Авторы

  • Anvar Utkirov
    Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46920

Ключевые слова:

Sanoat rivojlanishi umumiy ko‘rsatkichlar sanoat tahlili iqtisodiy o‘sish mahsulot ishlab chiqarish sanoat sektori hududiy iqtisodiyot.

Аннотация

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Maqolada viloyatning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shuvchi asosiy sanoat tarmoqlari va ularning ishlab chiqarish hajmlari o‘rganilgan. Shuningdek, sanoat sektorining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, tarmoqlararo aloqalar va iqtisodiy islohotlarning natijalari tahlil qilinadi. Viloyatdagi sanoatning joriy holati, istiqbollari va mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama etilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

88

QASHQADARYO VILOYATIDA SANOAT RIVOJLANISHINING UMUMIY

KO‘RSATKICHLARI TAHLILI

Utkirov Anvar Utkirovich

Qarshi davlat universiteti mustaqil tadqiqotchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13341955

Annotatsiya:

Mazkur maqolada Qashqadaryo viloyatida sanoat rivojlanishining umumiy

ko‘rsatkichlari tahlil qilingan. Maqolada viloyatning iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shuvchi asosiy
sanoat tarmoqlari va ularning ishlab chiqarish hajmlari o‘rganilgan. Shuningdek, sanoat
sektorining rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar, tarmoqlararo aloqalar va iqtisodiy
islohotlarning natijalari tahlil qilinadi. Viloyatdagi sanoatning joriy holati, istiqbollari va
mavjud muammolarni bartaraf etish yo‘llari muhokama etilgan.

Kalit so‘zlar:

Sanoat rivojlanishi, umumiy ko‘rsatkichlar, sanoat tahlili, iqtisodiy o‘sish,

mahsulot ishlab chiqarish, sanoat sektori, hududiy iqtisodiyot.


Yangi tendensiyalar ta’sirida davlatlaming ijtimoiy siyosatida ham jiddiy o‘zgarishlar ro‘y

berdi. Bu esa o‘z navbatida “ijtimoiy davlat”, “umumiy farovonlik davlati” modellari to‘g‘risida
xulosalar chiqarishga xizmat qildi. Ko‘pgina davlatlar siyosatidagi bunday o‘zgarish ko‘p
jihatdan inson omili, inson bilimlari, axborot ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirishda
o‘ynayotgan nihoyatda muhim roli bilan izohlanadi.

Qashqadaryo viloyatida keyingi yillarda mamlakatimizda bo‘lgani kabi sanoat

mahsulotlari ishlab chiqarishning yuqori o‘sish sur’atlari kuzatilmoqda. So‘nggi besh yilda
viloyat iqtisodiyoti 1,5 barobar o‘sdi, yalpi hududiy mahsulotda sanoatning ulushi 24 foizdan
30 foizga yetdi. Bu Qashqadaryo viloyatining mamlakatimiz iqtisodiyotidagi ulushi tobora ortib
borishini ta’minlamoqda. Bugungi kunda mamlakatimiz bo‘yicha qazib olinadigan tabiiy
gazning 10 foizi, gaz kondensatining 11 foizi, neftning 7 foizi, yetishtiriladigan paxtaning 11
foizi, g‘allaning 9 foizi, pillaning 12 foizi Qashqadaryo viloyatining hissasiga to‘g‘ri kelmoqda

1

.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston

Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi PF-4947-son
farmonida hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta
ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha harakatlar strategiyasini «Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari
yili»da amalga oshirishga oid Davlat dasturining Qashqadaryo viloyatidagi ijrosini ta’minlash
bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar dasturlarida belgilangan vazifalarni bajarish natijasida
Qashqadaryo viloyatidagi korxonalarni texnik va texnologik jihatdan yangilash hamda
mahalliylashtirishni rag‘batlantirish asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli tayyor mahsulotlar
ishlab chiqarishni rivojlantirish ishlari amalga oshirildi. Sanoat tarmoqlarini rivojlantirishni
ichki imkoniyatlardan foydalanish bilan bog‘lab o‘rganishda viloyatda sanoat mahsulotlari
ishlab chiqarish holatini ifodalovchi ko‘rsatkichlar tahlil qilindi. Yalpi hududiy mahsulotning
o‘sishi, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishi, viloyat sanoatining respublika
sanoatidagi ulushi 1- jadvalda berilgan.

1-jadval
Qashqadaryo viloyatida sanoat rivojlanishining umumiy ko‘rsatkichlari tahlili

2

1

Қашқадарё вилояти ҳокимлиги иқтисодиёт бош бошқармасининг маълумотлари.

2

Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

89

Ko‘rsatkichlar va

o‘lchov birligi

2018y.

2019

y.

2020

y.

2021 y. 2022 y.

2022 y.

