YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
79
XXI ASR O‘ZBEK ADABIYOTSHUNOSLIGIDA HIKOYACHILIK JANRINING
RIVOJI
Boltayeva Barnoxon Botir qizi
Urganch RANCH texnologiya universiteti
“O ‘zbek va Xorijiy tillar” kafedrasi o ‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13888887
Annotatsiya.
Zamonaviy o‘zbek hikoyachiligi mavzu mohiyati ham qariyib yuz yildan
ziyod umrini insonning o‘zini anglashini yoritishga bag‘ishlab yashamoqda. Albatta, bu
janrning shakllanishi, taraqqiyotida ko‘plab adiblarimizning adabiy-ijodiy tajribalari to‘planib,
bugungi qiyofasiga ega bo‘ldi.
Kalit so‘zlar:
epik, janr, tip, majoz ,sujet, modernism, obraz, timsol.
Abstract:
Modern Uzbek storytelling is more than a hundred years old. It is devoting his
life to the enlightenment of man's self-awareness. Of course it is the literary and creative
experiences of many of our writers in the formation and development of the genre collected
and got its present appearance
Key words:
epic, genre, type, metaphor, plot, modernism, image, symbol.
Аннотация:
Современному узбекскому рассказание уже более ста лет. Он
посвящает свою жизнь просветлению самосознания человека. Конечно, именно
литературный и творческий опыт многих наших писателей в становлении и развитии
жанра собрался и получил свой нынешний вид.
Ключевые слова:
эпос, жанр, тип, метафора, сюжет, модернизм, образ, символ.
KIRISH.
Hikoya badiiy adabiyotda o‘ziga hos o‘ringa ega bo‘lgan kichik epik janr
hisoblanadi va unda ijodkor tomonidan yoritiladigan mavzular insonlarning kundalik
turmush tarzi , orzu va umidlari bilan birga ko‘ngil kechinmalari ixcham bayon qilinadi.U
inson va uning o‘y hayollari bilan bog‘liq bo‘lgani sababli o‘tmishda folklor asarlari tarkibida
bayon qilingan .O‘zbek adabiyotshunosligi nasrida hikoya saviyasi baland bo‘lgan didaktik
ma’no kasb etuvchi va odamlarga ma’naviy ozuqa berish uchun xizmat qiladigan badiiy janr.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METADOLOGIYASI.
Hikoya janrining o‘ziga xos
jihatlari jahon va o‘zbek adabiyotshunosligida chuqur o‘rganilgan. Jumladan, Norvegiyalik
adabiyotshunos Xuan Rulfo hikoya janri haqida “Mening nazarimda hikoya romandan ham
qiyin va mas’uliyatli janrdir” deb ta’kidlaydi [1.63]. Bundan shuni anglash mumkinki hikoya
kichik epik janr bo‘lsada u orqali insonga butun bir romon bera oladigan ma ‘naviy ozuqani
yetkazib bera olish mumkin, biroq bu yozuvchidan katta mas‘uliyat va mahoratni kasb etadi.
O‘zbek adabiyotida hikoyachilik janrining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shgan Abdulla Qahhor
hikoya janrida qisqalikka intilganligi bilan ajralib turadi. Adib bir maqolasida: “Men
hikoyachilikni juda yaxshi ko‘raman va shu bilan birga, hamma vaqt qalamimning qayrog‘i,
deb qaraganman”, degan fikrni ta’kidlaydi [2.222].
O‘zbek adabiyotida hikoyachilikning rivojlanishiga o‘zining tarbiyaviy hikoyalari bilan
hissa qo‘shgan bir qator yozuvchilar mavjud. Jumladan, Abdulla Qahhor, Said Ahmad, G‘afur
G‘ulom, Shukur Xolmirzayev, O‘tkir Hoshimov, Normurod Norqobilov, Xurshid
Do‘stmuhammad, Nazar Eshonqul, Shoyim Bo‘tayev, Sobir O‘nar, Isajon Sulton, Ulug‘bek
Hamdam va boshqalar [3:186]. XX asr hikoya janridagi eng ko ‘p qo‘llanilgan mavzular tarixiy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
80
voqealar , milliy urf odatlar va an‘analar, sevgi ,sadoqat , vatanga bo‘lgan muhabbat
mavzularida yoritilgan bo‘lsa bugungi XXI asr zamonaviy hikoyachiligida insonlarning
kundalik hayot tarzi , zamonaviy o‘zgarishlar, xalqimizning oʻzligini tanishi va mentaliteti
insoniyat yutuqlarini aks ettirib o‘zgarib borayotgan zamonga moslashib bormoqda. Mazkur
yillarda e’lon qilingan hikoyalarning mavzu va mundarijasi ,umuminsoniy qamrov ko‘lami
badiiyligi-strukturasi, obrazlari va uslubi keyingi ellik yillarda yozilgan hikoyalarnikidan
sezilarli darajada farq qiladi. Ularda xalq hikoyachiligi tajribalari ham, mumtoz adabiyot
an’analari ham jahon, jumladan, turk, yapon, rus, Lotin Amerikasi, ingliz, fransuz, amerika
prozasi unsurlarini ham ko‘rish mumkin. [4:103].
