Авторы

  • Ismatxo‘ja Ergashov
    Janubiy Koreyaning Sunchon universiteti bitiruvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46832

Ключевые слова:

musiqa asar san’at kuy sado tovush nutq xalq musiqa ijodi kompozitorlik ijodi janr shakl tur bayram ijod.

Аннотация

Ushbu tezisda musiqa san’ati turlari, ularning paydo bo’lishi va shakllanish jarayonlari haqida malumot berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

36

MUSIQA SAN’ATI TARIHIGA NAZAR

Ergashov Ismatxo‘ja Sunnat o‘g‘li

Janubiy Koreyaning Sunchon universiteti bitiruvchisi

ismat_real@mail.ru

https://doi.org/10.5281/zenodo.13927835

Annotatsiya:

Ushbu tezisda musiqa san’ati turlari, ularning paydo bo’lishi va shakllanish

jarayonlari haqida malumot berilgan.

Kalit so’zlar

: musiqa, asar, san’at, kuy, sado, tovush, nutq, xalq musiqa ijodi,

kompozitorlik ijodi, janr, shakl, tur, bayram, ijod.

Abstract:

This article provides information about the types of musical art, their

emergence and formation processes.

Key words:

music, work, art, melody, sound, sound, speech, folk music creation,

composer's creativity, genre, form, type, holiday, creativity.


Bugungi kunda yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalash, ularda milliy musiqamizga ongli

munosabat tushunchalarini shakllantirish muhim vazifalardandir. Milliy musiqa san’atimizning
ijro turlarini zamon va talablar darajasidagi yuksaklikka yanada rivojlantirish, uning tarixi
shakllanish jarayonlarini bilish, buyuk namoyondalar xizmatini o‘rganish talab qilinadi.

Musiqa san‘ati asarlari ma‘naviy boyliklar hisoblanadi va kishilarga estetik zavq beradi,

ularga ma‘naviy ozuqa bo‘ladi va estetik didini tarbiyalaydi. Musiqa inson hayoti davomida
unga doimo hamrohdir. Musiqa sadolari ostida qilingan mehnat unumli, musiqa bilan olingan
dam maroqli bo‘ladi. Kishilarning bayramlari, to‘ytomoshalari ham, fojiali motam marosimlari
ham musiqa bilan o‘tadi.

Musiqa san‘ati juda qadimda paydo bo‘lgan. Ibtidoiy jamoa tuzumi davrida yashagan

odamlar tabiatdagi musiqiy va shovqin tovushlarni farqlay bilganlar, kuylashni o‘rganganlar,
dastlabki cholg‘u sozlarini yaratganlar. Hozirgi kungacha bu sozlar takomillashgan, ulardagi
ijro uslublari ham rivojlanib boyigan. Xalq orasidagi musiqiy qobiliyatlarga ega bo‘lgan kishilar
ajoyib musiqa asarlari yaratib musiqa san‘atini boyitganlar.

Musiqa san‘ati paydo bo‘lgandan boshlab bugungi kungacha ikki yo‘nalishda rivojlangan,

degan fikr o‘rinli. Birinchi yo‘nalish - xalq musiqiy ijodi. Ikkinchi yo‘nalish - kompozitorlik ijodi.

Qadimda xalq orasida xonanda va sozandalar yashagan. Ular kuy va qo‘shiqlar

yaratganlar. Bu asarlar nota yozuvi bo‘lmaganligi sababli og‘izdanog‘izga o‘tib bizgacha yetib
kelgan. Kim yaratganligi noma‘lum bo‘lgani sababli bu asarlarni xalq musiqiy ijodining mahsuli
deyiladi.

Ma‘lumki yaratuvchanlik, ijod, insonga xos fazilatdir. Har bir avlod kuy va qo‘shiqlarga

o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritgani uchun bu asarlar xalqniki degan fikr asoslidir.

Har bir san‘at turining o‘z janrlari bo‘lgani kabi musiqa san‘atining ham o‘z janrlari bor.

«Janr» so‘zi fransuzcha bo‘lib "san‘at asarining turi" degan ma‘noni bildiradi. Masalan,
rassomchilikda portret, natyurmort, peyzaj kabi janrlar bor. Musiqa san‘ati janrlari ikki xil:
1.

Xalq musiqa ijodi janrlari.

2.

Kompozitorlik ijodi janrlari.
Masalan o‘zbek musiqasida xalq musiqa ijodi janrlari quydagilardir: qo‘shiq, maqomlar,

dostonlar, katta ashula va boshqalar. Kompozitorlik ijodi janrlariga quyidagilar kiradi: opera,
balet, simfoniya, sonata va boshqalar. Xalq musiqa ijodi va kompozitorlik ijodini solishtirganda


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

37

xalq ijodi balandroq turishini e‘tirof etish zarur. Xalq ijodi doimiy ravishda kompozitorlarga
namuna bo‘lib kelgan. Kompozitorlik ijodi xalq musiqiy merosi namunalari ta‘sirida
rivojlangan. Kompozitorlik ijodi nota yozuvi paydo bo‘lgandan so‘ng rivojlangan.
Kompozitorlar o‘z asarlarini nota bilan yozadilar. Bu yerda muallif aniq bo‘lgani sabab ularning
asarlari xalq musiqiy ijodi namunalaridan alohida turadi.

