YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
50
ABDULLA SHERNING PUBLITSISTIK FAOLIYATI VA UNING AHAMIYATI
Xamroyeva Dilnoza Jumanazarovna
Buxoro davlat universiteti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13896970
Annotatsiya:
Abdulla Sher serqirra ijodkordir. U o‘zbek adabiyotida shoir, olim,
publitsist, tarjimon sifatida tanildi. Uning publitsistikaga kirib kelishi, bu sohada ham yuksak
o‘rinni egallagani, davriy nashrlar bilan bog‘liq faoliyati, o‘tkir publitsistik maqolalari haqida
ushbu maqolada so‘z boradi.
Kalit so‘zlar:
Publitsistika, sonet,
maqola,
xotira maqola, gazeta, jurnal, matbuot, bosh
maqola, nazariy maqola, targ‘ibot maqola, muammoli maqola.
Abdulla Sherni ko‘p qirrali ijodkor deya olamiz. U bir vaqtning o‘zida olim, shoir,
publitsist, tarjimonlik rutbalaridan o‘rin oldi. Abdulla Sher mohir publitsistdir. U uzoq yillar
“Yosh fizkulturachi” gazetasi, “Guliston”, “Yoshlik” jurnallarida faoliyat olib bordi. Abdulla Sher
ham ijodini bevosita badiiy publitsistika bilan bog‘ladi. “Yoshlik” jurnalida mas’ul kotib bo‘lib
ishladi. “Yoshlik” jurnalining tashkil etilishini shoir shunday eslaydi: “Erkin aka bilan biz 1982-
yili rahmatli Sarvar Azimovning topshirig‘i bilan “Yoshlik” jurnalini tashkil etdik. U kishi – bosh
muharrir, men – mas’ul kotib. Erkin aka kadrlar masalasini menga topshirdi. Men bir paytlar
o‘zim ishlagan afsonaviy “Guliston” jurnalining sobiq xodimlarini yig‘dim: Sa’dulla Siyoyev,
Erkin A’zam, Xayriddin Sulton, Sulaymon Rahmon…”
1
Uning adabiyotdagi yutuqlarida
Mirtemir, Asqad Muxtor, Sarvar Azimov kabi ijodkorlarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Abdulla Sher
Shukur Xolmirzyev, Safar Barnoyev, Ma’ruf Jalil, Tilak Jo‘ra, Omon Muxtor, Otayor, Xayriddin
Sulton, Erkin A’zam, Sa’dulla Siyoyev, Sulaymon Rahmon kabi ijodkorlar bilan bir vaqtda
adabiyotga kirib keldi.
U ijodni maktab davrlaridanoq boshladi. O‘quvchilik kezlaridayoq kichkina maqolalar
yozishni boshladi. “Uning maqolachalari asosan, dala mehnatkashlariga bag‘ishlangan bo‘lib,
“Boltavoy – mirishkor suvchi”, “Norxol pillachi”, “G‘o‘za qator oralariga mahalliy o‘g‘it tashlash
boshlandi” kabi mavzularda edi. Unga 40 tiyin yoki 50 tiyin qalam haqi ham berishardi. 1968-
yilga kelib, u she’r yoza boshladi”
2
. Dastlabki she’ri tuman gazetasida bosilgach, birin-ketin
she’riy to‘plamlari yaratildi.
Publitsistika sohasi bo‘yicha bir qator olimlar ilmiy faoliyat olib borgan. Y. Jurbina
3
, A.
Grechnev
4
, T.Ernazarov
5
, I. Mirzayeva
6
va boshqalar faoliyatida badiiy pubtitsistika sohasida
qilingan bir qancha ilmiy ishlarni ko‘rishimiz mumkin. O‘zbek publitsistikasining shakllanish
bosqichiga e’tibor qaratilsa, bu matbuot vujudga kelgan vaqtlarga to‘g‘ri keladi. XIX asr oxiri XX
asr boshlarida ziyolilar tomonidan vaqtli matbuot nashrlari vujudga keldi va maqola
ko‘rinishidagi matnlar bosila boshladi. Ammo O. Tog‘ayev
7
bunday fikrdan chekinib, Sharq
pubtitsistikasi uzoq tarixga ega ekanligini ta’kidlab, Kaykavusning “Qobusnoma”, Alisher
1
2
https://uzhurriyat.uz/2024/02/28/hassasi-gullagan-shoir/
3
Е. Журбина, Теория и практика художественно-публицистических Жанров, М., 1969.
4
В. Гречнев, Жанр литературного портрета в творчестве М. Горкого, М., 1964
5
Т. Эрназаров, Туркистонда вақтли матбуот. – Т.: 1959.
