YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
85
SOYA O’SIMLIGINING AYRIM BIOLOGIK XUSUSIYATLARI
Toshtemirov Amirbek To’lqin o’g’li
https://doi.org/10.5281/zenodo.13932777
Hozirgi kunda bir qator donli ekinlar shular jumlasidan yasmiq, loviya, no’xot, marjumak,
bug’doy, arpa, suli, makkajo’xori kabi ozuqaviy jihatidan yuqori o’rinlarda sanaladigan
o’simliklar qatoriga bugungi kunda soya (
Glycine hispida maxim
) kabi muhim o’simlik ham
qo’shilganligi hech kimga sir emas [1, 2]. Dunyo miqyosida yuqorida ta’kidlab o’tilgan
o’simliklardan sira qolishmaydigan tarkibida makro va mikro elmentlarga boy bo’lgan soya
o’simligining bugungi kundagi yalpi mahsuloti jahon miqyosida 276500 mln tonnani tashkil
qiladi. Jahon bozorida ushbu yalpi mahsulotning ekin maydoni yer shari bo’ylab 111300 ming
gektar maydonni tashkil etadi. Hosildorligiga to’xtaladigan bo’lsak 24,8 s/ga to’gri keladi [3, 4,
5]. Boshqa davlatlar qatori O’zbekistonda ham so’ngi yillarda soya o’simligini yetishtirishga
katta ahamiyat qaratilmoqda. Asosan soya oziq ovqatda, texnikada, sut, qandolat mahsulotlari
ishlab chiqarishda, konserva tayyorlashda keng foydalaniladi. Bundan tashqari chorva mollari
va parrandalar uchun sifatli oziq vazifasida qo’llaniladi. Soyaning bunday ko’p sohada
ishlatilishi uning tarkibi bilan bog’liq hisoblanadi. Ya’ni soya o’simligi tarkibida 30-52%, oqsil
17-27% moy, 20% gacha karbon suvlar mavjud hisoblanadi. Soya o’simligining oqsili boshqa
dukkakdoshlar oilasi vakillaridan ozroq farq qiladi, ya’ni suvda yaxshi eriydigan, yengil hazm
bo’ladigan yuqori sifatli bo’lib tarkibida glitsin aminokislotalar ko’p bo’ladi va aminokislotalar
tarkibi bo’yicha go’sht oqsiliga yaqin bo’ladi [6]. Soya o’simligining ahamiyatli jihatlaridan yana
biri donidan yog’ olinishi hisoblanadi. Aniqlangan ma’lumotlarga ko’ra jahon miqyosida
o’simliklardan olinadigan moyning 40% soya o’simligi moyi hissasiga to’gri keladi[6].Aytish
joizki, soya oʻsimligi biologik xususiyatiga koʻra, joy tanlamaydi. Shoʻrlangan, yer osti suv sathi
koʻtarilgan ekin maydonlarida ham oʻsaveradi. Shuningdek, uni aralash usulda parvarishlash
juda qulay. Eng muhimi, u yerni “davolaydi”, tuproqni azot bilan boyitadi. Dukkakli oʻsimlik
boʻlgani bois har gektar yerda 55-60 kilogramm, baʼzida 80-100 kilogrammgacha sof azot yigʻib
beradi. Boshqacha aytganda, yerning boshqa ekin uchun sarflagan quvvatini qayta tiklaydi. Ana
shu tufayli uni “Tuproq oltini” deyishadi.
Hozirgi kunda soya o’simligining erta pishar, o’rta pishar, kech pishar navlari mavjud. Erta
pishar navlari 90-100 kun, o’rta pishar navlari 110-120 va kech pishar 130-140 kun ichida
pishib yetiladi. O’simlikning vegetatsiya davri o’sish va rivojlanish, unib chiqish, shonalash,
g’ujlanish, gullash, pishish, kabilarni o’z ichiga oladi. Soya o’smligining doni bo’rtishi va unib
chiqish uchun quruq vazniga nisbatan 130-160 % suv talab qiladi. Don bo’rtgandan keyin 2-3
kun ichida murtaklar rivojlanadi. So’ya o’simligining urug’palla barglari urug’ ekilgandan 7-8
kun o’tib yer yuziga chiqadi. Dastlabki bir hafta mobaynida murtak ildizchasi va urug’palla
poyachasi urug’ hisobidan oziqlanib o’sadi. Soya o’simligi boshlang’ich vegetatsiya davrida
sekin rivojlanadi. Unib chiqqan soya 20-25 kun mobaynida 15-20 sm gacha o’sadi. Soyaning uch
qo’shaloq bargi o’simlik unib chiqqandan 5-7 kundan so’ng hosil bo’ladi. Keyingilari 4-6 kunda
paydo bo’ladi [9].
Donli ekinlar ichida faqatgina soya yuqori nam sharoitda ham o’sa oladi. Gullashi, dukkak
hosil qilishi, dukkaklarni to’lishish fazalarida butun vegetatsiya davrida sarf boladigan suvning
60-70% foydalanadi. Shuning uchun gullash va dukkak hosil qilish davrida o’smlikning suvga
bo’lgan talabi qondirlmasa hosil keskin kamayib kettadi [7]. Olimlarning ma’lumotlariga ko’ra
erta pishar navlarining pishib yetilishi uchun 1800-2000 C0, o’rtapishar navlar uchun 2600-
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
86
2800 C0 va kechpishar navlar uchun 3000-3200 C0 xarorat kerak hisoblanadi. Urug’ning unib
chiqishi uchun minimal xarorat 8 C0, 12-14 C0 da urug’lar bir tekis, qiyg’os unib chiqadi. [6].
Dunyo miqyosida o’z o’rniga ega bo’lgan dukkakdoshlar oilasiga mansub soya o’simligi
doni tarkibida almashinmaydigan aminokislotalar mavjudligi uning ozuqaviy ahamiyatini
belgilab beradi. Ushbu oqsillar faqatgina hayvon oqsillariga xos deb qaralar edi. Tekshirishlar
natijasida esa ushbu oqsillar tarkibi jihatdan soya o’simligi oqsillari bilan almashtirish
mumkinligi tajribalarda o’z aksini topdi. Bundan tashqari soya o’simligining iqdisodiy jihatdan
muhimligi mamlakatimizda ushbu o’simlikning serhosil, har xil abiotik ta’sirlarga chidamli
navlarini yaratishni talab qiladi.
References:
1.
Бабич А.А. Соя на корм-М, 1994г-С 35-40.
2.
Бабич А.А. Новое в технологии возделывания сои: способы посева, густота стояния
растения - Зерновое хозяйство 1998г С 38-44.
3.
Бабучкин А.Н. Агроклиматическое описание Среднеязии - Труды. Таш.Г.У. 1994г. с
25-30.
4.
БеликовИ.Ф. Вопроси биологии и возделования сои - В кн: Биология возделывания
сои. Владивосток 1991г с 12-25.
5.
Yormatova D. Uzbekistonda soya yetishtirish - Toshkent: Uzbekiston, 1983Y б 20-40.
6.
Беликов И.Ф.О некоторых биологических особенностях сои в связи с густотой ее
посева -Доклады А Н. 1994 г с 13-19.
7.
Panjiev A., Ubaydullaev SH., Erkaev N. "Soya", Qarshi, 2006 y.
8.
Panjiev A., Ibragimov Z. "Qishloq xo'jalik mahsulotlarini qayta ishlashning nazariy
asoslari" ma'ruzalar matni, Qarshi, 2006 y.
9.
Лавриенко Г.Т. Соя-М: Россельхозиздат, 1998г с 54-64