YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
43
ISLOM ILMLARI TARAQQQIYOTIDA FARG`ONA MINTAQASI SHAHARLARI
Isomova Moxinur Valisher qizi
O`zbekiston xalqaro islom akademiyasi
“Islom tarixi va manbashunosligi –
IRCICA” kafedrasi stajyor-tadqiqotchisi
MamatkhalilovaMokhinur@gmail.com
+998976900831
https://doi.org/10.5281/zenodo.13861586
THE DEVELOPMENT OF ISLAMIC SCIENCES IN THE CITIES OF THE FERGANA
REGION
Isomova Moxinur Valisher qizi
International Islamic Academy of Uzbekistan,
Intern-Researcher at the Department of “Islamic
History and Source Studies – IRCICA”
MamatkhalilovaMokhinur@gmail.com
Phone: +998976900831
Markaziy Osiyo xududi tarixini tadqiq etar ekanmiz, avvalo ushbu xudud taraqqiyotida
o‘zbek davlatchiligi taraqqiyotida katta o‘rin tutgan shaharlarning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy
mavqeini o‘rganish alohida ahamiyat kasb egadi. Ana shunday shaharlardan biri IX—XII
asrlarda gullab yashnagan va Farg‘ona poytaxt shaharlari qatorida turgan - Axsikent shahri
xisoblanadi
1
. Umuman olganda, Axsikent shahrining Markaziy Osiyo ijtimoiy-iqtisodiy va
siyosiy xayotida tutgan mavqei to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni shu davrga oid arab, xitoy va qisman
fors tilidagi manbalardan olish mumkin
2
. Bugungi kunda ushbu shahar xarobalari Namangan
viloyatining To‘raqo‘rg‘on tumani xududida joylashgan. Axsikent Sirdaryoning o‘ng qirg‘og‘ida
joylashgan bo‘lib. uning xarobalari Gulqishloq va Shaxand qishloqlari oralig‘idadir. Arab
manbalarida haqqoniy va ancha ilmiy-tizimlashtirilgan ma‘lumotlar aynan IX asrdan boshlab
uchray boshlaydi Ushbu davrda arab tilidagi tarixshunoslik ilmi, tarixiy va geografiya; manoqib
va boshqa o‘nlab janrlarda alohida tarixnavislik an‘analari shakllanadi va o‘z qoidalari asosida
rivojlana boshlaydi.
«Farg‘onaga kelsak, u sizga pastga burilishga yetmasingizdan avval sharqiy qismda
mintaqaning burchagidagi joylashgan viloyatdir. U gullab yashnagan viloyat bo‘lib,
aytishlaricha unda 40 dan ziyod masjid bor. Uning poytaxti Axsikat bo‘lib, uning shaharlari
ichida. Miyonrudiyya (Miyon Rudon), Nasrobod. Manora, Ranjad, Shikit, Zorakon, Xayralom,
Bishabishon, Ushtekon, Zarandaromish. Uzkand kabilar uchraydi. Naso shaharlari katoriga
O‘sh, Kubo, Birink, Marginon, Rishton, Vonkat, Qand kabilar o‘rin olgan
3
. Vog‘az shaharlariga
kelsak, ular Bukand, Koson, Bob, Jorak, Usht. Tubkor, Uvol, Dakarkard, Navkod, Muskon, Bikon,
1
Анарбаев А. Ахсикат – столица древний Ферганы. – Ташкент: Тафаккур, 2013. 570 с.
2
Ал-Балазури. Китаб футух ал-булдан (Книга завоевания стран) Пер. Ш. Закирова // Материалы по этнической
истории тюркских народов Центральной Азии. – Ташкент: Фан, 2003. с. 123-235.
3
Исҳоқхон Жунайдуллоҳхўжа ўғли Ибрат. Фарғона тарихи. Мерос . – Тошкент: Камалак,1991. б. 181.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
44
Ishxijan, Jidgil, Shovadon hisoblanadi. Isfijob viloyatni chegarasiga yaqin bo‘lib, tekislikda
joylashgan viloyatdir»
4
.
