Авторы

  • Iroda Ibragimova
    Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46817

Ключевые слова:

kognitiv tilshunoslik olamning lisoniy manzarasi kognitiv fan individual tafakkur milliy tafakkur kognitiv poetika til va madaniyat konseptualizatsiya lisoniy vositalar poetik tafakkur.

Аннотация

Ushbu maqola kognitiv tilshunoslik va uning asosiy tushunchalari, jumladan, “olamning lisoniy manzarasi” haqida batafsil ma’lumot beradi. Kognitiv tilshunoslikning paydo bo‘lishi, rivoji va til bilan insonning bilish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada individual va milliy lisoniy manzara tushunchalari, ularning o‘zaro munosabatlari va badiiy asarlardagi ifodasi tahlil qilinadi. Milliy madaniyat va tafakkur farqlarining tilga ta’siri haqida misollar orqali tushuntiriladi. Kognitiv poetika va uning adabiyotshunoslik va tilshunoslik bilan kesishgan nuqtalari ham izohlanadi. Mualliflar tomonidan kognitiv yondashuv yordamida ijodkorlarning individual tafakkuri va lisoniy vositalar orqali dunyoqarashini aks ettirishning ahamiyati ko‘rsatiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

111

KOGNITIV POETIKA HAQIDA NAZARIY QARASHLAR VA OLAMNING LISONIY

MANZARASI TUSHUNCHASI

Ibragimova Iroda Artikmashrabovna

Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13933155

Annotatsiya:

Ushbu maqola kognitiv tilshunoslik va uning asosiy tushunchalari,

jumladan, “olamning lisoniy manzarasi” haqida batafsil ma’lumot beradi. Kognitiv
tilshunoslikning paydo bo‘lishi, rivoji va til bilan insonning bilish jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro
bog‘liqlik o‘rganiladi. Shuningdek, maqolada individual va milliy lisoniy manzara tushunchalari,
ularning o‘zaro munosabatlari va badiiy asarlardagi ifodasi tahlil qilinadi. Milliy madaniyat va
tafakkur farqlarining tilga ta’siri haqida misollar orqali tushuntiriladi. Kognitiv poetika va uning
adabiyotshunoslik va tilshunoslik bilan kesishgan nuqtalari ham izohlanadi. Mualliflar
tomonidan kognitiv yondashuv yordamida ijodkorlarning individual tafakkuri va lisoniy
vositalar orqali dunyoqarashini aks ettirishning ahamiyati ko‘rsatiladi.

Kalit so‘zlar:

kognitiv tilshunoslik, olamning lisoniy manzarasi, kognitiv fan, individual

tafakkur, milliy tafakkur, kognitiv poetika, til va madaniyat, konseptualizatsiya, lisoniy
vositalar, poetik tafakkur.

Аннотация.

В данной статье подробно рассматриваются когнитивная

лингвистика и её основные понятия, в том числе «языковая картина мира». Изучаются
происхождение и развитие когнитивной лингвистики, а также взаимосвязь между
языком и когнитивными процессами человека. В статье анализируются понятия
индивидуальной и национальной языковой картины мира, их взаимосвязи и выражение
в художественных произведениях. Также приводятся примеры влияния различий
национальной культуры и мышления на язык. Рассматриваются пересечения
когнитивной поэтики с литературоведением и лингвистикой. Авторы показывают
значимость когнитивного подхода для отражения мировоззрения авторов через их
индивидуальное мышление и языковые средства.

Ключевые слова:

когнитивная лингвистика, языковая картина мира,

когнитивные науки, индивидуальное мышление, национальное мышление,
когнитивная поэтика, язык и культура, концептуализация, языковые средства,
поэтическое мышление.

Abstract.

This article provides detailed information on cognitive linguistics and its core

concepts, including the "linguistic worldview." The origin and development of cognitive
linguistics, along with the interrelation between language and human cognitive processes, are
explored. The article also analyzes the concepts of individual and national linguistic
worldviews, their relationships, and their expression in literary works. It explains the impact
of differences in national culture and thought on language through examples. Additionally,
intersections between cognitive poetics, literary studies, and linguistics are discussed. The
authors highlight the importance of the cognitive approach in reflecting authors' worldviews
through their individual thinking and linguistic tools.

