Авторы

  • Mirzabek Toshxo‘jayev
    Jizzax viloyati IIB HS va THMM katta mutaxassisi, mayor

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46897

Ключевые слова:

tayanch punkti profilaktika inspektori huquq-tartibot maskani normativ-huquqiy hujjatlar islohatlar elektronlashtirish jarayoni axborot tizimlari xizmat uylari xizmat faoliyatini baholash.

Аннотация

Maqolada profilaktika inspektorlarining o‘tgan va hozirgi vaqtdagi faoliyatiga oid islohatlar, yaratilgan shart-sharoitlar, ish hujjatlarini elektronlashtirish jarayoni hamda faoliyatini baholab boruvchi axborot tizimlari, davlat idoralari va jamoatchilik tashkilotlari bilan xamkorlik masalalari yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

108

PROFILAKTIKA INSPEKTORLARINING KECHAGI VA BUGUNGI KUNI,

ULARGA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR (JIZZAX VILOYATI IIB JXX

HUQUQBUZARLIK PROFILAKTIKASI XIZMATI MISOLIDA)

Toshxo‘jayev Mirzabek Abdujabbor o‘g‘li

Jizzax viloyati IIB HS va THMM katta mutaxassisi, mayor

https://doi.org/10.5281/zenodo.13906777

Annotatsiya.

Maqolada profilaktika inspektorlarining o‘tgan va hozirgi vaqtdagi

faoliyatiga oid islohatlar, yaratilgan shart-sharoitlar, ish hujjatlarini elektronlashtirish jarayoni
hamda faoliyatini baholab boruvchi axborot tizimlari, davlat idoralari va jamoatchilik
tashkilotlari bilan xamkorlik masalalari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

tayanch punkti, profilaktika inspektori, huquq-tartibot maskani, normativ-

huquqiy hujjatlar, islohatlar, elektronlashtirish jarayoni, axborot tizimlari, xizmat uylari, xizmat
faoliyatini baholash.


Bugungi kunda jamiyatimizda huquqbuzarliklarning oldini olish, jamoat xavfsizligini

ta’minlash va bu borada keng jamoatchilik bilan hamkorlikda zaruriy profilaktik chora-
tadbirlarni amalga oshirish vazifasi dolzarb bo‘lib kelmoqda.

Mamlakatimiz Prezidenti ichki ishlar organlariga xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashda

jinoyat oqibatlari bilan emas, balki, bu illatning barvaqt oldini olish vazifasini bosh vazifa etib
belgiladi. Bu sharafli vazifani bajarish esa amalga oshirilayotgan tub islohotlarning mazmun-
mohiyatini ifoda etadi.

So‘nngi vaqtlarda ichki ishlar organlarida o‘tkazilgan va davom etayotgan islohatlarning

asosiy maqsadi jinoyatni fosh qilish emas, balki uning oldini olishga erishish bo‘ldi. Bunga
erishish uchun aniq chora-tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotda yo‘lga qo‘yildi. Buni ichki ishlar
organlarining sohaviy xizmatlari qatorida huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati yo‘nalishi
rivojida ham yaqqol ko‘rish mumkin.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 20-apreldagi

“Ichki ishlar organlari

tayanch punktlari profilaktika inspektorlarini xizmat turar-joylari bilan ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”

gi PQ-2906-son Qarori bilan Jizzax viloyati hududida faoliyat

olib borayotgan

256 nafar

profilaktika inspektorlarining har biriga

xizmat uylari qurib

berilib,

ixtiyoriga foydalanish uchun topshirildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 24-dekabrdagi

“Jamoat

xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”

gi PQ-4075-son Qaroriga asosan mamlakatimizda inson huquq va manfaatlari

ustuvorligini ta’minlash borasida samarali va keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, buning
shamoli Jizzax viloyati ichki ishlar organlarining ham ko‘kragiga tegdi.

Xususan, 2019-yilda mavjud mahallalarning ijtimoiy va kriminogen vaziyati, tayanch

punktlarining joylashgan o‘rnini inobatga olgan holda, mahalliy byudjet mablag‘lari hisobidan
qo‘shimcha

38 ta profilaktika inspektori shtat birligi

ajratildi.

Shu

bilan

birgalikda,

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

2020-yil

18-fevraldagi

“Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada

qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi PF-5938-son Farmoniga muvofiq profilaktika inspektorlari soni

keskin ko‘paytirilib, har bir mahalla, eng olis, chekka qishloq va ovullargacha xalq bilan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

109

ishlaydigan, uning dardu-g‘amiga hamdard, quvonch-tashvishiga sherik bo‘lishga, hamnafas
bo‘lishga qodir, jismonan yetuk va ma’nan bilimli profilaktika inspektorlari faoliyat
ko‘rsatishiga erishildi.

