YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
56
DARS JARAYONIINI TASHKIL ETISHGA QO‘YILADIGAN METODIK VA
DIDAKTIK TALABLAR
Rayimova Nigina Bobonazarovna
Buxoro muhandislik-texnologiya instituti “Yengil sanoat muhandisligi va dizayni”
kafedrasi erkin izlanuvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13898018
Annotatsiya:
Mazkur maqolada
nazairy va amaliy dars jarayonlarini tashkil etishga
qo‘yiladigan talablar, dars jarayonida mazvuning maqsadi, mazmuni, o‘quv usullari
samaradorligi va ularni tanlash, zamonaviy o‘quv mashg‘ulotiga qo‘yiladigan talablar, ta’lim
metodlarini tanlashga qo‘yiladigan talablar kabi masalalarda fikr yuritilgan.
Tayanch iboralar:
dars,
o‘quv jarayoni, ta’lim, tarbiya, pedagog, pedagogik faoliyat,
talaba, ta’lim metodlari, darsga qo‘yiladigan talablar.
METHODOLOGICAL AND DIDACTIC REQUIREMENTS FOR ORGANIZING THE
LESSON PROCESS
Nigina Rayimova
freelance researcher at the Bukhara Institute of Engineering and Technology,
Department of "Light Industry Engineering and Design"
Annotation.
In this article, the requirements for the organization of theoretical and
practical lesson processes, the purpose and content of the subject in the course of the lesson,
the effectiveness of educational methods and their selection, the requirements for modern
training, the selection of educational methods issues such as requirements are considered.
Key words:
lesson, educational process, education, upbringing, pedagogue, pedagogical
activity, student, educational methods, requirements for the lesson.
Kirish.
Zamonaviy ilm-fan va texnika-texnologiyalarning rivojlanishi bilan ta’lim
metodlariga bo‘lgan munosabat ham o‘zgarib, takomillashib, zamonaviylashib boradi va ular
hozirgi zamon didaktikasi hamda xususiy metodikalardagi ta’lim metodlari bilan uyg‘un holda
shakllantirilib boriladi. Shu sababli ham unga turlicha yondashuvlar bo‘lishi ham tabiiydir.
Ta’lim metodlari o‘qitish jarayonida va pedagogik tafakkurning ko‘p asrlik rivojlanishi tarixida
muhim o‘zgarishlarga duch keladi. Pedagogikada ta’lim metodlarini tasniflash va belgilashga
bir xil yondashish mavjud emas. Ayrim pedagog va olimlar metodlarni belgilashda bilish
manbalarining xususiyatlarini asosiy deb hisoblaydilar.
Tadqiqot materiallari va metodologiyasi.
Har qanday ta’limning maqsadi – bilimni
hamda uni amalda qo‘llay bilish ko‘nikmalari va malakalarini shakllantirish, shunga zarur shaxs
sifatlari va ko‘rsatmalarini ishlab chiqish. o‘quv faoliyati harakatida maqsadning barcha
komponentlari amalga oshar ekan, turli usullarni birgalikda qo‘llashdan iboratdir. Shuning
uchun, usul tanlashda eng asosiy omil bo‘lib aniq o‘quv mashg‘ulotining didaktik vazifasi va
mashg‘ulotlarga qo‘yiladigan talablar xizmat qiladi.
Metod yoki ta’lim berish usulini tanlash nafaqat maqsaddan, balki o‘quv material
mazmuniga va bu fanni qanchalik qiyin deb hisoblash, mazvuning murakkablik darajasiga
bog‘liq. O‘quv usuli yoki metodini tanlashda uning samaradorligini e’tiborga olish ham
ahamiyatga ega.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
57
O‘qitish piramidasi
1
Ma’ruza, doklad
- 5%
2
O‘qish
- 10%
3
Video, rasm, ko‘rgazmalarni ko‘rish
- 20%
4
Tajribani namoyish qilish
- 30%
5
Munozara
- 40%
6
Mashq
- 50%
7
Ishbilarmon o‘yin, loyiha usuli
- 75 %
8
O‘zaro mashqlar, kreativ o‘qitish
- 90%
Psixologlar, verbal (og‘zaki) o‘quv usullaridan foydalanganimizda (ma’ruza, hikoya,
tushuntirish) talabalar ma’lumotning 5% ni eslab qolishlarini isbotlaganlar. Kitob o‘qish
ma’lumotning 10% ni saqlab qolishga imkon beradi, videofilm, rasm, ko‘rgazmali qurollarni
ko‘rish, ko‘rgan ma’lumotlarni 20% ni o‘zlashtirishni ta’minlaydi.
Loyihalash usuli va ishbilarmonlik o‘yini eng samarali hisoblanadi, buning natijasida
talabalar ongida ma’lumotning 75%i saqlanib qoladi. Lekin o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarning
talabalar tomonidan olib borilishi undan ham samaraliroq hisoblanadi, bunda 90% ma’lumot
o‘zlashtiriladi.
