YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
106
SHAYX MUHAMMAD SODIQ MUHAMMAD YUSUFNING ODOB-AXLOQ
BORASIDAGI QARASHLARI ASOSIDA YOSH AVLODNI TARBIYALASH
Masharipov Raxmatulla Beknazarovich
Xorazm viloyati Urganch tumani
Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom bilim yurti o'qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13846562
Annotatsiya:
Barcha dars jarayonlarida, avvalo har bir oilada a’zolari bilan hazratni
hayotini o’rganish va o’qib borishni yo’lga qo’yishari kerak. Ta‘lim muassasalarida o’quvchi-
talabalarga asosiy vazifasi qilib zhayxni hayotlarini o’qishni vazifa qilib berish hamda u
kishining yozgan kitoblarni o‘qishga havas uyg‘otish, o‘qigan kitoblari asosida vatanga
muhabbat, el-yurt, ota-onaga hurmatni o‘rgatish haqida so`z boradi.
Kalit so`zlar:
Odob-ahloq, namuna, husni-xulq, ta’lim, oila, kitob, adabiyot, tarbiya,
o`qitish, qiziqtirish, jarayon, vazifa.
Kirish.
Bismillahir Rohmanir Rohiym!
Butun dunyoni yaratib insoniyatga xizmat qildirib qo’ygan Alloh taologa bitmas
tuganmas hamdu-sanolar bo’lsin. Insoniyatning eng afzali, eng go’zal xulq sohibi bo’lgan
Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga eng go’zal durudu-
salovotlar bo’lsin. Islom dini go’zal din, tinchlik dini, husni xulq dinidir, Alloh taolo Qur’oni
Karimda buyurgan buyruqlari va qaytargan qaytariqlari hammasi insoniyat kamoloti uchun.
Chunki ulamolardan birlari: Qur’onni o’qib o’rganib chiqdim Qur’on boshidan oxirigacha odob
ekan deganlar. Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hayotlari butun bashariyatga
yuksak ibrat va oliy namunadir. Zero Alloh taolo Qur’oni Karim Qalam surasini 4-oyatida
Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamni
“Siz oliy xulq ustidadirsiz”
deya ulug’ladilar. Bu
jamiki olam va mavjudotni yaratgan Zotning tarifi ekani bizlar uchun shunday
Payg’ambarning ummati bo’lishimiz har birimizda o’zgacha faxr-iftixor uyg’otadi albatta. Yana
Alloh taolo Ahzob surasini 21-oyatida:
“(Ey iymon keltirganlar!) Sizlar uchun – Alloh va
oxirat kunidan umidvor bo’lgan hamda Allohni ko’p yod qilgan kishilar uchun
Allohning payg’ambarida go’zal namuna bordir”.,
deya marhamat qiladi. Hozirga qadar
shunday yuksak xulq sohibining hayotlari, xulqlari, fe’l –atvorlari, xislatlari va fazilatlari
haqida qanchadan-qancha kitoblar bitilgan bo’lsada hech biri Payg’ambarimizining xulqlarini
va hayotlarini to’liq aks ettira olgan emas.
Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga muhabbat qo’ygan va
U zotni sifatlab “Olamlarga rahmat payg’ambar” nomli kitob yozgan zamonamiz ulamolaridan
biri:
Ustozimiz rahmatli, Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarini taxminan
1990 yillardan, ya’ni, U kishi O’rta Osiyo va Qozoqiston musulmonlari idorasi raisi, Mufti
bo’lib, tayinlanganlaridan buyon taniyman. Hazratni o’sha davrlarda birinchi marta
televideniya orqali ko’rganimda bu kishini viqorlari (salobati) va gapirish to’nlari, teran
nutqlariga muhabbatim tushgan hurmatim oshgan edi. Hazrat nihoyatda og’ir bosiq, go’zal
odobli inson edilar. Bu kishini hayotlarini o’rganishim, bu kishini ahloqlarini o’rganishim va
bugungi yoshlarimizga bu kishini namuna qilib olishimiz juda muhimdir. Hazrat hayotda
Pa’yg’ambarimizga munosib ummat o’laroq odob-ahloq va husni-xulqda namuna bo’ldilar
hamda juda ko’p kitoblar yozib qoldirdilar.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
107
Har bir musulmon farzandlarini aqlli, baxtli-saodatli, ilmli va olim-ulamo bo’lishini
istaydi. Shuning uchun kimgadir ixlos qilishi yaxshi albatta, shu bilan birga dinimiz
ko’rsatmarini ham o’rganib amal qilishimiz ham kerak ekan. Bir kishi hazratga xavas qilib
o’g’lini ismini Muhammad Sodiq deb qo’ygan ekanlar, bir kuni hazrat bilan uchrashib qolib:
Hazrat o’g’limga ismingizni qo’ygan edim sizga o’xshasin deb lekin o’g’limga sizga
o’xshamayapti ku, deganlarida Hazrat: farzandingiz Muhammad Sodiqdek bo’lishi uchun siz
Muhammad Yusufdek ota bo’lishingiz kerak degan ekanlar. Rahmatli Muhammad Yusuf xoji
dada o’g’lini olim b’olishi uchun barcha sharoitlarni qilib berish bilan birga, o’ta taqvodor
kechalar 100 rakaatlab tahajjud namozlari o’qib farzandlarini haqqiga duolar qilganlari
sababidan va albatta o’zlarining tirishqoqligi, kitobsevarligi, ilmga chanqoqligi tufayli,
odoblari bilan Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf Hazratlari duonyo tan olgan besh
olimning biri bo’ldilar.
