Авторы

  • Marjona Aliyeva
    Toshkent davlat yuridik universiteti biznes huquqi yo‘nalishi magistri

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46899

Аннотация

Raqamli iqtisodiyotda mutlaqo yangi, ilgari noma’lum bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar shakllanayotgan bir vaqtda, yangi huquq paradigmasida huquqiy tartibga solishni raqamlashtirish masalasi yuzaga kelmoqda. Raqamli texnoligiyalarning rivojlanishi, yangidan yangi imkoniyatlarining yaratilishi hozirgi zamon huquq fani oldiga huquqning zamonaviy sohalarini takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

97

ELEKTRON TIJORATDA SHARTNOMA TUSHUNCHASI VA BELGILARI

Aliyeva Marjona Obid qizi

Toshkent davlat yuridik universiteti biznes huquqi yo‘nalishi magistri

https://doi.org/10.5281/zenodo.13904465

Raqamli iqtisodiyotda mutlaqo yangi, ilgari noma’lum bo‘lgan ijtimoiy munosabatlar

shakllanayotgan bir vaqtda, yangi huquq paradigmasida huquqiy tartibga solishni
raqamlashtirish masalasi yuzaga kelmoqda. Raqamli texnoligiyalarning rivojlanishi, yangidan
yangi imkoniyatlarining yaratilishi hozirgi zamon huquq fani oldiga huquqning zamonaviy
sohalarini takomillashtirish vazifasini qo‘ymoqda. Pandemiya davrida aholining Internetga
qaramligi har qachongidan ham oshdi va bu o’z navbatida Internet sohasini ham huquqiy
tartibga solish masalasini yuzaga chiqardi. Huquqiy doktrinaning oldida huquqiy tizimni
rivojlantirishda qanday yangi yo‘nalishlar paydo bo‘lishini, qaysi sohalar va huquqiy institutlar
yangi sharoitlarda o‘zgarishga qodirligi va qaysilari rivojlanishni talab qilishi, mamlakatimizda
raqamli iqtisodiyot sohasida huquqiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlari nimalardan iboratligini
huquqiy tahlil qilish vazifasi turibdi. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksiga o‘zgartirish
va qo‘shimchalar kiritish bo‘yicha qonun loyihasiga mazkur kodeksga “raqamli huquqlar”
atamasini kiritish taklif etilgan. Bu orqali fuqarolik huquqi obyektlari tizimidagi raqamli
huquqlarning o‘rnini belgilanishiga, bunday obyektning muomalasi faqat axborot tizimiga
yozuvlar kiritish orqali amalga oshirilishi mumkinligini, fuqarolar va yuridik shaxslarni ushbu
obyekt yuzasidan tuzilgan bitimlarda ularning huquqlarini himoya qilishni ta’minlaydi.
Elektron tijorat huquqi (e-commerce law) atamasi aynan, raqamli huquqlarning yangi bir
yo‘nalishi sifatida vujudga keldi.

Shunday qilib,

elektron tijorat

bu tijorat faoliyatini olib borish va bitimlar tuzish, shu

jumladan, kim oshdi savdosini oʻtkazishning hamkorlar, bank, tovarlarni yetkazib beruvchilar va
isteʼmolchilar oʻrtasida oʻzaro aloqa vositasi sifatidagi elektron tizimlar va internet tarmogʻi
yordamida amalga oshiriladigan texnik va tashkiliy shakllari yigʻindisidir.

Ushbu belgilardan anglashilgan holda shuni aytishimiz mumkinki, elektron tijoratni

avvalo, an’anaviy tijoratdan farqlay olishimiz lozim. Bunda tijoratning elektron turi anaʼanaviy
turiga nisbatan oʻziga xos farqli jihatlarga ega:
- bitimlar elektron savdo maydonchalarida tuziladi. Elektron savdo maydonchalari mobil
ilovalar, internet saytlar va shu kabi boshqa ishtirokchilar oʻrtasida interfeysni taʼminlovchi
dasturiy mahsulotlar koʻrinishida boʻladi. Bunday munosabatlarda bitimlar internet-
doʻkonlarda tuzilganligi uchun ham tovarlarni turgʻun savdo shoxobchalaridan tashqarida va
nazorat-kassa mashinalaridan foydalanmasdan chakana va ulgurji sotishga yoʻl qoʻyiladi; -
axborot kommunikatsiya tizimi mavjud boʻlishi kerak. Mazkur munosabatlar elektron savdo
maydonchalarida yuzaga kelganligi sababli, ishtirokchilar oʻrtasidagi vertual aloqani taʼminlab
beradigan kommunikatsiya tizimi normal faoliyat yuritishi uchun sharoit mavjud boʻlishi kerak.
Axborot kommunikatsiya tizimi sifatida odatda internetdan foydalanilsa-da, bu boshqa lokal
tarmoqlardan foydalanish imkoniyatini istisno etmaydi;
- tovarlar (ishlar, xizmatlar) sotish uchun soddalashtirilgan tartib va ish muomalasi odat va
anʼanalari qoʻllanishi mumkin. Masalan, odatdagi isteʼmol mahsulotlarini realizatsiya qilishdan
farqli ravishda, elektron tijorat shaklida non va non-bulka mahsulotlarini sotishda maxsus
inventar (sanchqilar, pichoqlar, boʻlish taxtalari, stellajlar va shu kabilar) talab etilmaydi;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

