Авторы

  • Z.M. Madaminova
    “Central Asian Medical University” Davolash ishi yo’nalishi 2 – kurs talabasi
  • B.N. Rasulov
    “Central Asian Medical University” Stomatologiya yo’nalishi 1 – kurs talabasi
  • D.O. Ahmadjonova
    “Central Asian Medical University” Davolash ishi yo’nalishi 2 – kurs talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46866

Ключевые слова:

Ateraskleroz Miokardinfarkt gipotoniya gipertoniya revmatizmtromboflevit tromboz spazm.

Аннотация

Ushbu maqolada bugungi kunda inson uchun xavf solayotgan kasalliklardan biri hisoblangan Yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

116

YURAK BILAN BOG’LIQ XAVFLI KASALLIKLAR

Madaminova Z.M.

“Central Asian Medical University”

Davolash ishi yo’nalishi 2 – kurs talabasi

Rasulov B.N.

“Central Asian Medical University”

Stomatologiya yo’nalishi 1 – kurs talabasi

Ahmadjonova D.O.

“Central Asian Medical University”

Davolash ishi yo’nalishi 2 – kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13913235

ANNOTATSIYA:

Ushbu maqolada bugungi kunda inson uchun xavf solayotgan

kasalliklardan biri hisoblangan Yurak qon tomir kasalliklari haqida ma’lumot berilgan.

KALIT

SO’ZLAR:

Ateraskleroz,

Miokardinfarkt,

gipotoniya,

gipertoniya,

revmatizmtromboflevit, tromboz, spazm.

Yurak qon-tomir sistemasi kasalliklari

— yurak, arteriyalar va venalar kasalliklari.

Ular juda koʻp va xilma-xil. Bu kasalliklarning baʼzilari (revmatizm, miokardit va boshqalar)
yurakni, ayrimlari arteriya (ateroskleroz) yoki venalarni (mas, tromboflebit), boshqalari butun
yuraktomir sistemasini shikastlaydi (gipertoniya kasalligi).Yurakning ishemik kasalligi yurak
muskullarining qon bilan yetarli taʼminlanmasligidan vujudga keladi. Asosan, yurak toj
arteriyalarining aterosklerotik oʻzgarishlarga uchrashi, spazmp, shuningdek, ular boʻshligʻida
qonning (ivib) laxta boʻlib choʻkishi (tromboz)kabilar kuzatiladi.

Arterial gipotoniy

a (gipotoniya kasalligi) — nisbatan kam uchraydi. U arterial

gipotoniya sindromi tarzida koʻpgina yuraktomir tizimi kasalliklarida (miokard infarkti,
kardiomiopatiya, miokardit), nevrozlar, gipotireoz, insultdan keyin kuzatiladi.

Klinik amaliyotda yurak muskullarining yalligʻlanishi — miokardit va yalligʻlanmay

zararlanishi — miokardiodistrofiya koʻproq kuzatiladi. Endokardit (yurak ichki qavatining
yalligʻlanishi) revmatizm va boshqalar orttirilgan yurak poroklarita sabab boʻladi. Lerikardit
kam uchraydi. Yurakning ishemik kasalligi, miokardit va miokardiodistrofiya, shuningdek,
nevrotik holatlar natijasida yurak aritmiyalari vayurak blokadasi sodir boʻlishi mumkin. Yurak
aritmiyalari yurak qisqarishlari (urishi)ning tezlashishi (taxikardiya) yoki sekinlashuvi
(bradikardiya), yurakning navbatdan tashqari qoʻshimcha qisqarishi (ekstrasistoliya); yurak
urishining toʻsatdan tezlashuvi (parok sizmal taxikardiya); yurakning har xil vaqt oraligʻida
notoʻgʻri qisqarishi (tebranuvchi aritmiya) va boshqalarda namoyon boʻladi. Yurak blokadasi
yurakning oʻtkazuvchi sistemasida nerv impulslari oʻtishining buzilishi (mas, boʻlmachalardan
qorinchalarga yoki Gis tutami oyoqchalariga impuls oʻtishining uzilishi)dan iborat.

