Авторы

  • Adham Yusupov
    Toshkent davlat sharqshunoslik unversteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46880

Ключевые слова:

frazeologizm lingvistik-tarjimashunoslik sinonimik.

Аннотация

Mazkur maqolada arab  tilidagi ijtimoiy-siyosiy matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishning leksik, grammatik,  sintaktik xususiyatlarini ochib berish va arab tilidagi ijtimoiy-siyosiy matnlarni  o‘zbek tiliga uslubiy jihatdan tarjima qilishdagi mavjud muammolarni tahlil qilindi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

27

TARJIMADA USLUB MASALASI

Yusupov Adham Ahadovich

Toshkent davlat sharqshunoslik unversteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.13911844

Anotatsiya:

Mazkur maqolada

arab tilidagi ijtimoiy-siyosiy matnlarni o‘zbek tiliga

tarjima qilishning leksik, grammatik, sintaktik xususiyatlarini ochib berish va arab tilidagi
ijtimoiy-siyosiy matnlarni o‘zbek tiliga uslubiy jihatdan tarjima qilishdagi mavjud
muammolarni tahlil qilindi.

Tayanch so‘zlar:

frazeologizm lingvistik-tarjimashunoslik sinonimik.

Qadim zamonlardan buyon har bir davrning tarixiy qiyofasini o‘sha davrning,

avvalambor, siyosiy, so‘ng esa iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy holati yaratib bergan. Quldorlik,
feodal, sotsialistik, kommunistik siyosiy tizimlarining o‘rnatilishi yoki barbod etilishi bilan
mamlakatlarning taqdiri belgilangan. Ibtidoiy jamiyat davridan boshlangan oila, qabila, urug‘
jamoachiligida mavjud bo‘lmish boshqaruv faoliyati ilk siyosat tushunchasiga asos bo‘la oladi.

Ma’lumki, aynan o‘sha urug‘chilik davridan o‘zaro boshqa urug‘lar bilan ham aloqa olib

borishga bo‘lgan ehtiyojning o‘sishi natijasida, tilmochlik faoliyati yuzaga kelib asta-sekin
rivojlana borgan. Urug‘lararo mahsulot ayriboshlash, nikoh tuzish, hududiy chegara bo‘lishish
singari kelishuvlarni bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish zarurati bilan tom ma’noda siyosiy
tarjimonlikning ham ana shu qadar erta dunyoga kelganligini ta’kidlab o‘tish joizdir. Mana
necha ming yillar o‘tsinki, ijtimoiy-siyosiy tarjimonlik faoliyatining qadr-qimmati ortib kelgan
bo‘lsa borki, lekin hech qachon o‘z dolzarbligini yo‘qotmagan. Xoh osuda, xoh urush davrlarida
bo‘lsin, siyosiy tilmochlarning rizqi yerda qolmagan.

Hozirgi zamonamizda jamiyat hayotini ijtimoiy-siyosiy axborotlarsiz tasavvur qila

olmaymiz. Insonlarga kundalik zarur bo‘lgan bunday ma’lumot, xabarlar o‘zga tillardan
adekvat tarzda o‘girilib yetkazilishi darkor. Aks holda, tarjimonning aybi – tilni mukammal
bilmasligi yohud siyosiy savodsizligi oqibatida boshqa chet mamlakat haqida noto‘g‘ri fikr
tug‘ilishi mumkin. Shu tufayli tarjimondan ijtimoiy-siyosiy matnlarni tarjima qilishda lisoniy
bilimlar bilan birga g‘ayrilisoniy entsiklopedik bilimlar ham talab etiladi. O‘zga tildan o‘z tiliga
tarjimonlik faoliyati bir oz yengilroq hisoblanadi. Chunki ona tili grammatikasi, sintaktik
qurilishi, stilistikasi, lug‘at boyligi, bir so‘z bilan aytganda, lisoniy sir- sinoatini o‘sha til ona tili
hisoblanuvchi kishi mukammal egallagan bo‘ladi. Ona tilidan chet tiliga tarjima qilish esa aynan
shu sabablarga ko‘ra murakkabroqdir. Shunday ekan, o‘zbek tilidagi siyosiy matnlarni chet
tillariga tarjima qilish yuz karra sinchkovlik va ehtiyotkorlikni talab qiladi.

