Авторы

  • Jafar Shaymurzayev
    Nizomiy nomidagi TDPU “Jahon tarixi” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46876

Ключевые слова:

jadidchilik taraqqiyparvarlar konstitutsiyaviy monarxiya parlament ziyoli aksiyadorlik jamiyati demokratik jamiyat madrasa valyuta.

Аннотация

Ushbu maqolada Turkiston xalqini umumiy savodxonligini oshirish orqali uning dunyoqarashini yana-da o’stirish orqali Turkiston xalqini Rossiya imperiyasi zulmidan ozod etishga ulkan hissa qo’shgan jadidlar va ularning faoliyati haqida so’z boradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

38

JADIDCHILIK HARAKATI NAMOYONDALARI VA ULARNING FAOLIYATI

Shaymurzayev Jafar Isanmurot oʻgʻli

Nizomiy nomidagi TDPU “Jahon tarixi” kafedrasi mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13912684

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Turkiston xalqini umumiy savodxonligini oshirish orqali uning

dunyoqarashini yana-da o’stirish orqali Turkiston xalqini Rossiya imperiyasi zulmidan ozod
etishga ulkan hissa qo’shgan jadidlar va ularning faoliyati haqida so’z boradi.

Kalit so’zlar:

jadidchilik, taraqqiyparvarlar,konstitutsiyaviy monarxiya, parlament,

ziyoli, aksiyadorlik jamiyati, demokratik jamiyat,madrasa, valyuta.

EXEMPLARY OF THE EXISTENT MOVEMENT AND THEIR ACTIVITIES

Shaymurzayev Jafar Isanmurat ugli,

Independent researcher of the Department of

"World History" of TDPU named after Nizomi

ANNOTATION

This article talks about the Jadids and their activities that made a great contribution to the

liberation of the people of Turkestan from the oppression of the Russian Empire by increasing
their general literacy and further developing their worldview.

Key words:

modernism, progressives, constitutional monarchy, parliament,

intelligentsia, joint-stock society, democratic society, madrasa, currency.

ОБРАЗЦЫ СУЩЕСТВУЮЩЕГО ДВИЖЕНИЯ И ИХ ДЕЯТЕЛЬНОСТИ

Шаймурзаев, Джафара Исанмурат ugli,

Независимый научный сотрудник кафедры

«Всемирной истории» ТДПУ им. Низоми

АННОТАЦИЯ

В данной статье рассказывается о джадидах и их деятельности, которые внесли

большой вклад в освобождение народов Туркестана от гнета Российской империи путем
повышения их общей грамотности и дальнейшего развития мировоззрения.

Ключевые слова:

модернизм, прогрессисты, конституционная монархия,

парламент, интеллигенция, акционерное общество, демократическое общество,
медресе, валюта

.

KIRISH

Jadidchilik yoki jadidizm XIX asr oxiri XX asr boshida Turkiston, Kavkaz, Qrim, Tatariston

hayotida muhim ahamiyat kasb etgan ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, siyosiy harakat
hisoblanadi.

XIX asrning 90-yillaridan Oʻrta Osiyoda tarqalgan. Jadidchilik ilk bor Qrimda 1980-

yillarda Ismoilbek Gasprinskiy rahbarligida paydo boʻlgan. Jadidchilik harakati vakillari
ko‘pincha o‘zlarini ilg‘or, keyinchalik jadidchilar deb atagan. O‘sha davrning ilg‘or kuchlari
ayniqsa, ziyolilar mahalliy aholining dunyodan ortda qolayotganini sezib, jamiyatni isloh qilish
zarurligini anglab yetdi. Jadidchilik mohiyatan siyosiy harakat edi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

