Авторы

  • Mohinur Karimova
    Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46818

Ключевые слова:

Integratsiya ta'lim pedagog texnologiya rivojlanish ilm-fan islohotlar ishlab chiqarish.

Аннотация

Ushbu maqolada yurtimizdagi, Oliy ta'limdagi o'rgarishlar haqida so'z borgan. Bundan tashqari ta'limning rivojlanishida o'qituvchi va o'quvchilarga yaratilib berilgan yengilliklar, yangiliklar haqida ma'lumotlar berilgan. Qolaversa, integratsiya, uning rivojlanishida olib borilayotgan amaliy harakatlar haqida batafsil yoritilib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

108

OLIY TA'LIMNI ISHLAB CHIQARISH BILAN INTEGRATSIYASINI

RIVOJLANTIRISH

Karimova Mohinur

Jizzax davlat pedagogika universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13933093

Annotatsiya:

Ushbu maqolada yurtimizdagi, Oliy ta'limdagi o'rgarishlar haqida so'z

borgan. Bundan tashqari ta'limning rivojlanishida o'qituvchi va o'quvchilarga yaratilib berilgan
yengilliklar, yangiliklar haqida ma'lumotlar berilgan. Qolaversa, integratsiya, uning
rivojlanishida olib borilayotgan amaliy harakatlar haqida batafsil yoritilib berilgan.

Kalit so'zlar:

Integratsiya; ta'lim; pedagog; texnologiya; rivojlanish; ilm-fan; islohotlar;

ishlab chiqarish.

Mamlakatimiz va xalqimiz hayotida keyingi besh yil hech oʻylab koʻrilmagan, xayolga

keltirilmagan yangiliklarga boy boʻldi. Aynan shu davrda mamlakatimiz iqtisodiyotida,
madaniyati va maʼnaviyatida, ijtimoiy-siyosiy hayotida, turmush tarzida, dunyoqarashiyu,
tafakkurida demokratik oʻzgarishlar yuz berdi. Umuman hamma sohada katta yuksalish,
rivojlanish va ijobiy oʻzgarishlar davri boʻldi. Bu besh yillikda demokratik qadriyatlar,
fuqarolarning demokratik-huquqiy erkinliklari qaror topib, matbuot va soʻz erkinligiga yoʻl
ochib berildi. Jamiyatga demokratik huquqiy va matbuot erkinligini berish har qanday davlat
rahbaridan katta matonat va jasorat talab etadi. Shavkat Mirziyoyev oʻzida ana shu matonat va
jasoratni topa oldi. Bu xizmatlari bilan Prezidentimiz xarizmatik shaxs ekanini isbotladi hamda
Oʻzbekiston tarixida demokratik prezident sifatida alohida joy oldi. Bular hammasi xalqimiz
uchun haqiqiy maʼnodagi tuhfa boʻldi. Buni aytishdan maqsadim — taʼlim erkinlikni sevadi.

Taʼlim tizimida, jumladan, oliy taʼlimda amalga oshirilgan islohotlar natijasida yuz bergan

oʻzgarishlar ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va maʼnaviy jihatdan katta tarixiy ahamiyatga
ega. Amalga oshirilgan islohotlar nafaqat mamlakatimizda katta ijobiy oʻzgarishlarga olib keldi,
hatto xalqaro maydonda ham mamlakatimiz obʼroʻ-eʼtiborini yangi bosqichga olib chiqdi. Bu
borada qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi.

Prezidentimiz taʼlimdagi kamchiliklarni tanqidiy tahlil qilib, uni bartaraf etish yoʻllarini

koʻrsatib berdi. Taʼlim tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini
oshirish, yosh avlod maʼnaviyatini yuksaltirish, maʼnaviy- maʼrifiy muhitni zamon talabiga
moslash, oʻqituvchi kasbining, nufuzini oshirish, yangi davr pedagoglarini tarbiyalash,
pedagogika fanini rivojlantirish, innovatsion taʼlim va axborot-kommunikatsiya
texnologiyalarini taʼlimga joriy etishga katta eʼtibor qaratish masalalariga jiddiy yondashish va
shu bilan birga, oʻqituvchilar oyligini oshirish va ragʻbatlantirib borish zarurligini koʻrsatdi, bu
masalalarda katta ishlar amalga oshirildi.

