YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
57
MAJOZIY TASVIR VA POETIK NUTQ (ERKIN A’ZAM QISSALARI MISOLIDA)
Axmadiy Komila Shavkat qizi
Guliston davlat universiteti
Filologiya fakulteti Adabiyotshunoslik kafedrasi ( o‘zbek adabiyoti)
9-22-guruh magistranti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13913017
Annotatsiya
: Maqolada muallif Erkin A’zamning qissalari o‘ziga xos syujet-kompozitsion
xususiyatlarga ega ekanligi yuzasidagi kuzatishlar bayon etilgan. Ushbu asarlarning g‘oyaviy-
badiiy saviyasini ko‘rsatish va baholashda ulardagi majoziy tasvir mahoratini o‘rganish katta
ahamiyat kasb etishi ko’rsatilgan.
Erkin A’zam “Pakananing oshiq ko’ngli” asarida bir qancha majoziy obrazlarni keltirib
o‘tilgani, asarda tasvirlanayotgan obrazlar orqali asardagi ramziy-majoziylik yanada teranlik
kasb etgani o‘quvchi yoshlarning tarbiyasini shakllantirishda qissa, roman va hikoyalarni roli
va bu janrlar insonga ma’naviy ozuqa beruvchi ijod mahsuli hisoblanishi haqida fikr va
mulohazalar yuritilgan.
Kalit so‘zlar:
qissa, roman,
hikoya, didaktik, janr, vatanparvarlik, voqea, insoniy fazilatlar,
tarbiya, barkamol inson, ma’naviy ozuqa, pedagogika, xarakter, personaj, syujet, personaj,
yechim, kinoya, majoz, tendensiya, konflikt.
“Adabiyot badiiy obrazlarning murakkab sistemasi orqali inson tuyg‘ulari, ehtirosi,
psixologiyasi va ongining jamiyat, davlat, tarix va tabiat bilan bog‘liqlik darajasini ochib beradi.
Adabiyot insonni tasvirlash orqali real voqelikni gavdalantiradi”
1
. Erkin A’zam qissalarida ham
obrazlarning o‘ziga xos xarakter-xususiyatlari ularni tasvirlash usuli yoki ularni so‘zlatish, ya’ni
nutqi orqali ham tavsiflanadi.
“Insonni ma’lum bir hayotiy, ijtimoiy, tarixiy va boshqa sharoitlarda tasvirlash bircha
ijodiy metodlar uchun umumiy qonundir. Biroq qahramon xarakterining har bir qirrasini
hayotning obyektiv sharoitlariga moslashtirib shu yo‘sinda dalillab tasvirlash faqat realistik
adabiyotga xos bo‘lgan hodisadir”
2
. Shu qonuniyatlardan kelib chiqilsa, Erkin A’zam
qissalaridagi realistic tasvir majozga yo‘g‘rilgan holda ifodalanganligiga amin bo‘lish mumkin.
Chunki muallif har bir qahramon xarakterini ochib berishda obyektiv sharoitga barcha
jihatlarni moslashtirishga harakat qiladi. Ana shu moslashtirish jarayonida u personaj nutqidan
unumli foydalanadi.
Yozuvchining “Pakananing oshiq ko‘ngli” qissasida ham personajlar nutqi ularning
xarakterini, psixologik holatini ochib berishga xizmat qilgan o‘rinlar mavjud. Xususan, asarning
qahramonlaridan biri bo‘lgan Arofat obrazining o‘ziga xos jihatlari uning nutqi orqali
tavsiflanadi. U bilan singlisi o‘gay ona qo‘lida ekanligini eshitgan Pakana bu onani yalmog‘izsifat
tasavvur qiladi, u esa: “Yo‘q, yaxshilar, - dedi qiz siniq kulimsirab: - Yaxshi bo‘llaring deb
urushadilar-da”. Suhbat asnosida Pakana shuni sezdiki, katta qiz sifatida Arofat shu kunda
bamisoli onaning tomog‘iga tiqilgan tosh, chunki singlisiga ustma-ust ikki joydan sovchi
kelayotganmish. Ko‘rimliroq bo‘lsa kerak-da. So‘rashga iymandi. Ko‘nglidagini bilib
1
Муаллифлар жамоаси. Адабиёт назарияси. 2 томлик. 1-том. – Тошкент: Фан. 1978. – Б.153.