Har bir xalqning o‘z musiqa san‘ati bor. Boshqa san‘at turlari bilan bir qatorda musiqa

ham xalq ma‘naviy taraqqiyotining ko‘zgusi hisoblanadi. Musiqa san‘ati asarlarida xalqning
hayoti, turli davrlardagi ijtimoiy turmushi, urf-odatlari, din-diyonati, ahloqi haqidagi qarashlar
o‘z aksini topgan.

“Bugungi kunda O‘zbekistonda zavq bilan tinglanayotgan, maroq bilan aytilayotgan

ashula, yalla, katta ashula, doston, cholg‘u kuylari va maqomlar o‘zbek mumtoz musiqasining
yetuk janrlarihisoblanadi. Xalqimiz va uning namoyondalari yaratgan ana shuma’naviy
boyliklarimiz butun o‘zbek xalqi madaniy merosi, qadriyatlarining tarkibiy qismidir.
Manbaalarga ko‘ra, professional(ustozona) san’at bizning hududlarimizda milodning birinchi
asrlarida yuzaga kelgan va rivojlangan. Mumtoz musiqa xalq musiqa ijodi namunalari
negizida va ijrochilik madaniyatining rivoji,keyinchalik Sharq mumtoz she’riyati
shakllanishi asosida tashkil topgan.

Musiqa — inson hissiy kechinmalari, fikrlari, tasavvur doirasini musiqiy tovush (ton,

nagʻma)lar izchilligi yoki majmui vositasida aks ettiruvchi sanat turi. Uning mazmuni
oʻzgaruvchan ruhiy holatlarni ifodalovchi muayyan musiqiy badiiy obrazlardan iborat. Musiqa
insonning turli kayfiyatlari (mas, koʻtarinkilik, shodlik, zavqlanish, mushohadalik, gʻamginlik,
xavf-qoʻrquv va boshqalar)ni oʻzida mujassamlashtiradi. Bundan tashqari, musiqa shaxsning
irodaviy sifatlari (qatʼiyatlik, intiluvchanlik, oʻychanlik, vazminlik va boshqalar)ni, uning tabiati
(mijozi)ni ham yorqin aks ettiradi.

Musiqaning mazmuni — shaxsiy, milliy va umumbashariy badiiy qiymatlarning birligidan

iborat boʻlib, bunda maʼlum xalq, jamiyat va tarixiy davrga xos ruhiy tarovat, surʼat, ijtimoiy fikr
va kechinmalar umumlashgan holda ifodalanadi.

Musiqa shakllari har bir davrning maʼnaviy maʼrifiy talablariga javob bergan holda, ayni

vaqtda inson faoliyatining koʻpgina jabhalari (muayyan jamoaviy tadbirlar, odamlarning oʻzaro
etik va estetik taʼsir etish, muloqot qilish jarayonlari) bilan mushtarakdir. Musiqaning ayniqsa,
insonning axloqiy va estetik didini shakllantirish, hissiy tuygʻularini rivojlantirish, ijodiy
qobiliyatlarini ragʻbatlantirish vositasi sifatida roli juda muhimdir.

Nutq, tovushli signal berish va boshqa tovushli—maʼnoli jarayonlar singari, musiqa ham

muayyan maʼlumotlarni sadolar vositasida ifodalash imkoniyatiga ega. Jumladan,
tovushlarning baland-pastligi, ingichka-yoʻgʻonligi, uzun qisqaligi, kuchliligi va boshqa vositalar
yordamida odamning ichki holatini ifodalash imkoniyati jihatidan musiqa nutqqa (nutq
intonatsiyalariga) oʻxshaydi. Ammo, sanʼat turi sifatida musiqa faqat ungagina xos boʻlgan
xususiyatlar (mas, badiiyestetik maqsadlarni koʻzlashi, mazmun va shakl badiiy qiymat sifatida
kasb etilishi, ayniqsa, musiqa tovushlarining muayyan musiqa tizimlarida tashkil etilishi) bilan
nutqdan farq qiladi. Har bir alohida olingan musiqa tovushi birlamchi ifodaviy imkoniyatga ega
boʻlsada musiqa tovushlarining baland-pastlik munosabatlari lad tuzilmalarida, muvaqqat
nisbatlari esa — musiqiy ritm va metrda oʻz aksini topadi. Dunyoning aksariyat xalqlari musiqa
madaniyati, jumladan, oʻzbek musiqa folklori, anʼanaviy musiqa va bastakorlik ijodiyotida lad
asosini turli koʻrinishdagi diatonika tashkil etadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

