Авторы

  • Ahmadjon Qodirqulov
    Sirdaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurorlari

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46827

Ключевые слова:

davlat xaridlari korrupsiya komplaens nazorat tizim komplaens xizmat.

Аннотация

Ushbu tezisda Respublikamizda komplaens nazorat borasida amalga oshirilayotgan va mexanizmi tobor takomillashtirilayoth=gan huquqiy tizim borasida fikr yuritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

79

O‘ZBEKISTONDA KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH SOHASIDA

KOMPLAENS NAZORAT TIZIMINI JORIY ETISH MASALALARI

Qodirqulov Ahmadjon Adhamovich

Sirdaryo viloyati prokuraturasi bo‘lim prokurorlari

E-mail: Axmadjonqodirqulov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13932714

Annotatsiya:

Ushbu tezisda Respublikamizda komplaens nazorat borasida amalga

oshirilayotgan va mexanizmi tobor takomillashtirilayoth=gan huquqiy tizim borasida fikr
yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

davlat xaridlari, korrupsiya, komplaens nazorat, tizim, komplaens xizmat.


Taʼkidlash joizki, korrupsiyaga qarshi kurashish borasida institutsional va tashkiliy

tizimning muhim unsure xorijiy tajribalar asosida sohada samarali tizim sifatida qoʼllanilib
kelinayotgan muayyan xalqaro standartlarni milliy amaliyotga joriy etish hisoblanadi.

Zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish yangiliklaridan biri oʼzida komplaens nazorat

tizimini majburiy shakllantirish hisoblanadi.

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yilning 11-fevralda “Korrupsiyaga qarshi

kurashish hamda jamoatchilik nazorati tizimlari takomillashtiriladi” nomli yigʼilishda
belgilangan asosiy vazifalardan biri vazirlik, kompaniya va hokimliklarda ichki korrupsiyaga
qarshi choralarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi komplaens nazorat tizimini tashkil
etish vazifasi qoʼyildi.

Oʼzbekistonda dastlab “Oʼzavtosanoat” АJ tizimida xalqaro yuridik firma hisoblangan

“Whiteand Case LLP” bilan hamkorlikda korrupsiyaga qarshi komplaens nazorat tizimi xalqaro
standartlar asosida joriy etilgan. Kompaniyada alohida shtat birliklariga ega boʼlgan toʼgʼridan-
toʼgʼri boshqaruv rahbariyati nazoratida boʼlgan komplaens xizmati tashkil etildi. 2018-yil 17-
yanvarida “GM Uzbekistan” АJ kuzatuv kengashi tomonidan

“Komplaens boʼyicha

yoʼriqnoma” (Сompliance handbook) [1]

va

“Odob-axloq kodeksi va komplaens” (Code

of ethics and compliance) [2]

kabi faoliyat yoʼnalishining yuridik asoslari tasdiqlandi. Bunda

mazkur hujjatlarning qisqacha tavsifi asosida “Oʼzavtosanoat” АJ tizimida tashkil etilgan
komplaens xizmat faoliyatining oʼziga xos xususiyatlariga alohida toʼxtalib o’tsak maqsadga
muvofiq boʼladi.

Jumladan, “Komplaens boʼyicha Yoʼriqnoma” kompaniyada ushbu xizmatni joriy etish

boʼyicha standartlarni oʼz ichiga olgan, unda kompaniyaning korrupsiyaga qarshi kurashish
siyosatini amaldagi qonunlar va ichki local hujjatlariga muvofiq tashkil etish va xodimlarning
oʼrnatilgan qoidalarga asosan harakat qilishini belgilaydi.

