YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
178
TURIZM VA MEHMONXONA XIZMATLARINING AYLANMA MABLAG’LAR
BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASI
Qurbonova Malika Axmad qizi
Qarshi davlat universiteti
Turizm va marketing kafedrasi 2-bosqich doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13220971
Annotatsiya:
Ushbu maqola turizm va mehmonxona xizmatlarining aylanma mablag’lar
bilan ta’minlanganlik darajasini o'rganishga qaratilgan. Mehmonxona va turizm sohalari
iqtisodiy o'sishning muhim omillari bo'lib, ular uzluksiz moliyaviy ta’minotga muhtojdir.
Maqolada aylanma mablag'lar tushunchasi, uning mehmonxona va turizm xizmatlariga ta'siri,
moliyaviy barqarorlik va likvidlik masalalari ko'rib chiqiladi. Shuningdek, aylanma
mablag'larning yetarliligi va ularni boshqarishning samarali usullari haqida ma'lumotlar
beriladi. Maqola turizm va mehmonxona sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlar, menejerlar
va moliyaviy mutaxassislar uchun foydali bo'ladi.
Kalit so'zlar:
Turizm, Mehmonxona xizmatlari, Aylanma mablag’lar, Moliyaviy ta’minot,
Moliyaviy barqarorlik, Likvidlik, Moliyaviy boshqaruv, Moliyaviy strategiyalar, Biznes
rivojlanishi, Iqtisodiy tahlil.
Aylanma mablag‘larni boshqarish mahsulot (ish, xizmat) ishlab chiqarish va sotish
jarayonining uzluksizligini taʼminlashda aylanma mablag‘lardan iloji boricha kamroq
foydalanishda ifodalanadi. Bu esa korxona aylanma mablag‘lari aylanishining barcha
bosqichlarida mos ravishda minimal, lekin yetarli tarzda ratsional taqsimlanishi zarurligini
anglatadi. Normalashtirilmaydigan aylanma mablag‘lar, bu – xaridorlarga berib yuborilgan
tayyor mahsulot yoki tovarlar, hisob raqamidagi pul mablag‘laridir. Aylanma mablag‘larning
normativi aylanma mablag‘lar normasini (
AyMn
), normasi aniqlangan ko‘rsatkichga
ko‘paytirishni ifodalaydi hamda qoidaga ko‘ra, pul ko‘rinishida o‘lchanadi. U quyidagi formula
asosida hisoblanishi mumkin:
AyMn = Zich+ Ztich + Ntm
Bu yerda:
Zich
- ishlab chiqarilgan zahiralar normasi;
Ztich
– tugallanmagan ishlab chiqarish normasi;
Ntm
- tayyor mahsulot normasi.
Aylanma mablag‘larni normalashtirish va ayniqsa, moddiy resurslarni sarflash
normalarini belgilashda quyidagi tamoyillarga amal qilish lozim:
normalarning progressivligi va dinamikligi;
normalarning iqtisodiy va ishlab chiqarish texnikaviy jihatdan asoslanganligi;
xom ashyo, material, yoqilg‘i, elektr energiyasi va boshqa resurslar o‘lchamini to‘g‘ri
tanlash;
chiqit va yo‘qotishlarning oldini olish;
eskirgan normalarni qayta ko‘rib chiqish hamda ularni fan-texnika taraqqiyoti
yutuqlariga mos holga keltirish.
Moddiy va boshqa resurslarni normalashtirishda bir nechta usullar qo‘llaniladi.
Amaliyotda quyidagi usullar ko‘proq uchraydi:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
179
1. O‘tgan yillar davomida amalda sarflangan resurslar to‘g‘risidagi hisobot
maʼlumotlarini o‘rganish hamda bir necha yillar davomida ro‘y bergan pasayishlarni
hisoblashga asoslanuvchi statistika-tajriba usuli.
2. Laboratoriya tajribalariga asosan yaratilgan hamda instrumentlar va yordamchi
materiallar sarflanishi normasini aniqlashda qo‘llaniluvchi – laboratoriya-texnikaviy usuli.