38

Musiqada asosiy badiiy vosita — kuy (melodiya)dir. Musiqaning og‘zaki anʼanadagi

(monodiya) uslublarida kuy badiiy obrazning yagona va tugal musiqiy ifodasi hisoblanadi. Koʻp
ovozli kompozitorlik yoʻnalishlarda garmoniya, polifoniya unsurlari ham muhim oʻrin
egallaydi. Musiqa asaridagi kuy (mavzu)lar rivoji uning kompozitsiyasi (shakl)ni tashkil etadi.
Musiqa shakli asar mazmunining moddiy tajassumi va vujudga kelish vositasi boʻlib xizmat
qiladi. Musiqa asarlari shakliga muntazam takrorlanuvchi tarkib va unsurlar xos boʻlib, bular
badiiy mazmundagi oʻzgaruvchanlik, harakatchanlik kabi xususiyatlarga maʼlum darajada
ziddir. Oʻzaro aloqa va birlik doirasidagi bunday dialektik ziddiyatlar musiqa asarini yaratish
va ijro etish jarayonida hamisha xilmaxil ravishda oʻz yechimini topadi.

Turli xalqlar musiqa madaniyati va anʼanalarida musiqaning barqaror va beqaror

unsurlarining oʻzaro munosabatlari ham oʻzgachadir. Masalan: anʼanaviylik mezoniga
asoslangan ogʻzaki yoʻnalishdagi musiqa uslublarida muayyan badiiy mazmun, estetik qoidalar
bilan birga musiqa asarlari shakliga badixagoʻylik xususiyatlari, nomusiqaviy (asarning ijro
etish vaqti, joyi, sharoiti kabi) holatlar oʻz taʼsirini oʻtkazadi. Individual badiiy obrazlarni
ifodalashga qaratilgan yozma anʼanadagi kompozitorlik sanʼati asarlari esa koʻproq aynan
musiqiy rivojlanish qoidalariga, yaʼni tugallangan, yaxlit va barqaror shakllarga asoslanadi.

Musiqa inson madaniyatida va jamoaviy hayotda oʻziga xos oʻringa egadir. U dam olish va

koʻngil ochish paytlari, turli marosim, bayram, bazm va sayllar, diniy va rasmiy tadbirlar,
ommaviy va harbiy yurishlar, sport mashqlari va mehnat jarayonida muayyan vazifalar
bajaradi. Shuning uchun musiqa asarlari oʻz mazmuniga muvofiq holda bir nechta uslub, tur va
janr guruhlariga ajratiladi. Alla, zikr, marsiya, sarbozcha, vals, marsh, messa kabi janrlar
hayotdagi maishiy va boshqa sharoitlar bilan bogʻliq boʻladi.

Ashula, dastgoh, cholgʻu kuy, maqom yoʻllari, konsert, miniatyura, romans va boshqalarda

estetik taʼsir oʻtkazish vazifalari asosiy oʻrin tutadi. Janrlar, oʻz navbatida diniy musiqa, yoshlar
musiqasi, maishiy musiqa, ommaviy musiqa, harbiy musiqa, kamer musiqa, simfonik musiqa,
xor musiqasi kabi musiqa turlariga birlashadi.

Tarixiy, milliy, mahalliy, shaxsiy (individual) musiqa uslublari ham musiqiy tafakkur tarzi,

ohang, ritm, shakl kabi musiqiy unsurlarni oʻziga qamrab olib, muayyan bir davr yoki milliy
madaniyatga mansub boʻlgan turli janrdagi asarlar umumiyatini aks ettiradi. Musiqa
shuningdek, boshqa sanʼat turi va janrlarida ham muxim rol oʻynaydi. Masalan: opera janrida,
oʻzbek musiqali dramasi va komediyasida, xonandalik, xor sanʼati hamda orkestr
musiqachilikni drama bilan bog‘laydi. Balet va boshqa raqs shakllari ham o‘zining badiiy
obrazlarini musiqa yordamida ifodalaydi.

References:

1.

B. R. Yakubov Xorijiy mamlakatlar musiqa adabiyoti. Ma‘ruzalar matni. Farg‘ona 2002.

2.

G.Elmurodova (2022) Musiqa san‘ati va uning bizning hayotimizdagi o‗rni

3.

Jahon musiqasi tarixi fanidan oʻquv qoʻllanma: Gʻarb musiqa san‘atining XVIII asrgacha

shakillanish va rivojlanish davri. G. va R. Tursunova – Toshkent 2017
4.

Oʻzbek musiqasi tarixi. T. E. Solomonova – Toshkent ―Oʻqituvchi‖ 1891

5.

Doston navolari. B. Matyoqubov – Toshkent 2009

6.

www.musiqa.uz

Библиографические ссылки

B. R. Yakubov Xorijiy mamlakatlar musiqa adabiyoti. Ma‘ruzalar matni. Farg‘ona 2002.

G.Elmurodova (2022) Musiqa san‘ati va uning bizning hayotimizdagi o‗rni

Jahon musiqasi tarixi fanidan oʻquv qoʻllanma: Gʻarb musiqa san‘atining XVIII asrgacha shakillanish va rivojlanish davri. G. va R. Tursunova – Toshkent 2017

Oʻzbek musiqasi tarixi. T. E. Solomonova – Toshkent ―Oʻqituvchi‖ 1891

Doston navolari. B. Matyoqubov – Toshkent 2009

www.musiqa.uz