YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
37
INGLIZ VA OʻZBEK TILLARI ISH YURITISH TERMINLARINING OʻZARO
TARJIMASIDAGI AYRIM MUAMMOLAR VA YECHIMLAR
Turdiyev Islomjon Mamadaminovich
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti o’qituvchisi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.13860196
Annotatsiya
Ushbu maqolada ayrim ish yuritish terminlarining ingliz va o’zbek tillaridagi tarjimasida
duch kelinadigan muammolar hamda ularning tarjimasini muqobil variyantini tanlashning
ahamiyatliligi, shuningdek tarjimalar taklif qilinadi. Maqola rasmiy hujjatlar nomlarining,
qolaversa muayyan ish yuritishga oid boshqa terminlarning ikki tadqiq qilinayotgan tildagi
tarjimalarining to’g’ri qo’llanilishi uchun muhim tadqiqot na’munasidir.
Kalit so’zlar:
mahalliylashitrish, chetlashtirish, dubletlar, o’zlashma leksemalar, tarjima
muammolari
Kirish
Har bir sohada bo’lgani kabi tarjimonlar ham ma’lum bir matn yoki atamani tarjima
qilishda muarkkablikka duch kelishi bu tabiiy hol, albatta. Ushbu o’rinda tarjima qilinayotgan
obyektning qaysi sohaga tegishliligi hamda uning o’quvchisi kim ekanligni bilish muhim
ahamiyatga egadir. Ish yuritish sohasining maxsus terminlar sistemasi ekanligni hisobga olsak
ushbu fikr o’z tasdig’ini topadi deyishimiz mumkin. Tarjimonlar uchun muhim vazifalar bu
tarjima qilishda duch kelishi mumkin bo’lgan muammolardan xabardor bo’lish va ularga
yechim tiopishga tayyor bo’lishlaridir. Aynan soha terminologiyasi haqida gap ketganda
rasmiy uslub dominant hisoblanadi va unda yuqori darajadagi sifatli va aniq tarjima talab
qilinadi. Adekvat sifatli tarjima deganda tarjimonlar o’z subyektiv fikrlarini berishlari
mumkin, ammo Hatim va Munday fikriga ko’ra, yakuniy xulosa "ma’noning so’zma-so’z
talqini, shaklga rioya qilish va umumiy aniqlikka urg’u berish" bo’ladi
1
. Ushbu tadqiqotda
tarjima qilingan terminni o’quvchi o’z mazmunini olish uchun ko’p kuch sarflamasligi kerak,
shuning uchun tarjima sodda va tushunarli bo’lishi kerakligi haqidagi fikr olg’a suriladi. Biroq
aynan termin tarjimasini sodda qilish juda murakkab vazifadir. Shunga qaramasdan mavjud
terminlarning tarjimasida aniqlik va bir vaqtning o’zida jozibadorlik jihatidan tahlil qilinishi
zarur.
Asosiy qism
Tadqiqotchi Enoch Ajunva ta’kidlaganidek, tarjima muammolarini ikkita asosiy toifaga
bo’lish mumkin - tashqi va ichki yoki o’z-o’zidan paydo bo’ladigan. Tashqi qiyinchiliklar,
birinchidan
, manba tilidagi matnning o’ziga xos xususiyati tufayli yuzaga kelishi mumkin,
masalan, u nisbatan katta, murakkab, yuqori ilmiy va texnik bo’lsa.
Ikkinchidan,
tarjimadag
muammolar polisemantik atamalarning ma’nolarining noaniqligi yoki tarjima qilinayotgan
tilda terminologiyaning etishmasligi bilan bog’liq bo’lishi mumkin.
2
Olim Aiga Dukate bu
1
Hatim, Basil and Jeremy Munday. 2004. Translation. An advanced resource book. London/ New
York:Routledge.
2
Ajunwa, Enoch. 2015. Fidelity Challenges in Translation. Translation Journal, January 2015.
https://translationjournal.net/January-2015/fidelity-challenges-in-translation.html [Accessed 12 July 2019].
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
38
muammolarni matn tarjimasining gibrid tabiati bilan bog’laydi. Dukatega ko’ra, har qanday
tarjima
“ikki tegishli madaniyatga - manba madaniyati va tadqiq etilayotgan madaniyatga
bog’langan gibrid matn sifatida tarjima qilish xususiyatiga ko’ra gibrid matnning ba’zi
xususiyatlariga ega
3
. Matn gibridligi tarjimon matnni tushunishda muammolarga duch
kelishining asosiy sabablaridan biri bo’lishi mumkin, bu adekvat va tushunarli tarjima
chiqarishda asosiy shartdir. Tarjimaning gibrid tabiati bilan kurashish uchun
“
mahalliylashtirish”
va “
chet ellashtirish”
olimlar tomonidan taklif qilingan va soha
mutaxassislari tomonidan qo’llaniladigan asosiy tarjima strategiyalari hisoblanadi.
