YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
67
2100-YILGA QADAR DUNYO MIQYOSIDA, GLOBAL EKOLOGIK
O’ZGARISHLAR, INQIROZGA YUZ TUTISHLAR VA MUAMMOGA HUQUQIY
YECHIMLAR
Xolmurodov Behruz Akmal o’g’li
Jahon iqtisodiyotiyoti va diplomatiya universiteti
“Xalqaro huquq” fakulteti 1-kurs talabasi,
Tel: +998(90) 359-04-82
e-pochta: xolmurodov0204@uwed.uz
https://doi.org/10.5281/zenodo.13902136
ANNOTATSIYA:
Mazkur maqolada hozirgi kundagi ekologiyaga bo’lgan munosabatlar
hamda ekologiyani dunyo miqyosida saqlash uchun kerakli choralar ko’rilishi, iqtisodiy
tomonlama ekologiyaga qilinayotgan sarf-xarajatlar va O’zbekiston Respublikasida
ekologiyaga nisbatan qarashlar haqida ma’lumot beriladi.
KALIT SO’ZLAR:
Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti, BMT, rezolyutsiya, IQ AIR, Markaziy
Osiyo
АННОТАЦИЯ
: В данной статье представлена информация о современном
отношении к экологии и необходимых мерах по сохранению экологии в глобальном
масштабе, экономических затратах на экологию и взглядах на экологию в Республике
Узбекистан.
КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:
Всемерная органинизация здравоохранения, ООН,
резолюция, IQ AIR, Центральная Азия.
Hozirgi kunga kelib zamon juda ildamlab ketganini biz o’z ko’zimiz bilan ham ko’rishimiz
mumkun. Shu bilan birga hozirgi ya’ni (21) asr texnika, texnologiya asri va biz manashu davr
odamlarimiz. Bizning har kunimiz, yurishimiz, hattoki atrof-muhitimiz ham texnologiya bilan
qurshab olingan. Albatta bu yerda bejizga texnologiya haqida gap ketgani yo’q, negaki
texnologiya ham qaysidir ma’noda ekologiyaga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Hozirgi kunda turli xil
zavod, fabrika, korxonalar va shu kabi binolarni ko’rishimiz mumkun. Bularning barchasi
ekologiya uchun salbiy ta’sir ko’rsatishi mumkun.
Bilamizki oldingi asrlarda hozirgichalik zavod, fabrika, korxonalar qurilmagan. Negaki u
asrlarda texnologiya bu darajada rivojlanmagan va turli zavodlarni qurishga axolining ehtiyoji
bo’lmagan. Hozirgi kunga kelib insoniyat yashash tarzi shunchalik darajada o’zgardiki,
insoniyat hayotida hali ko’rilmagan, hech bir asrda kuzatilmagan global isishlar, dengiz suvlari,
Antarktika muzliklari misli ko’rilmagan darajada kamayib borishiyu, yer yuzining turli
mintaqalarda qurg’qchilik, suv toshqinlari kabi bir qator salbiy holatlar ham yuz berayotganini
o’z ko’zimiz bilan ko’rishimiz mumkin.
Garchi ushbu hodisalar dunyo hamjamiyatini global ekologik muammolar to’g’risida
ko’proq ma’lumotlarga ega bo’lish, tadqiqotlar olib boorish va bu muammolarni bartaraf etish
borasida amaliy chora-tadbirlar amalga oshirishga undab kelayotgan bo’lsa hamki, ko’plab
mamlakatlar bu ekologik muammolarga ko’z yumib kelmoqdalar yoxud ular o’zlarini
xabarsizdek tutishmoqdalar. Ammo yer resurslarini va tabiiy resurslarini hech nima
bo’lmagandek ishlatib kelishmoqda. Agarda mamlakat tabiiy resurslardan foydalanishsa
ekologik barqarorlik ta’minlanayaptimi, resurslardan oqilona va samarali foydalanilayaptimi?
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
68
Afsuski ko’p rejalar va konsepsiyalar shunchaki konferensiya mavzusi sifatida qarab
kelinmoqda.
Global ekologik muammolarning asosiy ilidizi nimada? Salbiy oqibatlari mavjudmi?
Hozirgi kunda ko’plab davlatlarda rivojlanish uchub berilayotgan asosiy urg’u bu ishlab
chiqarish deb aytsak mubolag’a bo’lmaydi. Mamlakatda iqtisodiy va siyosiy hukmronlikni
rivojlantirish hamda ulkan obroʻ qozonish maqsadida ekologiyaga bo’lgan e’tibor kamayib
ketmoqda va bu inqirozga olib kelishi hech gap emas. Yoxud ekologik inqirozga yuz tutishimiz
sababi biz insonlarning yashash tarzi sabab bo’lishi mumkin. Hozirgi kunda barcha sevib
iste’mol qiluvchi oziq-ovqat maxsulotlari plastik idishlar yoki shu kabi idishlarda saqlanadi.
