Авторы

  • Nilufar Sotvoldiyeva
    O‘zMU “Ilmiy jurnallar va tahririyat” bo‘limi texnik muharrir

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46815

Ключевые слова:

Ushbu tezisda elektron lug‘atlarning salbiy va ijobiy jihatlari foydalari va zararlari hamda ularning lingvistik ba’zalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularning har tomonlama jihatlari o‘rganilib solishtirilib chiqilgan.

Аннотация

Ushbu tezisda elektron lug‘atlarning salbiy va ijobiy jihatlari, foydalari va zararlari hamda ularning lingvistik ba’zalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularning har tomonlama jihatlari o‘rganilib, solishtirilib chiqilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

115

ELEKTRON LUG‘ATLARNING SALBIY VA IJOBIY JIHATLARI VA ULARNING

LINGVISTIK BA’ZALARINI YARATISH TEXNIKALARI

Sotvoldiyeva Nilufar

O‘zMU “Ilmiy jurnallar va tahririyat” bo‘limi texnik muharrir

sotvoldiyevanilufar0@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13933281

Annotatsiya

Ushbu tezisda elektron lug‘atlarning salbiy va ijobiy jihatlari, foydalari va zararlari hamda

ularning lingvistik ba’zalariga oid ma’lumotlar keltirilgan. Ularning har tomonlama jihatlari
o‘rganilib, solishtirilib chiqilgan.

Kalit so‘zlar:

elektron lug‘at, sinonim, antonim, fraza, idioma, lingvistik ta’minot.


Elektron lug‘at — bu so‘zlarning ma’nolarini, sinonimlarini, antonimlarini, talaffuzini va

boshqa til xususiyatlarini raqamli formatda taqdim etuvchi resursdir. Bugungi kunda bunday
lug‘atlar keng tarqalgan bo‘lib, Google Translate, Yandex translate, Cambridge Dictionary, yoki
Lingvo kabi elektron lug‘atlar keng qo‘llaniladi.

Elektron lug‘atlar internet orqali yoki maxsus dasturiy ta’minot sifatida mavjud bo‘lishi

mumkin. Elektron lug‘atlar tez va oson qidiruv, yangilanib turadigan ma’lumotlar, multimediali
imkoniyatlar, ko‘plap tillilik xususiyatlarga ega. Tez va oson qidiruv orqali foydalanuvchilar
so‘zlarni osonlikcha topa oladi, yangi so‘zlar tez-tez qo‘shilib turadi, ba’zi elektron lug‘atlar
so‘zlarning talaffuzini namoyon qilish orqali so‘zlarni to‘g‘ri tallafuzini namoyon qiladi, bir
lug‘at bir necha tildan iborat bo‘lgani tufayli o‘qitish va o‘rganishni osonlashtiradi. Bundan
tashqari qo‘shimcha ma’lumotlarga ega bo‘lib sinonimlar, antonimlar, frazalarning ishlatilishi,
kontekstual misollar kabi qo‘shimcha ma’lumotlari bilan to‘ldirilgan bo‘ladi. Yana bir
jihatlaridan biri elektron lug‘atlar zamonaviy ta’limda va til o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi
hamda oflayn rejimda ishlash imkoniyati: ko‘pgina elektron lug‘atlarni internetga ulanmasdan
ham ishlatish mumkin, bu esa qulaylik yaratadi.

Biroq har narsaning ikki tomoni bvo‘lganidek elektron lug‘atlarning ham o‘ziag yarasha

salbiy tomonlari bor. Masalan, elektron qurilmalarda uzoq vaqt davomida foydalanish
ko‘zlarning charchashiga va sog‘liq bilan bog‘liq muammolarga olib kelishi mumkin, bunday
lug‘atlardan foydalanishda ko‘pincha kerakli so‘zlarni topish va unga e’tibor qaratish kifoya
bo‘ladi, lekin qog‘oz lug‘atlardagi kabi chuqur qidiruv jarayoni o‘tkazilmaydi, bu esa tilni
o‘rganishning samaradorligini pasaytirishi mumkin, ba’zi elektron lug‘atlar internet talab qiladi
va ulanish bo‘lmasa, foydalanish cheklanishi mumkin, elektron lug‘atlar qoshidagi qo‘shimcha
xizmatlar yoki reklama materiallari diqqatni bo‘lishi mumkin, tez-tez foydalanish
texnologiyaga haddan tashqari qaramlikka olib kelishi va an’anaviy o‘qish ko‘nikmalarini
pasaytirishi mumkin shu kabi bir qancha salbiy tomonlarini aytib o‘tish mumkin.

Elektron lug‘atlarni til o‘rganish, tarjimonlik, meditsina, ilmiy tadqiqot, huquq va shu kabi

bir qator sohalarda foydalanilish mumkin.