Zamonaviy mashg‘ulot, masalan, matematik savodxonlik va tasviriy san’atni o‘qitish
metodikasi fanlari bo‘yicha mashg‘ulot qanday bo‘lmog‘i lozim? Eng avvalo, u hozirgi vaqtda
pedagogika, psixologiya, ta’lim metodikasi erishgan yutuqlarga asoslanishi, shuningdek
o‘rganilayotgan sohadagi fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirish tendensiyasini hisobga olishi
kerak. Uning mazmuni va metodikasi hozirgi kunda oliy ta’lim muassasalari oldida turgan
dolzarb vazifalarini hal qilishga qaratilmog‘i lozim.
Tadqiqot natijalari.
Zamonaviy mashg‘ulotga qo‘yiladigan talablarni shartli ravishda
quyidagi guruhlarga ajratish mumkin: g‘oyaviy-siyosiy, didaktik, psixologik, ma’naviy-axloqiy,
gigiyenik, texnik talablar.
Zamonaviy
mashg‘ulotga
qo‘yiladigan
talablar
g‘oyaviy-siyosiy
didaktik
psixologik
ma’naviy-axloqiy
gigiyenik
texnik talablar
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
58
G‘oyaviy-siyosiy talablar
deganda, mashg‘ulotlarning g‘oyaviyligi va hayotga yo‘nalganligi,
ta’lim jarayonida hukumat qarorlari hamda davlat siyosatini amalga oshirish bilan bog‘liq
masalalar tushuniladi.
Didaktik talablar
– bu mashg‘ulot o‘rinli rejalashtirilgan, puxta tayyorlangan, tashkil
etilgan, yaxshi jihozlangan bo‘lishi va qulay sharoitlarda o‘tkazilishi kerak.
Mashg‘ulotni tuzishga aniq maqsadni ko‘zlab, ilmiy asoslangan holda yondoshish – bunda
pedagog va talabalar birga ishlaydigan aniq sharoitning eng yaxshi varianti tanlanadi va
quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
-
mashg‘ulot vaqtidan to‘g‘ri va ratsional foydalanish;
-
mashg‘ulotning maqsad va vazifalarini belgilash, asosiy va ikkinchi darajali vazifalarni
ajratib olish;
-
umuman va har bir struktura elementi uchun o‘quv materialini belgilab olish, oliy ta’lim
muassasasi o‘qituvchisi o‘quv materialini tanlashda mashg‘ulotning maqsadi, dars xususiyati,
taraqqiyotning yutuqlarini hisobga oladi;
-
asosiy didaktik tamoyillari va hozirgi zamon ishlab chiqarishi talablarini hisobga olish;
-
ta’limning maqbul metod va usullarini tanlash, metodlar o‘rganiladigan predmetning
maqsadi, spetsifikasi, ta’limning optimal sharoitlarini hisobga olib tanlanadi;
-
zarur ko‘rgazmali qurollar va ta’limning o‘qitish vositalarini tanlash.
Mashg‘ulotda talabalarning jamoaviy va individual ish shakllarini birga to‘g‘ri qo‘shib olib
borish zarur. Oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi talabalarga tayyor bilimlarnigina berib qolmay,
balki ularni mustaqil ravishda bilimlarini to‘ldirish va chuqurlashtirishga o‘rgatish,
mashg‘ulotning barcha bosqichlarida bilish faoliyati va faollikni shaxsiy va yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda rivojlantirishi kerak.
Psixologik talablar
quyidagilardan iborat: pedagoglar talabalarning individual, yosh va
psixologik xususiyatlarini hisobga olishlari kerak. Masalan, oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
pastki guruhlarda odatda ta’limning asosiy shakli sifatida suhbat, hikoya qilish va yuqori
guruhlarda esa seminar mashg‘ulotlari, muammoli xarakterga ega bo‘lgan topshiriqlarni
tanlaydi. Ta’limda alohida yondashish tamoyili xotira, fikrlash, qiziqishlar kabi psixologik va
fiziologik xususiyatlarni hisobga olishni talab etadi.
Ma’naviy-axloqiy talablar
–
eng avvalo pedagogning shaxsiyatiga taalluqlidir. Oliy ta’lim
muassasasi o‘qituvchisi axloqiy jihatdan qat’iyatli, siyosiy jihatdan savodli, g‘oyaviy e’tiqodli,
xush muomalali bo‘lishi, o‘z kasbini, fanini, talabalarni sevishi lozim; o‘z nutqi, ko‘rinishiga
e’tibor berishi darkor, bunday sifatlarga ega bo‘lgan oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi
talabalarni o‘z shaxsiy ibrati, namunali yurish-turishi bilan tarbiyalaydi.
Gigiyenik talablarga
harorat rejimiga, yoritish normalariga rioya qilish, o‘quv
auditoriyalari, kabinet, laboratoriya, ko‘rgazmali qurollar (plakat, diopozitiv va
kinofilmlar)ning estetik jihatdan yaxshi jihozlanishi kiradi.