98

- tovarlarni sotishda turgʻun savdo shaxobchalaridan tashqarida tegishli tarozilardan va boshqa
oʻlchov asboblaridan foydalanishga yoʻl qoʻyiladi; kartoshka va meva-sabzavot tovarlarini
sotishda ularni taxta tokchalarga, etajerka va javonlarga va peshtaxtalarga, sovutgichlarga va
boshqa jihozlangan inventarga qoʻyish talab etilmaydi va hokazo.

Elektron tijoratning an’anaviy tijoratdan asosiy farqlaridan biri shu ekanki, bu, uning

predmeti bo’lmish shartnomalarning elektron tarzda, elektron savdo maydonchasida
tuzilishidadir.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, an’anaviy tijoratda taraflarning huquq va majburiyatlari

shartnoma orqali tartibga solinar ekan. Elektron tijoratda shartnoma tushunchasi esa, odatiy
shartnomalardan biroz farq qiladi. Bunda,

elektron tijoratdagi shartnoma

tovarlar, ishlar,

xizmatlar oldi-sotdisi uchun axborot tizimlaridan foydalangan holda taraflar o‘rtasida
tuziladigan kelishuv

hisoblanadi. Ma’lumki, innovatsion texnologiyalar butun dunyo bo‘ylab

internet tarmog‘i orqali shartnomalar tuzish va ulardan kelib chiqadigan majburiyatlarni
bajarish uchun yangi imkoniyatlarning paydo bo‘lishiga olib keldi. Elektron shartnomalarning
an’anaviy shartnomalardan farqi shundaki, ular nafaqat moddiy resurslarsiz, balki, har qanday
uchrashuvlarsiz ham tuzish mumkinligini taklif qiladi. S.V.Vasilyevning fikricha, elektron
shartnomalar, shartnomaning yangi turi emas, balki innovatsion texnologiyalardan
foydalangan holda shartnoma tuzishning yangicha usuli hisoblanadi

1

. Bunda shartnoma

mazmuni emas, balki uning shakli o‘zgaradi. Ya’ni, shartnoma elektron tarzda tuziladi va u bilan
bog‘liq barcha harakatlar ham elektron tarzda amalga oshiriladi. Bunday harakatlarga misol
qilib, shartnomani elektron raqamli imzolardan foydalangan holda imzolash, yoki hatto,
to‘lovlarni ham elektron tarzda amalga oshirish mumkinligini olsak bo‘ladi. Demak,
yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, elektron shartnoma deganda,
elektron savdo maydonchasida tuzilgan, taraflarning huquq va majburiyatlarini belgilab
beruvchi, o’zgartiruvchi va bekor qiluvchi kelishuv tushunilar ekan. Quyida elektron
shartnomaning an’anaviy shartnomadan farqli belgilari haqida to’xtalib o’tmoqchiman.

Elektron tijoratda shartnomaning asosiy belgisi, shartnoma taraflarining elektron aloqa

vositalari orqali o‘zaro hamkorlik qilishi hisoblanadi. Ya’ni bunday hamkorlikda taraflar
elektron aloqa vositalari orqali o‘zaro elektron hujjatlar, elektron xabarlar almashishadi.
Taraflarning barcha harakatlari, shartnomadan kelib chiqadigan barcha munosabatlar ham
elektron maydonda amalga oshiriladi.

Elektron tarmoq makonida tuziladigan shartnomalarning keyingi xususiyati shundan

iboratki, elektron aloqa vositalari yordamida nafaqat xabarlar va hujjatlar, balki elektron
hujjatlar ham uzatiladi. Ya’ni shartnomalar elektron hujjat holida tuziladi va rasmiylashtiriladi.
Shunday qilib, fuqarolik qonunchiligiga ko‘ra, aloqa kanallari orqali uzatiladigan, elektron,
magnit, optik yoki shunga o‘xshash vositalar yordamida tayyorlangan, jo‘natilgan, olingan yoki
saqlanadigan ma’lumotlar, shu jumladan, elektron shaklda va elektron pochtada ma’lumot
almashish elektron hujjatdir.