NATIJALAR VA MUHOKAMA.
Demak XXI asr hikoya janrida ham tom ma‘noda
modernism nafasi sezilib turadi deya ayta olamiz chunki endilikda adabiy jarayon yangicha
ko‘rinish kasb etmoqda uning o‘ziga hos jihati inson psixologiyasini keng yorita bilishi va
ko‘plab ijodkorlari asarlarida “bozor sharoitidagi inson taqdiri” asosiy mavzulardan biri
ekanligi bilan ajralib turadi. Qaysidir ma’noda zamonaviy adabiyot o‘zbek adabiyotida tub
burilish davri bo‘ldi. Zamonaviy o‘zbek adabiyoti haqida adabiyotshunos olim Hakimjon
Karimov shunday xulosa qiladi: “Zamonaviy oʻzbek adabiyoti uchun muallifning dunyoni his
etish konsepsiyalaridagi xilma-xillik, voqelikni anglashning yangicha shakllari paydo boʻlishi
hamda adabiy obrazlarni milliy qadriyatlar nuqtai nazaridan qayta anglash xosdir” [5:4]
Modernizm adabiyotida yaratilgan hikoyalarni o‘rganar ekanmiz, ijodkorlar har bir
insonni alohida bir olam sifatida tasvirlashga uringaniga amin bo‘lamiz. Hayot haqiqatini
anglab, o‘z ruhiyatini taftish qiladigan qahramonlar yaratish orqali badiiy olamni haqiqatga
aylantirmoqdalar. Bunday g‘oyalarni Nazar Eshonqul, Xurshid Do‘stmuhammad, Salomat Vafo,
Zulfiya Qurolboy qizi, Ulug‘bek Hamdam yaratgan hikoyalar orqali kuzatish mumkin. Quyida
Nazar Eshonqulning“ Xaroba shahar surati”, “O‘lik mavsum”, “Qo‘l, “Farishta” hikoyalari;
Abduqayum Yo‘ldoshevning “Quduq”, “Bo‘lishi mumkin emas” hikoyalari; Ulug‘bek
Hamdamning “Ko‘zini ochib yumgan odam”, “Pillapoya” hikoyalari tadqiq qilingan [6:137].
Ahmad A’zamning “Hayot bor” (2011), Abduqayum Yo‘ldoshevning “Puankare” (2014),
Nurulloh Muhammad Raufxonning “Kulba” Oyoqda” (2014), H. Do‘stmuhammadning
“Qichqiriq” (2014), O‘tkir Hoshimovning “To‘rt ustuni hayot” (2015), Xurshid
Do‘stmuhammadning “Qichqiriq” (2014), Omon Muxtorning “Rasmdagi yo‘lbars” (2016),
Normurod Norqobilovning “Chet eldagi odam” (2016) kabi hikoyalar to‘plamlari shu asrda
nashr etilgan. Natijada bir adib ijodi orqali hikoya janrining poetik qonuniyatlarini o‘rganish
imkoniyati paydo bo‘ldi. Eng muhimi, bunday kitoblar ikki asrlik badiiy tafakkurni bog‘lovchi,
shaxs va zamon muammolarini ochib beruvchi, yangilanish tamoyillarini o‘zida aks ettiruvchi
noyob xazinadir [7:258]. XXI asrga kelib axborot texnologiyalarining rivojlanishi adabiy
janrning kengayishiga o‘z xissasini qo‘shdi .Gazeta jurnal va ijtimoiy tarmoqlarda bir-biridan
qiziqarli hikoyalar adabiy jamoatchilik e’tiboriga havola qilindi. “Ma’rifat”, “Kitob dunyosi
“gazetalari, “Yoshlik”, “Sharq Yulduzi”, “Tafakkur”, “Jahon adabiyoti” jurnallari, “Facebook”
ijtimoiy tarmoqlari chinakam hikoya maydoniga aylandi. Natijada esa badiiy maydonga yangi
kirib kelgan yosh ijodkorlar o‘z qalami mahoratini sinab ko‘ra bildilar .
