YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
113
O’ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA MAVJUD METAFORALARNING QIYOSIDA
YUZAGA KELADIGAN MUAMMOLAR VA ULARNING YECHIMILARI
Mahfuza Nishonboyeva
Farg‘ona, O‘zbekiston
https://doi.org/10.5281/zenodo.13906822
ANNOTATSIYA:
Ushbu tezisda kundalik hayotimizda eng ko’p qo’llaniluvchi ko’chim
turlarida biri bo’lmish metafora hamda uni o’rganish, qo’llash va tarjima jarayonida duch
kelinadigan muammolar o’rganiladi va ularga yechim berishga bag’ishlanadi. Muammolar tahlil
jarayonida ingliz va o’zbek tillaridan umumiy misol hamda ko’p uchratiladigan muammolar
tahlil qilinadi.
Kalit so’zlar:
Metafora, o’xshatish, simile, sinekdoxa, kontekst, istiora, tashbeh,
ko’makchilar.
Metaforani nima maqsadda qo‘llanilayotganini aniqlay olmaslik tinglovchi yoki o‘quvchi
ongida tushunmovchilik keltirb chiqaradi. Masalan, yuqorida cho‘chqa hayvoni misolini ko‘rib
chiqdik. Endi ana shu hayvon nomini aynan bir tilda turli kontekts namoyon bo‘lishini ko‘rib
chiqamiz. Cho‘chqa inson quyidagi ma’nolar kelib chiqishi mumkin:
1.
Semiz inson
2.
Jahldor inson
3.
Tartibsiz inson
Yuqoridagi keltirilgan metaforalarni qo‘llash konteksga va nima maqsadda
qo‘llanilayotgani, hamda qaysi xususiyatiga ko‘ra farqlanadi. Ya’ni bir insonning meyoridan
ortiq ovqatlanishini uchratgan inglizlar “Semiz inson” ma’nosida qo‘llaslar, boshqa vaziyatda
tarbiyasiz yoki o‘ta tezob, jahldor insonlarga nisbatan ham ishlatadilar. Chexiyaliklar esa uyi-
usti boshi yoki kiyimlari tartibsiz, to‘zigan holatdagi inslarga “Pig man”– “cho‘chqa inson”
metaforasini qo‘llaydi. Muammo shundaki, turli konteks turli metaforlarni talab qilar ekan, mos
keluvchi metaforani qo‘llash yoki uni to‘g‘ri tushunish, tarjima jarayonida ham o‘quvchiga asl
ma’no yetkazib berish uchun kontektsdan xabardor bo‘lish, butun matnni tushunish hamda
umumiy bilim darajasi yuqori bo‘lishi ushbu muammo yechimi hisoblanadi.
Metafora bu o‘xshatishmi?
Uchinchi muammo ba’zi bir til o‘rganuvchilar metaforani o‘xshatish vositasi (simile) bilan
chalkashtirib yuborishadi.
Bunday holatni nafaqat chet tilini o‘rganayotgan balki o‘z ona tilini
o‘rganayotgan o‘quvchilarda ham kuzatishimiz mumkin. Aslida bu ikki ko‘chim bir biridan
tubdan farq qiladi. Agar gapda metafora oldidan –dek,-day, -simon, -vash, - namo
qo‘shimchalari; kabi, singari, xuddi, yanglig‘, misoli, o‘xshash (as, like) ko‘makchilar yordamida
shaxs va predmetlar bir-biriga qiyoslangada, bu holat metafora hisoblanmaydi balki o‘xshatish
hisoblanadi. Meafora va o‘xshatishning qo‘llanilish jihatidan farqlasak, adabiyotshunoslikda
metafora istiora san`atini hosil qiladi, o‘xshatish esa, tashbeh san`atini hosil qiladi.
Masalan,
Metafora: Buvijonim – uyimizning quyoshi.
O‘xshatish: Buvijonim misoli quyosh.
Metoforaning boshqa badiiy o‘xshatish vositalaridan farqlay olish ba’zan qiyinchilik
tug‘dirishi mumkin. Shu sabali ko‘plab misollar orqali ko‘rib chiqish kerak bo‘ladi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
114
Metafora: Life is a highway- Hayot bu oxiri yo‘q yo‘l yoki o‘zbekcha metaforada tubi yo‘q
dengizga to‘g‘ri keladi.
O‘xshatish: Life is
like
rainbow- Hayot
xuddi
kamalak.
Metafora va o‘xshatish ikki narsani bir- biriga o‘xshatish vazifasini bajarsada, ular
quyidagi farqli jihatlarga ega:
Metafora
O‘xshatish (Simile)
U tog‘ridan to‘g‘ri oxshatmaydi, balki ishora
qiladi, nazarda tutadi
To‘g‘ridan to‘ri solishtiradi
Qiyoslanuv jarayonida hech qanday
qo‘shimlar-u yordamchi so‘zlarda
foydalanilmaydi
Qiyoslanayotganda ko‘makchilar va
o‘xshatish qo‘shimchalaridan foydalnish
shart.