Keywords:

cognitive linguistics, linguistic worldview, cognitive science, individual

cognition, national cognition, cognitive poetics, language and culture, conceptualization,
linguistic tools, poetic thinking.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

112

“Kognitiv”, ya’ni bilish bilan bog‘liq atama ham mohiyatan fanlararo xususiyatga ega,

chunki “kognitiv fan” atamasi E.S. Kubryakovaning so‘zlariga ko‘ra, "ma’lum miqdordagi ilmiy
fanlarni birlashtirish va turli xil mutaxassislik olimlarining sa’y-harakatlarini yanada to‘g‘ri va
to‘liq tushunish maqsadida birlashtirish uchun zarur bo‘lgan usul va uslublarni ishlab
chiqadigan fanlararo fanni yaratish uchun “soyabon” sifatida ko‘rib chiqilishi kerak

1

.

Kognitiv tilshunoslik tilni bilish jarayonlarining ajralmas qismi sifatida qaraydigan

tilshunoslikning bir tarmog‘idir. Bu sohada til insonning tajribalari va idroki, fikrlashi asosida
aqliy qobiliyatlariga ta’sir qilishiga e’tibor qaratiladi. Kognitiv lingvistikaga xos “olamning
lisoniy manzarasi” tushunchasi til insonning dunyo haqidagi tushunchalarni qanday
shakllantirishini tushunish uchun asos yaratadi.

Kognitiv lingvistika XX asrning 70-80-yillarida Jorj Lakoff, Ronald Langaker, Leonard

Talmi kabi tilshunoslarning ilmiy-nazariy qarashlari asosida vujudga keldi. Tilni rasmiy
qoidalar tizimi sifatida qaraydigan an’anaviy qarashlardan farqli o‘laroq, kognitiv tilshunoslik
tilning inson bilishi va konseptualizatsiyasi bilan chuqur bog‘langanligini ta’kidlaydi.

Kognitiv tilshunoslik uchun xos bo‘lgan atamalardan biri “olamning lisoniy manzarasi”

atamasi hisoblanadi. Ushbu ilmiy termin, L.Vaysgerber tomonidan quyidagicha ta’riflanadi:
“Olamning lisoniy manzarasi – bu, barcha lisoniy imkoniyatlarning majmuasi, ma’lum bir o‘ziga
xos madaniyat ruhi, til egalaridan iborat jamiyatning mentaliteti. U til imkoniyatlari va
vazifalarini ko‘rsatib beradi va ayni vaqtda, tilning kelajakdagi holati haqida ilmiy bashorat
beradi; olamning lisoniy manzarasi tildagi eng sodda jarayonlardan boshlab tilning o‘ziga xos
xarakterida namoyon bo‘luvchi murakkab jihatlarini qamrab oladi, hech bir lingvistik jarayon
undan chetda qolmaydi; olamning lisoniy manzarasi tarixiy taraqqiyot davomida o‘zgarishlarga
uchraydi; olamning lisoniy manzarasi lingvistik hodisa bo‘lish bilan bir qatorda ayni vaqtda
madaniy hodisa ham hisoblanadi; olamning lisoniy manzarasi bir avlod vakili tomonidan
yaratiladi, ikkinchi avlod vakili tomonidan boyitiladi, avloddan avlodga meros sifatida o‘tadi;
olamning lisoniy manzarasi umummadaniy hodisa, ya’ni barcha xalqlar taraqqiyotning turli
bosqichlarida bu jarayonni turlicha bosib o‘tadilar

2

.

“Olamning lisoniy manzarasi” til insonning voqelikni idrok qilishi, shuningdek, uning tilga

qanday yo‘g‘rilishini bildiradi. Har bir tilda so‘zlashuvchilar o‘sha tilga xos lisoniy vositalardan
foydalangan holda dunyoni idrok etadilar va tafakkurlarida aks etgan g‘oyalarni
verballashtiradilar.

V.Maslovaning ta’rificha, olamning lisoniy manzarasi insonning butun ma’naviy

faoliyatining natijasi bo‘lgan dunyoning yaxlit, global qiyofasi, u insonning dunyo bilan barcha
aloqalari va u haqidagi g‘oyalari jarayonida paydo bo‘ladi

3

.

Ma’lumki, insonlar jamoa tarzida muloqot qilar ekan, ularning turmush tarzi, madaniyati

bir-biriga uyqash, bir-biriga mutanosib bo‘ladi. Shunga muvofiq tarzda insonlarga xos tafakkur
darajasi ham yaqin va o‘xshash bo‘lishi tabiiy. Bu orqali ma’lum xalqqa xos milliy tafakkur
shakllanadi. Bu hodisa ingvomadaniyatshunoslik sohasida keng o‘rganib kelinmoqda. Misol
uchun, o‘zbek tilida

Gulni sevsang, tikoni bilan sev

maqoli shakllangan. Bu maqol orqali “biror

1

Bu haqida qarang: Шарандин А. Когнитивная поэтика в системном описании поэтического

языка//https://cyberleninka.ru/article/n/kognitivnaya-poetika-v-sistemnom-opisanii-poeticheskogo-yazyka

2

Bu haqida qarang: Абдуллаева Р. Оламнинг лисоний манзараси//FarDU. Ilmiy xabarlar. 2018. 5-сон. –Б.133.