Yoʼriqnomaning sovgʼa, koʼngilochar holatlar, mehmondoʼstlik yoki sayohat deya nomli

boʼlimida xodimlar oʼrtasida sovgʼa qabul qilish va taqdim etish bilan bogʼliq tartiblar
belgilangan. Jumladan, kompaniya xodimlari 10 АQSh dollari (milliy valyuta ekvivalenti)
nominal qiymati bilan kompaniya nomidan sovgʼalar taqdim etishlari yoki xuddi shu
miqdordagi sovgʼalarni oʼz raxbarlariga yoki raxbarlarning oʼz xodimlariga taqdim etishlari
yoki qabul qilishlari mumkinligi belgilangan[3].

Shuningdek, yoʼriqnomada kompaniya ichidagi har qanday qonun buzilishi holatlari va

korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar haqida xabardor etish (whistle blowing policy) tartibining
aniq qoidalari oʼrnatilgandir. Unga muvofiq xodimlar tomonidan “Komplaens boʼyicha


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

yoʼriqnoma” va “Odob-ahloq kodeksi” [4] da oʼrnatilgan qoidalarga rioya etmaslik natijasida
qonun buzilishi yoki korrupsiyaga olib keladigan holatlar yuz bersa, bunday vaziyatlar haqida
xabardor boʼlgan xodimning komplaens xizmati xodimlariga yoki uning boshligʼiga kechiktirib
boʼlmaydigan holatda xabar berish majburiyligi oʼrnatilgan.

Fikrimizcha,

ushbu tartibning oʼrnatilishi xodim tomonidan korrupsiya haqida xabar

berish aynan birgina tarkibiy tarmoq emas, balki boshqa boʼlimga ham bu haqida maʼlumot
berish imkoniyati kompaniya ichida ushbu sohada boʼlimlar oʼrtasida bir-birini tiyib turish
siyosatini amalga oshirishga xizmat qiladi deyish mumkindir. Ushbu tartibning yaʼna bir jihati
esa korrupsiyaga qarshi kurashish aynan bir tarkibiy tarmoqning ushbu sohada monopoliyaga
aylanib qolishiga olib keluvchi omillarni oldini olishga ham eʼtibor qaratilgan.

Kompaniyada komplaens xizmatni faoliyatini tashkil etuvchi keyingi hujjat “Odob-ahloq

kodeksi va komplaens” boʼlib, oʼzida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar
toʼqnashuvi va shu kabi boshqa korrupsiya xavflarini kamaytish va yuzaga kelishini oldini
olishga qaratilgan aniq koʼrsatilgan 18 ta savol va ularga qisqa tezis shaklidagi
javoblarkoʼrsatilgan. Xodimlarning mazkur sohada malakalarini oshirishi davomida ushbu
savollarga lozim darajadagi javoblarni berishi ularga kompaniya doirasida amal qiluvchi
komplaens sertifikatsiya taqdim etilishi bilan bogʼliq qoidalar ham oʼz aksini topgandir.

Mazkur savollardan, quyidagilarni misol sifatida keltirish mumkindir, masalan,

men

poraxoʼrlik va korrupsiyaga qarshi kurash uchun qanday harakat qilish zarur?

, men

kompaniyada faoliyatimni amalga oshirish davomida boshqalarga taklif qilishim mumkin
boʼlgan koʼngilochar holatlar, mehmondoʼstlik yoki sayohat harajatlari sovgʼa, “korrupsiya”
hisoblanadimi?, men faoliyatimda manfaatlar toʼqnashuviga duch kelishim mumkinmi yoki
duch keldimmi?,

men korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga guvohi boʼlsam qanday

harakat qilishim lozim[5]

va boshqa shu mazmundagi savollar va har bir savol tezis shaklida

koʼrsatilgan aniq va savolning mazmunini qamrab oladigan javoblar berilgan.