Shu o‘rinda A.Y.Ryikovning elektron tijoratda shartnomaga bergan ta’rifini ko‘rib

chiqadigan bo‘lsak, “yuridik shaxslar tomonidan qonuniy maqsadga erishishga qaratilgan
Internet jahon kompyuter tarmog‘ida amalga oshiriladigan qonuniy harakatlar - huquq va

1

Васильев С.В. Правовое регулирование электронной коммерции // Актуальные проблемы гражданского

права: Сб. статей. Вып. 4 / Под ред. М.И. Брагинского. М., 2002.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

99

majburiyatlarning paydo bo‘lishi, o‘zgarishi yoki bekor qilinishi

2

” elektron shartnoma deyiladi.

Ammo, fikrimcha, uning ushbu fikrlari qisman asossiz. Chunki elektron shartnomada taraflar
har doim ham yuridik shaxslar bo‘lmasligi ham mumkin. Bunda Y.A.Karevning “elektron
shartnomalar deganda fuqarolar va yuridik shaxslarning elektron vositalardan foydalangan
holda amalga oshiriladigan va fuqarolik huquqlari va majburiyatlarini belgilash, o‘zgartirish
yoki tugatishga qaratilgan harakatlari

3

”ni tushunishiga qo‘shilimiz mumkin.

Yuqorida aytib o‘tilganidek, elektron tijoratning an’anaviy tijoratdan farqi, uning hech

qanday moddiy resurslar (misol uchun, qog‘oz, ruchka), uchrashuvlar, hujjatlarni pochta yoki
faks orqali uzatish, ularni imzolash kabi belgilarga ega emasligida, ya’ni elektron tijoratda
bularsiz ham shartnoma tuzish mumkinligidadir. Shunday qilib, onlayn rejimda tuzilgan
shartnomalarning belgilaridan biri huquqiy munosabatlar ishtirokchilari o‘rtasida bevosita
aloqaning yo‘qligi hisoblanadi. Bunday elektron munosabatlarga misol sifatida elektron
auksion o‘tkazish bo‘lishi mumkin, bunda buyurtmachi tomonidan bunday auksion to‘g‘risidagi
bildirishnoma va u to‘g‘risidagi hujjatlarni yagona axborot tizimiga joylashtirish orqali
cheklanmagan miqdordagi shaxslar e’lon qilinadi, bunday auktsionni o‘tkazish uning operatori
tomonidan elektron platformada ta’minlanadi. Axborot vositachilari ishtirokida elektron
vositalardan foydalangan holda shartnomalar tuzishda tomonlarning o‘zaro hamkorligi o‘ziga
xos xususiyatlarga ega. Ularni provayderlar deb ham atashadi. Provayderlar - Internetga kirish,
shuningdek, unda ma’lumotlarni joylashtirish va uzatish xizmatlarini ko‘rsatadigan
ixtisoslashgan tashkilotlar. Bunday vositachilarning rolini ortiqcha baholash qiyin: ular
Internetda o‘zaro aloqada bo‘lgan tomonlar o‘rtasidagi bog‘lovchi bo‘g‘indir. Shuni ta’kidlash
kerakki, bu onlayn rejimda shartnomalar tuzishning asosiy xususiyati emas, bu elektron sohada
yuzaga kelgan va yuzaga keladigan har qanday huquqiy munosabatlarga xosdir. An’anaviy
savdo aylanmasida tijorat jarayoni ishtirokchilari (ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar)
o‘rtasida ko‘pincha vositachilar (komissiya agentlari, brokerlar, agentlar, konsignatorlar)
mavjud bo‘lib, ular tovar ayirboshlash uchun savdogarlarni birlashtirish yoki tovarlarni ilgari
surishda yordam berish funktsiyalarini bajaradilar. Elektron tijoratda xuddi shunday vazifani
esa elektron aloqa operatorlari bajaradilar. Ularni “elektron axborot vositachilari” deb ham
atash mumkin. Demak, elektron tijorat operatori deganda, elektron tijoratda elektron hujjatlar
va elektron xabarlar aylanishi bilan bog‘liq xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxs tushuniladi.
O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi qonunining 11-moddasiga
muvofiq: “Elektron tijorat operatorlari jumlasiga quyidagilar kiradi: telekommunikatsiya
tarmoqlari operatorlari va provayderlari; elektron savdo maydonchalari operatorlari; to‘lovga
oid xizmatlarni yetkazib beruvchilar; elektron tijorat subyektlarining elektron hujjatlarini va
elektron xabarlarini saqlash bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar. Elektron tijorat
operatorlari jumlasiga qonunchilikka muvofiq boshqa yuridik shaxslar ham kiritilishi
mumkin.