Muhammad Zehniy aytgan ekanlarki: Haqiqiy inson hamisha ilm va hunar olishga
intiladi. Ilm bir daraxt bo’lsa, odob uning mevasidir. Odobsiz ilm mevasiz daraxt kabidir.
Ahloqi muhsiniyn kitobida keltirilishicha Chiroyli odob va yaxshi xulqning 10 ta belgisi
bor ekan. Bularning birinchisi, bo’lar-bo’lmasga odamlar bilan janjallashmaslik. Ikkinchisi
insoflilik. Uchunchisi, birovning aybini qidirmaslik. To’rtinchisi biror kishidan noloyiq ish
sodir bo’lsa, uni yaxshi yo’lga solib yuborish. Beshinchisi agar aybdor o’z aybini bo’yniga olsa,
uni kechirish. Oltinchisi muhtojlarning hojatini chiqarish. Ettinchisi boshqalarga yordam
qo’lini cho’zish. Sakkizinchi o’z nafsini tiya bilish. To’qqizinchisi boshqalarga ochiq chehra
bilan muomala qilish. O’ninchi doim yaxshi so’zlash.
Odobli, bilimdon, mehnatsevar, iymon-e’tiqodli farzand nafaqat ota-onaning, balki butun
jamiyatning eng katta boyligidir. Darhaqiqat, har bir farzand shaxsi oilada shakllanadi. Demak,
oila-barkamol avlod poydevori hisoblanadi. Shunday ekan, oilada farzandlarni axloqiy-
huquqiy jihatdan tarbiyalash, ayniqsa, adolat, burch, vatanparvarlikni shakllantirish, ona
vatanni sevish hissini uyg‘otish o‘ta muhim hisoblanadi.
Oilada farzandlarni o‘z burchiga sadoqat ruhida tarbiyalash mas’uliyat, onglilik, vijdon
kabi fazilatlar bilan chambarchas bog‘liqdir. Bunda ota-onaning o‘zaro samimiy munosabati,
ularning farzandlari bilan yaqin, do‘stona munosabatda bo‘lishi, ularning kelajakdagi orzu-
maqsadlarini tushunib olishlari, farzandlarning sog‘-salomat voyaga yetishlari uchun asos
bo‘ladi.
Inson tarbiya jarayonida yaxshi xulq-atvorga, odatlarga va aql-farosat omillariga ega
bo‘lgan bo‘lsa, hayot saboqlarini shunchalik yaxshi anglaydi va yaxshi ishlarni amalga
oshiradi, va aksincha, qanchalik tarbiyasi kam, hayotiy ko‘nikmalari oz bo‘lsa, bunday shaxs
ba’zan bilib yoki bilmay yomon ishlarga qo‘l uradi.
Hech qachon bolalarni tarbiyalashda yo‘l qo‘yilgan xato-kamchiliklardan ko‘z
yummasligimiz kerak. Hozirgi turmushimizda ba’zi bir odobsiz, bilimsiz, aqlsiz, giyohvand,
ota-onasiga qo‘l ko‘taradigan va o‘z bolalarining baxtsiz yashashiga sababchi bo‘layotgan
kishilar uchraydi. Bundaylarning paydo bo‘lishiga asosiy sababchi ota-onalari-ku? Bolasining
insoniy xatti harakatlariga ularning tarbiyaga loqaydliklari sabab bo‘lgan.
Yaxshi tarbiya, ba’zilar o‘ylaganidek, bir soatlik yoki bir kunlik ish emas. Maqsadli
tarbiya tarbiyachidan chidam, matonat, katta bilim va tajriba talab qiladi. Demak, har bir ota-
ona va o‘qituvchi tarbiyaga oid bilim va malakaga ega bo‘lishi shart.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
108
Bolalar tarbiyasida tezda ijobiy natijalarga erishish uchun ularga bilim berish bilan
birga, ma’lum mehnat jarayonlariga jalb etish, kasb va mutaxassislik sir-sinoatlarini qo‘shib
o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Tarbiya ishining ba’zan samarasiz bo‘lishiga asosiy
sabablardan biri tarbiya jarayonida tartib-intizomning bo‘lmasligidir. Shaxs qanchalik mehr-
muhabbat va tartib-intizom asosida tarbiyalansa, yomon xatti harakatlardan shunchalik uzoq
bo‘ladi.