Mamlakatimizda mazkur jarayonlarning davomi sifatida davlat va xususiy sektorda

korrupsiyaga qarshi kurash sohasida profilaktik chora-tadbirlarni mustahkamlash hamda
korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga solishga qaratilgan 2017-yil 3 yanvarda
Oʼzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash toʼgʼrisida”gi Qonuni qabul qilindi
va unda korrupsiya, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar, manfaatlar toʼqnashuvi, ushbu
sohadagi vakolatli davlat organlari va shu kabi boshqa munosabatlar tartibga solingan boʼlsada,
ammo qonunning qabul qilinishi komplaens xizmati va uni tashkil etish mexanizmlari bilan
bogʼliq normalarni aks ettirmadi.

Qonunnig ijrosi asosida qabul qilingan

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining

02.02.2017-yildagi PQ-2752-sonli Qarori

bilan tasdiqlangan

“2017-2018-yillarga

moʼljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi”

ning 33 va 36-bandlari

xoʼjalik yurituvchi subʼektlar faoliyatida korrupsiyaga qarshi qonunchilik faoliyatini tashkil
etadigan ichki nazorat mexanizmlarini takomillashtirish, ish yuritish odobi qoidalari oʼrnatish
kabi choralarni oʼz ichiga qamrab oladigan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni qabul qilish
yoʼli korrupsiyaga qarshi kurashishning samarali mexanizmlarini joriy etish nazarda tutildi[6].

Korrupsiyaga qarshi kurashishda alohida ahamiyat kasb etadigan mazkur tushuncha

dastlab Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 27.05.2019-yildagi

PF-5729-sonli

“Oʼzbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Farmoni

asosida qabul qilingan “2019-


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

2020-yillarda korrupsiyaga qarshi kurashish Davlat dasturi”ning

21-bandida ustav

jamgʼarmasida

davlat ulushi boʼlgan tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish choralarini

kuchaytirish maqsadida korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat tizimini joriy etish
va uning samaradorligini tizimli monitoringgini amalga oshirish vazifasi belgilandi[7].
Komplaens nazorat tizimi aynan shu nom bilan ushbu hujjatda birinchi marta aks etdi.

Farmon asosida BMT Taraqqiyot dasturining 2019-yildan boshlab

“Oʼzbekistonda

samarali, hisob beruvchi va oshkora boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga karshi
kurashish”[8]

loyihasini amalga oshirish doirasida masʼul idoralar, jumladan, Bosh

prokuratura, Аdliya vazirligi bilan hamkorlikda va faoliyatining oʼziga xos jihatlaridan kelib
chiqib, ustav jamgʼarmasida

100% yoki 50% dan

yuqori boʼlgan davlat ulushi mavjud boʼlgan

aktsiyadorlik jamiyatlari va davlat tashkilotlari, shuningdek, tashqi bozorlarda faoliyat
yuritadigan yoki chet ellik sheriklari boʼlgan yirik kompaniyalarda tajriba loyiha tariqasida
korrupsiya xavflarni aniqlash va ularni oldini olish boʼyicha komplaens nazorat tizimini joriy
etish vazifasi belgilandi.

Loyihani davlat tashkilotlarida joriy etish boʼyicha xalqaro tender jarayonlari oʼtkazildi.

Jarayonda

“White and Case”

(АQSh), “KPMG” (Italiya)

va boshqa ushbu sohada katta tajribaga

ega xalqaro auditorlik kompaniyalari qatnashdi. Tender natijalari boʼyicha gʼolib deb topilgan
KPMG kompaniyasi ekspertlari bilan hamkorlikda

“Oʼzbekneftgaz” va “Oʼzkimyosanoat”

aktsiyadorlik jamiyatlari hamda

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi

tizimida (shu

jumladan, vazirlik markaziy apparati, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi, Jomboy tumani
adliya boʼlimi, Davlat xizmatlari agentligi markaziy apparati, agentlikning Toshkent shahar
boshqarmasi, Yunusobod tumani Davlat xizmatlari markazi, Intelektual mulk agentligi
markaziy apparati)[9] tajriba loyiha tariqasida ushbu tizimni joriy etish ishlari olib
borilmoqda.Shuningdek, joriy-yildan boshlab mazkur tajribalarni Oʼzbekiston Respublikasi
Bosh prokuraturasi tashabbusi bilan BMT Taraqqiyot dasturining koʼmagida Oʼzbekiston
Respublikasi Qurilish vazirligi, Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi, Sogʼliqni saqlash vazirligi,
shuningdek, Toshkent shahar hokimligi, Toshkent viloyati hokimligi, viloyat, Shahar va tuman
hokimliklari[10] kabi davlat tashkilotlarida komplaens nazorat tizimi tashkil etilmoqda.