Fargʼonaning qadimgi va navqiron shaharlaridan yana biri - Koson shahri 2000 yildan
koʼproq tarixga ega boʼlib, u uzoq oʼtmishda Fargʼona vodiysida oʼziga xos xususiyatga ega
koʼhna shaharlardan biri boʼlgan
5
. OʼzR FА Аrxeologiya instituti (hozirda Milliy arxeologiya
markazi)ning Аxsikent ekspeditsiyasi olib borgan tadqiqotlar natijasida shu narsa maʼlum
boʼldiki, Kosonsoy havzasidagi eng qulay yerlar shu davrda oʼzlashtirilib, dehqonchilik qilingan.
Kosonsoy havzasining oʼrta va quyi oqimlarida miloddan avvalgi X-IX asrlardan boshlab, sunʼiy
sugʼorib dehqonchilik qilish intensiv yoʼlga qoʼyilgan. Аnchagina yerlar oʼzlashtirilgan va
keyinchalik, miloddan avvalgi III-II asrlarga kelib Kosonsoy havzasining yuqori qismida
dehqonlar yashaydigan qarorgohlar paydo boʼlgan. XII asrda esa Koson Qoraxoniylar
saltanatining poytaxt shaharlaridan biriga aylangan. Bu yerda Qoraxoniylar davlatining xazina-
xonalaridan biri joylashgan boʼlib, tanga pullar zarb qilingan. Temur va temuriylar davrida
hamda soʼnggi oʼrta asrlarda Koson, yaʼni Kosonsoy shahri shimoliy Fargʼonaning ijtimoiy,
iqtisodiy va madaniy markazlaridan biri boʼlgan. Koson shaxri nomining kelib chiqishi va
nomlanishi borasida ham fanda yagona fikr mavjud emas. O’rta asr manbalarida ham bu shahar
turlicha zikr etilgan. Jumladan, muallifi noma’lum bo’lgan geografik manba “Hudud ul olam” (X
asr) asarida Kason, Sam’oniy
6
va Yoqut Hamaviy
7
(XII -XIII asrlar) asarlarida Kosan tarzida zikr
qilinadi. Turli olimlar ushbu so’zning kelib chiqishi borasida har xil fikrlarni bildirganlar.
Chunonchi, ayrim toponimik tadqiqotlarda ushbu so’z Kushon so’zi-ning o’zgargan shakli
bo’lib, IX asrgacha so’z o’rtasida tovush o’zgarishi yuz bergan, deb yoziladi. H.Xasanovning
yozishicha, kushon so’zi aslida xalq nomi bo’lib, Koshon-Kushon nomining o’zgarganidir. Bu
o’rinda Kushon davlati tarixiga qisqacha to’xtalib o’tish joizdir. Kushonlar davlatining gullab
yashnashi Kanishka hukmronligi davriga to’g’ri keladi
8
. Yangi boshqaruv tizimlarining joriy
qilinishi, pul islohotlarining o’tkazilishi, baqtr tilining davlat tili deb e’lon qilinishi, buddaviylik
dinining jamiyat hayotidagi mavqe’ining oshishi mamlakatning iqgisodiy va ma-daniy haetida
yuz bergan tub o’zgarishlarning asosiy omili hisoblangan. Bu davrda shaharsozlik, ichki va
xalqaro savdo, hunarmandchshshk va qishloq xo’jaligi tez sur’atlar bilan taraqqiy qilgan.
Shaharda kulolchilik, amaliy sanʼat va hunarmandchilik yuksak darajaga yetgan. IX–X asrlarga
kelib shahar oʼzining avvalgi siyosiy mavqeini yoʼqota boshlagan. Soʼngra u hozirgi Kosonsoy 4
shahrining oʼrniga koʼchgan hamda Kosonsoy vohasining iqtisodiy va madaniy markaziga
aylanadi.