3. Yuzaga kelgan ishlab chiqarish sharoitlaridan tashqari boshqa korxonalarning ilg‘or
tajribalari va yutuqlarini ham hisobga olish imkonini beruvchi, moddiy resurslardan
foydalanishni normalashtirishning mukammalroq usuli hisoblanuvchi – hisob-tahliliy usuli.
Korxona aylanma mablag‘larini normalashtirish tadbirlari ishlab chiqarish zahiralarini
normalashtirish, shuningdek, tugallanmagan ishlab chiqarishning optimal kattaligi, tayyor
mahsulot qoldiqlari va kelgusi davr xarajatlarini aniqlash bilan bog‘liq vazifalarni yechishga
olib keladi. Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, korxonaning uzluksiz faoliyat
yuritishini taʼminlash maqsadida amalga oshiriladi. Agar ishlab chiqarish zahiralari
normativlardan past bo‘lsa, ishlab chiqarish jarayonining izdan chiqishi, ishchi kuchi va
uskunalarning bekor turib qolishi, korxonaning ishlab chiqarish va iqtisodiy ko‘rsatkichlari
pasayishiga olib kelishi mumkin. Shu bilan bir paytda, ishlab chiqarish zahiralarining
belgilangan norma va normativlardan oshib ketishiga ham yo‘l qo‘ymaslik kerak, chunki bu
mablag‘larning “muzlab” qolishiga va natijada korxona va davlatning zarar ko‘rishiga olib
keladi. Ishlab chiqarish zahiralari joriy, sug‘urta (kafolatli), tayyorlov (texnologik) va
mavsumiy turlarga bo‘linadi. Joriy zahira - bu, materiallar yetkazib berish oralig‘ida ishlab
chiqarishni moddiy resurslar bilan taʼminlash uchun zarur bo‘lgan zahiradir. Joriy zahiralar
material yetkazib berish davri, oralig‘i hamda xom ashyo va boshqa materiallarning sutkalik
sarflanishiga to‘g‘ridanto‘g‘ri bog‘liq bo‘ladi.
Mavsumiy zahiralar asosan uchta sababga ko‘ra yuzaga keladi: birinchidan, xom ashyo
tayyorlashning mavsumiyligi; ikkinchidan, uni isteʼmol qilishning mavsumiyligi; uchinchidan,
materiallarni yetkazib berishning mavsumiyligi. Mavsumiy zahiralar hajmi xuddi joriy
zahiralar hajmi kabi, o‘rtacha bir sutkada isteʼmol qilish va mavsumiy zahiralar yaratilishi
lozim bo‘lgan vaqtga asosan aniqlanadi. Ishlab chiqarish zahiralarini normalashtirish, ishlab
chiqarishda qo‘llaniluvchi har bir mehnat predmeti (xom ashyo va materiallar, yordamchi
materiallar va boshqalar) uchun alohida amalga oshiriladi hamda bu o‘z navbatida ishlab
chiqarish zahiralarini yaratishda aylanma mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashga asos
bo‘lib xizmat qiladi.
Tugallanmagan ishlab chiqarishni normalashtirish. Tugallanmagan ishlab chiqarish
bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativini aniqlash korxona faoliyatidagi eng murakkab va ko‘p
mehnat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. Tugallanmagan ishlab chiqarish sifatida ishlab
chiqarishning turli bosqichlarida - xom ashyoni texnik nazorat bo‘limi (TNB) tomonidan qabul
qilishdan to tayyor mahsulot omboriga topshirgunga qadar ishlov berilayotgan mahsulotlarni
ko‘rsatshi mumkin. Tugallanmagan ishlab chiqarish bo‘yicha aylanma mablag‘lar normativi
miqdori quyidagilarga bog‘liq bo‘ladi:
1.Mahsulot ishlab chiqarish hajmi.
2.Mahsulot ishlab chiqarish uchun sarflanuvchi joriy xarajatlar, yaʼni tannarx.
3.Xom ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish vaqtidan to tayyor mahsulot
chiqishigacha bo‘lgan ishlab chiqarish siklining davomiyligi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
180
Tugallanmagan ishlab chiqarishga jalb qilingan aylanma mablag‘larning o‘sishi xom
ashyo va materiallarni ishlab chiqarishga kiritish bilan boshlanadi hamda ishlab chiqarish
sikli yakunida (tayyor mahsulot omborga topshirilganda) eng yuqori nuqtasiga chiqadi.