2018 y.ga

nisb-n

1. Yalpi hududiy mahsulot,

mlrd. so‘m

6843,6 8090,7 9488,4 10924,4 12238,9

178,8

2. Yalpi hududiy mahsulot-

ni o‘sish sur’ati, %

108,0

108,2

107,5

107,9

101,7

- 6,3 p

3.

Sanoat mahsulotlari

hajmi, mlrd. so‘m

3073,9 3972,6 5143,9

5569,6

6353,1

206,6

4.

Sanoat mahsulotlari

ishlab chiqarishning

o‘sish sur’ati, %

110,3

109,6

111,3

106,5

100,8

- 9,5 p

5. Yalpi hududiy mahsulot

tarkibida sanoatning

ulushi, %

24

27

30

29

30

+ 6 p

6.

Sanoatning respublika

sanoatidagi ulushi , %

4,4

4,7

5,3

5,0

4,4

-


Jadval ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, o‘rganilgan yillarda viloyat yalpi hududiy

mahsulotining o‘sishi bilan bir qatorda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sishi ro‘y
bergan. Yalpi hududiy mahsulot va sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning o‘sish sur’atlarida
pasayish ro‘y bergan. Viloyat sanoatining respublika sanoatidagi ulushi oxirgi yilda pasaygan.
Bu ichki imkoniyatlardan samarali foydalanish asosida sanoatni rivojlantirish tadbirlarini
ishlab chiqish zarurligini bildiradi.

Qashqadaryo viloyatida oxirgi ikki yilda sanoat mahsulotlari ishlab chiqarishning yalpi

hududiy mahsulot o‘sishidan orqada qolishi bilan bir qatorda (1-jadval) viloyatning yalpi
hududiy mahsuloti tarkibida sanoat mahsulotlarining ulushi kamaygan. Buni yalpi hududiy
mahsulot tarkibida iqtisodiyot tarmoqlarining ulushi orqali ko‘ramiz (1-rasm).


1-rasm. Qashqadaryo viloyatida yalpi hududiy mahsulot tarkibida iqtisodiyot

tarmoqlarining ulushi (jamiga nisbatan foizda)

3

3

Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби.

Саноат

30%

Қишлоқ

хўжалиги

32%

Хизматл

ар

38%

2020 йил

Саноат

29%

Қишлоқ

хўжалиги

32%

Хизматл

ар

39%

2021 йил

Саноат

30%

Қ-лоқ

хўжалиги

31%

Хизматл

ар

39%

2022 йил


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

90

Qashqadaryo viloyati yalpi hududiy mahsulotining tarkibini o‘rganish natijasida ma’lum

bo‘ldiki, viloyatda keyingi yillarda sanoat va qishloq xo‘jaligining ulushi kamayishi bilan bir
qatorda xizmatlar sohasining ulushi ortib bormoqda. Bu holat viloyatda sanoatni rivojlantirish
bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlarni amalga oshirish lozimligini bildiradi.

Keyingi yillarda O‘zbekistonda sanoat rivojlanishining xususiyati shundan iboratki,

tarmoq korxonalarida ichki imkoniyatlardan samarali foydalanib, turli mulkchilik shakllaridagi
korxonalar barpo etilmoqda, ularda yangi ish o‘rinlari yaratilib, ishlovchilarni daromadi oshib
bormoqda.

Yuqoridagi tahlil natijalarida biroz pasayish sur’atlari kuzatilgan bo‘lsa-da, sanoat

tarmoqlari viloyat iqtisodiyoti rivojlanishiga yetarlicha ulush qo‘shmoqda. Viloyatdagi sanoat
korxonalarida foydalanilgan ishlab chiqarish texnologiyalarining eskirishi, tarmoq
korxonalarining mulkchilik shakllari o‘zgarishi natijasida viloyatdagi sanoat korxonalari
faoliyatida ma’lum davr mobaynida biroz pasayish ro‘y bergan, lekin hozirgi kunda ichki
imkoniyatlardan samarali foydalanish asosida ko‘plab yangi sanoat korxonalari barpo
etilmoqda va ularning samarali faoliyat yuritishi natijasida sanoatning viloyat iqtisodiyotini
rivojlantirishdagi o‘rni va ahamiyati oshib bormoqda. Qashqadaryo viloyatida sanoatning
tarkibiy tuzilishi 2-rasmda keltirilgan.


2-rasm. Qashqadaryo viloyatida sanoatning tarkibiy tuzilishi

4

2-rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, Qashqadaryo viloyatida ishlab chiqaradigan

sanoatning ulushi oshib borishi bilan bir qatorda tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash
sanoatining ulushi kamayib bormoqda. Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni
konditsiyalash hamda suv bilan ta’minlash, kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va
utilizatsiya qilish kabi tarmoqlarning ulushi kam bo‘lgani holda ularning o‘sish sur’atlari
deyarli o‘zgarishsiz qolmoqda. Bu viloyatdagi yirik Qashqadaryo neftni qayta ishlash
zavodining mahsulot ishlab chiqarishi o‘sishi bilan bir qatorda viloyatdagi boshqa korxonalar
ham mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirib borayotganini bildiradi. Bu viloyat sanoati
uchun ijobiy holat hisoblanadi.