3

Маслова В. Когнитивная лингвистика: учеб.пособие. 3-е изд., перерпб. И доп. -Минск: ТетраСистемс, 2008. –

272 с.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

113

insonni yoqtirsang, uni bor qusurlari, kamchiliklari bilan, boricha qabul qil”, degan ma’no
anglashiladi. Ingliz tilida esa xuddi shu ma’noda

Love me, love my dog

maqoli qo‘llanadi. Bu

maqol o‘zbek tiliga “meni sevsang, itimni ham sev”, tarzida tarjima qilinadi. Ko‘rinadiki,
millatlar madaniyati va turmush tarzidagi farqlar olamni turlicha ko‘rish va lisoniy vositalar
yordamida reprezentatsiya qilishga sabab bo‘ladi.

Individual tafakkur esa shaxsning individual kognitiv, mental, psixologik jihatlari bilan

bog‘liq holda namoyon bo‘ladi. Shaxsning bilim darajasi, dunyoqarashi, fikrlashi, turmush tarzi
kabi xususiyatlari uning ongida individual tafakkur tarzida shakllanadi va ular o‘z-o‘zidan tilga
yo‘g‘riladi. Bu orqali individual uslub, individual lisoniy xususiyatlar shakllanadi.

Til biror xalq uchun umumiy, jamoaviy idrokni namoyon etsa ham, insonlar o‘zlarining

bilim darajalari, tajribalari, ko‘rgan-kechirganlari asosida olamning individual lisoniy
manzarasini ham shakllantiradilar. Individual lisoniy manzara ham kognitiv tilshunoslik,
shuningdek, kognitiv poetika uchun asosiy tushunchalardan biri bo‘lib, shaxsiy bilim va
tajribalar lisoniy ifodalarga qanday ta’sir qilishini namoyon qiladi.

Badiiy matn muallifining dunyo haqidagi individual manzarasini shakllantirish masalasi

zamonaviy tilshunoslikning dolzarb masalalaridan biridir. Olamning individual mualliflik
manzarasini yaratish, shuningdek, olamning milliy manzarasini yaratish tilning akkumulyativ
funksiyasining natijasidir. Boshqacha aytganda, xalq tajribasi to‘planib, tilda o‘z aksini topadi

4

.

Demak, olamning milliy lisoniy manzarasi va individual lisoniy manzara tushunchalari bir-
biriga zid, bir-birini inkor etuvchi tushunchalar emas. Individual lisoniy manzara milliy lisoniy
manzaraga bog‘liq holda shakllanadi, rivoj topadi.

Jahon filologiyasida ijodkor adabiy-estetik tafakkuri, ijodiy konsepsiyasi to‘g‘risida ilmiy-

nazariy masalalar mavjud. Bulardan biri muayyan ijodkorning o‘ziga xosligini ta’minlovchi
poetik mazmun va tafakkur yangilanishi hodisasiga munosabatdir. Poetik tafakkur tushunchasi
dastlab Aristotel qarashlarida uchraydi. Bu tushunchaning yangi ko‘rishlari zamonaviy ilmda
Haydegger, fransuz faylasufi va adabiyotshunosi Jak Derrida tadqiqotlarida namoyon bo‘ldi. U
falsafa va she’riyatning o‘zaro yaqinligi haqida fikr bildirib, falsafiy matnning (bu yerda
she’riyatga urg‘u berilgan) tuzilishi, matn turlarining o‘ziga xosligi va xilma-xilligi, ta’sir qilish
va yaratish modellari bo‘yicha o‘rganish lozimligi to‘g‘risidagi tezisni ilgari suradi

5

.

Poeziya – fikrning... so‘z bilan ifodalangan muayyan obraz orqali o‘zgarishi, boshqacha

aytganda: yagona kompleks (so‘zdan farqli ravishda) cheklangan og‘zaki tasvir (belgi)
yordamida nisbatan keng ma’no yaratishdir

6

. A.Potebnya fikricha, poeziyada fikrlar lisoniy

belgilar, xususan, so‘z yordamida ifoda etiladi, ya’ni bunda shoir tafakkuridagi konseptlar
lisoniy vositalar yordamida verballashadi.

