Ilk davrlarda to‘plangan tibbiy tajribalar umumjamoa

mulki bo‘lib, ulardan har kim foydalana olgan. Vaqtlar o‘tishi bilan tibbiy an’analar ba’zi
insonlar qo‘lida to‘planib, ular tomonidan rivojlantirildi va egallangan tajribalar natijasida
tabiblik kasbi yuzaga keldi”

13

. Har kimning umumjamoa mulki bo‘lgan tibbiy tajribalar

xazinasidan foydalanishi xalqning uzoq o‘tmishidan beri og‘izdan-og‘izga o‘tib kelayotgan
ertaklarda o‘z izini qoldirgan: ertak qahramonlari tabib bo‘lmasalar-da, shifo vositasi haqida
eshitgan axboroti (To‘g‘riboyning ayiq tilidan qayrag‘och barglarini ezib ichirish kasalga
davoligini eshitib qolishi yoki “Til tig‘dan o‘tkir” ertagida donishmand cholning podshoga sher
suti davoligini aytishi) yoki tabiblar tavsiyasi asosida (“O‘ynang, kuchugim, o‘ynang” ertagida
tabib tavsiyasi asosida kenja qiz otasini olmurut bargini qaynatib ichirib sog‘aytiradi)
bemorni davolaydilar.

6

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-xalq-ogzaki-ijodi/uzbek-xalq-ertaklari/hotam

7

Karimova S. Ismoil al-Buxoriyning tabobatga oid hadislari // Sharqshunoslik. – 1999. – № 9. – B. 15.

8

Никонова Л. Традиционная медицина тюркских народов Поволжья и Приуралья как часть системы их

жизнеобеспечения. – Рузаевка: Рузаевский печатник, 2000. – С. 78.

9

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-xalq-ogzaki-ijodi/uzbek-xalq-ertaklari/baxtli-kal

10

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-xalq-ogzaki-ijodi/uzbek-xalq-ertaklari/til-tig-dan-o-tkir

11

Gungila / / Kulsa - gul, yig‘lasa – dur. Ertaklar. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983. -B. 145.

12

Nazarova Sh. Xayol va haqiqat: folklor va teologiya kesimida. – T.: MUMTOZ SO‘Z, 2013. –B. 34.

13

Jumaniyozov X. O‘zbeklarning xalq tabobati an’analari (tarixiy-эtnologik tadqiqot). Tarix fanlari f.f.f.d. diss; –T.:

2018. –B. 40.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

42

Xulosa qilganda, ertaklar matnlari o‘zbek xalq tabobati dori terapiyasida asosan o‘simlik

va hayvonot mahsulotlaridan foydalanganlarini ko‘rsatadi. Ko‘pchilik hollarda ertaklarda
kasallikning to‘liq xarakteristikasi va davolash jarayoni batafsil bayon qilinmaydi. Balki,
kasalga nima davoligi aytilib, shundan shifo topgani bir qisqa jumla bilan ifodalanadi.

References:

1.

Nyiegwen А. Modernity in traditional medicine: Teses and Dissertations. – Umeå:

International School of Public Health, 2011.
2.

Jumaniyozov X. O‘zbeklarning xalq tabobati an’analari (tarixiy-эtnologik tadqiqot). Tarix

fanlari f.f.f.d. diss; –T.: 2018.
3.

Hamroyev M. O‘zbek xalq tabobatining nazariy va amaliy asoslari. –Toshkent: 2015. – B.

328.
4.

Egri va To‘g‘ri // O‘zbek xalq ertaklari. I Jild. –Toshkent: 2007.

5.

O‘ynang, kuchugim, o‘ynang!// O‘zbek xalq ertaklari. III Jild. –Toshkent: 2007.

6.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-xalq-ogzaki-ijodi/uzbek-xalq-

ertaklari/hotam

7.

Karimova S. Ismoil al-Buxoriyning tabobatga oid hadislari // Sharqshunoslik. – 1999. –

№ 9.
8.

Никонова Л. Традиционная медицина тюркских народов Поволжья и Приуралья

как часть системы их жизнеобеспечения. – Рузаевка: Рузаевский печатник, 2000.
9.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-xalq-ogzaki-ijodi/uzbek-xalq-

ertaklari/baxtli-kal

10.

https://n.ziyouz.com/portal-haqida/xarita/uzbek-xalq-ogzaki-ijodi/uzbek-xalq-

ertaklari/til-tig-dan-o-tkir

11.

Gungila / / Kulsa - gul, yig‘lasa – dur. Ertaklar. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.

12.

Nazarova Sh. Xayol va haqiqat: folklor va teologiya kesimida. – T.: MUMTOZ SO‘Z, 2013.

Библиографические ссылки

Nyiegwen А. Modernity in traditional medicine: Teses and Dissertations. – Umeå: International School of Public Health, 2011.

Jumaniyozov X. O‘zbeklarning xalq tabobati an’analari (tarixiy-эtnologik tadqiqot). Tarix fanlari f.f.f.d. diss; –T.: 2018.

Hamroyev M. O‘zbek xalq tabobatining nazariy va amaliy asoslari. –Toshkent: 2015. – B. 328.

Egri va To‘g‘ri // O‘zbek xalq ertaklari. I Jild. –Toshkent: 2007.

O‘ynang, kuchugim, o‘ynang!// O‘zbek xalq ertaklari. III Jild. –Toshkent: 2007.

Karimova S. Ismoil al-Buxoriyning tabobatga oid hadislari // Sharqshunoslik. – 1999. – № 9.

Никонова Л. Традиционная медицина тюркских народов Поволжья и Приуралья как часть системы их жизнеобеспечения. – Рузаевка: Рузаевский печатник, 2000.

Gungila / / Kulsa - gul, yig‘lasa – dur. Ertaklar. – T.: Adabiyot va san’at nashriyoti, 1983.

Nazarova Sh. Xayol va haqiqat: folklor va teologiya kesimida. – T.: MUMTOZ SO‘Z, 2013.