Albatta bu yaxshi biz maxsulotlarni qulay qadoqlangan holatida olamiz va ishlatamiz, ammo
ba’zi hollarda insonlar maxsulotlardan qolgan chiqindilarni axlat qutisiga tashlashga erinib,
shunchaki yerga yoki suvlga uloqtirishadi. Nahotki hozirgi dunyoning global ekologik holati
hech kimni zarrachalik qiziqtirmasa? Biz o’zimizdan keyingi avlodga qanday kelajakni meros
qilib qoldirmoqdamiz, agar hozirdan biz shunday ishlarni qilsak kelajak avlod nima qilsin?
Bularga misol qilib suv tanqisligini ko’rishimiz mumkin. Toza ichimlik suvi abadiy emas, yer
yuzida yashovchi barcha odamlar bir kunda qancha miqdorda suv ichishi mumkin ?
1
Juda ko’p, va bu toza ichimlik suvi 15 yil 20 yilga yetishi ham mumkin ammo buning ham
cheki bor. Hozirdan buni oldini olmasak kelajakda global muammoga aylanishi tabiiy.
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining soʻnggi maʼlumotlariga koʻra, bugun
sayyoramizning 2,2 mlrd aholisi ichimlik suvi taʼminotining tanqisligi sharoitda yashamoqda.
Ba’zi bir olimlarning fikriga ko’ra 2030, 2040 yillarga kelib dunyo miqyosida toza ichimlik suvi
inqirozi yuz berishi mumkunligi taxmin qilingan. Ichimklik suvining deyarli yarmi sug’orish
ishlari uchun ishlatilayotgani eng achinarli hol desak mubolag’a bo’lmaydi. Suv tanqisligi
albatta Markaziy Osiyo davlatlarini ham chetlab o’tgani yo’q. Bunga yaqqol misol qilib Orol
muammosini keltirishimiz mumkun. Ayni damda Markasiy Osiyo davlatlari uchun eng asosiy
muammo hisoblanmish “Orol dengizi”ning sathi 22 metrga pasayib ketti, suv hajmi 10
barobarga kamaydi va bu ko’rsatkich yilsayin o’sib bormoqda, qurib qolgan maydoni 4,2 mln.
gektarni tashkil qiladi. Ushbu masala bo’yicha 2018 yilning 22 iyun kuni Birlashgan Millatlar
Tashkilotining Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyo mintaqasida tinchlik, barqarorlik va doimiy
rivojlanishni ta’minlash maqsadida mintaqaviy va xalqaro hamkorlikni mustahkamlash haqida
rezolyutsiyani qabul qildi. Ushbu rezolyutsiyada Orol dengizi qurishining ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy oqibatlarini yumshatishga yoʻnaltirilgan Markaziy Osiyo davlatlarining sa’y-
harakatlarini qoʻllab-quvvatlash” haqidagi murojaat oʻrin egalladi. BMT Bosh Assambleyasining
75-sessiyasida O’zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Orol muammosi
haqida nutq so’zladi hamda BMT Yangiliklar markazida “O‘zbekiston prezidenti Orolbo‘yini
ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar zonasi deb e'lon qilishni taklif etdi” sarlavhali
maqolasi chop etildi. Albatta bu muammolar uzoq yillardan buyon muxokama qilib kelinmoqda,
xususan, 2022-2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasining 31-
maqsadida suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish boʻyicha alohida davlat
dasturini amalga oshirish vazifalari belgilangan.
Shu bilan birga hozirda global muammoga aylangan yana bir misol havo ifloslanishidir.
Bu muammo azaldan ko’plab noroziliklarga sababchi bo’lib kelgan va bu muammo
1
https://xs.uz/uz/post/global-ekologik-muammolar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
69
texnologiyaning rivojlanishi oqibatida yanada chigallashdi. Jamiyat orasida ko’plab
mo’jarolarga sababchi bo’ldi. Hattoki dunyo miqyosida mamlakatlar o’rtasida havo ifloslanishi
borasida statistik ma’lumotlar tayyorlandi, hamda Qirg’iziston Respublikasi poytaxti bo’lmish
Bishkek bir oy ichida bir necha martta IQ AIR vebsaytining havo sifati eng yomon bo’lgan
shaxarlar reytingida birinchi o’rinni egalladi.
AQSh atrof-muhitni muhofaza qilish agentligining havo sifati indeksiga ko‘ra, bunday
ko‘rsatkichlar odamlarning sog’lig’iga qattiq salbiy ta’sir ko’rsatadi. Ushbu masalalar bo’yicha
qandaydir chora tadbirlar ko’rilmoqdami?
