YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
126
KASB TANLASHNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI
Xaydaraliyev Abdullo Usmonali o‘g‘li
https://doi.org/10.5281/zenodo.13856744
Annotasiya
Ushbu maqolada
maktabning yuqori sinf o‘quvchilarida kasb tanlash motivlari psixologik
tadqiqot predmeti sifatida tadqiq qilingan. O‘quvchilarda kasb tanlashga ta’sir ko‘rsatuvchi
omillarni aniqlash kasbga yo‘naltirish ishlarining samaradorligini oshirishga xizmat qildi.
Kalit so‘zlar:
motiv, motivatsiya, depressiya,
getroxron, qobiliyat.
Аннотация
В данной статье исследуются мотивы выбора профессии у старшеклассников
школы как предмет психологического исследования. Выявление факторов, влияющих
на выбор профессии у обучающихся, послужило повышению эффективности
профориентационной работы.
Ключевые слова:
мотив, мотивация, депрессия, гетрохронность, способность.
Annotation
In this article, the motives for choosing a profession in Upper School students are
researched as a subject of psychological research. Determining the factors that influence the
choice of profession in students has served to improve the effectiveness of Career Orientation
work.
Keywords
: motive, motivation, depression, getrochronous, ability.
Jadallik bilan o‘zgarib va rivojlanib borayotgan davrda kasb tanlash va namunali kadr
bo‘lish dolzarb hisoblanadi. Shuningdek, aholi sonining shiddat bilan oshib borishi ham nafaqat
ishga, balki sifatli ishchilarga bo‘lgan talabni oshirib yubordi. Bu esa ta’lim va kasb-hunarga
tayyorlov sohasiga alohida e’tibor berish zaruratini vujudga keltirmoqda. Yangi O‘zbekistonda
amalga oshirilayotgan islohotlarning ham tub maqsadi ishsizlikni kamaytirish va sifatli
kadrlarni tayyorlashdan iborat. Ushbu islohotlar orasida shaxsni kasbda shakllantirish, kasbiy
o‘zini o‘zi belgilash va o‘zini o‘zi anglash masalalari alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki
zamonaviy jamiyat insonga yangi talablar qo‘ymoqda, jumladan, hayotiy maqsadlarni mustaqil
belgilash va erkin tanlov qilish qobiliyati, mustaqillik, o‘ziga ishonch kabi individual
xususiyatlarni talab qilmoqda.
Kasb tanlash - bu inson hayot yo‘lini belgilaydigan eng muhim voqealardan biridir,
shuning uchun ushbu jarayonni ilmiy tadqiq etish talabi yuzaga keladi. Misol uchun, o‘rta
maktab o‘quvchilarining kasbiy o‘zini o‘zi belgilashi, ko‘pincha, ongsiz ravishda, ota-onalar va
do‘stlar ta’siri ostida amalga oshiriladi, bu esa korxonalarda kadrlar almashinuviga,
yoshlarning professional tanlovining buzilishiga olib keladi. Shaxsiy psixologik xususiyatlar
tufayli noto‘g‘ri tanlangan kasbning salbiy oqibatlari shaxsning o‘ziga ham, uning ichki muhitiga
ham ta’sir qiladi. Ular depressiv holatlarda, dunyoni salbiy idrok etishda, tajovuzda,
tushkunlikda namoyon bo‘ladi. Bu o‘rta maktab o‘quvchilarini kasbiy o‘zini o‘zi belgilash, kasb
tanlashda ongli motivlarni shakllantirish masalalari to‘g‘risida xabardor qilish zarurligini
belgilaydi.
2023-yil 20-yanvar kuni Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyev “Maktablarda xorijiy tillar va
kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari” bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda yuqoridagi
masalaha alohida to‘xtalib o‘tdi. Katta hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarni har tomonlama
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
127
yetuk, bilimli va kasb-hunarli qilib tarbiyalash bugunning zarurati ekanligi ta’kidlandi.
Prezidentimiz ta’biri bilan aytganda, “maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola
jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammodir”[2].
Yurtimizda o‘zining ilmiy kashfiyotlari, asarlari bilan jahon ilm-fani va madaniyati
rivojiga hissa qo‘shgan olimlar ko‘pligi ma’lum. Bunday olimlardan biri Abu Nasr Farobiy o‘z
davrida “Sharq Aristoteli”, “Ikkinchi muallim” unvoniga sazovor bo‘lgan mashhur
mutafakkirdir. Farobiy davlatning fozil va johil ko‘rinishlarini ajratgan. U fazilatli shaharlarda
ilm, kasb, mehnat, axloq-ma’rifat birinchi o‘rinda bo‘lishi lozim, deb bilgan. Farobiy insonning
kamolotga yetishishi, mehnat qilishi, go‘zal insoniy fazilatlarni, kasb egallashini yaxshilik deb
hisoblaydi. Insonning kamolotiga to‘sqinlik qiluvchi dangasalik, bekorchilik kabi yomon odatlar
bilimsizlik, ongsizlik, kasb-hunarga ega bo‘lmaslik kabi nuqsonlarni yomonlik deb hisoblaydi.