Ilgari ichki ishlar organlarining mahallada ishlaydigan xodimi – profilaktika inspektori

turli “yugur–yugurlar”, ortiqcha ishlar bilan o‘ralashib qolgan, uyi u yoqda-yu, ishi bu yoqda
bo‘lgan, ulovsiz bir xodim edi. Bugun esa bu xodim mahallada uyi, tagida ulovi, xizmat qilsa elda
hurmat-e’tibori bor mavqeli posbon bo‘ldi.

Profilaktika inspektorlari tomonidan vakolat doirasiga kiruvchi ma’muriy

huquqbuzarliklar yuzasidan qo‘llanilgan jarimalardan undirilgan mablag‘ hisobiga tashkil
etilgan

jamg‘armadan mukofotlash

tizimi yo‘lga qo‘yildi. Mazkur tartib asosida pul

mukofotlari profilaktika inspektorlari va jamoatchilik vakillariga rag‘batlantirish tariqasida
topshirilmoqda.

Yaratilgan shart-sharotlar va ko‘rsatilayotgan e’tibor tufayli O‘zbekiston Respublikasi

IIVning tegishli farmoyishlariga muvofiq har yili o‘tkazib kelingan

“Ichki ishlar organlarining

namunali tayanch punktlari”

ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichida

uch marotaba faxrli

birinchi o‘rin

qo‘lga kiritilib, tayanch punktlarning moddiy-texnik ta’minotini rivojlantirish

maqsadida

“Matiz”

rusumli xizmat avtomashinalari bilan taqdirlandi.

Shuningdek islohotlar natijasida profilaktika inspektorlarining oylik maoshida ham

o‘zgarishlar bo‘lib, o‘rta hisobda

108 foiz

ga o‘sish qayd etildi.

Eng muhimi, ilgari 10-15 ming aholi yashovchi ikki yoki uchta mahallalarga bir nafar

profilaktika inspektori xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-
yil 29-noyabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi konsepsiyasini tasdiqlash va uni

amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi PF-27-son Farmoniga muvofiq hozirda har bir

mahallaga bir nafardan alohida profilaktika inspektori faoliyat yuritib kelmoqda. Yana bir jihati
profilaktika inspektorlarini ularning vazifa va faoliyat yo‘nalishlari bilan bog‘liq bo‘lmagan
tadbirlarga jalb qilish hamda faoliyatiga asossiz aralashish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, profilaktik inspektorlariga xizmat faoliyati davomida foydalanish uchun

“Asaka” aksionerlik tijorat banki tomonidan uzoq muddatli, imtiyozli kredit asosida 2017-2018
yillarda

256 ta

“Matiz”

va 2019 yilda

18 ta

“Spark”

rusumli yengil avtomashinalar topshirildi.

Avtomashinalarni topshirish jarayonida shaxsan

Ichki ishlar vaziri, Senat raisi, Bosh

prokuror

hamda vazirlik va qo‘mitalar mas’ul rahbarlari ishtirok etganligi davlatimiz

tomonidan ichki ishlar organlarining profilaktika xizmatiga ko‘rsatgan e’tiborini namunasidir.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-fevral kungi

“Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

gi PQ-4166-son Qaroriga asosan

49 nafar

yuridik ma’lumotga ega bo‘lmagan profilaktika inspektorlari

Toshkent davlat

Yuridik universitetining ixtisoslashtirilgan filialida qayta tayyorlash sayyor kurslarini
tamomladi.

Profilaktika inspektorlarining faoliyatini samarali tashkil etishda, avvalo ularning ishlash

hamda yashash sharoitini yaxshilash lozim. Tahlillar shuni ko‘rsatdiki, 2017-yildan hozirga
qadar viloyatdagi

100 dan

ziyod tayanch punktlari ta’mirlandi,

88 ta

zamonaviy tayanch

punktlari qurib bitkazildi.

Shuningdek, profilaktika inspektorlarini ortiqcha vaqtini tejash hamda faoliyatiga

raqamli texnologiyalarni olib kirish maqsadida barcha tayanch punkti va xizmat xonalariga


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

110

optik tolali aloqa liniyalari tortilib,

internet tarmog‘iga ulandi.

Natijada profilaktika

inspektorlari xizmat xonasida turib yurituvida bo‘lgan ma’muriy ish hujjatlarini sudlar bilan
masofaviy (onlayn) tarzda o‘tkazish imkoniyati yaratildi.