4

” Demak, an’anaviy shartnomaning elektron tijoratdagi shartnomadan yana bir asosiy

farqi, unda elektron tijorat operatorlarining mavjudligidadir.

2

Рыков А.Ю. Гражданско-правовое регулирование сделок в глобальной компьютерной сети «Интернет»: дис.,

М., 2009. С.78.

3

Карев Я.А. Электронные документы и сообщения в коммерческом обороте: правовое регулирование. М.,

2006. С. 47.

4

O‘zbekiston Respublikasining “Elektron tijorat to‘g‘risida” gi qonuni, Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi,

30.09.2022-y., 03/22/792/0870-son


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

100

Elektron shartnomaning yana bir asosiy belgilaridan biri

– uni vakolatli shaxs tomonidan

imzolanishini ta’minlashdir. Bunda tomonlar elektron raqamli imzolardan foydalanadilar. Bu
faqat qo‘lda yozilgan imzoning analogini yaratishga imkon beruvchi maxsus dasturlar yoki
texnik vositalardan foydalanish orqali amalga oshiriladi. Elektron raqamli imzo deganda,
O‘zbekiston Respublikasining “elektron raqamli imzo to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq,
“elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq
kalitidan foydalangan holda maxsus o‘zgarishlar natijasida hosil qilingan hamda elektron
raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik mavjud
emasligini aniqlash va elektron raqamli imzo kalitining egasini identifikatsiya qilish imkonini
beradigan imzo” tushuniladi. Demak, an’anaviy tijoratda taraflar shartnomani o‘z imzolari
orqali uchrashuvda imzolasalar, elektron tijoratda bu jarayon elektron raqamli imzodan
foydalanib, taraflarning hujjatni imzolashi orqali amalga oshiriladi va bu yo‘l bilan uning
huquqiyligi kafolatlanadi, bu esa elektron shartnomalarning asosiy belgilaridan biri
hisoblanadi.

Shu o‘rinda

, elektron shartnomalarning yana bir asosiy belgilaridan biri, shartnomadan

kelib chiqadigan to‘lov bilan bog‘liq majburiyatlarning elektron to‘lov tizimlari orqali amalga
oshirilishi mumkinligi

hisoblanadi.

Elektron to‘lov

– axborot va texnik vositalardan

foydalangan holda elektron to‘lov hujjatlari orqali naqdsiz to‘lovlarni amalga oshirish shakli,

elektron pullar

esa — elektron pullar emitentining elektron shaklda saqlanadigan hamda

elektron pullar tizimida to‘lov vositasi sifatida qabul qilinadigan shartsiz va chaqirib
olinmaydigan pul majburiyatlari hisoblanadi. To‘lov majburiyatining ham elektron tarzda
amalga oshirilishi taraflar uchun qulay hisoblanadi va shu jihati bilan an’anaviy tijoratdan farq
qiladi. Demak, elektron tijoratda shartnomalarning elektron savdo maydonchasida tuzilishi,
hujjatlar, barcha kerakli ma’lumotlarning elektron tarzda ayirboshlanishi, elektron tarzda
imzolanishi orqali huquqiyligi ta’minlanishi va shuningdek, to‘lovlarning ham elektron tarzda
amalga oshirilishi mumkinligi elektron shartnomaning asosiy belgilari hisoblanadi.

References:

1.

Ro‘zinazarov.Sh, Askarov.J, Tursunov.A Elektron tijoratni huquqiy tartibga solish. Mas’ul

muharrir: y.f.d., prof. Sh.N.Ro‘zinazarov. – T., TDYU, 2021.
2.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal

rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-sonli qarori. Qonun hujjatlari
ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018 y., 07/18/3724/1261-son, 31.10.2018 y.,
06/18/5564/2137-son,

09.11.2019

y.,

06/19/5870/4010-son;

28.09.2020

y.,

06/20/6075/1330-son.
3.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Elektron tijorat

to‘g‘risida”gi 792-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y.,
03/22/792/0870-son.

Библиографические ссылки

Ro‘zinazarov.Sh, Askarov.J, Tursunov.A Elektron tijoratni huquqiy tartibga solish. Mas’ul muharrir: y.f.d., prof. Sh.N.Ro‘zinazarov. – T., TDYU, 2021.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 14 maydagi “Elektron tijoratni jadal rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3724-sonli qarori. Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 15.05.2018 y., 07/18/3724/1261-son, 31.10.2018 y., 06/18/5564/2137-son, 09.11.2019 y., 06/19/5870/4010-son; 28.09.2020 y., 06/20/6075/1330-son.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 29-sentabrda qabul qilingan “Elektron tijorat to‘g‘risida”gi 792-son Qonuni. Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.09.2022-y., 03/22/792/0870-son.