Elektron lug‘atning asosini lingvistik baza tashkil qiladi. Elektron lug‘atlar so‘zlarning

tuzilishi, ishlatilishi va ma’nolari haqida to‘plangan katta hajmdagi ma’lumotlarga asoslanadi.
Bu baza tilshunoslikning turli yo‘nalishlaridagi ma’lumotlar bilan boyitilgan bo‘lib, lug‘atning
sifatli va keng qamrovli bo‘lishini ta’minlaydi. Lingvistik baza quyidagi tarkibiy qismlardan
iborat bo‘lishi mumkin:


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

116

1.

So‘zning morfologik tuzilishi: Har bir so‘zning ildizi, qo‘shimchalari, so‘z turkumlari va

morfologik xususiyatlari haqida ma’lumotlar. Bu so‘zlarning qanday hosil bo‘lishini
tushunishga yordam beradi.
2.

Semantik ma’lumotlar: So‘zlarning ma’nosi va ularning turli kontekstlarda qanday

ishlatilishi haqida ma’lumot. Elektron lug‘atlar ko‘pincha so‘zlarning bir necha ma’nosini va
ularning sinonimlarini ham taqdim etadi.
3.

Sintaktik qoidalar: So‘zlarning gap tuzilishida qanday ro‘l o‘ynashi va ularning boshqa

so‘zlar bilan qanday bog‘lanishi haqida ma’lumot. Bu tilning grammatik qoidalariga asoslanadi.
4.

Talaffuz: So‘zlarning fonetik transkripsiyasi va talaffuz qoidalari haqida ma’lumot.

Elektron lug‘atlarda ko‘pincha audio talaffuz namunasi ham keltiriladi.
5.

Frazalar va idiomalar: So‘zlarning iboralarda, frazalar va idiomalardagi ishlatilishi haqida

ma’lumotlar. Bu so‘zlarning kengroq ishlatilishini tushunishga yordam beradi.
6.

Sinonimlar va antonimlar: So‘zlarning o‘xshash va qarama-qarshi ma’nolari bilan bog‘liq

lingvistik ma’lumotlar.
7.

Etimologiya: Ba’zi elektron lug‘atlarda so‘zlarning kelib chiqishi va tarixiy rivojlanishi

haqida ma’lumotlar ham keltiriladi.

Elektron axborot ta’lim resurslarini yaratishda keng ishlatilib kelinayotgan dasturiy

ta’minotlardan biri Ispring dasturi hisoblanadi. Odatda, taqdimotni o‘tkazishga tayyorlanish
jarayonida aksariyat hollarda Microsoft PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Ammo
bunday taqdimotlar faqat mazkur mahsulot formatidagina bo‘lishi mumkin (ppt, pptx). Hozirgi
vaqtda internet texnologiyalarining rivojlanishi va o‘z navbatida, masofali ta’lim turining paydo
bo‘lishi natijasida taqdimot fayllarini internet brauzerining o‘zida onlayn ravishda to‘g‘ridan-
to‘g‘ri ko‘rish uchun flash (swf) formatida yoki HTML 5 texnologiyasi asosida yaratilgan fayl
bo‘lishi kerak. Hozirga kelib, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik
shakllantirish imkoniyatini beruvchi dasturlar yaratilgan[1].

Elektron lug‘atlarning lingvistik bazasi ko‘pincha korpus lingvistikasi (korpusli

tilshunoslik) ma’lumotlariga asoslanadi, ya’ni real nutq namunalaridan tuzilgan katta hajmdagi
matnlar to‘plamiga tayanadi. Bu esa lug‘atning so‘zlarni ko‘p ishlatiladigan kontekstdagi
ma’nolarini taqdim qilishiga imkon beradi.

References:

1.

B.Elov, E.Yodgorov. Elektron lug‘atlar, tezaurus, ontologiyalar elektron ta’limda zaruriy

vositalar sifatida //“Kompyuter Lingvistikasi: Muammolar, Yechim, Istiqbollar” Respublika I
Ilmiy-Texnikaviy Konferensiya. Vol. 1 (2021), page 177-182.
2.

A.K.Ibragimov. Catalog of training tasks for training special endurance of yong gril

handboll players // Academical.An International Multidisciplenary Research Journal 2.35-39p
3.

R.R.Raxmonov. Distribution of training loads at the stage of competitive preparation for

middle runners // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal
https://saarj.com ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 2, February 2021 Impact Factor: SJIF 2021 =
7.492 Pages 768-777.

Библиографические ссылки

B.Elov, E.Yodgorov. Elektron lug‘atlar, tezaurus, ontologiyalar elektron ta’limda zaruriy vositalar sifatida //“Kompyuter Lingvistikasi: Muammolar, Yechim, Istiqbollar” Respublika I Ilmiy-Texnikaviy Konferensiya. Vol. 1 (2021), page 177-182.

A.K.Ibragimov. Catalog of training tasks for training special endurance of yong gril handboll players // Academical.An International Multidisciplenary Research Journal 2.35-39p

R.R.Raxmonov. Distribution of training loads at the stage of competitive preparation for middle runners // ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal https://saarj.com ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 2, February 2021 Impact Factor: SJIF 2021 = 7.492 Pages 768-777.