Farobiy o‘zining “Fozil odamlar shahri” kitobida inson takomilini to‘rt bosqichga ajratadi:
birinchi bosqichda jaholat hukmron bo‘ladi; ikkinchi bosqichda komillik yo‘liga kirish; uchinchi
bosqich ijodiy davr hisoblanib, mustahkam bilim ustuvor bo‘ladi; to‘rtinchi bosqichda inson
komillikka intilib, donolik, faylasuflikka erishadi. Inson ilmga intilishi, mehnat qilishi, kasb
egallashi uni komillik sari yetaklashi taraqqiyotga erishishini belgilab beradi, desak to‘g‘ri
bo‘ladi.
Shuningdek, hayotda o‘zini o‘zi belgilash, o‘zini yaxlit shaxs sifatida anglash istagi mavjud
ham bo‘ladi. O‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan kasbni ongli ravishda tanlash muammosi
zamonaviy jamiyatda dolzarb va juda murakkabdir. O‘rta maktab o‘quvchilari tomonidan kasb
tanlash motiviga ota-onalarning motivlari, jamiyatda yuzaga keladigan ijtimoiy vaziyatlar,
mintaqaning o‘ziga xos xususiyatlari va boshqalar ta’sir qiladi. Kasb tanlashning muvaffaqiyati
yoshlarning o‘z manfaatlarini, qobiliyatini, o‘z hayotini vaqt nuqtai nazaridan ko‘rish qobiliyati
bilan qanday bog‘lashiga, uning qarorining haqiqiy sabablarini tushunish va anglashga bog‘liq.
Shaxsiy imkoniyatlarini anglash, qaror qabul qilish mexanizmini shakllantirish bo‘yicha
maqsadli tadbirlarni amalga oshirish zarur. Faqat shunday sharoitda o‘rta maktab o‘quvchisi
mustaqil tanlov qila oladi. Kasblarning hilma-hilligi juda katta va ko‘p hollarda, A.A.Verbitskiy
ta’kidlaganidek, ularni hamma egallashi mumkin. Biror kishi kasbni tanlashi uchun
imkoniyatida bo‘lgan ko‘plab tanlovlardan voz kechishi kerak, chunki u haqiqatan ham hamma
narsani emas, balki faqat bir tanlovni amalga oshirib, bir kasbni tanlaydi. Natijada bolada
kelajakdagi kasbni tanlash muammosi paydo bo‘ladi, hamda uning yechim topish uchun
o‘zining nimaga qodir ekanligini bilishga intiladi.
Kasb tanlash jarayoni to‘g‘risida ilmiy izlanish olib brogan M.M.Abdullayeva kasb tanlash
bir martalik harakat emas, balki uzoq davom etadigan jarayon ekanligini ta’kidlaydi va uni
kasbiy o‘zini o‘zi belgilash jarayoni deb nomlaydi.
Insonning mehnat sub‘ekti sifatida shakllanishi bilan bog‘liq jarayonlar doimo psixologlar
va sotsiologlarning diqqat markazida bo‘lib kelgan. Shu bilan birga, shaxsni kasbda
shakllantirish, kasbiy o‘zini o‘zi belgilash va o‘zini o‘zi anglash masalalari hozirgi paytda alohida
ahamiyat kasb etmoqda, chunki jamiyat insonga yangi talablarni qo‘yadi, shu jumladan, hayotiy
maqsadlarni mustaqil belgilash va erkin tanlov qilish qobiliyati, mustaqillik, o‘ziga ishonch kabi
individual xususiyatlarni talab qiladi.
Kasb tanlash - bu inson hayot yo‘lini belgilaydigan eng muhim voqealardan biridir,
shuning uchun ushbu jarayonni ilmiy tushunish masalasi tobora dolzarb bo‘lib bormoqda.
Kasbni tanlash va qaror qabul qilish har doim shaxsning rivojlanishidagi muhim bosqichdir. Bu
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
128
jarayon individual va ijtimoiy ehtiyojlar o‘rtasidagi rivojlanayotgan qarama-qarshilikka
asoslangan epidemiyaga qarshi motivlar majmuasini hal qilish bilan bog‘liq, deb ta‘rif beradi
Y.P.Povarenkov. Mashhur ukrainalik olim E.I.Golovaxaning ta‘kidlashicha, kasb tanlash - bu
inson hayotining turli bosqichlarida amalga oshirishi kerak bo‘lgan ketma-ket hayotiy tanlovlar
zanjirining birinchi bo‘g‘inidir.
