YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
16
TABIATSHUNOSLIK FANINING BUGUNGI KUNDAGI RIVOJI
Pazliddinova Odinaxon
Namangan davlat universiteti.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13893074
Mamlakatimizda kimyo va biologiya fanlarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalishlarda ta’lim
sifati va ilm-fan natijadorligini oshirish “Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyot yili” Davlat
dasturining ustuvor vazifalari qatorida belgilangan.
Zero, o‘g‘il-qizlarimizni kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha chuqur o‘qitish hududlarda
yangi-yangi ishlab chiqarish korxonalarini barpo etish, yuqori qo‘shilgan qiymat yaratadigan
farmatsevtika, neft, gaz, kimyo, tog‘-kon, oziq-ovqat sanoati tarmoqlarini jadal rivojlantirishga
turtki beradi hamda pirovardida xalqimiz turmush sharoiti va daromadlarini oshirishga puxta
zamin hozirlaydi.
Shu bilan birga, umumta’lim maktablaridagi kimyo va biologiya fanlarini o‘qitish sifati
bugungi davr talablariga javob bermasligini, o‘qitish metodologiyasi va laboratoriyalar
ma’nan eskirganligini, o‘qituvchilarning mehnatini munosib rag‘batlantirish mexanizmlari
joriy qilinmaganligini alohida qayd etish zarur.
Shuningdek, o‘rta maxsus, professional, oliy ta’lim, ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda
sohadagi ishlab chiqarish korxonalari o‘rtasida kadrlar tayyorlash va ilm-fan natijalaridan
foydalanish borasida uzviy bog‘liqlik, samarali muloqot va hamkorlik yo‘lga qo‘yilmagan.
Kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha ta’lim sifatini tubdan oshirish, umumta’lim
maktablarida ushbu fanlarni o‘qitishning mutlaqo yangi tizimini joriy etish, ta’lim
muassasalarini zamonaviy laboratoriyalar, darsliklar va boshqa o‘quv jihozlari bilan
ta’minlash, ushbu yo‘nalishlarga malakali o‘qituvchi-murabbiylarni jalb etish, kadrlar
tayyorlash va ilm-fan natijalaridan foydalanishda ta’lim, ilm-fan va ishlab chiqarish sohalari
o‘rtasida o‘zaro yaqin muloqot va hamkorlikni yo‘lga qo‘yish maqsadida:
1. Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi (keyingi
o‘rinlarda — Agentlik), Innovatsion rivojlanish vazirligi, Fanlar akademiyasi, Xalq ta’limi
vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, kimyo, farmatsevtika, neft va gaz sanoati
korxonalari, kimyo va biologiya fanlari bo‘yicha uzoq yillik tajribaga ega ustoz-murabbiylar,
o‘qituvchi va ilmiy xodimlarning quyidagi takliflariga rozilik berilsin:
ishlab chiqarish tarmoqlari uchun o‘rta bo‘g‘in kadrlar tayyorlash tizimini samarali
yo‘lga qo‘yish yuzasidan kimyo va biologiya yo‘nalishlariga tegishli mutaxassisliklar bo‘yicha
o‘rta bo‘g‘in kadrlarini tayyorlaydigan 47 ta professional ta’lim muassasalariga ishlab
chiqarish korxonalarini biriktirish;
oliy ta’lim muassasalarida kimyo va biologiya yo‘nalishlarida samarali o‘quv jarayonini
tashkil etish, fanlarni rivojlantirish uchun ularning 74 ta kafedralariga 11 ta Fanlar
akademiyasi ilmiy-tadqiqot institutlari hamda ishlab chiqarish tarmoqlarini biriktirish.