Arab tilidagi ijtimoiy-siyosiy matnlarni o‘zbek tiliga tarjima qilishdagi nozikliklar, ya’ni

ijtimoiy-siyosiy atamashunoslik, ijtimoiy- siyosiy matnlar tarjimasida leksik birliklarni tanlash,
vositachi til orqali tarjima faoliyatidagi muammolar, siyosiy matnlarda frazeologizmlarni
muvofiq tarjima qilish, tarjimalarni o‘zaro muvofiqlashtirishda uslubiyat va uslub masalalarini
atroflicha tahlil qilish muhim ahamiyat kasb etadi.

Arab tilidan o‘zbek tiliga ijtimoiy-siyosiy matnlar bilan ishlash uchun muvofiq tarjima

nazariyasi xususiyatlari, siyosiy tarjimonlik faoliyatida yuzaga keluvchi muammolarni tahlil
qilish, arab tilidan o‘zbek tiliga ijtimoiy-siyosiy matnlar tarjimasida uslubiyat masalalari
tadqiqot obyekti hisoblanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

28

Tadqiqot predmeti esa ijtimoiy-siyosiy tematikasi aks etgan siyosiy matnlar xususiyatlari

va ularning o‘zaro uslubiy moslashuvini lingvistik-tarjimashunoslik doirasida o’rganishdan
iborat. Tadqiqot ishining asosiy maqsadi – arab tilidagi ijtimoiy-siyosiy matnlarni o‘zbek tiliga
tarjima qilishning leksik, grammatik, sintaktik xususiyatlarini ochib berish va arab tilidagi
ijtimoiy-siyosiy matnlarni o‘zbek tiliga uslubiy jihatdan tarjima qilishdagi mavjud
muammolarni tahlil qilishdan iborat. Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi asosiy
vazifalarni belgilash mumkin: ijtimoiy-siyosiy matnlar tarjimasining umumtilshunoslik
masalalari bilan bog‘liq jihatlarini o‘rganish; ijtimoiy-siyosiy matnning lisoniy xususiyatlarini
ochib berish; ijtimoiy-siyosiy matn va siyosiy matn tarjimasining xususiyatlarini ko‘rsatish;
siyosiy diskurs va uning o‘ziga xos tomonlarini tahlil qilish; ijtimoiy-siyosiy matnlar
tarjimasida uslubiyat muammolarini aniqlash; ijtimoiy-siyosiy matn tarjimasida uslubiy
yondashuvlarning ahamiyatini baholash; ijtimoiy-siyosiy matnlarda qo‘llanilgan turg‘un
birikmalarning tarjimada berilishi masalasini atroflicha o‘rganish; arab tilidan o‘zbek tiliga
ijtimoiy-siyosiy matnlar tarjimasining amaliy va uslubiy masalalarini ko‘rib chiqish; arabcha
ijtimoiy-siyosiy matbuot uslubining lingvistik xususiyatlarini muhokama qilish; arab tilidagi
elektron OAV materiallarini o‘zbek tiliga tarjima qilishning o‘ziga xos jihatlarini aniqlash; arab
tilidagi ijtimoiy-siyosiy matnlarni o‘zbek tiliga uslubiy jihatdan tarjima qilish amaliyotini arab
matbuot materiallari asosida amalga oshirish. Ilmiy yangiligi quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