Kasbiy shakllanish - bu shaxs rivojlanishining katta bir qismini o‘z ichiga olib, u kasbiy
maksadlarning tarkib topishidan boshlab, kasbiy xayotning tugallangungacha bo‘lgan davrni
o‘z ichiga oladi. Bu geteroxron jarayondan optatsiya, ya’ni kasbiy ta’lim va tayyorgarlik,
profadaptatsiya, professionalizm xamda mahorat bosqichlarini ajratish mumkin. Kasb
psixologiyasining asosiy konseptual qoidalari quyidagi jadvalda aks ettirilgan.
Asosiy tushunchalar
Konseptual qoidalar
Kasbiy shakllanish
Kasbiy shakllanish - bu shaxsning kasb tanlash jarayonidagi
kasbiy ta’limga tayyorlanish, shuningdek kasbiy faoliyat
jarayonidagi rivojlanish xisoblanadi.
Kasbiy shakllanish
bosqichlari
Kasbiy shakllanish - getroxron jarayon bo‘lib, ayrim paytlarda
pasayish va sakrash xususiyatiga ega. Individning shaxsiy va
kasbiy rivojlanish omillarining o‘zaro alokalariga ko‘ra
kelishmovchilik va inqirozlar kiritiladi Bu individual to‘lakonli
jarayonini ijtimoiy vaziyat va asosiy faoliyat bilan bog‘lik
bosqichlarga ajratish mumkin.
Kasbiy shakllanish
turlari
Kasbiy shakllanish yo‘li va tezligi bir guruh omillar bilan
belgilanadi. Ularga yosh, individual-psixologik, kasbiy texnologik
va ijtimoiy-iqtisodiy omillarni kiritish mumkin.
Kasbiy rivojlanish
Kasbiy rivojlanish - bu yo‘nalish salohiyat va muhim kasbiy
sifatlarning boyib borishi, mehnat faoliyati samaradorligini
oshirib borish bilan belgilanadi.
Kasbiy
shakllanishining
psixologik jihati.
Shaxsning kasbiy rivojlanish va kasbiy jihatidan o‘zini topa olish
uchun o‘z ustida ishlashi va turli masalalarni xal qilish uchun bor
kuchini sarflash, shart-sharoitlar xamda imkoniyatlar yaratish,
kasbiy va shaxsiy rivojlanishdagi destruktiv an’analarni
o‘zlashtirishda kishilarga psixologik madad va yordam ko‘rsatish.
Kasbiy jihatdan o‘zini
anglash
Insonning kasbni psixologik imkoniyatlarini kasbiy faoliyat
mazmuni va talablari bilan bo‘lgan jixatlarini mustaqil anglab
olishi, shuningdek ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy vaziyatda
bajariladigan ishidan ma’no topishi.
Kasbiy jihatdan o‘zini
asray olish
Inson shaxsiga yo‘naltirilgan mahsuldor kasbiy faoliyatda doimiy
o‘zini-o‘zi o‘zgartirib turishi, tayyorgarligi va kasbiy imkoniyatini
o‘zini ruyobga chikarishi, kasbiy xayotini boshkara olishi, kasbiy
rivojlanish va lavozimda kutarilishdagi destruktiv vaziyatlarni
yengib o‘tish bilan bog‘liqdir.
Professionalizatsiya
destruktsiyalari.
Professionalizatsiya jarayonidagi miqdor va sifat o‘zgarishlar,
shaxsning rivojlanishi va deformatsiyasi bilan ko‘zatiladi.
Kasbiy o‘zini-o‘zi
faollashtirish
Shaxsning kuchini faollashtirish yuli bilan kasbiy rivojlanishni
tezlashtirish, normadan ortik kasbiy faoliyatni namoyon etish,
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
129
shuningdek turli xil psixotexnologiyalarda qatnashish va
boshqalar
Kasbiy ijtimoiylashuv
Kasbga kirib borish va uni egallashda kasbning ijtimoiylashuvi
kuzatiladi, ya’ni, kasbiy ta’rifikatsiyada o‘z o‘rnini topish, kasbiy
imkoniyatini ishlab chiqish, kasbiy identifikatsiyani
shakllantirish.
Kasb psixologiyasining mazkur konseptual qoidalari kasbiy qiziqish boshlanishidan to
kasbiy tanlovni amalga oshirib, mehnat faoliyatida o‘zini namoyon qilishgacha bo‘lgan
jarayonni o‘z ichiga olib, bolada kasbga yo‘naltirish ishlariga ko‘maklashish maqsadida ishlab
chiqilgan. Konseptual qoidaning afzallik jihati shundan iboratki, unda barcha bosqichlar
batafsil yoritilib, tavsiflab o‘tilgan.