Zamonaviy ilm-fan va ishlab chiqarish tomonidan ilgari surilgan barcha masalalarni

ishonch bilan hal qilishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish uchun oliy oʻquv
yurtlarida barcha shart-sharoitlar, imkoniyatlar yaratilmoqda. Har qanday barqaror
rivojlanayotgan jamiyatda xato-kamchilik boʻlgani kabi, bizda ham ular mavjud boʻlganini tan
olish kerak. Yoshlarning oliy taʼlim olish va konstitutsion huquqlarini ro'yobga chiqarish
imkoniyati maʼlum darajada cheklangan edi. Keyingi besh yilda oʻtkazilgan Oliy taʼlim
islohotlarida bunday holatlarga butunlay chek qoʻyildi va u oʻtmishga aylandi.

Xalqaro tajribalarga ko‘ra umumkasbiy va ixtisoslik fanlari bilan ishlab chiqarish

tuzilmalarining uzviy aloqadorligini chuqurlashtirish ta’lim samaradorligiga ijobiy ta’sir


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

109

ko‘rsatadi. Shuningdek, kasb ta’limi nazariyasi va amaliyoti tendensiyasini yanada
rivojlantirishda innovatsion kasbiy salohiyat elementlarining uyg‘unligi va uzviyligini
ta’minlash asosida ta’limning integrativ tashkiliy funksiyasini yanada kengaytirish, ta’lim
shakllari va metodlarini modernizatsiyalash, shaxsiy va kasbiy sifatlarni shakllantirish kabi
integratsion jarayonlar muhim o‘rin tutadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 10 dekabrdagi PQ-42-son “Iqtisodiyot

tarmoqlari uchun muhandis kadrlarni tayyorlash tizimini innovatsiya va raqamlashtirish
asosida tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash
maqsadida “Professional ta’lim va jismoniy madaniyat” kafedrasi hamda Surxondaryo viloyati
kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda
professional ta’lim soxasida zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-ahloqiy fazilatlarga ega,
mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlashni tashkil etish, joylarda professional
ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish va amalga oshirish,
professional ta’lim tizimi uchun o‘qituvchilar va ishlab chiqarish ta’limi ustalarini jalb etish,
professional ta’limi tizimi xodimlarini ilmiy izlanishlar olib borishga yo‘naltirish hamda ularni
qo‘llab-quvvatlash, professional ta’lim muassasalari o‘quvchilari amaliyotlarini ish beruvchi
korxona, tashkilot va muassasalarda tashkil etishning kompleks chora-tadbirlarini amalga
oshirish hamda bu borada ish beruvchilar bilan xamkorlikni rivojlantirish hamda professional
ta’lim bilan birgalikda ma’naviy-axloqiy tarbiyani tashkil etish, o‘quvchilarni vatanga sadoqat,
milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar asosida
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash muammolariga bag‘ishlangan onlayn seminar tashkil etildi.

O‘qituvchi ijodiy qobiliyatlarining manbai pedagogik tajribadir. Uning ilg‘or tajriba

konsepsiyasida o‘z vazifasiga ijodiy munosabati o‘quvchilarni tarbiyalashda yangi samarali yo‘l
va vositalarni izlash va ulardan foydalanishida namoyon bo‘ladi. O‘z sohasining yetuk
o‘qituvchisi nafaqat bolalarga ta’lim-tarbiya berish bilan shug‘ullanishi, balki ilg‘or
o‘qituvchilarning tajribalarini o‘rganishi muhim hisoblanadi. Innovatsion texnologiyalar orqali
ta’lim jarayoniga yangi sifat o‘zgarishlari kiritiladi, natijada o‘quvchining berilgan mavzuni
tushunib olishi va eslab qolishi osonlashadi. Ilg‘or pedagogik tajriba shunchaki mehnatning bir
ko‘rinishi emas, balki kezi kelganda o‘qituvchining uslubiga aylanib, u orqali o‘qituvchi tarbiya
va ta’lim jarayonida yuksak natijalarga erishishi mumkin. Ta’lim jarayonini
texnologiyalashtirish pedagogik jarayon samaradorligining muhim shartidir. Aynan shuning
uchun ham bo‘lajak pedagoglar pedagogik texnologiya va ta’lim texnologiyasining ilmiy
asoslaridan foydalana olishlari zarur.

