YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
22
TEXNIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA FIZIKA FANINI O‘QITISHDA
ELEKTRON TA’LIM RESURSLARIDAN FOYDALANISHNING AFZALLIKLARI VA
KAMCHILIKLARI
Irkinov Ma’murjon Botirjon o‘g‘li
Islom Karimov nomidagi
Toshkent davlat texnika universiteti Olmaliq filiali assistenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13927585
Annotatsiya:
Hozirgi ta’limning bosqichma-bosqich rivojlanib borayotganganligini
inobatga olib ushbu maqolada texnika oliy ta’lim muassalarida elektron ta’lim resurslaridan
foydalanishning bir qancha afzalliklari va kamchiliklari haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
fizika, resurs, ta’lim resurslari, platforma, kompyuter texnologiyalari, AKT,
model, diagramma, fizik kattalik.
Bugungi globallashuv jarayonida ta’limning jadal elektronlashib borayotganiga
barchamiz birdek guvoh bo‘lmoqdamiz. Elektron ta‘lim tizimi o‘quvchilarga barcha o‘quv
materiallaridan to‘plangan bilimlarni turli test to‘plamlaridan foydalangan holda o‘z-o‘zini
tekshirish va shu material ustida qayta ishlash imkoniyatini bermoqda. Ta’limda ham bir
muncha murakkabliklar paydo bo‘layotgan bir paytda elektron ta’lim vositalari o‘quvchining
o‘zlashtirish xususiyatini anchagina yengillashtirmoqda desak yanglishmagan bo‘lamiz.
Hozirda ta’lim jarayonidagi amalga oshirilayotgan o’zgarishlar, jumladan ilg’or innovatsion
texnologiyalarning olib kirilishi ta’limni tizimli amalga oshirishga yangicha nuqtai nazardan
yondoshishni talab qiladi. Bugungi kunda axborot vositalaridan barcha sohalarda keng
qo‘llanilgan bir vaqtda, fanlarni kompyuter dasturlari orqali fizik xodisalarni, tajribalarni
namoyish qilish va kuzatishda, fizika kursida turli fizik jarayonlarni o‘rganishda pedagogik
dasturiy vositalardan keng foydalanish mumkin. Pedagogik dasturiy vositalar – kompyuter
texnologiyalari yordamida o‘quv jarayonini qisman yoki to‘liq avtomatlashtirish uchun
mo‘ljallangan didaktik vosita bo‘lib, ular ta’lim jarayonini samaradorligini oshirishning
istiqbolli shakllaridan biri hisoblanib, zamonaviy texnologiyalarning o‘qitish vositasi sifatida
ishlatiladi. Shuning uchun, zamonaviy o‘qitish texnologiyasini amalga oshirish, noan’anaviy
o‘quv manbalaridan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Kompyuterdan foydalanuvchi
tajribaning dastlabki shartlarini o‘zgartira borib, kerakli fizik tajribalarni o‘tkazadi va natija
asosida xulosalar qilish imkoniga ega bo‘ladi. Ayrim hodislarni tajriba jarayonida ekranda uni
tasvirlab berish bilan bir qatorda fizik kattaliklarning o‘zaro bog‘liqlik diagrammasini
kuzatishga imkon beradi. Tajribalarning videoko‘rinishi dars jarayonining o‘zgacha jonli va
qiziqarli o‘tishiga yordam beradi. Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bu o‘rgatuvchi kompleks
dasturlar yordamida fizik hodisa va jarayonlarda kuzatiladigan fizik qonuniyatlarni bog‘lab
tushuntirish qator afzalliklarga ega.
Elektron ta’lim - bu platformalar yoki raqamli muhitlar orqali bilimlarga kirishni targ‘ib
qiluvchi ta’lim modeli hisoblanadi.
Elektron ta’lim resurslari yordamida fizika fani darslarni tashkil etish jarayoni, bunda
talabalarning olayotgan bilimlarini nafaqat eshitish, balki ko‘rish sezgilari orqali ham qabul
qilishlari va tushunchalarning g‘oya va mazmunini chuqur anglab yetishlariga samarali yordam
beradi hamda fizik jarayonlar haqida umumiy tasavvurlarga ega bo‘lishga yordam beradi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
23
Elektron ta’lim platformalarining ham yutuqlari va kamchiliklari mavjud bo‘lib, bu
quyidagi ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.