Rus tilshunosligida “kognitiv poetika” alohida tarmoqlardan biri ekani qayd etiladi: “Fan

nomidan ko‘rinib turibdiki, kognitiv poetika gibrid xususiyatga ega. J. Fokonye va M.
Tyornerning konseptual integratsiya nazariyasining terminologik apparatidan foydalangan
holda, kognitiv poetikani ikkita "kirish fazosi" asosida shakllangan "intergate" (blend –
aralashma) sifatida tavsiflash mumkin, ulardan birinchisi filologiya, ikkinchisi esa kognitiv

4

Филиппова А. Особенности индивидуально-авторской картины мира Георги Господинова//

https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-individualno-avtorskoy-kartiny-mira-georgi-gospodinova

5

Davlatova A. Abdulla Оripov poetik tafakkurining adabiy-estetik ildizlar//Til va adabiyot. 2023. 5-son. –B.147

6

Потебня А.А. Эстетика и поэтика. – М. Искусство, 1976. –C.333.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

114

fanlardan biri, ko‘pincha kognitiv tilshunoslikdir”

7

. Demak, kognitiv poetika kognitologiya,

tilshunoslik va adabiyotshunoslik sohalari bir nuqtada jamlangan yo‘nalish bo‘lib,
adabiyotshunoslik va tilshunoslik nuqtayi nazaridan tadqiq qilinadi. adabiyotshunoslar muallif
kognitiv olamining badiiy asarlarda aks etishi xususiyatlarini o‘rganish bilan shug‘ullansalar,
tilshunoslar ana shu aks etishda qo‘llaniluvchi lisoniy va uslubiy vositalarning xususiyatlarini
tahlil qiladilar.

References:

1.

Шарандин А. Когнитивная поэтика в системном описании поэтического

языка//https://cyberleninka.ru/article/n/kognitivnaya-poetika-v-sistemnom-opisanii-
poeticheskogo-yazyka
2.

Абдуллаева Р. Оламнинг лисоний манзараси//FarDU. Ilmiy xabarlar. 2018. 5-сон. –

Б.133.
3.

Маслова В. Когнитивная лингвистика: учеб.пособие. 3-е изд., перерпб. И доп. -

Минск: ТетраСистемс, 2008. –272 с
4.

Филиппова А. Особенности индивидуально-авторской картины мира Георги

Господинова//

https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-individualno-avtorskoy-

kartiny-mira-georgi-gospodinova

5.

Davlatova A. Abdulla Оripov poetik tafakkurining adabiy-estetik ildizlar//Til va adabiyot.

2023. 5-son. –B.147
6.

Потебня А.А. Эстетика и поэтика. – М. Искусство, 1976. –C.333.

7.

Nechaeva, Ksenia & Makhortova, Varvara. (2021). The poetic picture of the world of

Sophia de Mello: Cognitive strategy and organizing principles. Izvestiya of Saratov University.
New Series. Series: Philology. Journalism. 21. 14-19. 10.18500/1817-7115-2021-21-1-14-19.

7

Nechaeva, Ksenia & Makhortova, Varvara. (2021). The poetic picture of the world of Sophia de Mello: Cognitive

strategy and organizing principles. Izvestiya of Saratov University. New Series. Series: Philology. Journalism. 21. 14-19.
10.18500/1817-7115-2021-21-1-14-19.

Библиографические ссылки

Шарандин А. Когнитивная поэтика в системном описании поэтического языка//https://cyberleninka.ru/article/n/kognitivnaya-poetika-v-sistemnom-opisanii-poeticheskogo-yazyka

Абдуллаева Р. Оламнинг лисоний манзараси//FarDU. Ilmiy xabarlar. 2018. 5-сон. –Б.133.

Маслова В. Когнитивная лингвистика: учеб.пособие. 3-е изд., перерпб. И доп. -Минск: ТетраСистемс, 2008. –272 с

Филиппова А. Особенности индивидуально-авторской картины мира Георги Господинова// https://cyberleninka.ru/article/n/osobennosti-individualno-avtorskoy-kartiny-mira-georgi-gospodinova

Davlatova A. Abdulla Оripov poetik tafakkurining adabiy-estetik ildizlar//Til va adabiyot. 2023. 5-son. –B.147

Потебня А.А. Эстетика и поэтика. – М. Искусство, 1976. –C.333.

Nechaeva, Ksenia & Makhortova, Varvara. (2021). The poetic picture of the world of Sophia de Mello: Cognitive strategy and organizing principles. Izvestiya of Saratov University. New Series. Series: Philology. Journalism. 21. 14-19. 10.18500/1817-7115-2021-21-1-14-19.