6
Мирзаева И. Бадиий очеркнинг баъзи масалалари. – Т.: Фан, 1964.
7
О. Тоғаев. Ўзбек бадиий публицистикаси. – Т.: Фан, 1973. – Б.5.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
51
Navoiyning “Mahbub ul-qulub”, “Munshaot”, “Majolis un-nafois” kabi asrlarni misol tariqasida
keltiradi va bu asarlarda maqola, ocherk va satiraning ayrim ko‘rinishlari borligini ta’kidlaydi.
Umuman olganda, publitsistikada tuyg‘ularga kuchli ta’sir ko‘rsata oladigan vosita
obrazlilikdir. Ammo hamma vaqt ham bunday emas. Unda ba’zan ifoda obrazi, ya’ni so‘z obrazi
mavjud bo‘ladi. Abdulla Sher o‘zbek adabiyoti rivoji uchun publitsistika sohasida ham
iste’dodini sinab ko‘rdi. Uning uzoq yillar vatqli matbuot nashrlarida faoliyat olib borgani
bundan dalolat beradi. Uning maqolalarida shoirning o‘tkir tafakkuri sezilib turadi. Jumladan,
“Sonet sirlari” yoki Mirtemir va Asqad Muxtor haqidagi xotira maqolalari fikrimizning yorqin
dalilidir. Jumladan, “Sonet sirlari” maqolasida publitsist ushbu janrni faqat 14 qatordan iborat
she’r emas, balki yuksak mahorat talab etiladigan she’riy shakl ekanligini ta’kidlaydi.
Adabiyotshunos olim D. Qur’onov “Adabiyotshunoslik lug‘ati”da sonetga shunday ta’rif beradi:
“Sonet – qat’iy she’r shakllaridan biri, shakl xususiyatiga ko‘ra tasnif etiluvchi lirik janr. Sonet
o‘n to‘rt misradan tarkib topib, ikkita katren va ikkita tertsetni o‘z ichiga oladi”
8
. Sonet janri
tarixiga e’tibor qaratsak, XIII asrda vujudga kelgan ushbu janrning birinchi bandida fikr aytiladi.
Ikkinchi bandda fikr rivojlantirilgach, uchinchi bandda yechim va to‘rtinchi bandda xotima
beriladi. Ushbu janrning rivojlanishida Petrarkaning o‘rni beqiyos. Sonetning go‘zal namunalari
Dante, Ronsar, Shekspir, Gyote, rus adabiyotidan Pushkin, Lermontov, A. Axmatovalar ijodida
o‘zbek she’riyatiga esa o‘tgan asrning 30-yillarida kirib kelgan bo‘lib, U. Nosir, B. Boyqobilov,
Rauf Parfi va boshqalar ijodida uchraydi.
Abdulla Sher o‘z maqolasida sonetning bir qancha jihatlarini ochadi. Jumladan, sonet
nima, bu janr bilan kimlar shug‘ullangan, uning tarixi qanaqa, sonet va sonet bo‘lmagan,
faqatgina shaklan o‘xshash turlar haqida o‘z kifrlarini aytib o‘tadi. Maqolada keltirilishicha,
ba’zi ijodkorlar ijodida orasida sonet qonun-qoidalarining buzilishi kuzatilgan. Bu ayniqsa,
ingliz adabiyotida kuzatiladi. Chunki inglizlar har qanday kichik hajmli she’rni sonet deb atagan.
Ko‘rinadiki, ular ataylab janr qoidalarini buzishga harakat qilmaydi, balki Angliyada “har
qanday she’r (agar u kichik bo‘lsa) sonet deb atalishi mumkin bo‘lgan”
9
. U faqatgina sonet
hajmiga taqlid bo‘lgan. Shoir “G‘azalning shakliy qonun-qoidalari buzib bo‘lmaganidek, sonet
shaklini ham buzish mumkin emas”
10
, deya ta’kidlaydi. Abdulla Sher fikricha sonet qonun
qoidalriga rioya qilib yaratilgan asarlar U.Nosir va A.Fraynberg ijodida uchraydi. Maqolada
Abdulla Sher taxminiy fikrlarni ham keltirib, sonet g‘azalga taqdidan yaratilgan bo‘lishi
mumkinligini ta’kidlaydi. Haqiqatda ham, g‘azal aksar hollarda 7 baytdan iborat bo‘lgan, ya’ni
o‘n to‘rt misra. An’anaviy boshlanma –matla’ va xotima – maqta’ga va qofiyalanish tizimiga ega
bo‘lgan. Ushbu qonun-qoidalar buzilsa, uni g‘azal deya olmaganimizdek, har qanday o‘n to‘rt
qatorli she’r sonet bo‘la olmasligi ta’kidlanadi. “Bu borada atoqli olmon shoiri Yoxannes
Bexerning “Sonet falsafasi yoxud sonet borasida kichik yo‘riqnoma” maqolasida qat’iy qonun
asosida yaratilmagan barcha sonetlarni inkor etib, ularni “o‘n to‘rt satrli shig‘irlar”, deb ataydi
va ularni sonetga hech qanday aloqasi yo‘q, degan qat’iy xulosaga keladi”
11
. Abdulla Sher
maqolada sonetning “Sonetlar gultoji” (“Sonetlar gulchambari” kabi murakkab turi haqida ham
ma’lumot beradi.