Ushbu turdagi platformalarning ba’zi bir afzalliklari:
Moslashuvchan va arzon o‘qitish.
Internet bilan texnologik uskunalar kuchining birlashtirilganligi.
Geografik va vaqtinchalik masofalarni bekor qilish.
Minimal bilim bilan platformadan foydalanishga imkon beradi.
Taklif qilingan vaqtda o‘rganish va tezligidagi erkinlik.
Elektron ta’lim platformalarining kamchiliklari:
Yuzma-yuz kursdan ko‘ra talabning va bosimning yuqoriligi.
Yuklangan o‘quv materiallarining kamligi.
O‘qituvchilar uchun yanada noqulaylik, chunki siz nafaqat o‘zingiz mavzuni o‘rgatishni,
balki AKTni o‘qitish haqida ham bilishingiz kerak.
Talabalarga darsdan chalg‘ish uchun vaqtning yetarliligi.
Ta’limdan chalg‘ituvchi omillarning xilma-xilligi.
Elektron ta’lim vositalaridan foydalanishda quyidagilarga alohida e’tibor qaratish kerak
bo‘ladi:
− o‘quv materiallarga qo‘yiladigan uslubiy talabalarni ishlab chiqish;
− animatsion dasturlardan foydalanish davomiyligini 25–30 minutdan oshirmaslik; − namoyish
etilayotgan mavzuga doir tushunchalar o‘qituvchi va talabalar tomonidan ikki tomonlama aloqa
tarzida muhokama etib borilishi;
− namoyish etilib borilayotgan lavhalarning talaba tomonidan mustaqil ravishda qayta ishlab,
yangi tushunchalarni shakllantirib borishiga erishish;
− o‘qitish natijalarini baholash me’zonlarini aniqlash.
Xulosa o’rnida shuni aytishimiz mumkinki, elektron ta’lim platformalarining afzalliklari
va kamchiliklari soni jihatidan bir-biriga juda o‘xshashdir, agar siz o‘qitishning bir turiga
boshqasidan ko‘ra ko‘proq tanlasangiz, bu sizga bog‘liq.
References:
1.
Sheraliyev S.S. Tebranish va to’lqinlarni o’qitishda zamonaviy axborot texnologiyalarini
joriy etishning ilmiy-metodik va amaliy jihatlari. Monografiya. – T.: Fan va texnologiya, 2017. –
B.6-116.
2.
Sheraliyev S.S., Yuldashev B.E., Tursunmetov K.A. “Mexanik tebranishlar va to‘lqinlardan
virtual laboratoriya ishlari” elektron o‘quv majmuasi // O‘zbekiston Respublikasi intellektual
mulk agentligi. DGU 03628. – Т.: 2016.
3.
Safarmatov U.S Sheraliyev S.S, Irkaboyev Dj.U, Abdullayev B.I, Irkinov M.B, Kuchkharov
Sh.H. FACTORS OF ORGANIZING PHYSICAL PRACTICUM BASED ON NON TRADITIONAL
TECHNOLOGIES. African Journal of Biological Sciences.
4.
Irkabayev Dj.U. Information technologies in teaching physics in a technical higher
education institution. Multidisciplinary Research Journal (Double Blind Refereed & Peer
Reviewed Journal) ISSN: 2249-7137 Vol. 11, Issue 4, April 2021.
5.
Safarmatov U.S, Abdullayev B.I Zamonaviy materiallarning issiqlik va elektr
o‘tkazuvchanligini ishlab chiqarishdagi imkoniyatlari va ahamiyati. Conference directions
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
social science s pedagogical humanities education management technology, Hosted from
Canberra The Australia Sept 31th 2024.
6.
Irkinov M.B, Kuchkharov Sh.H. Kompozitsion materiallarning fizikaviy hususiyatlari va
ishlab chiqarishdagi ahamiyati. Conference directions social science s pedagogical humanities
education management technology, Hosted from Canberra The Australia Sept 31th 2024.