“Badiiy asar - insoniyat tarixining qaysi qatlamini tasvirlamasin, uni birinchi galda inson
sifatidagi o‘y-fikrlari bilan yoritishi lozim. Jumladan, hikoya o ‘quvchini qahramonga ruhan
yaqinlashtiradigan janr sanaladi. "Hikoyachilik janrining badiiy takomiliga xos belgilardan biri
shundan iboratki, yozuvchilarimiz yuzaga kelgan ijodiy erkinlik tufayli, noan‘anaviy ko
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
81
‘rinishdagi, yangi tipdagi qahramonlarni, o‘ziga xos milliy xarakterlarni adabiyot maydoniga
olib kirdi”[8:55].
Adabiyotshunos U. Normatov qayd qilganidek: So ‘nggi yillardagi bizdagi adabiy
jarayonga xos eng muhim xususiyatlardan biri shundaki, adabiyotimiz chinakamga xilma xil
bo‘lib boryapti bizda ham falsafiy asosi jihatidan xilma xil yo ‘nalishga mansub asarlar paydo
bo ‘la boshladi.[9:55]
Darhaqiqat, zamonaviy hikoyalardagi g‘oya yukining og‘irligi, millatimizning o‘ziga
xosligi badiiy saviyasining balandligi va xilma xil mavzularda yaratilayotgan asarlar ko ‘lami
o‘tgan davrlarda yaratilgan hikoyalar mazmuniga qaraganda yanada oshgani hechkimga sir
emas. XXI asrda yaratilgan hikoyalarda novellaga xos bo ‘lgan xususiyatlar va voqealarning
jadal tarzda dramatik tus olishi ko‘zga tashlanadi [10:112]. Ulug’bek Hamdam yaratgan
hikoyalarda ham o’ziga xos badiiy talqinlarni kuzatamiz. Adibning “Vatan haqida qo’shiq”,
“Unutilgan nay navosi”, “So’z”, “Musulmon”, “Bir payola suv”, “Lola”, “Tosh” hikoyalarida
xayolat bilan reallik, tush va o’ngda kechgan voqea – hodisalarga badiiy falsafiy jihatdan
yondashish holati kuzatiladi. Bu hikoyalar tarkibida turfa xil poetik ma’no mujassamlashgan
bo’lib, inson tafakkuridagi, botiniy olamidagi o’y – xayollar asosida obraz yaratish an’anasi
kuzatiladi. Adabiyotshunos U. Normatov qayd qilganidek: “Eng muhimi ularda so’nggi yillar
adabiyotimizda, qolaversa, jahon adabiyotida ham tansiq bo’lib turgan o’zda yuksak ideallarni
tashuvchi, idealga intiluvchi qahramonlar birin-ketin bo’y ko’rsatayotir” Shu nuqtai nazardan
Xurshid Do’stmuhammad ijodida ham bu xususiyatni bevosita kuzatishimiz mumkin.
Yozuvchining “Jajman” hikoyasida o’ziga xos xarakterini yoritib beradi. Agarda “bozor”,
“bozor hayoti”, “insonning kunlik tashvishi” tasvirlangandek, ammo “bozor”-bu kunlik
hayotimiz, unda ramziylik mavjud bo’lsa, “Jajman”da majoziylikni ko’ramiz: “Hademay, tong
otadi, olam nurga to’ladi ... Odamlar uyg’onadi, bozor uyg’onadi .. til darvozasi lang ochiladi,
g’ala-g’ovur boshlanadi .. tumonat toshib-shoshib oqib kiradi, oqib chiqadi ... sotuvchi keladi,
xaridor keladi, bekorchi keladi . oyoqlar tinmaydi, qullar tinmaydi, og’izlar tinmaydi ...