Nevrozlar tufayli yurak nerv apparati faoliyati buzilganda aritmiyalar bilan birga, yurakda

sirqillaydigan, sanchadigan, jazillaydigan ogʻriq sezgilari ham paydo boʻladi. Ateroskleroz va
gipertoniya kasalligi arteriya tomirlarining keng tarqalgan xastaliklaridan boʻlib, aksariyat ular
birga kechadi. Ateroskleroz toj tomirlaridan tashqari, aorta va uning yirik shoxlari, jumladan,
buyrak arteriyasi, miya tomirlari (qarang Insult), qoʻloyoqning periferik tomirlarini ham
zararlaydi. Arterial tomirlarning yalligʻlanishi — arteriitlar koʻproq infeksion (masalan, zaxm,
sepsis) va allergik (qarang Zardob kasalligi) hamda kollagen kasalliklar tufayli yuzaga keladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

117

Klinik shakli obliteratsiyalovchi endarteriit, aorta panarteriiti va hokazo. Venalarning varikoz
kengayishi va tromboflebit vena tomirlarining koʻp uchraydigan kasalliklaridan.

Fibroz (sariq) va amiloidoz (jigarrang) bilan yurakning mikrografisi. Movat dogʻi.

Epidemiologiya.

Asosiy arteriyalarning (koronar, miya) aterosklerotik shikastlanishi natijasida kelib

chiqqan yurakqon tomir kasalliklari butun dunyo boʻylab oʻlimning asosiy sababidir: boshqa
hech qanday sababsiz, har yili yurak-qon tomir kasalliklaridan koʻp odamlar vafot etmaydi.JSST
hisob-kitoblariga koʻra, 2016-yilda 17,9 million kishi yurak-qon tomir kasalliklaridan vafot
etgan, bu butun dunyo boʻylab oʻlim holatlarining 31 foizini tashkil qilgan. Ushbu oʻlimlarning
85% MI va insult tufayli sodir boʻlgan.YQTKdan oʻlimning 75% dan ortigʻi past va oʻrta
daromadli mamlakatlarda, erkaklar va ayollar orasida deyarli tengdir.70 yoshgacha boʻlgan
yuqumli boʻlmagan kasalliklardan oʻlgan 17 million oʻlimning 82 foizi past va oʻrta daromadli
mamlakatlarda sodir boʻladi va ularning 37 foizi yurak-qon tomir kasalliklaridan kelib
chiqadi.Past va oʻrta daromadli mamlakatlardagi odamlar koʻpincha xavf omillari boʻlgan
shaxslarni erta aniqlash va davolash uchun integratsiyalashgan birlamchi tibbiy yordam
dasturlaridan foydalana olmaydi va ularning ehtiyojlarini qondiradigan samarali tibbiy
xizmatlardan kamroq foydalanish imkoniyatiga egadirlar. Natijada, koʻp odamlar yurak-qon
tomir kasalliklari va boshqa yuqumli boʻlmagan kasalliklardan yoshroq, koʻpincha eng samarali
yillarida vafot etadilar. YQTK va boshqa yuqumli boʻlmagan kasalliklar sogʻliqni saqlashning
halokatli xarajatlari tufayli oilalarning yanada qashshoqlashishiga yordam beradigan dalillar
mavjud. Makroiqtisodiy darajadaYQTKlar past va oʻrta daromadli mamlakatlar iqtisodiga ogʻir
yuk yuklaydi.

References:

1.

Лолтарёв С.С., Курцина И.Т. Физиология пищеварения. Учебн. Пособие. М.: “Высшая

школа”. 1984. –C. 87-100.
2.

Мак-Мюррей У. Обмен вешеств у человека. М.: “Мир”, 1980. –C. 35-43.

3.

Матохина З.П. Основы физиологии питания, гигиены и санитарии. Учебник.

Москва, 2002. –C. 198-233. 6. Salomatlik kutubxonasi. // Ilmiy jurnal.-Toshkent, 2015. - 23 b.

Библиографические ссылки

Лолтарёв С.С., Курцина И.Т. Физиология пищеварения. Учебн. Пособие. М.: “Высшая школа”. 1984. –C. 87-100.

Мак-Мюррей У. Обмен вешеств у человека. М.: “Мир”, 1980. –C. 35-43.

Матохина З.П. Основы физиологии питания, гигиены и санитарии. Учебник. Москва, 2002. –C. 198-233. 6. Salomatlik kutubxonasi. // Ilmiy jurnal.-Toshkent, 2015. - 23 b.