Oʻrta asrlarda Fargʻona vodiysining sharqiy chekkasida gullab-yashnagan yana bir shahar
Oʻzgand shahridir. oʻzgand shahri hozirgi Qorasuv daryosi havzasida joylashgan boʻlib,
manbalarda yozilishicha, O‘zgand - kofirlarning mamlakatlari bilan chegaradosh bo‘lgan
Farg‘ona shaharlarining eng oxirgisidir. Uning kattaligi
9
taxminan O‘sh shahrining uchdan ikki
qismiga teng. Unda qo‘rg‘on, shahriston va devor bilan o‘ralgan rabad mavjud bo‘lib, rabodda
4
Хўжаев А. Фарғона тарихига оид маълумотлар (Қадимий ва илк ўрта аср Хитой манбаларидан таржималар ва
уларга шарҳлар). Фарғона, 2013. 288 б.
5
Бернштам А.Н. Древняя Фергана (Научно-популярный очерк). – Ташкент: изд-во АН Уз ССР, 1951. 51 с.
6
Абу Саъд Абдулкарим ибн Муҳаммад ибн Мансур ат-Тамимий ас-Самъоний ал-Марвазий ал-Ҳофиз. “Ал-
Ансоб”. Тошкент. Фан. 1998. Б. 65.
7
Ёқут ибн Aбдуллоҳ ал-Ҳамавий. Китоб Муъжам ал-Булдан. Тошкент. Моворауннахр. 1998. Б. 37-38
8
Бартольд В.В. К истории арабских завоеваний в Средней Азии // Соч. – Москва: Наука, 1964. Т. II (2).
9
Ибн Хаукал. Китаб сурат ул-арз.(пер. с арабского О. ИБН Флоровой) // Материали по истории Средней и
Центральной Азии Х-ХIХ вв. – Т.: Фан, 1988.С.18.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
45
bozorlar joylashgan. O‘zgand - turklarning yerlari bo‘sag‘asidagi savdo markazidir. Uning
yonida bog‘lar va oqar suvli ariqlar mavjud. Movarounnahrda kattaligi bo‘yicha Farg‘onaning
qishloqlariga yetadigani yo‘q. Ayrim hollarda odamlarning ko‘pligidan, shuningdek, chorva va
yaylovlarning ko‘pligidan bir qishloqning hududlari bir kunlik yo‘l masofaga cho‘zilgan
bo‘ladi
10
. O‘zgand - shaharning nomi uning atroflarida qishloqlar joylashgan, lekin uning
tumanida boshqa shahar yo‘q. O‘zgand shahri IX-X asrlarda Farg‘onaning eng yirik
shaharlaridan bo‘lgan
11
.
Vodiyning yana bir dunyoga dong`i ketgan shahrlaridan biri bu - Margʼilondir. Bu koʼhna
shahar manbalarda Margʼinon va Margʼilon nomlari bilan qayd qilingan. Tilshunoslarning
fikricha, shaharning nomi ikki boʼgʼindan iborat boʼlib, birinchi boʼgʼini – “margʼ” koʼkalamzor,
yaylov, maysazor degan maʼnoni anglatadi. Eʼtiborli tomoni shundaki, bu koʼrinishdagi
toponimik nom Oʼrta Osiyoda keng tarqalgan. Margʼilonning nomi bilan bogʼliq boʼlgan va xalq
orasida keng tarqalgan rivoyatda hiqoya qilinishicha, shaharga Аleksandr (Iskandar)
Makedonskiy tomonidan nom qoʼyilgan. Rivoyatga qaraganda, bu yerda yashovchi aholi
Аleksandr Makedonskiyni “margʼu non”, yaʼni tovuq va non bilan kutib olgan ekanlar. Bunga
javoban Аleksandr Makedonskiy bu joyga “Margʼinon” deb nom qoʼygan ekan
12
. Bu rivoyat
tarixiy haqiqatdan ancha uzoq. Chunki Аleksandr Makedonskiyning Fargʼonaning gʼarbida -
Yaksart boʼyida barpo etilgan Аleksandriya shahridan qaytganligi yunon-rim yozma
manbalarida aniq qayd qilingan. Аmmo bu hikoyaning eʼtiborli tomoni shundaki, u Аleksandr
Makedonskiy bilan bogʼliq turli rivoyatlarni jahongirning qadami yetmagan joydagi xalqlar
orasida ham keng tarqalganligi va bu rivoyatlar asrlar davomida saqlanib kelinayotganligini
koʼrsatadi. Bu narsa ayni paytda Margʼilon shahrining qadimiyligiga ham ishora qiladi.