Nutqni kuchli va ta’sirchang qiladi
Nutqni aniq va tushunarli qiladi
Masalan, Susan bugungi musobaqada gepard
edi.
Masalan, Susan bugungi musabaqa xuddi
geparddek tez yugurdi
Demak, boshqa ko‘chim turlari singari aynan metaforda ham bir qancha muammolar
kelob chiqishi mumkin. Bunday chalkashliklar va muammolarni oldini olish uchun esa, avvalo
tinglovchi va so‘zlovchi yetarli bilim va saviyaga ega bo‘lishi kerak.
Xulosa qilib aytganda, boshqa ko‘chim turlari singari metaforik birliklarlar tufayli ham
tinglovchi va so‘zlovchi o‘rtasida tushunmovchilik yoki chalkashliklar kelib chiqishi mumkin
ekan. Ulardan biri metaforik birikma bir tildan ikkinchisiga tarjima qilinayotganda sodir
bo‘ladi. Tarjima ikki til va ikki madaniy an’anani o‘z ichiga oluvchi faoliyat hisoblanib,
tarjimondan nafaqat til bilish mahorati balki o‘sha til va o‘z tili ana’ana, qadriyati hamda
madaniyati haqida yetarli ma’lumotlarga ega bo‘lish talab qilinadi. Ya’ni tillar bir-biriga leksik,
lingvistik hamda kulturologik farqlanishi sabab, tarjima jarayoni yo osonlashadi, yo
murakkablashadi. Hozirgi kunda chet tilida yozilgan asarlarni o‘z tiliga tarjima qilayotgan
tarjimonlar badiiy asardagi qo‘llanilgan metaforik ko‘chimlarni tarjima qilishga bir qancha
muammolarga duch kelmoqdalar. Undan tashqari yana bir dolzarb muammo metafora ko‘chim
turini boshqa ko‘chim bilan chalkashtirish: malasan, o‘xshatish (simile) bilan. Yana bir
muammo, so‘zlovchining nima maqsadda metaforani qo‘llayotganini tinglovchi uchun mavhum
ekanligidir. Buni yuqorida cho‘chqa hayvoni misolida ko‘rib chiqildi.
References:
1.
What is A Metaphor? —Definition and Examples | Grammarly www.grammarly.com › blog
2.
Сайфуллаева Р. в.б. Ҳозирги ўзбек адабий тили. Ўқув қўлланма. – Тошкент, 2006.
3.
Qilichov E. Matnning lingvistik tahlili. – Buxoro, 2000.
4.
Турсунов У., Мухторов Ж., Раҳматуллаэв Ш. Ҳозирги оʼзбек адабий тили. – Тошкент,
1992.
5.
Vyvyan Evans and Melanie Green.’’ Cognitive Linguistics An Introduction’’ EDINBURGH
UNIVERSITY PRESS.
6.
Mo‘minov, Sh.S. (2022). Memuar, bag‘ishlov va marsiyalarda rahbar muloqot xulqiga xos
qirralarning namoyon bo‘lishi. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social
sciences, 1(9), 689-694.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
115
7.
Mўминов, Ш.С. (2022). Раҳбар нутқининг таъсир ўтказиш усуллари. Central Asian
Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS), 418-426.
8.
Mo'minov, S. (2022). Alisher Navoi-about the State and its Governance.
EUROPEAN
MULTIDISCIPLINARY JOURNAL OF MODERN SCIENCE
.
9.
Муминов, С. М., & Мўминов, Ш. С. (2022). ШАХС МАЪНАВИЯТИНИ ЎСТИРИШДА
РАҒБАТНИНГ ЎРНИ ВА УНИНГ РАҲБАР МУЛОҚОТ ХУЛҚИДА НАМОЁН БЎЛИШИ. Oriental
renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(Special Issue 23), 689-696.
10.
Mo'minov, S. (2022). Мулоқот ва замонавий раҳбар маънавияти. Scienceweb academic
papers collection.
11.
Deignan, A., Gabrys, D., & Solska, A. Teaching English metaphors using cross linguistic
awareness-raising activities // ELT Journal. – 1997. - 51(4). – p. 352-360.
12.
Lakoff, G. Metaphors We Live by / G. Lakoff, M. John-son. — Chicago, 1980. — 242 p. —
Text: unmediated.
13.
Mandelblit N. The cognitive view of metaphor and its implications for translation theory.
Translation and Meaning, Part 3. – Maastricht: Universitaire Press, 1995. – p. 483-495.
14.
Newmark P. A. Textbook of translation. – L.; N.Y.: Prentice Hall,1988.