Авторы

  • J. J. Nasurillaeva
    Qoraqalpoq davlat universiteti stajyor-o‘qutuvchi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46857

Ключевые слова:

Geologik qidiruv ishlari foydali qazilma konlari geologik geokimyoviy geofizik tadqiqotlar Stratigrafik litologik tektonik petrografik geomorfologik.

Аннотация

Maqolada geologik qidirish - foydali qazilma konlarini ochish va istiqbolini aniqlash uchun bajariladigan geologik, geokimyoviy va geofizik tadqiqotlar.Geologik qidirish geologik syomka bilan birga oʻtkaziladi. Shuningdek, avval bajarilgan geologik syomka materiallari asosida va geologik qidirish olib boriladi. Qidirish oʻtkazilayotgan joylarda foydali qazilmalar borligi ehtimolini koʻrsatuvchi yoki foydali qazilmalar joylashishini bashoratlovchi haritalar tahlillarga asosida dalillangan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

101

GEOLOGIYA-QIDIRUV ISHLARI

J. J. Nasurillaeva

Qoraqalpoq davlat universiteti stajyor-o‘qutuvchi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13919861

Annotatsiya:

Maqolada geologik qidirish - foydali qazilma konlarini ochish va istiqbolini

aniqlash uchun bajariladigan geologik, geokimyoviy va geofizik tadqiqotlar.Geologik qidirish
geologik syomka bilan birga oʻtkaziladi. Shuningdek, avval bajarilgan geologik syomka
materiallari asosida va geologik qidirish olib boriladi. Qidirish oʻtkazilayotgan joylarda foydali
qazilmalar borligi ehtimolini koʻrsatuvchi yoki foydali qazilmalar joylashishini bashoratlovchi
haritalar tahlillarga asosida dalillangan.

Kalit sózlar:

Geologik qidiruv ishlari, foydali qazilma konlari, geologik, geokimyoviy,

geofizik tadqiqotlar, Stratigrafik, litologik, tektonik, petrografik, geokimyoviy, geomorfologik.


Foydali qazilma konlarining hosil boʻlishi sharoitlarining joy geol. sining ayrim unsurlari

bilan bogʻlikligi geologik qidirish ishlarida muhim. Foydali qazilma konlari borligidan yoki
konlar hosil bolishi imkoniyati mavjudligidan darak beruvchi turli geologik omillar, struktura
elementlari va boshqa qidirish belgilari deb yuritiladi.Stratigrafik, litologik, tektonik,
petrografik, geokimyoviy, geomorfologik va boshqa qidirish belgilari bor. Tub jinslarning
ochiqligi darajasi, boʻsh jinslar qoplamining qalinligi, joyning relyefi va boshqa geologik
sharoitlarga qarab geologik qidiruvda maxsus dala va labarotoriya ishlari bajariladi. Yer ustida
olib boriladigan geologik-mineralogik tadqiqotlar daryo tosh bulaklari, muzlik valunlari va
shlix metodlarini uz ichiga oladi. Antropogen boʻsh yotqiziqlar bilan qoplangan joylarda muzlik
valunlari, daryo shagʻallari, qiyalik sochmalaridan ruda boʻlaklari qidirib topilib, ularning
tarqalish sharoitlariga qarab ruda boʻlagi qaysi joydan keltirilganligi aniqlanadi. Shlix yuvish
usulida daryo qumi va yon bagʻir boʻsh yotqiziqlardan shlix namunasi olinib, maxsus novda
yuvilib, ogʻir fraksiya (shlix)aa qimmatbaho minerallar (oltin, platina, qalay-tosh, volframit,
olmos va b.) aniqlanadi. Nazariy taxminlarga asoslanib chuqurlikda ruda konlari boʻlish
ehtimoli bulgan joylarda geologik qidiruvda burgʻi quduqlari goho chuqur shaxta va shtolnyalar
kovlanadi. Geokimyoviy tadqiqotlar metallometrik, gidrokimyoviy, emanatsion, gazli,
biogeokimyoviy va geobotanik sʼyomkalar oʻtkazilib bajariladi. Geofizik tadqiqotlar togʻ jinslari
va foydali qazilmalarning bir qancha fizik xossalarining bir-biridan farqini oʻrganishga (mas,
qayishqoqlik, magnitlilik, elektroʻtkazuvchanlik, zichlik, radioaktivlik) asoslangan. Bunday
tadqiqotlarda samolyot, vertolyot, Yer sunʼiy yoʻldoshlaridan keng miqyosda foydalaniladi.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 27 apreldagi "O'zbekiston

Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo'mitasi to'g'risidagi nizomni tasdiqlash
to'g'risida"gi 315-sonli qaroriga muvofiq Davlat geologiya qo'mitasiga quyidagi vazifalar
yuklatilgan.yer qa'rini geologik o'rganish, foydalanish va muhofaza qilish, shuningdek,
konchilik munosabatlarini boshqarish borasida yagona davlat siyosatini amalga
oshirish;respublikaning mineral-xom ashyo bazasini, birinchi navbatda yer osti suvlari,
qimmatbaho, rangli, Nodir, kamyob metallar va uranning mineral-xom ashyo bazasini jadal
rivojlantirish, mineral xom ashyoning yangi turlarini va ularning konlarini tezkor
izlash;geologiya-qidiruv ishlarining samaradorligi va natijadorligini oshirish, foydali
qazilmalar zaxirasi o'sishini ta'minlash va joylarda sanoatning yangi quvvatlari yaratilishini
inobatga olib iqtisodiyot tarmoqlarining mineral-xom ashyo bazasini qayta to'ldirish;geologik


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

102

o'rganish va foydali qazilmalar konlarini sanoat yo'li bilan o'zlashtirish sohasida faol investisiya
siyosatini yuritish va qulay investisiya iqlimi yaratish;raqobatbardosh mahsulotlar bo'yicha
zamonaviy ishlab chiqarishlarni tashkil qilish uchun birinchi navbatda respublika hududlarida
sanoatda faoliyat ko'rsatayotgan tarmoqlarning xom ashyo manbalarini diversifikasiyalash
bo'yicha takliflar tayyorlash;mineral-xom ashyo bazani rivojlantirish va qayta to'ldirishning
uzoq muddatli, o'rtacha muddatli va yillik davlat dasturlari monitoringi olib borilishini va
nazorat qilinishini ta'minlash, yer qa'rini geologik o'rganish metodikasini o'rganish natijalari
hajmi, sifati va ishonchliligini xolisona baholash;

yer qa'rini geologik o'rganish, foydali qazilmalarni qazib olish (shu jumladan, mineral,

termal, sanoat yer osti suvlari), mineral xom ashyoni qayta ishlash, shuningdek, konchilik
ishlarini geologik-marksheyderlik ta'minlashda yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan yer
qa'ridan foydalanish va muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari va normativ hujjatlar
talablariga rioya qilinishi yuzasidan davlat nazoratini amalga oshirish;unumdorligi yuqori
bo'lgan zamonaviy geologiya-qidiruv asbob-uskunalarini tezkor joriy qilish, ilg'or texnika va
innovasion texnologiyalar bilan ta'minlash hisobiga geologiya tarmog'ini modernizasiyalash
bo'yicha samarali chora-tadbirlarni amalga oshirish.

“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ: MC-012 burg‘i qudug‘ida burg‘ilash ishlari amalga

oshirilmoqda


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

103

References:

1.

Расулов Х.З. Грунтлар механикаси, замин ва пойдеворлар. Тошкент. Ўқитувчи,

1993й.- 240 б
2.

Rasulov H.Z. Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar (Ikkinchi nashr). Toshkent

“Tafakkur” nashriyoti, 2010. - 231 b
3.

Ухов С.Б. и др. «Механика грунтов, основания и фундаменты». М.: Издательство

АСВ, 2004.-524 с. www/directric.ru
4.

Сайфиддинов С., Хидоятов З. «Грунтлар механикаси» фанидан лаборотория

ишларини ўтказиш учун услубий қулланма. Тошкент.2004-32б

5.

Малышев М.В., Болдырев Г.Г. Механика грунтов, основания и фундаменты (в

вопросах и ответах): Учебное пособие, М.: Изд-во АСВ,2001г.
6.

www.ziyonet.uz

7.

www.taqi.uz

8.

www.twirpx.com

9.

www.vniig.rushydro.ru

10.

www.mgsu.ru

11.

www.iasv.ru

12.

www.ozon.ru

13.

www.bibliolink.ru

14.

www.stroyizdat-sz.ru

Библиографические ссылки

Расулов Х.З. Грунтлар механикаси, замин ва пойдеворлар. Тошкент. Ўқитувчи, 1993й.- 240 б

Rasulov H.Z. Gruntlar mexanikasi, zamin va poydevorlar (Ikkinchi nashr). Toshkent “Tafakkur” nashriyoti, 2010. - 231 b

Ухов С.Б. и др. «Механика грунтов, основания и фундаменты». М.: Издательство АСВ, 2004.-524 с. www/directric.ru

Сайфиддинов С., Хидоятов З. «Грунтлар механикаси» фанидан лаборотория ишларини ўтказиш учун услубий қулланма. Тошкент.2004-32б

Малышев М.В., Болдырев Г.Г. Механика грунтов, основания и фундаменты (в вопросах и ответах): Учебное пособие, М.: Изд-во АСВ,2001г.

www.ziyonet.uz

www.taqi.uz

www.twirpx.com

www.vniig.rushydro.ru

www.mgsu.ru

www.iasv.ru

www.ozon.ru

www.bibliolink.ru

www.stroyizdat-sz.ru