Temuriylar davrida kelib esa, Marg‘ilon vodiyning eng rivojlangan shaharlaridan biriga
aylangan. Muhammad Solihning “Shayboniynoma”, Zahiriddin Muhammad Boburning
“Boburnoma” asarlarida shahar haqida go‘zal ta’riflar keltirilgan. Jumladan, “Boburnoma”da
Marg‘ilon vodiydagi 8 ta shaxarning biri ekanligi, obodligi, ko‘p yaxshi narsalarga boyligi, shirin
mevalalari, ayniqsa, “donai kalon” anori, “subhoniy” o‘rigi mashhurligi ta’kidlanadi. XVII-XIX
asrlarda Marg‘ilon Qo‘qon xonligi bekligi markazi sifatida mashhur bo‘lgan. Bir qancha binolar
barpo qilingan. Ismoil Maxsum madrasasi, Xonaqoh masjidi, Otaliq, Oq madrasa, Qozi Kalon
madrasasi, Ichki madrasa, Said Ahmad Xo‘ja eshon madrasasi va boshqalar shular
jumlasidandir. IX-XIII asrlarda Marg‘ilon Islom olamiga bir qancha olimu fuzalolarni yetishtirib
berdi. Marg‘ilonlik ulamolarning fiqh, qiyos, tarix ilmiga qo‘shgan hissalari beqiyosdir. Shuning
uchun ham Islom olamida Marg‘ilon “Sunduqul-orifiyn” (Oriflar sandig‘i) nomi bilan
sharaflanadi.
Yuqorilardan xulosa shuki, o`rta asrlar Farg‘ona vodiysi siyosiy markaz bo‘lmagani uchun
tarixiy manbalarda u haqda ma‘lumotlar kam uchraydi. Ammo IX-X asrlar arab manbalarida
Farg‘ona shaharlari, iqtisodiy hayoti to‘g‘risida qiziqarli va qimmatli malumotlar uchraydi.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko`rinib turibdiki, IX-XIII asrlarda Farg`ona shaharlari iqtisodiy
taraqqiyotga erishgan, Farg’onaning uzoq tarixiy davr davomida mustaqilligini
saqlab qolganligi uning iqtisodi, madaniyati, fanining muntazam rivojlanishini ta’minlagan.
10
Мамaдалиев Ҳ. IХ-Х асрлар араб манбаларида Фарғона шаҳарларининг тавсифи // ―Фарғона водийси тарихи
янги тадқиқотларда‖ мавзуидаги республика илмий-назарий конференцияси материаллари. Фарғона, 2009. Б. 150.
11
12
Исҳоқхон тўра ибрат Тарихи Фарғона («История Ферганы»). 1916 год. Тошкент. Б. 30
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
46
Qo’shni davlatlar bilan savdo–sotiq va madaniy aloqalar tufayli Farg’onaga turli madaniyat va
ilm-fan yutuqlari kirib kelib, o’ziga xos mahalliy madaniyat bilan birlashadi va rivojlanishini
ta’minladi. Farg`onadan yetishib chiqqan bir qator mutafakkirlar turli xil sohalarda yutuqlarga
erishganlar, hamda, o`zlarining oltin meroslarini qoldirganlar.