YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
100
MUHAMMADNIYOZ NISHOTIYNING “QUSHLAR MUNOZARASI” ASARIDAGI
QUSHLAR OBRAZI BADIIYATI
Moxichehra Muxammadiyeva
ToshDO‘TAU tayanch doktoranti
E-mail: muhammadiyevamohichexra@gmail.com
Tel: (90) 9035878
https://doi.org/10.5281/zenodo.13846130
Muhammadniyoz Nishotiy XIII asar Xorazm adabiyoti rivojiga munosib hissa qo‘shgan
ijodkorlardan biridir. Nishotiy 1701 yilda Xorazmda tavallud topgan. Muhammadniyoz
Xivadagi maktab madrasalarida o‘qib bilim olgan, ko‘pgina ilmlarga, jumladan, she’riyatga
alohida qiziqish bilan qaragan. Zamonasining madaniyatli, ma’rifatli kishisi bo‘lib yetishgan va
“Nishotiy” taxallusi bilan she’rlar yozib, xalq orasida tanilgan. Uning adabiy merosi “Husnu
Dil” dostoni, “Qushlar munozarasi” manzumasi hamda 1500 misra she’r ya’ni 38 g‘azal, 14
muxammas, 1 qasida va musaddasdan iborat. Nishotiyning lirik she’rlari “Gazaliyot va
muxammas-oti Nishotiy (bu 1903 yilda Muhammad Yusuf Chokoriy tomonidan ko‘chirilgan
nusxa bo‘lib) O`z.SSR F.A.Sh.I.da saqlanadi. Shuningdek ayrim she’rlari “Bayozi mutafarriqa”,
“Bayozi majmuai ash’or”, “Muxammasoti mutafarriqa” kabi manbalardan o‘rin olgan. Uning
lirikasida ko‘proq dunyoviy muhabbat, o‘z kechinmalari, zamona xaqidagi fikr-mulohazalar
ifodalagan. Nishotiy ijodiga doir qarashlar V.Abdullayev, X.Rasul, M.Qosimova, A.Qayumov,
M.Tursunov, B.Volixo‘jayev, M.Abdurahmonova, Ayyomiy, I.Adizovalarning tadqiqotlarida
uchraydi
1
. “Qushlar munozarasi” allegorik-majoziy xarakterga ega bo‘lib, 300 misradan
iborat. Asarda 14 xil qushning o‘zaro bahsu munozaralari orqali o‘sha davrdagi ijtimoiy
tuzumga xos illatlar, jaholat, mansabparastlik, manmanlik majoziy shaklda tanqid qilingan,
mehnat ahlining kamtarligi ulug‘langan.
Shoir bahor faslida xushmanzara bog‘da ko‘pgina qushlarning tortishuvi, bahsini
kuzatadi va shu haqda asar yaratish niyati bilan
Do`stlar to‘bim imtihon qilayin,
Qushlarning bahsini bayon etayin...
deb, asosiy voqea tavsifiga o‘tadi. Asarda, akka, zog‘, qumri, foxtak , bulbul, to‘ti,
qirg‘ovul, kaklik, qarchig‘ay, o‘rdak, qashqaldoq, tovus, humo, hudhud kabi 14 qushning
o‘zaro munozarasi bayon etiladi.
Qish chiqib, hut etti chun tahvil,
Boʻldi Laklak tamom qushgʻa dalil.
Qatʼ etib yoʻlni shahri Qesh keldi,
1
Abdullayev V. Xokisor va Nishotiy.-Samarqand, 1960.
Abdullayev V. XVII-XVIII asrlarda Xorazmda o‘zbek adabiyoti. Dok.diss... Samarqand, 1958.
Abdullayev V. O‘zbek adabiyoti tarixi. Ikkinchi kitob.-T.: O‘qituvchi, 1964.
Xolid Rasul. Nishotiy va uning “Husn-u Dil” dostoni//O‘zbek adabiyoti masalalari.-T.:1962, 4-son.
Xolid Rasul. Nishotiy. Husn va Dil. Lirika.-T.: G‘,G‘ulom, 1967. 1-18-betlar.
Rasulov X. O‘zbek epik she’riyatida xalqchillik.-T.:1973. 29-56-betlar.
Qosimova M. Muhammadniyoz Nishotiy.-T.: Fan, 1975. O‘zbek adabiyoti. III tom.-T, 1959. 444 – 467-betlar.