2
O‘sha kitob. – B.154.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
58
bo‘lmaydigan g‘alati bu mushtiparga ichi achidi”
3
. Arofatning so‘zlaridan uning o‘gay onasini
hurmat qilishi, o‘zining esa sabr-bardoshli qiz ekanligini anglash mumkin. Shuningdek, har
qanday gapni ham har kimga aytavermasligi, og‘ir va chidamli ekanligi, o‘ziga xos toifaga
mansub mute inson sifatida tasvirlanganligini ham ko‘rsatadi.
“Pakana – adabiyotimizda takrorlanmas o‘ziga xos nodir xarakter. Pakananing yoshligi,
pakana va rassomlik, pakananing uylanishi, pakananing oshiq bo‘lishi bilan bog‘liq
sarguzashtlar jarayonida uning xarakter qirralari ochiladi... oshiqlik dardi uni adoyi tamom
qiladi. Rassomning orzusi armonga aylanadi”
4
. Haqiqatan ham, bu obraz asar so‘ngida abgor
holatda singan ko‘zgu qarshisida turgan holatda tasvirlanadi. Lekin yozuvchi uning o‘ylarida
yangi suratning eskizi paydo bo‘lganligini ko‘rsatish orqali uning armonli muhabbat tufayli
yana qaytadan jonlanganligini, yana rasm chizishga xohish paydo bo‘lganligini ko‘rsatadi.
“Adib yaratgan har bir obraz zamirida inson qalbi tubidagi his-tuyg‘ularning anglanish
jarayoni, tubsiz iztiroblar qamalida qolgan inson ruhiy kechinmalari akslanadi. Yozuvchi
qahramonlari o‘zi bilan o‘zi murosadan charchagan, bezgan, shu ko‘yda tentiragan, tiriklikka
o‘zgacha nigoh bilan qarashni afzal bilgan insonlar guruhidan tashkil topgan”
5
. Yuqorida ko‘rib
o‘tilgan qissa qahramonlari ham xuddi shunaqa o‘zi bilan murosaga kela olmagan insonlar
deyish mumkin.
References:
1.
Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‘ati. – T.: Akademnashr,
2010. – B. 244,198.
2.
Hamroyeva D. Obraz, timsol, ramz// “O‘zbek tili va adabiyoti” jurnali. – Toshkent: 2008.
4-son. – B. 73.
3.
Qo‘chqorova M. Badiiy so‘z va ruhiyat manzillari. Monografiya. Toshkent: “Muharrir”
nashriyoti, 2011. – 127-bet.
4.
Qozixoʻjayev A. Qissa janri xususida. XX asr oʻzbek adabiyoti masalalari (ilmiy maqolalar
toʻplami). – T.: “Fan" nashriyoti. 2012. – B. 23.
5.
Quronov D. Adabiyotshunoslik nazariyasi. – T.: Akademnashr, 2018. – 141 b.
6.
Quronov D. va boshqalar. Adabiyotshunoslik lug‘at. – T.: Akademnashr. 2010. – B. 197.
3
Эркин Аъзам. Пакананинг ошиқ кўнгли. – Тошкент: Маънавият, 2001. – Б. 15.
4
Н.Йўлдошев. Характер мусаввири. //Эркин Аъзам бадиий олами. Тўплам. –Т.: Турон замин зиё, 2014. – Б. 55.
5
С.Тўлаганнова. Ёзувчи ижодида кўнгил инқилоби. //Эркин Аъзам бадиий олами. Тўплам. –Т.: Турон замин зиё,
2014. – Б. 69.