Bir til oilasiga mansub bo’lmaganligi sababli ingliz va o’zbek tillarining og’zaki va yozma
nutqida nafaqat terminllarning qo’llanilishida balki umuman nutq jarayonida ham sezilarli
tafovutlarni ko’rish mumkin. Ingliz tilida ko’p qo’llaniladigan hamda nutq jarayonini rang-
barng qilib beradigan sinonimiya hamda polisemiya, maxsus terminlarni tarjima qilish
jarayonida birmuncha murakkablik yuzaga keltiradi. Soliq terminlarining o’zbek tiliga
tarjimasi ustida tadqiqot olib borgan olim O.Ahmedov o’zining “Ingliz va oʻzbek tillarida soliq-
bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima muammolari” nomli doktorlik
dissertatsiyasida amaliyotda sohaga oid terminlarning maʼnolari yetarlicha farqlanmayotgani
bois bunday terminlar meʼyoriy hujjatlarda turlicha sharhlanmoqda ekanligini hamda tarjima
adekvatligining yuzaga kelishiga monelik qilayotgan ekanligini, shuningdek, polisemantik va
sinonimik terminlar, ularning tarjimadagi variantlari (absolyut, nisbiy, ideografik,
kontekstual, dialektal, stilistik, aralash) sinonimlar tez-tez uchrab turishi kuzatilishini
ta’kidlaydi
4.
Terminlar va umumadabiy soz’larning lug’atlarida albatta aniqlik jihatidan farq bo’lishi
lozim deb hisoblaymiz, ya’ni sohaga oid terminlar lug’ati birmuncha izohlar bilan
ta;minlangan va aniqroq tarjimaga ega bo’lishi lozim. Lug’atshunos olim L.V.Shcherba
lugʻatlarga qoʻyiladigan talablar turlicha boʻlishi lozimligini nazarda tutgan va umumadabiy
tilga oʻzlashgan u yoki bu soha terminlarining filologik va ensiklopedik lugʻatlarda turlicha
talqin qilinishini taʼkidlagan edi
5
.
Boshqa soha terminlari kabi ish yuritsih terminlari ham ingliz tilidan tarjima qilinganda
bir qancha sinonimik tarjimalar (dubletlik)ga ega bo’lishi kuzatiladi. Shu o’rinda dubelt so’ziga
izoh berib o’tish muhimdir. Fransuzcha
doublet
,
double
– so’zlaridan olingan dublet leksemasi
“ikkinchi nusxasi, ikkinchi shakldagi koʻrinishi” ma’lum bir so’zning ikki va undan ortiq nusxa
bo’lganda qo’llaniladi (
maslan: Clerk / Cleric – kotib/ruhoniy, Census / Sensus-ro’yxatga olish/
tuyish
). Etimologiyada bir tildagi ikki yoki undan ortiq soʻzlar turli fonologik shakllarga ega
boʻlsa-da, bir xil etimologik ildizga ega boʻlsa, dublet yoki etimologik egizak (yoki ehtimol
uchlik va boshqalar) deyiladi. Ko’pincha, lekin har doim emas, bunday so’zlar so’zlar tilga turli
yo’llar orqali kirdi. Sohaviy terminlar tarjimasidagi muammolar haqida o’z fikrini bergan
holda olim O.Ahmedov dublet so’zlarga o’z munosabatini bildirib “Dublet soʻzlar derivatsion-
etimologik va semantik jihatdan bir-biriga yaqin yoki bir xil boʻlgan, ammo tilning muayyan
bosqichidagi tadrijiy rivojlanish taʼsiri natijasida semantik va stilistik jihatdan differensial
3
Dukāte, Aiga. 2007. Manipulation as a Specific Phenomenon in Translation and Interpreting. Riga.