mazkur tadqiqot ishida ijtimoiy-siyosiy matnlar tarjimashunosligida ijtimoiy-siyosiy matn,
siyosiy diskurs, siyosiy terminologiya va frazeologiya, ijtimoiy-siyosiy matn va siyosiy
publisistika tushunchalari keng ma’noda qamrab olindi; ijtimoiy-siyosiy matnlarni tarjima
qilishda uslubiyat masalasining nozik qirralari ochib berildi; ijtimoiy-siyosiy matnlarni tarjima
qilishda transformatsiya va uning usullari hamda interpretasiya tarjimonlik uslublariga jiddiy
yondoshish lozimligi isbotlandi; arab tilidan o‘zbek tiliga siyosiy matnlarni tarjima qilishda
leksik birliklarni tanlash borasida diqqatli bo‘lib, siyosiy terminologiyani qo‘llashda xato,
kamchiliklarga yo‘l qo’yilishini oldini olish maqsadida ularning yasalish, qo‘llanish doirasi va
ko‘lami, siyosiy so‘z va iboralarning sinonimik qatorini sintaktik jihatdan to‘g‘ri qo‘llash kabi
lingvistik-tarjimonlik bilimlarini chuqur egallash adekvat tarjimaning kafolati bo‘lib xizmat
qilishi ko‘rsatib berildi; arab tilidan o‘zbek tiliga ijtimoiy-siyosiy matnlar tarjimasining amaliy
va uslubiy masalalarini ko‘rib chiqildi; birinchi marta sinonimik yangi bosqichida arab
ommaviy axborot vositalari vakillik doirasi keng qamrovli lingvistik tahlil duchor bo‘ldi;
o‘rganilayotgan til juftligida tarjimaning bir qator qonuniyatlari va xususiyatlari aniqlandi;
tadqiqotga ilova tarzida arab tilida mavjud ijtimoiy-siyosiy terminologiya va turg‘un
birikmalarning ba’zilarini sinonimik jihatdan birlashtirildi; ijtimoiy-siyosiy xarakterdagi
matnlarni arabcha-o‘zbekcha tarjima qilish uchun amaliy tavsiyalar berildi; ushbu doirada,
xususan, yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish (onlayn tarjima qilish, avtomatik
lug‘atlar yaratish va h.k.) uchun tarjima jarayonini yanada o‘rganish uchun zarur shart-
sharoitlar yaratish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi; yuqorida o‘rganilgan dalillarga tayanib
mazkur tadqiqot ishi muammosi o‘zbek tilida batafsil o‘rganilmaganligi kuzatildi. Shuningdek,
ishda tadqiqot mavzusi bilan bog‘liq katta hajmdagi asliyatdagi manbalar arab tilidan o‘zbek
tiliga yoki o‘zbek tilidan arab tiliga tarjima qilindi. Darhaqiqat, ijtimoiy-siyosiy asarlar tarjimasi
borasida aniqlik, lo‘ndalik, eng asosiysi, ma’no ustuvorligi birinchi o‘rinda turar ekan, albatta,
tarjimon bu talablarga javob berish uchun, avvalo, tarjima predmetini chuqur o‘rgangan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