Tugallanmagan ishlab chiqarish normativini (
Nich
) hisoblashda ishlab chiqarish sikli
kunlarda belgilanadi hamda bunda quyidagi formuladan foydalaniladi:
Nich = Xk * Isd * Xo‘k
Bu yerda:
Xk
- o‘rtacha bir kunlik xarajatlar, so‘mlarda;
Isd
- ishlab chiqarish sikli davomiyligi, kunlarda;
Xo‘k
- xarajatlarning o‘sish koeffitsiyenti.
Xarajatlarning o‘sish koeffitsiyenti (Xo‘k) asosiy materiallar (Ma) to‘liq qiymatda
olinuvchi kattalik sifatida hisoblanadi. Ishlab chiqarish xarajatlari (Xich) butun ishlab
chiqarish sikli mobaynida bir xil suratda o‘sib boradi hamda 50% qiymatda hisobga olinadi:
Xo‘k = (Ma + 0,5 Xich) : Nt Bu yerda: Nt - mahsulot birligining rejadagi tannarxi.
Agar keyingi xarajatlar (Xich) bir xil surat bilan o‘zgarmasa, u holda o‘sish koeffitsiyenti
quyidagi formula asosida hisoblanadi:
Xo‘k = (Ma + k·Myt + k·Qb + 0,5 Xich) : Nt
Bu yerda:
k, k – yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarni mos ravishda pasaytiruvchi
koeffitsiyentlari;
Myt - yarim tayyor mahsulotlar qiymati;
Qb - butlovchi qismlar qiymati.
Pasaytiruvchi koeffitsiyentlar yarim tayyor mahsulotlar va butlovchi qismlarga ishlov
berilgan kunlarning ishlab chiqarish sikli davomiyligiga nisbatini ifodalaydi.
Aylanma mablag‘larning tayyor mahsulotga aylanish normativi miqdori, o‘rtacha bir
sutkalik ishlab chiqarilgan mahsulotning (tannarxi bo‘yicha) aylanma mablag‘larning
kunlardagi tayyor mahsulot normasi sifatida, yaʼni tayyor mahsulotning korxona omborida
saqlanish muddati sifatida aniqlanadi:
Ntm = Mrtn / Kk * Tamn
Bu yerda:
Ntm
– tayyor mahsulot normativi;
Mrtn
- rejalashtirilgan davrda rejadagi tannarx bo‘yicha ishlab chiqarilgan mahsulot;
Tamn
– tayyor mahsulotlardagi aylanma mablag‘lar zahiralari normasi, kunlarda;
Kk
- rejadagi davrda kalendar kunlar miqdori.
Tayyor mahsulotning omborda saqlanish muddati tayyor mahsulotni transportirovka
qilish va sotishga bog‘liq bo‘ladi. Aylanma mablag‘larning ushbu normasidagi kunlar soni
mahsulotni tayyorlash, yuklash, hujjatlarni tayyorlash va ularni bankka topshirish uchun
zarur bo‘lgan kunlardan iborat bo‘ladi. Kelgusi davr xarajatlarni normalashtirish.
Aylanma mablag‘larning normativi ─ bu moddiy boyliklar zaxiralarining puldagi
ifodasidir. Aylanma mablag‘larning har bir elementi bo‘yicha normativlar har yili yangilanib
turiladi. Ishlab chiqarish zaxiralari bo‘yicha barcha yakka normativlarning yig‘indisi korxona
aylanma mablag‘larining umumiy normativini tashkil etadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
181
References:
1.
Абдукаримов Б.А., Шарипов Т.С. Умумий овқатланиш соҳаси иқтисодиёти.
Маърузалар матни. – Самарқанд. СамИСИ, 2010.
2.
Брагина Л.А. Торговое дело: Экономика, маркетинг, организация. Учебник. М.:
ИНФРА –М., 2002.
3.
Kurbanova Malika Ahmad kizi. (2023). FORECASTING THE DEVELOPMENT OF LIVING
PLACE AND CATERING SERVICES IN GENERAL. ACADEMIC RESEARCH IN MODERN SCIENCE,
2(21), 79–85.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8385997
4.