4
O.Ahmedov “Ingliz va oʻzbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va tarjima
muammolari” diss. 2016
5
Щчерба Л.В. Русско - французский словарь. М.: 1959.-249 б.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
39
xususiyatga ega boʻlgan leksik birliklardir. Shunga koʻra terminologiyada muayyan tushuncha
ikki xil qoʻllanganda ular orasidagi farqqa aniqlik kiritish masalasi hanuz munozarali hol
boʻlib kelmoqda” deya ta’kidlagan. Bundan tashqari dublet so’zlarga olimlarning qarashlari
turlicha ekanligini ko’rishimiz mumkin bo’ladi. Olimlarning bir guruhi bunday so’zlarni
ma’lum tushunchani turli shakllarda ifoda etuvchi birlik deb qarasalar, boshqa guruh olimlar
doubletlar bular sinonimlar emas ularni birbiridan farqlash muhim ekanligini qayd etishadi.
Yana bir guruh olimlar esa dublet terminlarni bir xil so’zlarning turli variyantlari emas balki
bir shkali chet tilidan kirib kelgan bo’lsa boshqasi o’sha tildan kelib chiqqan juf terminlar deb
hisoblashadi.
6
Tilshunos olim A.A.Reformatskiy bir tushunchani ifodalovchi tushunchalardan
farqli o’laroq, bir nechta termin bir tushunchani tasvirlashini dubletlar deb atashni (
bunga
misol qilib o’zbek tilidagi “guvohnoma” so’zining ingliz tilida “certificate, reference kabi
ekvivalentlari bor
) taklif qilgan bo’lsa
7
, Tilshunos V.A. Sitkina undan farqli oʻlaroq sinonimiya
hodisasini variantlilik deb atab, uning leksik, fonetik, morfologik jihatlarini ajratib koʻrsatadi
8
.
Terminologik sistemlarining sinonimlar qatorida dubletlar ham uchrashini ta’kidlab o’tgan
V.P. Danileko ularni 3 holatda yuzaga kelishini qayd etadi:
1.
Oʻzlashma leksema paydo boʻlishi bilan oʻzlashtirayotgan tilda uning maʼnosiga teng
keladigan soʻz hosil qilinib, isteʼmolga kiritiladi (
distance learning-masofaviy ta’lim
);
2.
Oʻzlashma bilan maʼlum tildagi soʻz teng (parallel) qoʻllanadi; (
analyst- tahlilchi yoki
analitik
)
3.
Bir tushuncha uchun turli tillardan oʻzlashgan bir necha termin qoʻllanganda (
direktor-
principal, schoolmaster, rus tilidan kirib kelgan- директор)
9
.
Yuqorida keltirilgan muqobilsiz leksikaning lakuna va realiya hodisasini hozirgi kundagi
terminologik tarjima muammolaridan deyishimiz mumkin. Kanadalik olimlar J.Vine va
J.Drabelne o’zlarining “Fransuz va ingliz tillarini qiyoslash uslubi” nomli kitobida birinchi
bo’lib lakuna atamasini ikki til o’rtasidagi tarjima jarayonida hosil bo’ladigan holat sifatida
qo’llashgan hamda lakunalarni ma’lum bir tildagi terminning boshqa tilda muqobili bo’lmagan
o’rinda voqelanishini ta’kidlashgan
10
. Garchi lakuna termini ushbu davrgacha turli xil
semantik o’zgartishlarga uchragan bo’lsa ham uning asl terminologik xossasi saqlanib qolgan.
Yuqoridagi izohlardan ko’rinib turibdiki lakunalar har qancday tillar tarjimasida ham duch
kelinishi aniq bo’lgan holatdir. Ingliz tilidan o’zbek tiliga tarjima qilishda lakuna hodisasiga
misol tariqasida “
online
” so’zini oladigan bo’lsak ushbu so’z “
masofadan turib internet aloqasi
yordamida aloqada bo’lish
”ni ma’nosini beruvchi termindir. Ushbu termin hozirgi kunda
o’zbek tilida ish yurituv jarayonida keng miqyosda qo’llaniladi. Lakunaga yana bir misol
“
business plan
” o’zbek tilida “biznes-reja” atamasi mavjud, lekin reja tuzish jarayonida har bir
qadam, vazifa va maqsadlar aniq keltirilishi talab etiladi, bu esa aslida "business plan" ga
muvofiq tushunilmay qolishi mumkin. Shuningdek, “
outsourcing
” termini tashqi xizmatlar
6
Мадвалиев А. Ўзбек терминологиясида дублетлик масаласи //Ўзбек тили ва адабиёти. 1982. № 3.-
123 б.
7
Реформатский А. Мысли о терминологии/Современные пробемы русской терминологии. -М.: 1966.-
297 с.
8
Циткина Ф.А. Терминология и перевод. // К основам сопоставительного терминоведения. - Львов:
1988. – 213 с.