29

bo‘lishi kerak. Ushbu biz tanlagan mavzuning dolzarbligi zamonaviy kommunikativ vaziyatda
tarjimaning ahamiyatining o‘sib borishi bilan belgilanadi.

Arab dunyosi iqtisodda ham, siyosatda ham yetakchi o‘rinlarni egallab bormoqda va

shuning bilan tarjimalar hajmi O‘zbekiston va arab davlatlari o‘rtasidagi siyosiy, madaniy va
savdo aloqalarining kengayib borishi bilan proporsional ravishda o‘sishda davom etyapti.
Lekin tarjimonlik sohasida, ayniqsa, ijtimoiy-siyosiy matnlar tarjimachiligi bo‘yicha o‘zbek-
arab til kombinatsiyasi doirasidagi ilmiy ish va tadqiqotlar ancha oz. Bu esa o‘z o‘rnida arab va
o‘zbek tarjimashunoslaridan mazkur til juftligidagi tarjimachilik qonuniyatlarini ochishga
yo‘naltirilgan qiyosiy tadqiqotlar olib borish uchun kuchlarni safarbar qilishlarini talab etadi.

Ayniqsa, tarjimada muallif uslubining berilishi juda murakkab va kam o‘rganilgan soha,

hattoki rus tilida ham materiallar yetarli emas deyish mumkin. Hattoki tarjima nazariyasiga
oid ko`plab risolalar yozgan professor A.Fedorov ham tarjimada til masalalari haqida ko‘plab
ma’lumotlar bersa-da, tarjimashunoslikda uslub masalasini chetlab o‘tgan. Mashhur munaqqid
V.G.Belinskiy aytganidek, “Uslub – bu talant, tafakkurning o‘zi demakdir, uslub – bu fikrning
bo‘rtib chiqishi va yaqqol sezilishidir. Uslubda odamning butunlay o‘zi ko‘rinadi, uslub hamma
vaqt shaxs kabi, xarakter kabi originaldir. Shuning uchun har bir muallifning o‘z uslubi bo‘ladi.
Tarjimada uslubning tor va keng ma’nolariga to‘xtalib o‘tuvchi tarjimon biror biror muallifning
maqola yoki tahliliy fikrlarini tarjima qilar ekan, uning uslubini – stilini berishi lozim” degan
xulosaga kelinadi.

Bu mukammal tarjimaning asosiy qoidalaridan biri, tarjimonning ustaligi esa original

manbaning stilini bera bilishidadir. Agar tarjimon o‘sha muallifning uslubini bermasa, u vaqtda
tarjima bo‘sh chiqadi va nursiz rangsiz, qonsiz, chala jonday bo‘lib ko‘rinadi. Bu og‘ir vazifani
bajarish uchun tarjimon har turli yo‘llarni axtaradi, o‘z qalamini charxlab, o‘tkirlaydi, natijada
mashhur tarjimonga aylanadi .

Mana bulardan ko‘rinib turibdiki, tarjimada uslub masalasi hozirga qadar hal etilmagan

va o‘rganilmagan muammodir.

References:

1.

V.V. Alimov, Yu.V. Artyomova, Ye.I. Sheygal, A.A. Filinskiy, Ye.A. Kojemyakin, O.M. Gotlib,

M.I. Varakina, Алимов, В. В. Общественно-политический (общий) перевод: практический
курс перевода [Текст] / В. В. Алимов. – 5-е изд. – М.: Ленанд, 2015. – 232 с. //
2.

Теория перевода. Перевод в сфере профессиональной коммуникации: учебное

пособие [Текст] / В. В. Алимов. – 3-е изд., стер. – М.: Едиториал УРСС, 2005. – 160с. //
3.

Теория перевода: пособие для лингвистов-переводчиков: учебное пособие [Текст]

/ В. В. Алимов. – М.: Кн. дом «ЛИБРОКОМ», 2013. – 240 с.
4.

Библиогр.: с. 231-237. – Библиогр. в конце гл.

5.

Алимов В.В., Артемьева Ю.В. Общественно-политический перевод: Практический

курс переводи: Учебное пособие. Изд. 3-е. — М.: Книжный дом

Либриком

, 2009.

6.

Шейгал Е. И. Семиотика политического дискурса. Монография – Волгоград:

Перемена, 2000 – 368 с.
7.

Филинский А. А. Критический анализ политического дискурса предвыборных

кампаний 1999 - 2000 гг.

Библиографические ссылки

V.V. Alimov, Yu.V. Artyomova, Ye.I. Sheygal, A.A. Filinskiy, Ye.A. Kojemyakin, O.M. Gotlib, M.I. Varakina, Алимов, В. В. Общественно-политический (общий) перевод: практический курс перевода [Текст] / В. В. Алимов. – 5-е изд. – М.: Ленанд, 2015. – 232 с. //

Теория перевода. Перевод в сфере профессиональной коммуникации: учебное пособие [Текст] / В. В. Алимов. – 3-е изд., стер. – М.: Едиториал УРСС, 2005. – 160с. //

Теория перевода: пособие для лингвистов-переводчиков: учебное пособие [Текст] / В. В. Алимов. – М.: Кн. дом «ЛИБРОКОМ», 2013. – 240 с.

Библиогр.: с. 231-237. – Библиогр. в конце гл.

Алимов В.В., Артемьева Ю.В. Общественно-политический перевод: Практический курс переводи: Учебное пособие. Изд. 3-е. — М.: Книжный дом ≪Либриком≫, 2009.

Шейгал Е. И. Семиотика политического дискурса. Монография – Волгоград: Перемена, 2000 – 368 с.

Филинский А. А. Критический анализ политического дискурса предвыборных кампаний 1999 - 2000 гг.