Shu bilan birga, 2024-yil birinchi choragida profilaktika inspektorlariga

330 dona zamonaviy tipdagi planshet qurilmalari

foydalanish uchun tarqatilib, soha to‘liq

raqamlashtrildi.

Xususan, tizimda mavjud hisobotlarni unifikatsiya qilish, idoraviy axborot tizimlari bilan

o‘zaro integratsiya qilish, profilaktika inspektorlari faoliyati davomida yuritadigan barcha
hujjatlarini elektronlashtirish hamda ular faoliyatini baholab boruvchi

“E-ma’muriy ish”, “E-

ijtimoiy profilaktika”, “E-muhokama”, “E-order”, “E-prof hisob”, “E-xushyorxona”

va

“E-

voyaga yetmaganlar”

kabi dasturiy ta’minotlar ishlab chiqilib, amaliyotga keng tadbiq etildi.

Profilaktika inspektorlari ish faoliyatida munosib sharoit yaratish maqsadida muayyan

yashash joyiga ega bo‘lmagan, narkologik kasalliklarga chalingan hamda ma’muriy qamoqqa
olingan shaxslarni tegishli joylarga yetkazishni ta’minlash uchun maxsus jihozlangan

1 dona

“Damas”

avtomashinasi topshirildi. Endilikda profilaktika inspektorlari spirtli ichimlikdan

mast shaxslarni, tajovuzkor ruhiy bemorlarni maxsus muassasalarga xavfsiz yetkazish
imkoniyati yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 4-oktyabrdagi

“O‘zbekiston Respublikasining

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”

gi

O‘RQ-720-son

Qonuniga ko‘ra profilaktika inspektorlariga mahalla osoyishtaligini ta’minlash

bilan bog‘liq qo‘shimcha

yangi 8 ta

(47, 47

3

, 114, 128

6

, 147, 148, 188 va 188

2

-m)

moddalar

bo‘yicha jazo qo‘llash vakolati berilib,

ularning vakolat doirasida ma’muriy bayonnomalar

tuzish 24 taga yetkazildi.

Profilaktika inspektorlari vakolati doirasiga kiruvchi huquqbuzarliklar bo‘yicha

ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, huquqbuzarlarga nisbatan qo‘llanilgan
jarimalardan undirilgan mablag‘lar hisobidan viloyat IIB VEIHYoK markaziga 2 dona

“Damas”

avtomobili xarid qilindi.

Endilikda,

profilaktika inspektori xizmat hududida qarovsiz bola aniqlab, birlamchi

o‘rganish natijalariga ko‘ra bola qarovsiz qolganligi to‘g‘risida xulosaga kelsa, xizmat hududini
tashlab ketmasdan, markaz xodimlari maxsus avtotransport vositasida kelib, qarovsiz bolani
qabul qilib oladi va belgilangan tartibda Markazga olib borib joylashtirish imkoniyati yaratildi.

Shuningdek,

Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi

“Jamoat xavfsizligini ta’minlash va

jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi PF-6196-son Farmoni asosida sohaga doir

qator normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi.

Mazkur hujjatlarga asosan profilaktika inspektorlari uchun munosib ish sharoitlarini

yaratishni davom ettirish, ularning muammoli masalalar bo‘yicha takliflarini qabul qilish uchun

mahalliy hokimlar tomonidan shaxsan suhbat o‘tkazish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi.

Xususan, hokimlar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida mahalliy byudjet hisobidan

tayanch punktlarini namunali ko‘rinishga keltirish va moddiy-texnik bazasini mustahkamlash,
profilaktika inspektorlariga zarur texnik vositalar ajratish maqsadida,

2021-yildan jami 938

mln. 900 ming so‘m mablag‘lar ajratildi

. Jumladan, profilaktika inspektorlari

155 ta

kompyuter jamlanmalari

va

129 ta seyf

bilan ta’minlandi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

111

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 26-martdagi

“Jamoat xavfsizligini

ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”

gi PF-6196-son Farmoni va

2021-yil 2-apreldagi

“Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka

qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy
chora-tadbirlar

to‘g‘risida”

gi

PQ-5050-son

Qarori

hamda

IIVning

2021-yil

16-maydagi

“Huquq-tartibot maskanlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidi”

gi

166-sonli buyrug‘i asosida ichki ishlar organlarining tayanch punktlari negizida

kriminogen

vaziyati murakkab bo‘lgan 14 ta

(Jizzax shahrining Jizzaxlik, Zargarlik, Kimyogar va Ittifoq

mahallalari, Sharof Rashidov tumanining Yangiobod, Toqchiliq va Qaxramon mahallalari,
G‘allaorol tumanining Xonimqo‘rg‘on va Yashnobod MFY, Forish tumanining Xonbandi, M.Orolov,
Do‘stlik tumanining Saritepa, Zarbdor tumanining Nurafshon, hamda Zomin tumanining
Mustaqillik MFY)

mahallalaridagi

mahalla huquq-tartibot maskanlari

tashkil etildi.

Ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan profilaktika inspektorlarini oliy yuridik

ma’lumotga ega kadrlar bilan ta’minlash, shuningdek, Yangi O‘zbekiston sharoitida profilaktika
inspektorlari oldida turgan muhim vazifalarning samarali amalga oshirilishini ta’minlash
maqsadida O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2021-yil 30-oktyabrdagi

“Ichki ishlar

organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”

gi PQ-23-son Qarori qabul qilinib, 2022/2023 o‘quv

yilidan boshlab ichki ishlar organlarida uch yildan ortiq ish stajiga ega bo‘lgan, kasbiga fidoyi,
tashabbuskor profilaktika (katta) inspektorlarini Jamoat xavfsizligi universiteti, Toshkent
davlat yuridik universiteti hamda yurisprudensiya sohasida bakalavriat ta’lim yo‘nalishi
mavjud bo‘lgan boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlarisiz sirtqi ta’lim
shakliga o‘qishga qabul qilish imkoniyati yaratildi.

Bu esa profilaktika inspektorlari o‘zlariga yuklatilgan vazifalarni sitqidildan, vijdonan

bajarishlariga yanada undaydi.

Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, ichki ishlar organlarida xizmat olib borayotgan

huquqbuzarliklar profilaktika inspektorlari hozirgi zamon talabidan kelib chiqib, berilayotgan
imkoniyatlardan to‘liq foydalangan holda, o‘z xizmat maskanlarida barvaqt huquqbuzarliklarni
oldini olish, jinoyatlarni issiq izidan ochish va sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatlarni
aniqlashda axborot texnologiyalardan to‘liq va unumli foydalanish, bu esa ko‘rsatma va
topshiriqlarni o‘z vaqtida yetkazib berishda juda katta imkoniyatlarni yaratib beradi.

References:

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.–T: O‘zbekiston, 2023.;

2.

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 4 oktyabr kungi O‘zbekiston Respublikasining

Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi
O‘RQ-720-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari:

3.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Ichki ishlar organlari

tayanch punktlari profilaktika inspektorlarini xizmat turar-joylari bilan ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi PQ-2906-son Qarori.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

112

4.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini

ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
4075-son Qarori.
5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevral kungi “Huquqbuzarliklar

profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini
takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4166-son Qarori.
6.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-

ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila
va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
PF-5938-son Farmoni.
7.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 06 martdagi “Jamoat xavfsizligini

ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat
jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoni;
8.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi «Ichki ishlar organlarining

jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada
takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5050-son
Qarori.
9.

O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2021 yil 30 oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari

profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha
chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-23-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyruqlari:

10.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 16 maydagi “Huquq-tartibot maskanlari

faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidi”gi 166-sonli buyrug‘i.

Boshqa....

11.

Muallifning profilaktika xizmat faoliyatini o‘rganish natijasida chiqargan xulosalari

asosida.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari:

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi.–T: O‘zbekiston, 2023.;

O‘zbekiston Respublikasining 2021 yil 4 oktyabr kungi O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqida”gi O‘RQ-720-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari:

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi “Ichki ishlar organlari tayanch punktlari profilaktika inspektorlarini xizmat turar-joylari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha choralar to‘g‘risida”gi PQ-2906-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 dekabrdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4075-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevral kungi “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4166-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 18 fevraldagi “Jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5938-son Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 06 martdagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida ichki ishlar organlari faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6196-son Farmoni;

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 2 apreldagi «Ichki ishlar organlarining jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasidagi faoliyatini yanada takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PQ-5050-son Qarori.

O‘zbekiston Respulikasi Prezidentining 2021 yil 30 oktyabrdagi “Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlarining yuridik yo‘nalishdagi bilimlarini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-23-son Qarori.

O‘zbekiston Respublikasi IIVning buyruqlari:

O‘zbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 16 maydagi “Huquq-tartibot maskanlari faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidi”gi 166-sonli buyrug‘i.

Boshqa....

Muallifning profilaktika xizmat faoliyatini o‘rganish natijasida chiqargan xulosalari asosida.