9
Даниленко В.П. Лингвистические требования к стандартизуемой терминологиий//Терминология и
норма.-М.: 1972.-128 с.
10
Vinay J., Darbelnet J. Stylistique comparee du fraicais et de I'anglais. - Paris, 1958. p.10.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
40
taqdim etish jarayoni ma’nosini berib o’z-o’zidan lakuna tashkil qiladi, chunki O’zbekistonda
bu atama ko’plab hozirgi ish yuritish jarayonlarida batafsil muhokama qilinib o’tirmasdan
amalda qo’llanadi. Ingliz tiliga fransuz tilidan kirib kelgan “
budget
” so’zi o’zbek tilida “byudjet”
deb qabul qilingan va uning muqobil variyanti yo’q.
Lakunalar bilan birga unga yaqin bo’lgan va yuqorida qayd etilgan tushuncha hamda
tillararo tarjimada muammo tug’diradigan hodisa bu realiyalardir. Realiylarni ma’lum
“xalqning turmush tarzi, madaniyati va urf odatlarini o’zida aks ettirgan, boshqa xalq va til
uchun begona bo’lgan so’z”
11
tarzida tavsiflanishi bu atama uchun eng o’rinlisidir.
Lakunalardan farqli o’laroq realiya aynan qaysidir xalqqa tegishli bo’lib uni boshqa tilga
tarjima qilishda tarjima qilayotgan tilda bu kabi atama mavjud bo’lmaganligi sababli o’z
holicha olinadi ammo ularga izoh berilishi muhimdir. O’zbek tiliga ingliz tilidan kirib kelgan
va madaniy jihatdan aynan ingliz xalqiga xos “
coffe break
” termini oladigan bo’lsak bu
so’zning, ta’rifi “
biron bir majlis yoki ish faoliyati davomida qahva ichib yengil tamaddi qilish
uchun olinadigan qisqa tanaffus
”dir. Ushbu terminning o’zbek tilida ayni tarjimasi yo’q, o’zbek
xalqida qahva ichish urfga kirmaganligi bois, ish faoliyati davomida ishchilar qahva ichish
uchun tanaffus olishmaydi. Realiyalarga yana bir misol bu “
stand-up
” termini ushbu
terminning ham o’zbek tilida muqobili mavjud emasligining sababi bu atama ingliz tilida
so’zlashuvchi mamalakatlarda ish jarayoni davomida ma’lum muddatga xodimlar tik turgan
holda korxona yoki tashkilotdagi o’sish yoki muammolarni tahlil qilish jarayonidir. Bunday
faoliyat o’zbek mentalitetiga xos bo’lmaganligi uchun ham terminning muqobili mavjud emas.
Madaniy muammo
. Turli madaniyatlarda atamalar turli ma’nolarga ega bo’lishi
mumkin va to’g’ridan-to’g’ri tarjima har doim ham mos kelmasligi mumkin. Misol uchun,
ingliz tilidagi “
face
” atamasi ham odamning boshining old tomoniga, ham uning obro’siga yoki
ijtimoiy mavqeiga ishora qilishi mumkin, lekin ba‟zi tillarda bu ma’nolar turli so’zlarni talab
qilishi mumkin. Yuqoridagi lakun va realiya hodisasidan kelib chiqib tarjimadagi bu
muammoni biz shartli ravishda “muqobilsizlik” deb atadik. Lekin aynan muqobilsizlikni ham
ikkala misoldan ko’rib chiqganimizdek o’ziga xos bir aspekti sifatida madaniyatni olishimiz
ahamiyatga ega. O’ziga xos madaniyat ham terminlarni tarjima qilishda ekvivalent
yetishmasligiga olib kelar ekan.
Realiyalardan tashqari yana bir muammo bu muayyan xalqga xos bo’lgan terminning
tarjimasini chiqarishda uning komponentlarining ko’payib ketishidir. Masalan, ingliz tildagi
“
wage
” so’zini oladigan bo’lsak bu o’zbek tilidagi soatbay daromadga to’g’ri kelsada wage
asosan soatbay hisoblanib hafta yakunida beriladigan to’lovdir. O’zbek tilida soatbay haq bu
yoki oy oxirida yoki soat hajmi bajarilgandan so’zng beriladigan haqdir. Bu termini bir so’z
bilan tarjima qilish albatta tushunmovchilikka olib keladi. Yana bir misol ingliz ish joylarida
yangi hodim bilan tanishib olish uchun rasmiy tanishtiruvdan keyin ishlatiladigan “
Touch
base
” termini mavjud.