Tarbiyaning asosiy maqsadi yoshlarni baxt-saodatli, o‘z zamonining aziz, hurmatli va
fidoiy kishisi qilib tarbiyalashdan iborat.
Tarbiyaning murakkabligi shundaki, u hech qachon tugamaydi, ya’ni kishi tug‘ilganidan
to o‘lguniga qadar zarur bo‘ladi. Bundan tashqari, bir tarbiya ko‘rgan avlod o‘rniga kelgan
farzandlarni yana qayta boshdan tarbiya qilish darkor bo‘ladi. Bu esa tarbiyaning tinimsiz
davriyligini va abadiyligini ko‘rsatadi.
Islom ta’limotiga ko‘ra, farzand ota-ona zimmasidagi omonat bo‘lib, ular bu omonat
haqida mas’uldirlar. Farzandlar tarbiyasiga e’tiborsizlik ulkan xato, omonatga xiyonat va kishi
dinining nuqsonidir. Ota-ona farzandining birinchi murabbiyidirlar.
Qu’oni karimda oila ahliga e’tiborning qanchalik zarurligini Alloh taolo shunday bayon
qiladi:
“
Ey mo‘minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli-oilalaringizni o‘tini odamlar va toshlar
bo‘lgan do‘zaxdan saqlangizki, u
(do‘zax)
ustida qattiqdil va qattiqqo‘l, Alloh o‘zlariga
buyurgan narsaga itoatsizlik qilmaydigan, faqat o‘zlariga buyurilgan narsani qiladigan
farishtalar turur
” (Taxrim, 6-oyat)
Har qanday tarbiya, xususan nasihat oilada boshlanadi. Tarbiyaning bosh maqsadi – bir-
biriga mehr-oqibatli insonlarni voyaga yetkazishdir. Ota va onalar yana unutmasinlarki,
bugun farzandlari tarbiyasiga e’tibor bermagan kishi oradan yillar o‘tgach, uysiz, oilasiz
qoladi.
Abu Homid G‘azzoliy farzand tarbiyasi haqida shunday fikrlarni bildiradi: “Bilgin! Bola
tarbiyasi eng muhim ishlardandir. Farzand ota va onaga omonat. Bola qalbi pok, nozik, sodda
va har qanday naqsh va suratdan xoli gavhardir. Unga qanday naqsh solinsa, shunga ko‘ra
shakllanadi, eggan tomonga egiladi. Agar bola yaxshilikka o‘rganib, yaxshilik ichida voyaga
yetsa, dunyo va oxirat saodatini topadi. Albatta bu savobga uning ota-onasi, muallimi va unga
tarbiya bergan har bir kishi sherikdir. Agar bola e’tiborsiz tashlab qo‘yilsa, yomonlik ichida
o‘ssa, badbaxtlikka yuz tutadi va halok bo‘ladi. Bunda gunoh yuki shu ko‘yga solganlarning,
ota-onaning zimmasiga yuklanadi” deydi. Bu xususda Alloh taolo Tahrim surasida
“Ey
mo‘’minlar, sizlar o‘zlaringizni va ahli oilalaringizni do‘zaxdan saqlangiz”
, deb
ogohlantiradi.
Tarbiyaning ikki asosi bor: fazilatni qo‘riqlaydigan go‘zal axloq va yaramas yo‘ldan,
yomon ahvolga tushishdan saqlaydigan hushyorlik. Ota farzandini dunyo olovidan qanchalik
himoya qilsa, oxirat olovidan undan-da ko‘proq himoya qilmog‘i kerak. Odobu tarbiya
vositasida yaxshi xulqlarni o‘rgatish, yomonliklardan qaytarish, to‘kin-sochinlikka
odatlantirmaslik, ziynatga muhabbat uyg‘otmaslik bilan ota farzandini oxirat olovidan
asraydi.
Farzand tarbiyasi qanchalik erta boshlansa, tarbiya natijasi shunchalik samarali bo‘ladi.
Chunki erta yoshda ularni yaxshilik tomon burish osonlik bilan kechadi. Tarbiyasizlikdan
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
109
vujudga kelgan yomon xulq va odatlarni keyinchalik qayta tarbiyalash yo‘li bilan tuzatish
mumkin. Ammo buning uchun ko‘p mehnat sarf qilishga to‘g‘ri keladi.
References:
1.
Qur’oni Karim.
2.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Tafsiri hilol”.
3.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Bahtiyor oila”.
4.
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Sog’lom bola”.
5.
“Odob va odoblilar” Abdumurod Xolmurod o’g’li va b.