YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
130
“SHARH FIQH AL-KAYDONIY” ASARINING O’ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Anarbayeva Jamila Fayyoz qizi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13907067
Annotatsiya:
Mazkur tezisda Lutfulloh Nasafiyning “Fiqhi Kaydoniy” asarining yozilish
tarixi, unda shar’iy ilmlar, zamonaviy fiqhiy masalalarga oid tamoyillar bilan bir qatorda
asarning batafsil tavsifi hamda uning tarkibiy qismi yoritilgandir. Islom huquqi sohasida
yozilgan jamlovchi asar hisoblangan ushbu kitob hozirga qadar oʻz ahamiyatini yoʻqotmagani
bilan ajralib turadi. Asarda nafaqat fiqhga doir sohalar, ibodat hamda muomalat masalalari
batafsil yoritib berilgan.
Tayanch soʻz va iboralar:
Temuriylar, Sa’duddin Taftazoniy, “Sharh al-aqoid an-nasafiy”,
Zamonaviy fiqhiy masalalar, Amir Temur, Sayyid Amir Kulol.
THE INTERPRETATION OF CONTEMPORARY FIQH ISSUES IN SA‘D AL-DĪN
TAFTĀZĀNĪ'S WORK " SHARḤ FIQH AL-KAIDANI"
Anarbayeva Jamila Fayyoz qizi
Abstract:
In this thesis, the history of the writing of Lutfullāh al-Nasafī's work "Fiqhi
Kaidani", in which the detailed description of the work and its components, along with the
principles of sharīʿah sciences, in particular, modern jurisprudence issues, are covered. This
book, which is considered a comprehensive work written in the field of Islāmic law, is
distinguished by the fact that it has not lost its importance until now. In the work, not only fiqh
areas, prayer and behavior issues are covered in detail.
Key words:
Timurids, Sa‘d al-Dīn Taftāzānī, " Sharḥ al-‘Aqā’id al-Nasafīyah", modern
jurisprudence issues , Amir Timur, Sayyid Amir Kulol.
IX-XII asrlarda Nasaf ilm va madaniyat taraqqiyoti bobida Samarqand va Buxoro bilan
raqobatlashadigan darajaga ko’tarilgan. Ofuron (Obron), Kojar, Balad (Po’lati), Fudina singari
yirik manzillardan taniqli olimlar, muhaddis va fiqh olimlari yetishib chiqqanlar.
Nasaf shahri IX-XII asrlarda ilm-ma’rifat jihatidan Movarounnahrdagi eng yirik ilmiy-
madaniy markazlar - Samarqand va Buxorodan keyin turib, ko’plab olimu muhaddislar
samarali faoliyat ko’rsatishgan. Islomshunos olim D. Rahimjonovning ma’lumotiga ko’ra VIII-
XII asrlarda Movarounnahrda 3000 dan ortiq muhaddislar faoliyat ko’rsatgan. Ulardan 1000
dan ortig’i Samarqandda, 600 dan ziyodi Buxoroda, 400 dan oshig’i Nasafda, 70 dan ortig’i
Shoshda, 60 dan ziyodi Farg’onada, yana shunchasi Keshda, 50 dan ortig’i Termizda, 40 dan
ziyodi Xorazmda, shuningdek qolgan qismi esa Ustrushona, Dobusiya, Kushoniya va boshqa
mintaqalarda faoliyat yuritishgan. Bu raqamlar Nasaf shahrining Movarounnahrdagi nechog’li
ilmliy-madaniy salohiyatini yuksakligini yaqqol isbotlaydi
1
.
Nasaflik 400 dan ziyod ulamolarning aksariyati Nasaf vohasidagi shaharlarga (Pazda,
Kasbi va Kesh shaharlariga) mansub bo’lganlar. Nasaflik ko’plab ulamolar ilmiy faoliyatini
Samarqand va Buxoro shaharlarida ham olib borishgan. Bu ilmiy ishda o‘rganilayotgan asar
muallifi bo‘lmish Abdulloh Nasafiy Fozil Kaydoniy ham shu yurtda tavallud topgan
2
.