2020 — 2025-yillarda kimyo va biologiya yo‘nalishida uzluksiz ta’lim sifatini hamda
amalga oshirilayotgan ilmiy-tadqiqotlar va innovatsiya ishlari natijadorligini oshirish bo‘yicha
maqsadli dastur (keyingi o‘rinlarda — Maqsadli dastur) 5-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
1
Tabiiy fanlarning o‘rni bugungi ilm-fanning yuragi desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Chunki
tabiat qonuniyatlarni bilish genetika, evolyusion ta’limot, matematika, fizika, kimyo, o‘simlik
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020 yildagi 4805-son "Kimyo va biologiya yo'nalishlarida uzluksiz
ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida" gi qarori
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
17
va hayvonot olami sistematikasi, antropologiya, geologiya, geofizika singari fanlar oldiga
qo‘yilgan muammolar tirik va o‘lik tabiatni o‘zaro munosabati masalalarini yechishda muhim
ahamiyat kasb etadi.
Tabiat bilan inson o‘rtasidagi munosabat eng og‘ir, yechimi mushkul muammo. Inson
faoliyati ta’sirida qurg‘oqchilikning kuchaya borayotganligi, cho‘llanish, suv zahiralari
kamayib, tabiiy muhitni ifloslanishi kuchayib, suv, havo va ayniqsa oziq-ovqatning tansiqligi,
yer yuzi aholisini to‘rtdan bir bo‘lagida ocharchil ik mavjudligi va uni oldini olish hozirgi
zamonning dolzarb muammolaridan ekanligi ko‘pchilikka ma’lum.
Mazkur fan hozirgi zamon taraqqiyotining eng yuqori pog'onasiga ko'tarilgan biologiya,
fizika, ximiya, geologiya, biofizika singari fanlar va miqdoriy analiz uslublaridan foydalanib,
ilmiy texnik taraqqiyotning barcha sohalarini o'z manfaatlarini amalga oshirish uchun
safarbar qildi va uning oldingi qatoriga o'tishga erishdi.
Bu fanning kelgusi rivoji uning kelgusida quyidagi muhim, global vazifalarni yechishi
lozimligida ko‘radi:
1.
Yer kurrasida sodir bo‘layotgan demografik muammolar, aholini son jihatidan
ko'payishidagi sifat o‘zgarish va ularni jamiyat strukturasi tuzilishi bilan bog‘liqligi.
2.
Yadro energiyasini energetik zahira sifatida halq xo‘jaligida qo‘llash muammosi va
ayniqsa idora qilish imkoni bo‘lgan termoyadro sistemasini bunyodga keltirish.
3.
Tabiat zahiralarini yopiq zanjir sikllari va ayniqsa agrotexnikaning zanjir sikllarini
yaratish.
4.
Tabiiy muhitning beqiyos darajada ifloslanayotganligi tufayli yer kurrasining issiqlik
balansini o‘rganish muammolari.
5.
Yer kurrasida sodir bo‘lishi kutilayotgan falokat (inson naslini buzilayotganligi)ni oldini
olish va hokazo. Bu muammolarni yechish uchun yuksak intellektual kuchlar va juda katta
mablag‘ talab qilinadi. Buning uchun ilmiy tadqiqot ishlari halqaro masshtabda olib borilishi
lozim bo‘ladi.
Tabiatning inson ongidagi aksi bo‘lgan tabiatshunoslik jamiyatning rivojlanishi bilan
mukammalashadi. Tabiatshunoslik fanining maqsadi - tabiat hodisalarining mohiyatini
aniqlash, tabiat qonunlarini bilish hamda ulardan amalda foydalanish imkoniyatlarini ochib
berish. Tabiatshunoslik tushunchalarini o‘zlashtirishda predmetlararo; nutqni rivojlantirish,
o‘qish, matematika, ona tili, musiqa, ashulla, mehnat taʼlimi, rasm fanlari bilan aloqa
o‘rnatilishi muhim ahamiyatga ega. Predmetlararo aloqadan tizimli ravishda foydalanish
bolalarni ilgari olingan bilimlarni qo‘llashiga, o‘quv faoliyatlarining barcha turlarida mantiqiy
bog‘lanish o‘rnatishga o‘rgatadi. Tabiatshunsolik fanini o‘qitish metodikasini yaxshi bilish
boshlang‘ich sinf o‘qituvchisiga bolalarni o‘qitishni to‘g‘ri tashkil qilish imkonini beradi.