Yuqorida sanab oʼtilgan kompaniya va tashkilotlarda komplaens xizmatini joriy etish 4

bosqichda amalga oshirilmoqda:

1-bosqich: korrupsiyaga qarshi kurashish komplaens nazorat xizmatini joriy holatini

tahlil qilish;

2-bosqich: korrupsiyaga qarshi chora-tadbir va nazorat mexanizmlarini ishlab chiqish

yoki takomillashtirish;

3-bosqich: korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” xizmatini joriy etish;
4-bosqich: joriy qilingan korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens nazorat” tartib-

qoidalari samaradorligini baholash kabi jarayonlarda ishlar amalga oshirilmoqda [11].

Oʼz navbatida komplaens nazoratning korrupsiyaga qarshi kurashishda samarali va

taʼsirchanligi kabi jihatlaridan kelib chiqib, mazkur tadbirlarning davomiy ijrosi sifatida 2020-
yil 15 mart kuni Oʼzbekiston Respublikasi Bosh prokurori hamda Oʼzbekiston Respublikasi
“Oʼzbekneftgaz” АJ raisi bilan hamkorlikda “Oʼzbekneftgaz” АJ tizimida korrupsiyaga qarshi
kurashishni yanada takomillashtirish boʼyicha2020-yilga moʼljallangan

“Yoʼl xaritasi”

tasdiqlandi. Unda BMT Taraqqiyot dasturi koʼmagida komplaens nazorat tizimini jamiyatga
tadbiq etish boʼyicha amalga oshirilayotgan loyihani jadallashtirish, komplaens nazorat tizimi


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

82

samaradorligini doimiy monitoring kilib borish, jaxonning yetakchi kompaniyalariga jamiyat
xodimlarini xizmat safarlariga yuborish orqali ularda tadbiq etilgan

“Korrupsiyaga qarshi

kurashish menejmenti” ISO-37001

tizimlari tajribasini joriy etib borish oʼzaro vazifalar

belgilanib olindi.

Fikrimizcha,

bugungi kunda komplaens nazorat tizimini bosqichma- bosqich xoʼjalik va

davlat boshqaruvi organlari, davlat ishtirokida boʼlgan korxonalar, shuningdek, banklarda joriy
etilishi ushbu sohaning oʼrganilishi har jihatdan dolzarbligini koʼrsatmoqda.

Ushbu vaziflarga erishi maqsadida Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining

“Davlat ishtirokidagi kompaniya va tashkilotlarda korrupsiyaga qarshi kurashish “komplaens
nazorat” tizimini joriy etish toʼgʼrisida”gi Qarorini ishlab chiqish maqsadga muvofqi boʼladi.
Unda davlat korxonarida kompaens nazorat tizimini joriy etish qoidalarini aks ettirish lozimdir.

References:

1.

Сompliance handbook //date January17,2018//Approved by Supervisory Board of JSC

GM Uzbekistan Электронманба].URL:

https://uzautomotors.com/companies/compliance.

2.

Code of ethics and compliance //dated January17,2018//Approved by Supervisory Board

of JSC GM [Электрон манба]. URL:

https://uzautomotors.com/companies/compliance.

3.

Code of ethics and compliance //datedJanuary17,2018//Approved by Supervisory Board

of JSC GM [Электрон манба]. URL:

https://uzautomotors.com/companies/compliance.

4.