39

Maqolani yozish davomida nazariy-deduktiv xulosa chiqarish, analiz va sintez,

mantiqiylik tamoyillari qo’llanildi

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Turkistonda jadid ziyolilarining butun bir avlodi, o‘lka ma’naviy-ma’rifiy soha

taraqqiyotiga, milliy madaniyatning rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan namoyandalari vujudga
keldi. Bular Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy, Abduqodir Shakuriy, Said ahmad Siddiqiy
Ajziy, Toshkentda Munavvarqori Abdurashidxonov, Abdulla Avloniy, Ubaydullaxo‘ja
Asadullaxo‘jayev, Buxoroda Abdurauf Fitrat, Sadriddin Ayniy, Fayzulla Xo‘jayev, Farg‘ona
vodiysida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Obidjon Mahmudov, Abdulhamid Cho‘lpon, Is’hoqxon
Ibrat, Xivada Bobooxun Salimov, Polvonniyoz hoji Yusupov va boshqalar edi. Ular vatanparvar,
ma’rifatparvar, Turkiston o‘lkasida jadidchilik harakatining asoschilari va rahnamolari
hisoblanadi.

Jadidchilikning asosiy g‘oyalari va maqsadlari Turkistonni o‘rta asrlar qoloqligi va diniy

xurofotdan ozod qilish, shariatni isloh qilish, xalqni ma’rifatli qilish, Turkistonda muxtoriyat
hokimiyatini o‘rnatish uchun kurashish, Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va
parlament, keyinchalik demokratik respublika tuzumini o‘rnatish orqali ozod va farovon
jamiyat qurish, barqaror milliy valyutani muomalaga kiritish, milliy armiya qurish edi.
Keyinchalik Toshkent, Farg‘ona, Buxoro, Samarqand va Xivada erkin fikrli, ilg‘or fikrli
kishilarning ma’lum guruhlar tomonidan ochilgan madaniy-ma’rifiy jamiyat va uyushmalardan
jadidchilik harakati shakllandi.

Jadidlar dunyoning ilg‘or davlatlaridan ko‘p jihatdan ortda qolgan Turkiston xalqlarini

bo‘lajak fojialardan ogoh etish, jamiyat hayotini inqilobiy – zo‘rlik yo‘li bilan emas, balki
tadrijiy-ma’rifiy yo‘l bilan ijobiy tomonga o‘zgartirish jadidchilik harakatining asosiy maqsadi,
kurash usuli edi.

Millat istiqbolini o‘ylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari –

hunarmand, dehqon, savdogar, mulkdor, ulamolar orasida mavjud edi. Ziyolilar dastlab
chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uyg‘otish – siyosiy-ma’rifiy jabhadan
boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda Turkiston
mintaqasida rivojlanish uchun o‘ziga qulay zamin topdi.

Jadid merosining yana bir muhim jihati ularning ta’lim sohasida sekulyarizm –

dunyoviylikni targ‘ib etishidir. Ular jamiyatda, eng avvalo, yoshlar orasida turli diniy
e’tiqodlarni hurmat qiladigan, bag‘rikenglik muhitini yaratish muhimligiga urg‘u berishgan.
Munavvarqori Abdurashidxonov “Taraqqiy” jurnalidagi maqolasida bag‘rikenglik va
inklyuzivlikni targ‘ib qiluvchi ta’lim tizimi zarurligini ta’kidlab: “Ta’lim diniy aqidalar va
xurofotlardan holi bo‘lishi, o‘quvchilarning o‘z bilimlarini oshirishi va dunyoqarashini
shakillantirishi mumkin bo‘lgan makonni ta’minlashi kerak”, degan edi.

Jadidlarning eng e’tiborga olgan masalalaridan yana biri shuki, Turkistonda xotin-

qizlarning savodxonlik darajasi juda ham past ekanligi, ular faqatgina otinoyilar o‘z uylarida
ochgan uy maktablarida o‘qib, o‘qish davomida 3-4 tagina diniy suralarni yodlab,so‘ng ular uy
ishlari bilan shug‘ullanishi, nari borsa tikish-bichishni o‘rganishi, keyin esa jamiyatda qattiy
qonun-qoidaga aylangan erta oila qurish majburiyatini olib, shu bilan bir umr to‘rt devor ichida
yashashlarini qattiq tanqid qilib, erkak va ayollar teng haq-huquqga ega ekanliklari,bola
tarbiyasi bilan asosan onalar tarbiyalaganliklari bois, millat taqdiri uchun ularning bilim
saviyasini ko‘tarish va yangi maktablar tashkil etishni yoqlab chiqdilar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

