Авторы

  • Mirsaid Abduraxmonov
    NavDKTU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar va jismoniy tarbiya” kafedrasi assistenti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46831

Аннотация

Bugungi kunda yer yuzi aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi ya’ni bu shuni anglatadiki, yoshlar siyosati O’zbekiston taraqqiyotining muhim asoslaridan biri. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Davlatimiz rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” [1] gi farmoni bu boradagi ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

39

O’ZBEKISTONDA YOSHLARGA OID DAVLAT SIYOSATINING HUQUQIY

ASOSLARI

Abduraxmonov Mirsaid Muzaffarovich

NavDKTU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar

va jismoniy tarbiya” kafedrasi assistenti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13927839

Bugungi kunda yer yuzi aholisining qariyb 20 foizini yoshlar tashkil qiladi. O‘zbekistonda

esa bu ko‘rsatkich 60 foizdan oshadi ya’ni bu shuni anglatadiki, yoshlar siyosati O’zbekiston
taraqqiyotining muhim asoslaridan biri. Yoshlar xalqimiz, davlatimizning bebaho boyligi. Ular
uchun barcha shart-sharoit yaratilgan, imkoniyatlar eshigi keng ochilgan. Davlatimiz
rahbarining 2017-yil 5-iyuldagi “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va
O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” [1] gi farmoni bu boradagi
ishlarni yangi bosqichga olib chiqdi.

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy printsiplari quyidagilardan iborat:

– ochiqlik va shaffoflik;
– yoshlarga oid davlat siyosatini ro‘yobga chiqarishda yoshlarning ishtirok etishi;
– yoshlar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish;
– ma’naviy, axloqiy va madaniy qadriyatlarning ustuvorligi;
– yoshlarning kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmasligi.

Yoshlarga oid davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlari:

– yoshlarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash;
– yoshlarning hayoti va sog‘lig‘ini saqlash;
– yoshlarning ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga
ko‘maklashish;
– yoshlar uchun ochiq va sifatli ta’limni ta’minlash;
– yoshlarni ishga joylashtirish va ularning bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish;
– yoshlarni vatanparvarlik, fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan,
hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash;
– yoshlarni axloqiy negizlarni buzishga olib keladigan xatti-harakatlardan, terrorizm va diniy
ekstremizm, separatizm, fundamentalizm, zo‘ravonlik va shafqatsizlik g‘oyalaridan himoya
qilish;
– yoshlarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyati darajasini yuksaltirish;
– iqtidorli va iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda rag‘batlantirish;
– yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish;
– yoshlarda sog‘lom turmush tarziga intilishni shakllantirish, shuningdek yoshlarning bo‘sh
vaqtlarini mazmunli tashkil etish va yoshlar sportini ommaviy rivojlantirish uchun shart-
sharoitlar yaratish;
– yosh oilalarni ma’naviy va moddiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, ular uchun munosib uy-joy va
ijtimoiy-maishiy sharoitlarni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar tizimini amalga
oshirish;
– yoshlarning huquqlari va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish sohasida faoliyatni amalga
oshiruvchi xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni rivojlantirish.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

O’zbekistonda yoshlarga oid davlat siyosatini yuritishda O‘zbekiston Respublikasida

yoshlarga oid davlat siyosati qonuni muhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu qonunning 1-
moddasida Yoshlarga oid davlat siyosatining maqsadi va qoidalari bayon qilingan [2].
Jumladan: Yoshlarga oid siyosat O‘zbekiston Respublikasi davlat faoliyatining ustuvor
yo‘nalishi bo‘lib, uning maqsadi yoshlarning ijtimoiy shakllanishi va kamol topishi, ijodiy
iqtidori jamiyat manfaatlari yo‘lida imkoni boricha to‘la-to‘kis ro‘yobga chiqishi uchun ijtimoiy-
iqtisodiy, huquqiy, tashkiliy jihatdan shart-sharoit yaratish hamda ularni kafolatlashdan
iboratdir. O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati quyidagi qoidalarga
asoslanadi:

-millati, irqi, tili, dini, ijtimoiy mavqei, jinsi, ma’lumoti va siyosiy e’tiqodidan qat’i nazar,

yoshlar to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish;

-yoshlarni huquqiy va ijtimoiy jihatdan himoya qilish;
-milliy, madaniy an’analarning avloddan-avlodga o‘tishi, avlodlarning ma’naviy aloqasi;
-yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, yoshlar O‘zbekiston Respublikasi

Konstitutsiyasi va qonunlari doirasida o‘z manfaatlarini amalga oshirish yo‘llarini erkin tanlay
olishlariga kafolat berish;

-jamiyatni rivojlantirishga, ayniqsa respublika yoshlari hayotiga oid siyosat va dasturlarni

ishlab chiqish hamda amalga oshirishda yoshlarning bevosita ishtirok etishi;

-huquq va burchlarning, erkinlik va fuqarolik mas’uliyatining birligi.
Yuqoridagi ikki huquqiy asos O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat

siyosatining muhim huquqiy asoslaridan desak xató bo’lmaydi. Azaldan yoshlar tarbiyasiga
hayot-mamot masalasi sifatida qaragan xalqimiz, globallashuv jarayonlari jadallashgan hozirgi
kunda yoshlar tarbiyasiga jiddiy e’tibor qaratishi tabiiydir.

References:

1.

“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi

faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni,
05.07.2017 yildagi PF-5106-son.
2.

Mirziyoyev Sh.M., “Yangi O’zbekiston Demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va

amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”, “O’qituvchi” MU, 2021

3.

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida, Toshkent

sh.,1991-yil 20-noyabr, 429-XII-son

Библиографические ссылки

“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni, 05.07.2017 yildagi PF-5106-son.

Mirziyoyev Sh.M., “Yangi O’zbekiston Demokratik o’zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda”, “O’qituvchi” MU, 2021

O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosati asoslari to’g’risida, Toshkent sh.,1991-yil 20-noyabr, 429-XII-son