kiraveradi-chiqaveradi, kiraveradi-chiqaveradi ... olayotgan pulim deydi, sotayotgan molim
deydi . trikchilik bilan basharning tumshug’idan jilov o’tkazib yetovga soladi . “bozor” deya
atalmish tovacha solib aylantiraveradi”. Hikoya qahramoni Zardo’sht bobo tilidan aytilgan bu
fikrlarda ramziylik, yashirin mano, chuqur falsafiy tushnchalar o’z ifodasini topganligini
guvohi bo’lamiz. Kitobxon yuqoridagi talqinlarni o’qir ekan, bozor-bu hayot demakdir, -degan
tushunchaga boradi. Nima uchun inson tongdan to kechga qadar tinimsiz izg’iydi, bozorda esa
turfa xil xarakter egalarini uchratamiz, ular qayergadir shoshar, sotuvchi esa o’z molini
o’tkazishga urinar, o’z foydasini o’ylar, shu orqali kun o’tkazishi tabiiy. [11:252]
Yozuvchi va adabiyotshunos olim Xurshid Do‘stmuhammad: “ Badiiy tafakkurning
yangilanishi (sog‘lomlashuvi) jarayonlari ko‘zga tashlana boshlagan kezlardanoq insonni jo‘n
va yuzaki tushunish, biryoqlama talqin etish hollari sezilarli darajada kamaydi. Har qalay,
“oqpadarlik – yomon, ichkilikbozlik, poraxo‘rlik – “illat’ singari “g‘oyalar”, nasihatlar bayroq
qilib ko‘tarilgan hikoyalar matbuot sahifalarida kamaydi. Ishlab chiqarish mavzusidagi
jasoratlar madhi o‘rnini qahramonning shaxs sifatidagi kamolini izlash-tasvirlashga moyillik
kuchaydi. Qahramonning ijobiy yo salbiyligi mezonlari o‘zgardi. Bularning bari hikoyaning
sujet qurilishini, tasvir maromini, konfliktlar tabiatini yangiladi”, - deydi [12:230].
Jumladan , Zulfiya Qurolboy qizining “Yozsiz yil” nomli hikoyasida ham zamonaviy
hayot tarzi tasvirlanadi. Unda yosh yigitning avtohalokat sababli nogiron bo‘lib qolishi va
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
82
uning onasining farzandiga achinib azob uqubat ichida yashashi tasirchan tarzda bayon
qilinadi. Hikoya qahramonining ismi Sobir bo ‘lib uning onasi bo ‘lgan Buvgul ona o‘g‘lining
ham jismoni ,ham ma’naviy azoblari oldida o ‘zini aybsiz aybdor his qiladi. Fojeaning asl
sababchisi bo ‘lgan mahkam ismli qahramon esa boyvachcha bo‘lgani sababli tanish bilish
qiliib o ‘n yillik qamoq jazosini ikki yilda o‘tab chiqib hech narsa bo ‘lmagandek hayot
kechiradi. Ushbu hikoyada yozuvchi jamiyatimizning og ‘riqli nuqtalaridan birini insonlar
o‘rtasidagi muammolarni yoritib bera olgan.
“Salomat Vafo o‘z asarlarida so‘zni avaylab, puflab ishlatmaydi. Kuydiruvchi so‘zni ham,
muzlatuvchi so‘zni ham o‘rni kelsa, ayamay qo‘llayveradi. Shuning uchun ham uning
qalamidan chiqqan timsollar bir qadar sovuqroq, bir muncha yoqimsizroq bo‘ladi. Va shu
jihati bilan... kishining esida uzoq saqlanib qoladi. Saralanmagan og‘riqli so‘zlar esdan
chiqmaydigan obraz yaratishga xizmat qiladi. Salomat hikoyalariga odamning ham chang-
chungini qoqib, g‘ijimlarini tekislab kiritmaydi. Badiiy tasvirda irganch kimsani imkon qadar
irganchligicha ko‘rsatishga harakat qiladi. Bunga “Elat” hikoyasi misol bo‘la oladi. S. Vafo
o‘zbek hikoyachiligini yangi tur mozaika-hikoya bilan boyitdi. Adabiyotimizda ilk bor bir
umumiy ruh atrofiga birlashgan sakkiz alohida asardan iborat bitta “Elat” hikoyasi paydo
bo‘ldi. Ushbu hikoya-mozaika tasvir uslubi, til xususiyatlari, inson ko‘ngli va amaliga
yondashuv tarzi bilano‘zga hikoyalardan ajralib turadi. So‘zning zalvorini yaxshi bilgan adiba
uni qichab ot haydagan chavandozday shitob bilan ishlatadi. alomatning hikoyalari
favqulodda xususiyatlarga ega odamlar haqida yoki oddiy kishilarning ko‘zga
tashlanmaydigan favqulodda jihatlari to‘g‘risida bo‘ladi. Qizig‘i shundaki, hatto bu hikoya
qahramonlarining oddiy, el qatori ekanliklari ham favqulodda darajada bo‘ladi. Tiyrak va
bezovta nigohli muallif har qanday inson ko‘nglining nozik tovlanishlarini ilg‘ay va tasvirlay
oladi”[13:131-139]
XULOSA.