40

Muxtasar aytganda, jahon taraqqiyoti yutuqlarini Turkistonga olib kelish istagida va yosh

avlodni ma’rifatli qilish, ulardan Vatan uchun xizmat qiladigan yetuk olimlar, sanoat va qishloq
xo‘jaligi sohalarining zamonaviy bilimdon, mutaxasislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib,
ular yurtini obod, farovon etishlariga ishonganlar. Jadidlar faoliyatida madaniyatga,
ma’rifatparvarlikka, yangilikka, taraqqiyotga intilish, yoshlarni, butun xalq ommasini shunga
da’vat etish g‘oyalari ularning umrlari oxirigacha yetakchi fikr bo‘lib qoldi. Har qanday og‘ir
sharoitda ular o‘z qarashlarini o‘zgartirmadilar. Jadidlarning ijtimoiy-siyosiy, madaniy-
ma’naviy faoliyatlarini tahlil qilib va ularning asr boshidagi g‘oyaviy qarashlarini kelib chiqqan
holda shuni aytishimiz o‘rinliki, ular Turkiston xalqlarini savodsizlik, qullik, qashshoqlikdan
chor hukumati mustamlakachiligidan qutqarishga bel bog‘laganlar va shu yo‘lda yoshlar asosiy
kuch bo‘lganini tushunib, ularning saviyasini oshirish uchun ko‘p sa’y harakatlar qilganlar.

Jadidchilik

harakati

namoyandalari

koʻpincha

oʻzlarini taraqqiyparvarlar,

keyinchalik jadidlar deb atashgan. Oʻsha davrning ilgʻor taraqqiyparvar kuchlari, birinchi
navbatda, ziyolilar mahalliy aholining umumjahon taraqqiyotidan orqada qolayotganligini his
etib, jamiyatni isloh qilish zaruriyatini tushunib yetgandilar. Jadidchilik mohiyat eʼtibori bilan
avvalo siyosiy harakat edi. Uning shakllanish va magʻlubiyatga uchrash davrlari boʻlib, ularni
shartli ravishda toʻrtga boʻlish mumkin. Turkiston, Buxoro va Xiva hududida bu davrlar 1895–
1905; 1906–1916; 1917–1920; 1921–1929-yillarni oʻz ichiga oladi.

Birinchi davrda Turkistonda podsho Rossiyasining mustahkam oʻrnashib olishi

kuzatiladi. U oʻz siyosiy agentlari (vakillari) yordamida mahalliy xon va amir vakolatlarini
cheklabgina qolmay, ularni qoʻgʻirchoqqa aylantirib, rus va gʻarb sarmoyadorlarining ishlashi
va yashashi uchun sharoit yaratadi, turli kompaniyalar, aksiyadorlik jamiyatlari manfaatini
koʻzlaydi. Ayni chogʻda mahalliy aholining talab va ehtiyojlari nazarga olinmay qoʻyildi, diniy
eʼtiqodlari,
urf-odatlari bilan hisoblashmaslik, ularni mensimaslik kuchaydi. Hayotiy, ilmiy
saviyasi yuqori boʻlgan qozilar tajribasiz kishilar bilan almashtirildi, poraxoʻrlik, ijtimoiy-
siyosiy adolatsizlik avj oldi. Madrasa va maktablar faoliyatini cheklash, mahalliy joy nomlarini
ruscha atamalar bilan almashtirish, hatto mahkama jarayonida qozilar boʻyniga xoch
taqtirishgacha borildi. Oʻsha davr ahvolini Muhammadali xalfa Sobir oʻgʻli (Dukchi eshon)
xalqqa qarata oʻz „Xitobnoma“si(1898)da yaxshi bayon qilgan.