1
https://juyborikalon.uz/uz/news/327
(murojaat qilingan vaqt: 6.02.2024)
2
Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari.// – Toshkent, 2001. B.4.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
131
Uning “Fiqh al-Kaydoniy” asari madrasalarda asosiy darslik sifatida o’quv dasturiga
kiritilib “Matlab as-Solih” kitobi asosida ham talabalar o’qitilgan
3
.
Sharifxoʻja qozi kitobsevar va oʻz davrida kattagina kutubxonaning egasi ham boʻlgan.
Hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti fondida Sharifxoʻja qozining
shaxsiy kutubxonasiga tegishli qirqdan ortiq qoʻlyozma asarlar saqlanadi. Bu qoʻlyozmalarga
bosilgan muhr izlariga qaraganda, Sharifxoʻja qozining kutubxonasiga tegishli kitoblar XIX
asrning 40-80 yillari davomida jamlab borilgan. 4146 tartib raqamli qoʻlyozmada esa, 1220-
1232/1805-1817 yillar oraligʻida koʻchirilgan oʻndan ortiq asar oʻrin olgan. Xususan, majmuada
Burhon al-Qurayshiy al-Abbosiyning “Tuhfat al-mutakallimin” (ilohiyot va mantiq, 45 v.), Abu
Muʼin al-Nasafiyning (vaf. 1114) “Tabsirat al-adilla” (ilohiyot, 20 v.)
4
, Abulmunataha Ismatulloh
ibn Muhammad al-Magʻnisaviyning (XVI asr) “Sharh al-fiqhi al-akbar” (16 v.), Nizomiddin ash-
Shoshiyning (vaf. 936) “Al-Muxtasar fi ilm al-usul” (138 v.), Lutfulloh Nasafiy Kaydoniyning
(vaf. 1349) “Fiqh al-Kaydoniy” asariga bitilgan sharhning toʻrtta nusxasi, Mullo Muhammad
Amin Zohidning fiqhga oid “Tuhfat al-axyor” asarining ikkita nusxasi mavjud. Bundan tashqari,
majmuada muallifi koʻrsatilmagan risolalar ham bor.
“At-Tasmiya”ning Fors tilidagi haqiqiy maʼnosi “Tengi yoʻq Xudoi taolo nomi bilan
boshlayman” dir
5
. Abu Hafs Abu Jaʼfar “Taxrij al-maxroj” kitobida bunday degan: Olimlar “at-
tasmiya”ning grammatik tahlili borasida uning “muzmar” (ellips – jumlada soʻzning tushib
qolishi)li ekaniga ittifoq qilganlar. Chunki, “
َِاللّ ِمْسِب
” jumlasi morfologik tahlil jihatidan tarkibi
biriktiruvchi predlog (harf al-ilsaq) va birikmish (al-mulsaq bihi)dan iborat. “Birikmish” uchun
esa oʻziga mos narsa zurur boʻladi. Olimlar esa “at-tasmiya”dagi ellipsning oʻrni borasida turli
xil fikrlar bildirganlar. Baʼzi olimlar jumladagi ellips jumlaning boshida boʻlib, uning tartibi “
ِمْسِب
أدتبأ ِ َاللّ
” yoki “
أدتبأ ِ َاللّ ِمْسِب ي
” deganlar. Muhaqqiq olimlar esa, jumladagi ellips jumlaning oxirida
boʻlib, uning tartibi “
أدتبأ ِ َاللّ ِمْسِب
” shaklidaligini aytganlar. Chunki, qachon “mafʼul” (vositasiz
toʻldiruvchi) feʼldan oldin keltirilsa, cheklash va xoslashni taqozo qiladi. Buni quyidagi Alloh
taoloning kalomida koʻrish mumkin:
ُنيِعَتْسَن َكاَيِإو ُدُبْعَن َكاَيِإ
Maʼnoviy tarjimasi. Sengagina ibodat qilamiz va Sendangina madad soʻraymiz
6
. (Fotiha
surasi, 4-oyat).