Bizga ma’lumki, taraqqiyot va yuksalishlarni ta’lim, fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi

integratsiya hamda innovatsion jarayonlarsiz tasavvur etish qiyin. Innovatsiya, innovatsion
markazlar, innovatsion muhit, uning shakllanishi, rivoji bilan bog‘liq texnologiya hamda
qonuniyatlar borasida fikr yuritar ekanmiz, avvalambor bevosita rivojlangan davlatlar
tajribasiga nazar tashlash joizdir. Shu bois ham davlat shaxsni shakllanishi va kamol topishida
muhim ahamiyatga ega bir qator vazifalarni bajarishni o‘z zimmasiga oladi. Shaxsni ta’lim olishi
bepul ta’minlanishi masalasi asosiy qomusimizning 41 - moddasida ham belgilab qo‘yilgan.
Chunki millat bilimining sifat darajasi mamlakatni kelgusidagi strategik rivojlanishini belgilab
beruvchi asosiy omil hisoblanadi. Millat bilimining darajasi esa ta’lim xizmati natijasida
shakllanadi. Mamlakatning dunyo bozoridagi raqobatbardoshligi millatning intellektual va
ilmiy potentsiali darajalariga chambarchas bog‘liqdir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

110

Shu bois davlatimiz ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining negizida ta’limga muhim ahamiyat berib
kelinmoqda. Ta’lim olish bo‘yicha davlat tomonidan yaratilgan shartsharoit, imkoniyatlar
asosida shaxsning shakllanishi, kamol topishi va o‘z maqsad hamda manfaatlarini ruyobga
chiqarilishini ta’minlashi:
- davlatning shaxsni konstitutsiyaviy huquqini amalga oshirish borasidagi vazifasi ijrosini
ta’minlaydi;
- shaxsning davlat, jamiyat va o‘zi uchun foydali sub’ekt sifatida shakllanishiga;
- jamiyat a’zosi sifatida shaxsda davlat va xalqning umumiy manfaatlari asosida birlashish
immunitetini paydo bo‘lishiga;
- oilani moddiy jihatdan ta’minlash va oila a’zolarini jamiyat hamda davlat uchun zarur sub’ekt
sifatida shakllantirishda ishtirok etishi kabi bir qator vazifalar ijrosi samarali bo‘lishiga xizmat
qiladi.

Shuning uchun ta’lim sifati va uni shaklantirishni doimiy ravishda takomillashtirib borish

ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega dolzarb masala hisoblanadi. Shu sababli mamlakatimizda
mustaqillikning dastlabki yillaridan ta’lim va tarbiya, uni tashkil etish hamda huquqiy tartibga
solish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.

References:

1.

Sh.M.Mirziyoyev “YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI”. -Toshkent. “O‘zbekiston”

nashriyoti, 2021. 464 bet
2.

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining

Axborotnomasi, 1997 yil. 11-12-son.Новиков А.М., Д.А. Новиков, «Как оценивать качество
образования?», www.anovikov.ru, (Муаллиф таржимаси).
3.

Кац А.М. www.mathnet.ru/at13796автор: АМ Кац. Теория и применение

регуляторов скорости с упруго-присоединенным катарактом. А. М. Кац. Центральный
научно-исследовательский дизельный.
4.

https://xs.uz/uz/post/olij-talimda-klaster-va-integratsiya-cifat-hamda-raqobatni-

taminlajdi

Библиографические ссылки

Sh.M.Mirziyoyev “YANGI O‘ZBEKISTON STRATEGIYASI”. -Toshkent. “O‘zbekiston” nashriyoti, 2021. 464 bet

Kadrlar tayyorlash milliy dasturi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997 yil. 11-12-son.Новиков А.М., Д.А. Новиков, «Как оценивать качество образования?», www.anovikov.ru, (Муаллиф таржимаси).

Кац А.М. www.mathnet.ru/at13796автор: АМ Кац. Теория и применение регуляторов скорости с упруго-присоединенным катарактом. А. М. Кац. Центральный научно-исследовательский дизельный.