Ushbu termin bitta “tanishuv” tushunchasini bildirishiga qaramasdan
maxsus holatdan aynan yangi kelgan xodim bilan uning hamkasblari o’rtasidagi qisqa
tanishuvga nisbatan ishlatilishini qad etish joiz. Ushbu terming yaqin tushunchani bildiruvchi
“
onboarding
” termini ham mavjud bo’lib, bu ham
tanishtiruv, tanishuv
tushunchasini
bildirsada uning aynan yangi xodimni
ish shaoirti
va
ofis tartib-qoidalari
bilan tanishitrish
jarayoni ma’nosini bildiradi.
11
Kasimova Z. Dunyo tilshunosligida realiyalar tasnifi // “Til va adabiyot ta'limi” jurnali, 2020-yil 9-son, 39-bet.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
41
Texnik jargon va sohaga oid so’zlashuv uslubi
ham tarjima jarayonida muammoalar
keltirib chiqarishi mumkin
.
Tibbiyot, huquq yoki texnologiya kabi sohalarda aniq jargonning
to’g’ridan-to’g’ri tarjimasi bo’lmasligi mumkin. Bu manba va tarjima qilinayotgan tillarni
hamda tegishli sohalarni chuqur tushunishni talab qiladi. Ushbu qiyinchiliklarni hayotning
turli sohalarida qo’llaniladigan o’ziga xos tilni o’z ichiga olgan texnik tarjimada kuzatish
mumkin. Ingliz tilida misolar: “
Red tape”
termini keraksiz va ko’p vaqt talab qiladigan,
ko’pincha ortiqcha qog’ozbozlikni o’z ichiga olgan byurokratik tartib-qoidalarni izohlaydi.
Ushbu termini so’zma-so’z tarjima qilinsa “
qizil tasma
” tarjimasini beradi va buni faqat ofis
sohasida faoliyat yuritayotgan shaxslar tushuna olishi mumkin.
“
Paper pushers
” terminining so’zma-so’z tarjimasi “
qo’goz suruvchi
” shaklida qilinsa ham
uning izohi ishi asosan ko’plab hujjatlar bilan ishlovchi odamlarga nisbatan ishlatiladi, ushbu
terminning aynan unga mos keladigan tarjimasi o’zbek tilida mavjud emas.
“
Circle back
” termini ham ish yuritis jarayonida tashkilotlarda, biron bir muammoga
yechim topilmaganda qaytadan majlis qilish ma’nosida ishlatiladi va bunga ham adekvat
tarjima berish mushkul.
O’zbek tilida misollar: “
O’quv reja
” ushbu termini ingliz tiliga so’zma-so’z tarjima orqali
“educational plan” shaklida tarjima qilish mumkin ammo uning ma’nozi izoh talab qiladi.
Chunki ingliz tilida o’quv rejasini o’quv yurtidagi boshqaruv tashkiloti emas balki, kafedra
mudiri shakllantirib beradi. Tarjimadagi muammo ikki davlat o’quv muassasasi o’rtasidagi
hujjat alamishinuvda tushunmovchilik kelirib chiqaradi.
“
Yuklama
” ushbu termin tashkilotlardagi xodimga biriktirilgan soat miqdorini anglatsa
ingliz tiliga so’zma-so’z tarjima qilinganda ushbu termin
yuk
,
yuklama
ma’nosini beruvchi
“
load
” holida tarjima qilinadi, bu tarjima aynan ish yuritish sohasida “
workload
” shaklini olishi
maqsadga muvofiqdir, chunki yuqorida ta’kidlanganidek “workload” so’zi termin sifatida
mavjud va bu adekvat tarjima bo’la oladi.
Yangi atamalar:
Turli sohalarda doimiy ravishda yangi atamalar yaratilmoqda
va tarjima qilayotgan tilda ekvivalent atama bo’lmasligi mumkin. Bunday hollarda
tarjimonlar yangi atama oʻylab topishi yoki maʼnoni yetkazish uchun tavsiflovchi iboradan
foydalanishi kerak boʻladi. Yangi texnologiyalar, madaniy hodisalar yoki ko’pincha hali
tarjimalari qilinmagan ilmiy kashfiyotlar yangi atamalarni hosil qiladi. Ilmiy-texnika
tarmoqlari jadal rivojlanmoqda va shu bilan birga yangi atamalarni yaratilishi tezlashmoqda.