Jadidchilikning asosiy gʻoya va maqsadlari quyidagilar edi:

Turkistonni oʻrta asrlarga xos qoloqlik va diniy xurofotdan ozod etish

shariatni isloh qilish

xalqqa maʼrifat tarqatish

Turkistonda muxtoriyat hukumatini barpo etish uchun kurash

Buxoro va Xivada konstitutsiyaviy monarxiya va parlament

keyinchalik demokratik respublika tuzumini oʻrnatish orqali ozod va farovon jamiyat

qurish

barqaror milliy valyutani joriy qilish va milliy qoʻshin tuzish.
Toshkent, Fargʻona, Buxoro, Samarqand va Xivada hur

fikrli

va

taraqqiyparvar

kishilarning ayrim guruhlari tomonidan ochilgan madaniy-maʼrifiy yoʻnalishdagi jamiyat va
uyushmalardan jadidchilik harakati shakllandi.

XULOSA

Millat istiqbolini oʻylovchi taraqqiyparvar kuchlar xalqning deyarli barcha tabaqalari—

hunarmand,dehqon,savdogar, mulkdor,

ulamolar orasida

mavjud

edi.Ziyolilar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

41

dastlab chorizmga qarshi kurashni xalqni asriy qoloqlikdan uygʻotish – siyosiy-maʼrifiy
jabhadan boshlashga qaror qildilar. Jadidchilik harakati ana shunday tarixiy bir sharoitda
Turkiston mintaqasida
rivojlanish uchun oʻziga qulay zamin topdi.

Jadidlar orasidan yetuk olimlar, sanoat va ziroatchilik sohalarining zamonaviy bilimdon

mutaxassislari, madaniyat arboblari yetishib chiqib, yurtni obod va oʻz vatanlarini mustaqil
koʻrishni orzu qildilar va shu yoʻlda kurashdilar. Jadidlarning Turkiston mustaqilligi uchun
kurashida

asosan

quyidagi

yoʻnalishlar

ustuvor

edi:yangi

usul

maktablari

tarmogʻini kengaytirish; qobiliyatli yoshlarni chet elga oʻqishga yuborish; turli maʼrifiy
jamiyatlar va teatr truppalari tuzish; gazeta va jurnallar chop qilish, xalqning ijtimoiy-siyosiy
ongini yuksaltirish bilan Turkistonda milliy demokratik davlat qurish.

References:

1.

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.

– T.:O‘zbekiston, 2017.
2.

Haydarov X., Jizzax viloyati tarixi, Toshkent, 1996-yil.

3.

Choriyev 3., Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari (1916—

1917), Toshkent, 1999-yil.
4.

Ziyayeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, Toshkent, 2000-yil.

5.

Ziyoyev H., Turkistonda mustaqillik uchun kurashlar tarixi, Toshkent, 2001-yil.

6.

Ганин А. В. Последняя полуденная экспедиция Императорской России:

Русская армия на подавлении туркестанского мятежа 1916—1917 гг. // Русский
сборник. Исследования по истории России. Ред.-сост. О. Р. Айрапетов,
Мирослав Йованович, М. А. Колеров, Брюс Меннинг. М., 2008. С. 152—214.
7.

Булдаков В., Леонтьева Т. Война, породившая революцию: Россия, 1914—

1917 гг.. — Москва, 2015.
8.

The Revolt of 1916 in Russian Central Asia, Edward Dennis Sokol, 1954, 2016.

Библиографические ссылки

Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan quramiz.

– T.:O‘zbekiston, 2017.

Haydarov X., Jizzax viloyati tarixi, Toshkent, 1996-yil.

Choriyev 3., Turkiston mardikorlari: safarbarlik va uning oqibatlari (1916—

, Toshkent, 1999-yil.

Ziyayeva D., Turkiston milliy ozodlik harakati, Toshkent, 2000-yil.

Ziyoyev H., Turkistonda mustaqillik uchun kurashlar tarixi, Toshkent, 2001-yil.

Ганин А. В. Последняя полуденная экспедиция Императорской России:

Русская армия на подавлении туркестанского мятежа 1916—1917 гг. // Русский

сборник. Исследования по истории России. Ред.-сост. О. Р. Айрапетов,

Мирослав Йованович, М. А. Колеров, Брюс Меннинг. М., 2008. С. 152—214.

Булдаков В., Леонтьева Т. Война, породившая революцию: Россия, 1914—

гг.. — Москва, 2015.

The Revolt of 1916 in Russian Central Asia, Edward Dennis Sokol, 1954, 2016.