Mukhitdinov Khudayar Suyunovich, Qurbonova Malika Axmad qizi. (2023). PROSPECTS
FOR THE DEVELOPMENT OF CATERING SERVICES IN TOURISM AND HOTELS. THEORETICAL
ASPECTS IN THE FORMATION OF PEDAGOGICAL SCIENCES, 2(17), 119–128.
https://doi.org/10.5281/zenodo.8386015
5.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "ECONOMETRIC MODELING OF THE DEVELOPMENT OF
MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION OF THE REGION."
Berlin Studies Transnational
Journal of Science and Humanities
2.1.1 Economical sciences (2022).
6.
Qodirov, F. "Zamonaviy to'lov tizimlari tahlili va elektron pul birliklari. Scienceweb
academic papers collection." (2023).
7.
Qodirov, Farrux. "Zamonaviy trenajyor va simulyatsiya qiluvchi dasturlarning hozirgi
kundagi ahamiyati. Scienceweb academic papers collection." (2023): 1.
8.
Qodirov, Farrux. "The place of econometrical modeling of healthcare quality
improvement in the digital economy. Scienceweb academic papers collection." (2023): 1.
9.
Farrux, Qodirov. "Foreign experience in the development of medical services to the
population."
Хоразм Маъмун академияси
(2022).
10.
Qodirov, Farrux. "THE ROLE OF ICT IN THE DEVELOPMENT OF HEALTH
SERVICES."
RAQAMLI TRANSFORMATSIYA JARAYONIGA AXBOROT TEXNOLOGIYALARINI JORIY
ETISHDA MA’LUMOTLARNI HIMOYALASH MUAMMOLARI VA YECHIMLARI RESPUBLIKA ILMIY-
AMALIY ANJUMANI MA’RUZALAR TO’PLAMI
(2022).
11.
Qodirov, Farrux. "ECONOMIC-MATHEMATICAL MODELING OF THE DEVELOPMENT OF
THE PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION. Scienceweb academic papers
collection." (2023): 1.
12.
Qodirov, Farrux. "BUSINESS INNOVATION MODEL OF INCOME AND COSTS FROM THE
PROVISION OF MEDICAL SERVICES TO THE POPULATION. Scienceweb academic papers
collection." (2023): 1.
13.
Qodirov, F. "Optimization of telecommunications power supply systems based on
reliability criteria."
Science and innovation
2.A12 (2023): 15-20.
14.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "IMPORTANCE OF KASH-HEALTH WEB PORTAL IN THE
DEVELOPMENT OF MEDICAL SERVICES IN THE REGIONS."
Conferencea
(2022): 80-83.
15.
Ergash o’g’li, Qodirov Farrux. "CREATION OF ELECTRONIC MEDICAL BASE WITH THE
HELP
OF
SOFTWARE
PACKAGES
FOR
MEDICAL
SERVICES
IN
THE
REGIONS."
Conferencea
(2022): 128-130.
16.
Qodirov, F. E. "Methodological aspects and importance of development of medical
services through econometric modeling and forecasting options."
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
182
17.
Qodirov, F. "Qashqadaryo viloyati aholisiga tibbiy xizmat ko ‘rsatish tarmoqlarini
rivojlantirishning istiqbollari."
O ‘ZBEKISTON QISHLOQ VA SUV XO ‘JALIGI» âà «AGRO
ILM
(2022).
18.
Qodirov, F. "Qishloq aholisiga sog ‘liqni saqlash xizmatlari ko ‘rsatish tarmoqlari
rivojlanish mexanizmining statistik tahlili."
Andijon Mashinasozlik Instituti
(2022).
19.
Qodirov, Farrux. "Aholiga tibbiy xizmat ko ‘rsatishdan olingan daromad va xarajatlarni
imitatsion modeli."
Moliya bozorini rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlari, zamonaviy
tendensiyalari va istiqbollari" mavzusidagi Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi materiallar
to’plami
11.5 (2022).
20.
Qodirov, Farrux. "Development of scientific and technological system of management of
industrial enterprises. Scienceweb academic papers collection." (2023): 1.
21.
www.stat.uz – Statistika qumitasi rasmiy sayt