Umuman olganda, “
َِاللّ ِمْسِب
” ning maʼnosi “Tengi yoʻq Xudoi taolo nomi bilan boshlayman”
deganidir.
“
ِمي ِحَرلا ِنَمْحَرلا
” soʻzlari ikkita ism (Oʻzbek tili garammatikasida sifat soʻz turkumiga oid)
boʻlib, ular “
ةمحرلا
” soʻzidan yasalgan. “
ِنَمْحَرلا
” soʻzi xoslangan va Alloh taolodan boshqaga
nisbatan qoʻllanilmaydi. Ushbu soʻzning maʼnosi esa umumiy, yaʼni Alloh taoloning rahmati har
bir narsaga diniy va dunyoviy jihatdan yetishini bildiradi. “
ِنَمْحَرلا
” ikkinchi soʻz(
ِمي ِحَرلا
)ga nisbatan
teskari oʻlaroq umumiy rahmatni bildiradi. Chunki, “
ِمي ِحَرلا
” soʻzi xoslangan boʻlib, u oxiratdagi
rahmatni anglatib, faqat muʼminlar uchundir. Rizq bu – dunyodagi barcha hayvonlarga rahmat
3
Solijonova G. O’rta asrlarda O’rta Osiyo madrasalarida o’quv dasturi haqida // “O’zbekiston tarixi”, 2000 yil 3-son.
B.30,31,33.
4
Oqilov S. Abu-l-Mu'in an-Nasafiy ilmiy merosi va Moturidiyya ta'limoti. Toshkent, 2008. B.23,24.
5
Abdylmejit Sahetmammedov. El-Vikâye, Fikhu’l-Keydânî ve El-Mukaddime Adli Eserlerin Karşilaştirilmasi: Namaz
Örneği.// – Istanbul: Uludağ Üniversitesi Sosyal Bilimler Enstitüsü Temel İslam Bilimleri İslam Hukuku Bilim Dalı,
2011. – B. 24.
6
Qurʼoni Karim maʼnolarining tarjima va tafsiri / Tarjima va tafsirlar muallifi Abdulaziz Mansur. – Toshkent: Toshkent
islom universiteti, 2012. – B. 24
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
132
sifatida ato etilgan Alloh taoloning eng katta rahmatidir. Sir emaski, inson ham oʻziga xos bir
hayvondir.
“
ِنَمْحَرلا
” soʻzi “Bu dunyoda Xudo muʼmin va kofirga har kuni rizq beruvchi” deb
sharhlanadi. “
ِمي ِحَرلا
” esa, soʻz sifatida umumiylikni bildirib, Alloh taolodan boshqaga nisbatan
ham qoʻllash mumkin. Lekin, “
ِمي ِحَرلا
” soʻzi maʼno jihatdan xususiylikni, yaʼni Alloh taoloning
rahmati oxiratda faqat muʼminlar uchun boʻlishini anglatadi. Bunga quyidagi oyat dalildari:
امي ِحَر َنيِنِمْؤُمْلاِب َناَكَو
Maʼnoviy tarjimasi. U (Alloh) muʼminlarga mehribondir. (Ahzob surasi, 43-sura)
7
.
Afv bu – rahmatning buyuk ishlaridan boʻlib, uning maʼnosi “kechirish”dir. “
ِمي ِحَرلا
” soʻzi
“Muʼminlarni kechiruvchi” deb sharhlanadi. Bu fikrlar biz bayon qilgan tushunchani hosil qiladi.
XII asrda Movarounnahrda fiqh ilmi rivoji uchun taʼsirchan omillar yuzaga kela boshladi.
Ulardan biri, A.Moʻminov fikricha, Qoraxoniylar davlati qaror topishi natijasida
Movarounnahrning Xuroson bilan aloqalari zaiflashib, oyoqqa turgan mahalliy maktablarning
mustaqil rivojlanishiga asos yaratilganidir. Markaziy shaharlarda avtonom boshqaruv
kuchayishi ulamolar taʼsir doirasining kengayishiga olib keldi. Bu bilan fiqh normalarini
hayotga tatbiq etishga real sharoit yaratildi. Buxoro va Samarqand haqiqiy ilm markazlariga
aylandi. Bu shaharlarda nasaflik, marvlik va fargʻonalik faqihlar ham faoliyat koʻrsatardi.