4

Қашқадарё вилояти Статистика бошқармаси маълумотлари асосида муаллиф ҳисоб-китоби.

10,3

85,1

3,9

0,7

2020 йил

Тоғ-кон
саноати

Ишлаб
чиқарадиган
саноат

Электр, газ,
буғ билан
таъминлаш

Сув билан
таъминлаш,
канализация

9,7

86

3,5

0,8

2021 йил

Тоғ-кон
саноати

Ишлаб
чиқарадиган
саноат

Электр, газ,
буғ билан
таъминлаш

Сув билан
таъминлаш,
канализация

9,4

86,2

3,7

0,7

2022 йил

Тоғ-кон
саноати

Ишлаб
чиқарадиган
саноат

Электр, газ,
буғ билан
таъминлаш

Сув билан
таъминлаш,
канализация


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

91

Viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan qabul qilingan hududiy dasturlarning

ijrosini ta’minlash orqali 2023 yilda viloyatning yalpi hududiy mahsuloti 1,5 baravarga oshishi,
unda sanoat mahsuloti ishlab chiqarishning ulushi hozirgi 29,0 foizdan 34,0 foizga, qayta
ishlovchi tarmoqlarning sanoatdagi ulushi 80 foizdan 85 foizga oshishi, qishloq xo‘jaligining
ulushi 31 foizdan 25 foizga kamayishi, xizmatlar sohasining ulushi 41 foizgacha oshishi
prognoz qilinmoqda.

References:

1.

Ishmuhamedov A.E. va bosh. Milliy va xalqaro iqtisodiyot: Darslik. - Т.: 2010.-316 b.

2.

Максимова В.Ф. Микроэкономика: учебник. - М.: Маркет ДС, 2010.-368 с.

3.

В.Я. Горфинкеля, В.А. Швандара. Экономика предприятия. Учебник для вузов. - М.:

ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- 456 с.
4.

Фаррух Қодиров. АҲОЛИГА ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШДАН ОЛИНГАН ДАРОМАД

ВА ХАРАЖАТЛАРНИ ИМИТАЦИОН МОДЕЛИ. TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT
UNIVERSITETI “O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY. 922

5.

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services

through econometric modeling and forecasting options."

6.

Фаррух Қодиров. Аҳолига хизмат кўрсатиш соҳасининг моделлаштиришни

тизимли имитация қилиш. Biznes-Эксперт. 2022, Biznes-Эксперт ЭКОНОМИЧЕСКИЙ
НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЙ ЖУРНАЛ 173б №5б ст 102-106

7.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE

HELP

OF

SOFTWARE

PACKAGES

FOR

MEDICAL

SERVICES

IN

THE

REGIONS."

Conferencea

(2022): 128-130.

8.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "IMPORTANCE OF KASH-HEALTH WEB PORTAL IN THE

DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS."

Conferencea

(2022): 80-83.

9.

Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA

HUDUDLARDA XIZMAT KO ‘RSATISH TURLARINI OSHIRISH."

Молодые ученые

2.6 (2024):

110-113.

Библиографические ссылки

Ishmuhamedov A.E. va bosh. Milliy va xalqaro iqtisodiyot: Darslik. - Т.: 2010.-316 b.

Максимова В.Ф. Микроэкономика: учебник. - М.: Маркет ДС, 2010.-368 с.

В.Я. Горфинкеля, В.А. Швандара. Экономика предприятия. Учебник для вузов. - М.: ЮНИТИ-ДАНА, 2007.- 456 с.

Фаррух Қодиров. АҲОЛИГА ТИББИЙ ХИЗМАТ КЎРСАТИШДАН ОЛИНГАН ДАРОМАД ВА ХАРАЖАТЛАРНИ ИМИТАЦИОН МОДЕЛИ. TOSHKENT DAVLAT IQTISODIYOT UNIVERSITETI “O’ZBEKISTON IQTISODIYOTINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIY. 922

Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical services through econometric modeling and forecasting options."

Фаррух Қодиров. Аҳолига хизмат кўрсатиш соҳасининг моделлаштиришни тизимли имитация қилиш. Biznes-Эксперт. 2022, Biznes-Эксперт ЭКОНОМИЧЕСКИЙ НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЙ ЖУРНАЛ 173б №5б ст 102-106

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE HELP OF SOFTWARE PACKAGES FOR MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 128-130.

Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "IMPORTANCE OF KASH-HEALTH WEB PORTAL IN THE DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS." Conferencea (2022): 80-83.

Qodirov, Farrux, and Muxlisa Mavlonova. "RAQAMLI IQTISODIYOT SHAROITIDA HUDUDLARDA XIZMAT KO ‘RSATISH TURLARINI OSHIRISH." Молодые ученые 2.6 (2024): 110-113.