Shunday ekan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni kasb hunarga yo‘naltirish, to‘g‘ri kasb
egallashga yo‘naltirish masalasi faqat hozirgi kunda emas, balki azaldan hayotiy ahamiyatli,
dolzarb muammolardan biri ekanligini ko‘rishimiz mumkin. Farzandlarimizni erta yo‘shligidan
boshlab qiziqishlari, moyillik va qobiliyatlarini e’tiborga olib ularni kasb hunarga to‘g‘ri
yo‘naltirsak, nafaqat oilaning, balki butun jamiyatning ravnaqiga samarali ijobiy ta’sir qiladi.
References:
1.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 27-iyuldagi ““Yoshlar — kelajagimiz”
davlat dasturi to‘g‘risida”gi PF-5466-son Farmoni.
2.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 21-apreldagi “Yoshlarning tadbirkorlik
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish, ularni ijtimoiy himoya qilish hamda
bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6208-
son Farmoni.
3.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 202-yil 13-iyuldagi “Yoshlarni har tomonlama
qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy faolligini yanada oshirishga oid qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-6260-son Farmoni.
4.
Asomova R.Z. “Kasb tanlash motivatsiyasi va uning dinamikasi”. Psix.f.n..dis.- T., 2002. -
137 b.
5.
Anvarova D.M., Ergashev P.S. “Kasbga yо’naltirish va kasb tanlash asoslari”. –T.: «Fan va
texnologiya», 2016, 4-6 b.
6.
Aripova N.A., Xolmamatova L.A., Qurbonova N.B. “Kasbiy psixologiya” darslik. Toshkent –
2019., 148 b.
7.
Isaqova M.T. //Bandlik shaxs ruxiy salomatligining omili SIFATIDA// Mintaqa
iqtisodiyotini investitsiyalashning moliyaviy-huquqiy va innovatsion jihatlari: xalqaro ilmiy-
amaliy konferentsiya materiallari to’plami. 27 may 2020 yil. Moskva. 714-717.
8.
Kadirova. X.A. “Shaxs kasb tanlashi va kasbga yo’naltirishning psixologik mezonlari” 2018
yil.
9.
Qo’chqorova. F.M. “Kasbga yo’naltirish va kasb tanlash asoslari” 2018 yil.
10.
Mamurоonovna, Nuralieva Dildora; Abdulloh, Xaydaraliyev; ,PSYCHOLOGICAL
FOUNDATIONS OF CRIME IN ADOLESCENCE,Uzbek Scholar Journal,10,,550-554,2022
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
130
11.
Atadjanov, M; Xaydaraliyev, A; ,"YANGI O ‘ZBEKISTONDA SHAXS, JAMIYAT VA DAVLAT
XAVFSIZLIGI MASALALARI",O'ZBEKISTONDA FANLARARO INNOVATSIYALAR VA ILMIY
TADQIQOTLAR JURNALI,2,22,92-99,2023
12.
Isakova, M; Xaydaraliyev, A; ,YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH
MOTIVLARINING O‘RGANILISHI,"Евразийский журнал социальных наук, философии и
культуры",3,6 Part 2,16-20,2023
13.
Jumaboyevich, Rajabov Murodil; Usmonali o‘g‘li, Xaydaraliyev Abdullo; ,QORA
TRIADANING XUSUSIYATLARI VA UNGA MOYILLIGI MAVJUD ISHLASH,Conference Zone,,,385-
391,2023
14.
M.Isakova, Abdullo Xaydaraliyev; ,KASB TANLASHNING PSIXOLOGIK FENOMEN
SIFATIDA XORIJIY ADABIYOTLARDA O'RGANILISHI,Zamonaviy ta’lim muhitini tashkil etishda
talaba-yoshlarning o‘rni va ahamiyati‛ mavzusidagi Respublika ilmiy-masofaviy anjumani
materiallari to‘plami,1,1,176-181,2023,Namangan 2023
15.
А.Хайдаралиев, М.Исакова; ,YUQORI SINF O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH
MOTIVLARINING O’RGANILISHI,Международный современный научно-практический
журнал НАУЧНЫЙ ИМПУЛЬС,1,13,63-69,2023,Москва 2023
16.
Isakova, M; Xaydaraliyev, A; ,MAKTAB O‘QUVCHILARIDA KASB TANLASH
MOTIVLARINING
IJTIMOIY-PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARINI
O‘RGANISH,Scientific
Impulse,2,15,345-352,2023.