Jovanni (Ioann) Plano Karpini (1180(85)-1252) Italiyaning Perudja (Umbriya) shahriga yaqin bo‘lgan Pyan del' Karpini (hozirgi Pyano-della-Madjone) shahrida tug‘ilgan[1]. Uning italyancha ismi Djovanni del' Pyano – Karpine bo‘lib, tarixiy adabiyotlarda bu ismning lotinlashgan varianti hisoblangan Plano Karpini ismi qo‘llaniladi. O‘zining hamyurti bo‘lgan Fransisk Assizskiyning safdoshi va shogirdi bo‘lib, ko‘pincha orden manfaatidan kelib chiqib missionerlik faoliyati bilan shug‘ullangan Saksoniya va boshqa german knyazliklarida missionerlik ishlarini olib borgan[2]. Yevropada mo‘g‘ullar bosqinidan so‘ng Rim papasida ular bilan ittifoq tuzish yoki hech bo‘lmaganda ularning keyingi maqsadlari bilan tanish ishtiyoqi tuzildi.