Mashg‘ulotga bo‘lgan
texnik talablar
– bu xavfsizlik texnikasi, yong‘inga qarshi texnika,
mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha talablar. Har bir laboratoriya, o‘quv-ustaxonalarida
poligonda xavfsizlik texnikasi va yong‘inga qarshi texnika bo‘yicha instruksiyaga ega bo‘lishi
kerak.
Muhokama.
Ma’lumki, ta’limning amaliy yo‘nalganligi ta’lim metodlarining eng muhim
talablaridan biridir va u doimo zamon talabidagi dolzarb yo‘nalishdir.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
59
Pedagogika fani ta’lim beruvchilarning ilg‘or ish tajribalarini umumlashtiradi, an’anaviy
ta’limning ilmiy asoslarini ko‘rsatib beradi, o‘qitishning ilg‘or, samarali metodlarini ijodiy
ravishda izlab topishga yordam beradi. Shu sababli ham ta’lim metodlari oldiga muhim talablar
qo‘yiladi:
1.
Talabalarga o‘quv axborotni berish va uni eshitish vositasida idrok qilishni
ta’minlaydigan metodlar;
2.
Amaliy faoliyat (tushuntirish - ko‘rsatish) metodlari:
og‘zaki (verbal) metodlar – hikoya qilish, tushuntirish, suhbat, seminar, munozara va
hokazolar;
ko‘rgazmali metodlar – kuzatish, ko‘rsatish, namoyish qilish; amaliy metodlar:
mashq-laboratoriya va amaliy ishlar, demontaj va montaj o‘yinlari va hokazo.
individual, deduktiv, analitik, sintez, analiz qilish, taqqoslash, umumlashtirish,
tizimlashtirish, talabaning mustaqillik darajasini xarakterlovchi metodlar, o‘qituvchi
rahbarligida kitob bilan ishlash, amaliy ishlar va boshqalar.
4. Talabalarning o‘quv-bilish faoliyatini rag‘batlantirish va asoslash. O‘qishga bo‘lgan qiziqishni
shakllantirish; ishga doir o‘yinlar, bilishga doir tortishuv, o‘quv bahslari vaziyatini analiz qilish
va boshqalar.
5. Ta’limda burch hissi va mas’uliyatini shakllantirish. Tarbiya metodlariga kiradi va ular
quyidagilardan iborat: e’tiqod, dalil, asosli tushuntirish, jamoa fikri, rag‘batlantirishlar va
mashqlar.
6. O‘quv-bilish faoliyatining samaradorligini nazorat va o‘z-o‘zini nazorat qilish metodlari:
og‘zaki yozma, dasturlashtirilgan, aralash, amaliy metodlar, grafik metod va boshqalar.
Xulosa.
Demak, aytish mumkinki, nazairy va amaliy dars jarayonlarini tashkil etishga
qo‘yiladigan talablar, dars jarayonida mazvuning maqsadi, mazmuni, o‘quv usullari
samaradorligi va ularni tanlash, zamonaviy o‘quv mashg‘ulotiga qo‘yiladigan talablar, ta’lim
metodlarini tanlashga qo‘yiladigan talablar kabi masalalarni e’tiborga olish dars jarayonini
to‘g‘ri loyihalash hamda shuning barobarida ta’lim sifatiga erishish uchun keng imkoniyat
yaratadi. Xulosa qilib aytganda, oliy ta’lim muassasasi o‘qituvchisi mashg‘ulotlarni shunday
rejalashtirishi, tayyorlanishi, tashkil qilishi va o‘tishi lozimki, bunda talabalarning har bir
mashg‘ulotda ta’lim olishi, tarbiyalanishi va bilish xususiyatlarini rivojlantirishi uchun yaxshi
sharoit ta’minlasin. Bu esa dars jarayoniga qo‘yiladigan talablarga qat’iy rioya qilish
asosidagina amalga oshiriladi.
References:
1.
2018 йil 05 iyundagi PQ-3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish вa
ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini
taъminlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori
2.
Olimov, K. T., & Sh, T. Z. (2019). Integration of Special Subjects, Opportunities and
Solutions. Eastenr European Scientific Journal, (2), 67-70..
3.
Sharifovna, T. Z., & Bakhriniso, T. (2020). Modernization of higher education by solving
integration problems. European Journal of Research and Reflection in Educational Sciences,
8(12 Part II), 44-49.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
60
4.
To‘xtayeva, Z., Usmonova, N., & Umedova, M. M. (2023). BO ‘LAJAK MUHANDISLARNING
LOYIHALASH KO ‘NIKMALARIGA QO ‘YILADIGAN KASBIY TALABLAR. Talqin va tadqiqotlar,
1(27).
5.
Sh, T. Z. (2020). Integration of special subjects in higher education. International
Engineering Journal For Research & Development, 5(3), 125-131.