Yangi terminologiyani yaratish tezligidan tashqari, tarjimon ibora yoki atamaning dunyoning
boshqa qismlarida boshqacha yozilgan nomi bor yoki yoʻqligini aniqlashi kerak, bu esa oddiy
soʻz tarjimasini qiyinlashtiradi. O’zbek tiliga yaqin yillarda kirib kelgan “
coworking
” termini
hozirgi kunda ommaviy axboort vositalari yoki ish joylarida keng qollanilmoqda ushbu termin
o’zbek tili uchun yangi termin hisoblanib bu birgalikda ishlash mumkiin bo’lgan joylarga
nisbatan ishlatiladi. Yana bir misol sifatida hozirgi kunda oliy ta’lim tizimidagi o’qitish
shakllaridan biri “
hybrid teaching
” atamsini oladigan bo’lsak uni o’zbek tiliga “gibrid ta’lim”
sifatida qabul qilingan, Gibrid atamasi ham o’zbek tiliga yangi so’z o’lganligi uchun uni tarjima
qilish yoki uning ekvivalentiga alamshtirish lozim deb hisoblaymiz. Yana bir misol bu
“
academic mobility
” ushbu atama ham hozirgi kunda chet eldan milliy ta’lim tizmimizga kirib
kelib rasmiy hujjatlarda “
akademik mobillik
” sifatida qo’llanilmoqda, ammo bu so’z
birikmasining ikkalasi ham ingliz tilidan olinib tarjima qilinmasdan iste’molga kiritilganligi
bois hammaga ham tushunarli bo’lavermaydi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
42
Xulosa
Yuqorida sanab o’tilgan terminologiya, xususan ish yuritish terminologiysining tarjima
muammolariga sabab bo’luvchi holatlarni tushunish hamda ularga yechim bera olish juda
ham muhimdir. Quyida terminlarni tarjima qilish bo’yicha bir qancha takliflar keltiriladi:
1.
Terminlarni tarjima qilishda foydalaniladigan onlayn yoki boshqa manbaalartdan
qo’llanilganda, terminlarning Grammatik strukturtasi hamda semantik xusuiyatlari inobatga
olinishi maqsadga muvofiqdir.
2.
Lakuna yoki realia hodisasi yuzaga kelganda so’zlarni aynan olib kirishdan ko’ra ularni
adaptatsiyali tarjima qilish soha bo’yicha tushunchaga ega bo’lmaganlar uchun ham
tushunarli bo’lishiga olib keladi.
3.
Toʻgʻri va sifatli tarjimalarni taʼminlash uchun professional tarjimon yoki tarjimon
agentligini yollang.
4.
Tarjimalar madaniyatga mos va toʻgʻri boʻlishini taʼminlash uchun ona tilida
soʻzlashuvchilar yoki mavzu boʻyicha mutaxassislar bilan hamkorlik qilish maqsadga
muvofiqdir.
References:
1.
Ajunwa, Enoch. 2015. Fidelity Challenges in Translation. Translation Journal, January
2015.
https://translationjournal.net/January-2015/fidelity-challenges-in-translation.html
[Accessed 12 July 2019].
2.
Dukāte, Aiga. 2007. Manipulation as a Specific Phenomenon in Translation and
Interpreting. Riga.
3.
Hatim, Basil and Jeremy Munday. 2004. Translation. An advanced resource book.
London/ New York:Routledge.
4.
Kasimova Z. Dunyo tilshunosligida realiyalar tasnifi // “Til va adabiyot ta'limi” jurnali,
2020-yil 9-son, 39-bet.
5.
O.Ahmedov “Ingliz va oʻzbek tillarida soliq-bojxona terminlarining lingvistik tahlili va
tarjima muammolari” diss. 2016
6.
Vinay J., Darbelnet J. Stylistique comparee du fraicais et de I'anglais. - Paris, 1958. p.10.
7.
Даниленко
В.П.
Лингвистические
требования
к
стандартизуемой
терминологиий//Терминология и норма.-М.: 1972.-128 с.
8.
Мадвалиев А. Ўзбек терминологиясида дублетлик масаласи //Ўзбек тили ва
адабиёти. 1982. № 3.-123 б.
9.
Реформатский А. Мысли о терминологии/Современные пробемы русской
терминологии. -М.: 1966.- 297 с.
10.
Циткина Ф.А. Терминология и перевод. // К основам сопоставительного
терминоведения. - Львов: 1988. – 213 с.
11.
Щчерба Л.В. Русско - французский словарь. М.: 1959.-249 б.