Tabiatshunoslik fanining mazmunini ochib berishda xilma xil o‘qitish metodlaridan
foydalanish va bu fanga turlicha yondashish mumkin. U yoki bu metodni tanlashda o‘qituvchi
shuni nazarda tutishi kerakki, bu tanlagan metod rivojlantiruvchi taʼlimning vaziflarini
taʼminlash orqali, o‘quvchilarning bilish foaliyatini faollashtirsin va o‘quvchilar tomonidan
yangi bilimlarning qanday o‘zlashtirilyotganligini tez va aniq ko‘rsatib bersa maqsadga
muvoffiq bo‘ladi.
Shunga ko‘ra tabiatshunoslik darslarida amaliy ishlar, suhbatlar, hissiyotni
qo‘zg‘atuvchi hikoyalar, ayniqsa, mustaqil ishlardan ko‘proq foydalanish kerak, bunda
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
18
tadqiqiy yondashish, murakkab bo‘lmagan tahlil va sintez, taqqoslash va umumlashtirish,
tabiat ishlarining majburiy tarkibiy qismlari bo‘lishi lozim.
Xulosa qilib aytganda, tabiiy fanlar o‘quvchilarni, insonning tabiatga taʼsirini va tabiat
boyliklarini avaylab - asrashni o‘rgatadi. Tabiiy fan tushunchasini samarali o‘zlashtirishni
taʼminlovchi metod bu tabiatni kuzatish metodi hisoblanadi. Kuzatishlar xulosasiga ko‘ra,
o‘simlik, hayvon yoki biror hodisa haqida o‘quvchida aniq tasavvurlar hosil bo‘ladi.
Tabiatshunoslikni o‘qitish jarayonida dunyoni ilmiy tushunish asoslarini shakllantirish uchun
tabiatga insonparvarlik munosabatini, vatanparvarlikni va go‘zallikni tushunishni tarbiyalash
kerak. Tabiatshunoslikni o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy va boshqa metodlardan
foydalaniladi. Hozirgi kunda o‘quvchilarga zamonaviy bilim berishda ularning ijodiy faolligi,
individual qobiliyatlarini ochishga qaratilgan metodlar tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.
Tabiatshunoslik bo‘yicha mashg‘ulotlarni sinfdan va maktabdan tashqari tadbirlar: ochiq
havodagi o‘yinlar, o‘lkashunoslik sayyohatlari, yurishlar bilan chambarchas bog‘lamoq zarur.
Tabiatshunoslik darslari — bu mehnat tarbiyasi maktabi hamdir. Aniq misollarda
o‘quvchilarni odam mehnati — uning jismoniy va ma‘naviy sihatligining manbai ekanligiga
ishontirib, o‘qituvchi mehnatga muhabbatni, astoydil mehnat qilish istagini, mehnat ahliga
hurmatini tarbiyalaydi.
References:
1.
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 12.08.2020 yildagi 4805-son "Kimyo va
biologiya yo'nalishlarida uzluksiz ta'lim sifatini va ilm-fan natijadorligini oshirish chora-
tadbirlari to'g'risida" gi qarori
2.
Hamdamov I.H. Tabiat ilmining zamonaviy konsepsiyasi. Ma'ruza matni. Samarqand,
2000y
3.
Hamdamov I.H. va boshqalar. TaÖHHH $aunap zamonaviy konsepsiyasi. TomKeur, 2007
y.
4.
D.Sharipova, D.Xodiyeva, M.Shirinov "Tabiatshunoslik va uni o'qitish metodikasi"
darslik. 2018 yil.
5.
M.Nuritdinova. Tabiatshunoslik o'qitish metodikasi. T.:O'qituvchi 2005.
6.
Suyarov K. [va boshq.] Tabiiy fanlar: 1-sinf uchun darslik. - Toshkent: Respublika ta'lim
markazi, 2021.- 88b.