Zamonaviy o‘zbek adabiyotshunosligida hikoya janri tobora shakllanib
borayotgan va bugungi kunda ko‘plab yosh ijodkorlarni o‘ziga tortayatgan janrlardan biridir.
Hikoya vositasida insonlarga qisqa satrlarda katta ma’naviy ozuqa va o‘git bera olish
imkoniyati mavjud. Asrimizning izlanuvchan hikoyanavislar tomonidan jamiyatimizdagi
o’zgarishlar insoniyat yutuqlari bilan birgalikda keying yillarda paydo bo‘layotga turli
illatlarning ham qalamga olinishi o’zbek hikoya janrida yangi bir bosqichni boshlab berishi
shubhasiz.
References:
1.
Y.Solijonov . Hozirgi adabiy jarayon: o‘quv qo‘llanma.-T.: “Innovatsion ziyo”, 2020. – bet
63.
2.
Saydulla Mirzayev. XX asr o‘zbek adabiyoti.- T.: “Yangi asr avlodi”, 2005. b 222
3.
Dilbar Hasanova . O‘zbek hikoyachiligi va uning taraqqiyot yo‘li. “Eurasian Journal Of
Academic Research” , 2023.
4.
Nilufar Xajikurbanova.Hozirgi adabiy jarayondagi hikoyalar badiiyati, Science and
innovation international scientific journal, ISSN:2181-3337, №4 2022, -bet 103.
5.
Nasirov Azimidin. Hozirgi adabiy jarayon. Samarqand-2021.
6.
Ibragimova Shaxnoza.O‘zbek modern adabiyoti hikoyanavisligida o‘qituvchi obrazining
ifodalanishi. Yangi O‘zbekiston pedagoglari axborotnomasi.1-Jild, 6-son, part 2.-bet 137.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
83
7.
PhD K.Khamrayev. A poetic feauture of XXI century uzbek storytelling. European
Journal of Humanities and Educational Advancements (EJHEA) Vol. 3 No. 03, March 2022.-
bet 258.
8.
Doston Xolmatov ―Hikoyalarda davr va qahramon masalasi‖ maqola. SCIENTIFIC
PROGRESS Farg‗ona davlat universiteti. -bet 55
9.
Normatov U. Umidbaxsh tamoyillar. –T., ―Ma‘naviyat, 2000. -112 bet.
10.
Eshkeldiyeva Feruza Xudoyor qizi.Hozirgi O‘zbek adabiyotchiligida hikoyachilik va
uning rivoji. Science and innovation international scientific journal, ISSN:2181-3337, №3
2022, -bet 252.
11.
X.Do’stmuhammad. Milliy hikoya: izlanish, yutuqlar, istaklar. Ozod Vatan aodati. Besh
jild. T.: ADIB, j5. 2013. – bet 230.
12.
Q.Yo‘ldoshev. Yoniq so‘z. – Tosh., Yangi asr avlodi, 2006. – B.131- 139.
13.
Sapaeva, D. (2005). Linguistic peculiarities of medical terminology. школа, 12-17.
14.
Сапаева, Д. Н., & Саидов, Ш. (2023). СТЕНТИРОВАНИЕ КОРОНАРНЫХ АРТЕРИЙ.
Innovation: The journal of Social Sciences and Researches, 1(6), 60-62.
15.
Сапаева, Д. Н. (2021). ИНГЛИЗ ВА ЎЗБЕК ТИЛИ ДЕРМАТОВЕНЕРОЛОГИК
ТЕРМИНОЛОГИЯСИДА МЕТОФОРИК КЎЧИМ. In КУЛЬТУРОЛОГИЯ, ИСКУССТВОВЕДЕНИЕ
И ФИЛОЛОГИЯ: СОВРЕМЕННЫЕ ВЗГЛЯДЫ И НАУЧНЫЕ ИССЛЕДОВАНИЯ (pp. 41-45).