Quyida global ekologik muammolarni bartaraf etish uchun bir qator tavsiyalar va ularning
yechimlari borasida huquqiy jihatdan muhokamalar olib borilmoqda. Bu borada ko’plab taklif
va murojaatlar mavjud. Taklif va murojaatlardan biriga nazar tashlaydigan bo’lsak ekologik
qonun talablarini buzganlik uchun yuridik javobgarlikka tortish to’g’risida fikr va takliflar
mavjud. Tabiiyki bu javobgarlik ekologiyaga nisbatan qilingan jinoyatlar orqali paydo bo’ladi.
Ekologik meʼyorlarini buzganligi, tabiiy resurslardan ortiqcha foydalanish, muhofaza qilish
qoida-talablarini buzish, atrof tabiiy muhitni, tabiatni ifloslantirish, tabiiy resurslardan
noqonuniy va xoʻjasizlarcha foydalanish oqibatida har qanday jismoniy shaxs yuridik
javobgarlikka tortiladi.
2
Shu oʻrinda savol tugʻilishi tabiiy: Oʻzbekiston Respublikasi qonunchiligida ekologiya
qonun talablarini buzganlik uchun qanday turdagi javobgarlik nazarda tutilgan? Masalaga
oydinlik kiritadigan bo’lsak, O’zbekiston Respublikasi qonunchilik palatasi tomonidan 2013-yil
12-noyabrda qabul qilingan va Senat tomonidan 2013-yil 12-dekabrda tasdiqlangan. Ushbu
qonundan ko’zlangan asosiy maqsad ekologik nazorat sohasidagi munosabatlarni tartibga
solishdir. Ekologik qonunni buziladigan bo’lsa jinoiy javobgarlikning 4ta turi, ya’ni Intizomiy
javobgarlik, Maʼmuriy javobgarlik, Fuqarolik javobgarlik va Jinoiy-huquqiy javobgarlik turlari
mavjud. Hamda shuni ta’kidlash joizki Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik
toʻgʻrisidagi kodeksning 8-bobi “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va tabiatdan
foydalanish sohasidagi huquqbuzarliklar uchun maʼmuriy javobgarlik” deb nomlangan boʻlib,
xususan, ushbu kodeksning 79-moddasida quyidagicha javobgarlik masalasi nazarda tutilgan:
“Daraxtlar, butalarni, boshqa oʻrmon oʻsimliklari va nihollarni gʻayriqonuniy ravishda kesish,
shikastlantirish yoki yoʻq qilish fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining besh baravaridan -
oʻn baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn baravaridan - oʻn besh baravarigacha
miqdorda jarima solishga sabab boʻladi. Maʼmuriy jazo chorasi qoʻllanilganidan keyin bir yil
davomida takror sodir etilgan boʻlsa, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn
baravaridan oʻn besh baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa oʻn besh baravaridan yigirma
baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.
Bundan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 4-boʻlimi “Ekologiya
sohasidagi jinoyatlar” deb nomlangan boʻlib, yuqoridagi qonunbuzarlik holati uchun 198-
moddada jinoiy javobgarlik masalasi nazarda tutilgan. Unda olovga ehtiyotsizlik bilan
munosabatda boʻlish natijasida ekinzor, oʻrmon yoki boshqa dov-daraxtlarga shikast yetkazish
yoki ularni nobud qilish koʻp miqdorda zarar yetkazilishi yoki boshqacha ogʻir oqibatlarga
2
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
70
sabab boʻlsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravarigacha miqdorda jarima yoki 240
soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud bir yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
3
Bu borada fuqarolarning ham qonunda belgilangan huquqlari va majburiyatlari mavjud.
Fuqarolarning huquqlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, ular atrof muhitni muhofaza qilishni,
tabiiy resurslardan oqilona foydalanishni ta’minlash masalalari bo‘yicha qarorlar tayyorlash va
qabul qilishda, shuningdek davlat ekologik dasturlarni ishlab chiqish hamda amalga oshirishda
ishtirok etish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish sohasidagi qonunchilikka yuridik va
jismoniy shaxslar tomonidan rioya etilishini kuzatib borishni amalga oshirish, ekologik nazorat
sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqishda ishtirok etish va shu kabi boshqa
huquqlarga ega.
Fuqarolarning majburiyatlari esa ekologiya to’g’risidagi qonunchilik talablariga rioya
qilish va ekologik nazoratni amalga oshirishda ekologik nazoratning boshqa subyektlariga
ko‘maklashishdan iborat.
Xulosa qilib aytadigan bo’lsak faqatgina qonunda ko’rsatib qo’yilgan javobgarliklardan
qo’rqib ekologiyaga zarar yetkazmasligimiz kerak emas, balkim kelajak avlodlarga meros qilib
qoldirish maqsadida, kelajakda ekologik inqiroz bo’lishini oldini olish maqsadida biz
ekologiyani rivojlanishiga o’z xissamizni qo’shishimiz zarur.
References:
1.
https://xs.uz/uz/post/global-ekologik-muammolar
https://elib.buxdu.uz/index.php/pages/referatlar-mustaqil-ish-kurs-ishi/item/12645-
3.
3