YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
26
CHET TILLARNI O‘QITISHDA INNOVATSION METODLAR
Sabirjonova Dilnoza
Alfraganus university nodavlat oliy talim tashkiloti, turizm fakulteti, fakultetlararo
chet tili kafedrasi ingliz tili o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13860146
Annotatsiya.
Chet tillarni o‘qitish jarayoni, yangiliklar va innovatsion metodlarni
qo‘llash orqali yanada samarali bo‘lishi mumkin. Ushbu tezisda chet tillarni o‘qitishda
qo‘llaniladigan innovatsion metodlar tahlil qilinadi. Xususan, interaktiv o‘qitish, o‘yinlar va
multimedia texnologiyalar kabi usullar ko‘rib chiqiladi. Shuningdek, ushbu metodlarning
ta’lim sifatiga, talabalar motivatsiyasiga va o‘qitish samaradorligiga ta’siri o‘rganiladi.
Kalit so‘zlar:
Innovatsion metodlar, multimedia texnologiyalar, ta’lim, interaktiv
o‘qitish.
Annotation.
The process of teaching foreign languages can be made more effective
through the application of innovations and new methods. This thesis analyzes the innovative
methods used in foreign language teaching. In particular, interactive teaching, games, and
multimedia technologies are discussed. Additionally, the impact of these methods on
educational quality, student motivation, and teaching effectiveness is examined.
Keywords:
Innovative methods, multimedia technologies, education, interactive
teaching.
Xorijiy tillarni o‘qitish bugungi kunda global talablarga javob beradigan muhim soha
hisoblanadi. Chet tillarni o‘qitish jarayonida an’anaviy metodlardan tashqari, innovatsion
metodlarni qo‘llash zarurati ortib bormoqda. Bu esa talabalar o‘rtasida chet tilini o‘rganishga
bo‘lgan qiziqishni oshiradi va ularning til ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Zamonaviy pedagogik
texnologiyalar yordamida chet til bilan ona tilini taqqoslab o‘rgatish samarali natija beradi.
Xorijiy tillarni o‘rgatish uning metodikasiga oid bilimlarga ega bo‘lishni taqozo etadi.
Metodika va texnologiyalar chet til o‘rganish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi vatqda nafaqat chet tiliga o‘qitish bo‘yicha balki barcha fanlarga o‘qitishni,
o‘rgatishni yangi-yangi metodlarini izlab topish va uni amalda sinab ko‘rish to‘g’risida ko‘p
ishlar qilinayapti. Bu hozirgi kundagi ta’lim tarbiya jarayonini yaxshilash, uchun xal qilinishi
kerak bo‘lgan eng muhim muammolardan biridir. Agar avval chet tili o‘qitish shu til
sistemasini o‘rganish deb qaralgan bo‘lsa, keyingi yillarda o‘qitishdagi muhim ko‘zlangan
narsa bu o‘quvchilarni chet til nutqini o‘stirishdan iborat bo‘ldi. Shuni aytish kerakki chet til
o‘rganishdagi bu maqsadlar, o‘z-o‘zidan yoki boshqa kimsalar yoki shaxs tomonidan
qo‘yilmaydi, balki lingvistika va psixologiya fanlaridagi o‘zgarishlar va jamiyatning ijtimoiy
rivojlanib borishi bilan chambarchas bog’liqdir[1]. Xorijiy til muallimi metodika fani
yutuqlarini puxta o‘zlashtirish orqali o‘quvchi-talabaning to‘plagan til tajribasi me’yorini aniq
bilishga va uni yanada takomillashtrishga erishadi. Chet tillarni samarali o‘rgatish uning
metodikasini bilishni taqozo etadi. Xorijiy tillarni o‘rganish va o‘rgatish ko‘p jihatdan chet til
o‘qitsih metodikasi masalalarini nazariy tomondan ishlab chiqilishiga va nazariyaning amalda
ijodiy qo‘llanilishiga bog’liq hisoblanadi[2].
Innovatsion metodlar chet tillarni o‘qitishda quyidagi ijobiy ta’sirlar keltirib
chiqaradi[3]:
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
27
Talabalar motivatsiyasi -
interaktiv va qiziqarli usullar talabalar o‘rtasida chet tiliga
bo‘lgan qiziqishni oshiradi.
O‘qitish samaradorligi -
innovatsion metodlar yordamida talabalar tezroq va samarali
tarzda yangi til ko‘nikmalarini egallaydilar.
Tillararo aloqalar -
o‘yinlar va interaktiv faoliyatlar orqali talabalar bir-biri bilan
muloqot qilib, tilni amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lishadi[4].
Xorijiy til darslarida innovatsion usullarni qo‘llash natijasida o‘quvchilarning mantiqiy
fikrlash qobiliyatlari rivojlanadi, nutqi ravonlashadi, tez va to‘g’ri javob berish malakasi
shakllanadi. Bunday usullar va o‘yinlar o‘quvchida bilimga ishtiyoq uyg’otadi. O‘quvchi
darslarga puxta hozirlik ko‘rishga intiladi. Bu esa o‘quvchilarni ta’lim jarayonining
subyektlariga aylantiradi. Chet tilini o‘qitish jarayonida turli xil jadvallardan foydalanishning
ham samarasi yuqoridir. Ta’lim jarayonida jadvallardan foydalanib, o‘quvchilar ma’lum bir
grammatik qoidani,masalan, zamonlardan foydalanib gaplar tuzish, yangi so‘zlarni
joylashtirib chiqishi mumkin. Xorijiy tilini o‘rganishga ehtiyoj yuqori bo‘lgan bir davrda, ta’lim
jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalaridan, innavatsion ta’lim texnologiyalaridan
unumli foydalanish bu jarayonni samarali bo‘lishiga olib keldi. Innavatsion ta’lim
texnologiyalarning samaradorligi ularning ta’lim jarayonida to‘g’ri va unumli
foydalanilganidadir.
Chet tillarni o‘qitishda innovatsion metodlarning qo‘llanilishi jarayoni yanada samarali
va qiziqarli qiladi. Interaktiv o‘qitish, o‘yinlar, multimedia texnologiyalari va virtual haqiqat
kabi usullar talabalar motivatsiyasini oshirib, ularning til ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
O‘qituvchilar innovatsion metodlardan foydalangan holda, chet tillarni o‘qitish jarayonini
yangilash va takomillashtirishlari zarur.
References:
1.
Zayniddin Sanaqulov Baxromjon Jo‘raboyev "Chet til o‘qitish metodikasida zamonaviy
metodlar" 2021.532-bet.
2.
Khasanova, Gulsanam Khusanovna MAIN TRENDS IN THE DEVELOPMENT OF
EDUCATION AND PROFESSIONAL TRAINING IN THE WORLD // ORIENSS. 2021. №Special
Issue
1.
URL:
https://cyberleninka.ru/article/n/main-trends-in-the-development-of-
education-and-professional-training-in-the-world (дата обращения: 05.01.2022).
3.
Buckingham, D. (2003). Media Education: Literacy, Learning and Contemporary Culture.
Polity Press.
4.
Hobbs, R. (2010). Digital and Media Literacy: A Plan of Action. The Aspen Institute.