[Электронманба]. URL

:https://uzautomotors.com

(мурожаат вақти: 16.03.2019).

5.

Code of ethics and compliance //dated January 17,2018//Approved by Supervisory

Board of JSC GM [Электрон манба]. URL:

https://uzautomotors.com/companies/compliance.

6.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 2 февралдаги

Коррупцияга

қарши курашиштўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг қоидаларини
амалга ошириш чора-тадбирларитўғрисида

ги ПҚ-2752-сонли Фармони // [Электрон

манба]. URL:

https://lex.uz/docs/3105125.

7.

ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентининг2019йил27майдаги“ЎзбекистонРеспубл

икасидакоррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш чора-
тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5729-сонли Фармони// [Электрон манба]. URL:

https://lex.uz/docs/4355387.

8.

Антикоррупционные реформы в Узбекистане (4-й раунд мониторинга в рамках

Стамбульского

плана

действийпоборьбескоррупцией)

//

[Электронманба].

URL:

https://www.oecd.org/corruption/acn/OECD-ACN-Uzbekistan-4th-Round_Monitoring-

Report-2019-RUS.pdf.

9.

ЎзбекистонРеспубликасиВазирларМаҳкамасининг2020йил17февралдаги,72-Ф-

сонлиФармойиши.
10.

ЎзбекистонРеспубликасиВазирларМаҳкамасининг2020йил17февралдаги,72-Ф-

сонлиФармойиши.
11.

Халқаро аудиторлик ташкилоти KPMG (Италия)нинг Ўзбекистонда комплаенс

назорат тизимини жорий этиш бўйича амалга ошираётган ишларига оид тақдимотдан
олинган маълумот.

Библиографические ссылки

Сompliance handbook //date January17,2018//Approved by Supervisory Board of JSC GM Uzbekistan Электронманба].URL:https://uzautomotors.com/companies/compliance.

Code of ethics and compliance //dated January17,2018//Approved by Supervisory Board of JSC GM [Электрон манба]. URL:https://uzautomotors.com/companies/compliance.

Code of ethics and compliance //datedJanuary17,2018//Approved by Supervisory Board of JSC GM [Электрон манба]. URL:https://uzautomotors.com/companies/compliance.

[Электронманба]. URL:https://uzautomotors.com (мурожаат вақти: 16.03.2019).

Code of ethics and compliance //dated January 17,2018//Approved by Supervisory Board of JSC GM [Электрон манба]. URL:https://uzautomotors.com/companies/compliance.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2017 йил 2 февралдаги “Коррупцияга қарши курашиштўғрисида”ги Ўзбекистон Республикаси Қонунининг қоидаларини амалга ошириш чора-тадбирларитўғрисида”ги ПҚ-2752-сонли Фармони // [Электрон манба]. URL: https://lex.uz/docs/3105125.

ЎзбекистонРеспубликасиПрезидентининг2019йил27майдаги“ЎзбекистонРеспубликасидакоррупцияга қарши курашиш тизимини янада такомиллаштириш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПФ-5729-сонли Фармони// [Электрон манба]. URL: https://lex.uz/docs/4355387.

Антикоррупционные реформы в Узбекистане (4-й раунд мониторинга в рамках Стамбульского плана действийпоборьбескоррупцией) // [Электронманба]. URL:https://www.oecd.org/corruption/acn/OECD-ACN-Uzbekistan-4th-Round_Monitoring-Report-2019-RUS.pdf.

ЎзбекистонРеспубликасиВазирларМаҳкамасининг2020йил17февралдаги,72-Ф-сонлиФармойиши.

ЎзбекистонРеспубликасиВазирларМаҳкамасининг2020йил17февралдаги,72-Ф-сонлиФармойиши.

Халқаро аудиторлик ташкилоти KPMG (Италия)нинг Ўзбекистонда комплаенс назорат тизимини жорий этиш бўйича амалга ошираётган ишларига оид тақдимотдан олинган маълумот.