Turk tadqiqotchilarining xulosasiga koʻra, bu davrda 300 ga yaqin faqih yashagan va 150
dan koʻproq fiqhiy (huquqiy) asar, 20 ta fatovo (fatvolar majmuasi) yozilgan, ularning asosiy
qismi hanafiy mazhabiga tegishli boʻlgan. Shu qatorda nasaflik
8
Lutfulloh Kaydoniyning “Fiqh
al-Kaydoniy” asari va unga Sa’duddin Taftazoniyning sharhi bo’lgan “Sharh fiqh al-Kaydoniy”ni
misol qilishimiz mumkin
9
. Bunday sharhlar asar mazmunini chuqur anglashga hamda talabalar
va tadqiqotchilarga islom huquqi va uning zamonaviy dunyoda qo‘llanilishini yaxshiroq
tushunishga yordam beradi.
Taftazoniyning “Fiqh al-Kaydoniy”ga yozgan sharhlari eng nufuzli va ta’sirlilaridan
hisoblanadi. Sa’duddin Taftazoniy taniqli islom olimi va faylasufi bo‘lib, uning islom fiqhi
sohasidagi asarlari bugungi kungacha ko‘p tilga olinadi va o‘rganiladi. Ushbu asar islom
dinining huquqiy jihatlarini tushunish va musulmonlarning kundalik hayotida qo‘llash uchun
asosiy manbadir. Alloma Taftazoniy tomonidan yozilgan sharh “Fiqh al-Kaydoniy” kitobining
mashhur sharhlaridan biri bo’lib, asl matn mazmunini kengaytiradi va tushuntiradi hamda
hanafiy fiqhini o’rganish uchun nufuzli manbalardan hisoblanadi.
Asarni “Muxtasar al-Viqoya” matni bilan taqqoslab chiqilsa, quyidagi farqlar ma’lum
bo’ladi. Sodrush shari’a o’z kitobida namoz farzlarini o‘n ikkita, Lutfulloh Nasafiy esa o‘n beshta
deb keltirgan; vojiblar “Muxtasar al-Viqoya”da o‘n bitta
10
, “fiqh al-Kaydoniy”da yigirma bitta;
sunnatlar “Fiqh al-Kaydoniy”da yigirma yettita bo‘lib alohida mustahablarni sanab yigirma
uchtaligini keltirib o‘tgan hamda ularni om va xosga ajratgan, muxtasarul viqoyada esa muallif:
“farz va vojibdan tashqari barchasi sunnat yoki mandubdir” deyish bilan kifoyalangan
11
.
Keyingi boblarda Kaydoniy alohida xarom, makruh, muboh va mufsidlarga ajratgan. Namozdagi
harom amallar o‘n to‘rtta, makruhlar ellik to‘qizta, mubohlar o‘n bitta, mufsidlar esa beshta, deb
7
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. – Toshkent: Hilol nashr, 2012. – J. IV. – B. 577.
8
Nosir Muhammad. Nasaf va Kesh allomalari. Toshkent, 2001. – B.4.
9
Sa’duddin Taftazoniy. Sharh fiqhi al-Kaydoniy. – Toshkent: O’zXIA Manbalar xazinasi. – Qo‘lyozma. № 402/IX.
10
Ubaydulloh ibn Mas’ud. Muxtasar al-Viqoya. – Qozon: Lito tipografiya, 1911. – B.11-12.
11
Ubaydulloh ibn Mas’ud. Muxtasar al-Viqoya. – Qozon: Lito tipografiya, 1911. – B.25-26.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
133
ba’zilari om va xoslarga bo‘lingan holatda sanab o‘tilgan. Muxtasarul viqoyada
12
esa muallif
Sodrush shari’a “namozni buzadigan va unda makruh bo‘lgan narsalar fasli” deb shuning ichida
namozni buzuvchi barcha narsalarni kiritib o‘tgan.
12
O‘sha asar. – B.28-29.