8
Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.: Академнашр, 2010. – Б.279.
9
Abdulla Sher. Sonet sirlar. Maqola. – T.: O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi. 2009//43-son.
10
Abdulla Sher. Sonet sirlar. Maqola. – T.: O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi. 2009//43-son.
11
Abdulla Sher. Sonet sirlar. Maqola. – T.: O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi. 2009//43-son.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
52
Umuman olganda, ijodkor nafaqat o‘zbek, balki jahon adabiyotida sonet janri rivojining
asosiy bosqichlari asosli ko‘rsatib berdi. Sonet ilminining barcha nozik sirlaridan xabardor
bo‘lgan Abdulla Sher maqolada dalillarga to‘la kuzatishlari orqali sonetshunoslik ilmi rivojiga
munosib hissa qo‘shdi.
Bundan tashqari, Abdulla Sherning Asqad Muxtor va Mirtemirga bag‘ishlangan xotira
maqolalari ham mavjud bo‘lib, ular xuddi she’rday bir nafasda o‘qiladi. “Jannatmakon shoir” va
“Majnuntol tagiga o‘tkazing meni” sarlavhalariga ega bu ikki maqolada ulug‘ ijodkorlar haqida
shoir fikrlari keltiriladi. Bunday xotira maqolalar adabiyotimizda ko‘p uchraydi. Aksar hollarda
ularni “zamondoshlar xotirasida” turkumi ostida kitob holida bosishadi. Masalan, “Zulfiya
zamondoshlari xotirasida”, “Muhammad Yusuf zamondoshlari xotirasida” kabi. Ammo xotira
tarzidagi maqolalar pubtitsistik tomondan yondashilsa, biroz erkin holda yoziladi. Unda ijodkor
bor his-tuyg‘ularini to‘kib-sochadi. “Jannatmakon shoir” maqolasida ham Abdulla Sher Asqad
Muxtorning o‘quvchiga noma’lum insoniylik fazilatlarini ko‘rsatadi. Chin adabiyot insoniga o‘z
hurmatini bildiradi. Uning bu ikki xotira maqolasi juda ahamiyatlidir. Chunki ularda Abdulla
Sherning adabiyotga kirib kelishi, ildiz otishi va yuksalish bosqichlariga turtki bo‘lgan ikki inson
eslanadi. Shundan kelib chiqib shoirning dostonlarini yoki she’rlarini oqir ekanmiz, undan
“Surat”ning ifori, paxta davrlarida cho‘ntagida saqlagan “99 miniatura”ning ohangi
kelayotganday tuyuladi.
Aslida maqola publitsistikaning janri bo‘lib, matbuot sohasida bosh maqola, nazariy va
targ‘ibot maqola, muammoli maqola kabi turlaridan foydalaniladi. Ular mavzu jihatdan rang-
barangligi ma’lum. Ammo adabiyotimizda xotira maqolalar ham salmoqli o‘rinni egallaydi.
Abdulla Sher o‘zining publitsistik faoliyatida yuksak cho‘qqiga ko‘tarildi. Yuqorida qayd
etganlarimiz buning yaqqol isbotidir.
References:
1.
Abdulla Sher. Sonet sirlar. Maqola. – T.: O‘zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi.
2009//43-son.
2.
Эрназаров T. – Туркистонда вақтли матбуот. – Т.: 1959.
3.
Гречнев B. – Жанр литературного портрета в творчестве М. Горкого, М., 1964
4.
Журбина E. – Теория и практика художественно-публицистических Жанров, М.,
1969.
5.
Мирзаева И Бадиий очеркнинг баъзи масалалари. – Т.: Фан, 1964.
6.
Тоғаев O. Ўзбек бадиий публицистикаси. – Т.: Фан, 1973. – Б.5.
7.
Қуронов Д., Мамажонов З., Шералиева М. Адабиётшунослик луғати. – Т.:
Академнашр, 2010. – Б.279.
8.
https://t.me/yozuvchilar_uz
9.
https://uzhurriyat.uz/2024/02/28/hassasi-gullagan-shoir/