Qayumov A. Qo‘qon adabiy muhiti.-T, 1961. 5-bet Tursunov M., O‘rinboyev B. O‘zbek adabiy tili tarixi.-T.: Fan,
1982. 101 – 104-betlar
Valixo‘jayev B. O‘zbek epik poeziyasi tarixidan.-T.:Fan, 1974.
Abduvohidova M. Nishotiyning “Shohboz va Bulbul” munozarasi//Adabiy meros.-T.: 1976, 3 – son Ayyomiy. O‘t
chaqnagan satrlar.-T.:1983.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
101
Sevunub xalq dedi: “Xush keldi!”
Laylak xalq og‘zaki ijodida qut-baraka, ezgulik ramzi sifatida ifoda etiladi. Asarda bahor
faslining kirib kelishi, laylaklarning uchib kelishi bilan izohlanadi. Navbat bilan qushlar
munozarasi (akka, zog‘, qumri, foxtak , bulbul, to‘ti, qirg‘ovul, kaklik, qarchig‘ay, o‘rdak,
qashqaldoq, tovus, humo) boshlanadi. Har bir qush kibrga beriladi, o‘z xususiyatlarini maqtab,
lof urib, bir-birlarini kamsitishadi va o‘zlarini barchadan ustun qo‘yishadi. Dastlab akka va
zog‘ munozaraga kirishadi. Akka uchragan narsani olib qochib, iniga to‘plab yuradigan o‘g‘ri
qush, akka fe’lli yulg‘ich odamlar shu darajada surbetki, ular hatto qo‘lga tushgan taqdirda
ham boshqalardan uyalish tuyg‘usidan begonadir. Qarg‘a – qadimiy, sirli va murakkab obraz
bo‘lib, dunyo xalqlari folklor namunalarida yer, yerosti, osmon, quyosh, suv bilan bog‘liq
qarashlarda uchraydi. Afsonalarda aytilishicha, Nuh payg‘ambar to‘fonning 40 kuni kema
darchasini ochib quruq yer xabarini keltirish uchun avval qarg‘ani, keyin kabutarni uchirib
yuboradi. Qarg‘aning mas’uliyatsizligi va xiyonatidan farqli holda kabutar ikkinchi marta
uchurib yuborilganida quruq yer xabarini zaytun navdasini keltirish orqali ma’lum qiladi
2
.
Shundan so‘ng kabutar tinchlik, osoyishtalik, poklik ramziga aylanadi va qarama-qarshi obraz
sifatida adabiyotda qo‘llanila boshlanadi. “Devonu lug‘atit turk” asarida ham qarg‘a obrazi
hayot tirikchiliklariga dosh bera olmaydigan, yengil-yelpi hayot kechirgan, ochko‘z, birovning
haqiga ko‘z olaytiradigan odamlarning obrazi sifatida tasvirlangan.
Qarg‘a qali bilsa, sunin ol buz soqar,
Avchi yashib tuzoq taba menga baqar.
Och ham tashna bo‘lgan qarg‘a muzni buzar
Parvo qilmay tuzoq sari tumshuq cho‘zar.
3
Shuningdek, To‘ti xudbinlik va shaxsiyatparastlik timsoli, Tovus tashqi go‘zallik bilan
mag‘rurlanish, Kabki dariy va Kuf shaxsiy boylik va mol-dunyo yig‘ishga mukkasidan ketish,
Qarchig‘ay johillik va shuhratparastlik kabi illatlarning majoziy timsollari hisoblanadi. Barcha
qushlar faqat o‘zlarini barchadan ustun qo‘yishganidan so‘ng, bulbul hudhudni chaqiradi.
Dastlab Hudhud obrazini “Lison ut-tayr” yo‘nalishidagi dostonlarga fors tasavvuf
adabiyotining yetakchi vakili Farididdin Attor o‘zining “Mantiq ut-tayr”iga markaziy
qahramon sifatida olib kirdi: “Shoirning mazkur mavzuni rivojlantirishga qo‘shgan ulushini
belgilovchi omillardan yana biri dostonda Hudhud obrazining mavjudligi bilan xarakterlanadi.
Hudhud asarning yetakchi qahramonlaridan biri bo‘lib, asarda tasvir etilgan barcha
voqeahodisalar bevosita uning faoliyati bilan bog‘liq holda berilgan... Attor Hudhud obrazini
ushbu mavzu doirasiga olib kirar ekan, birinchi galda u haqdagi Sharq folklori va Qur’onda
mavjud (XXVII sura 20 oyat) ayrim tasavvurlarga asoslanadi
4
. “Lison ut-tayrdoston” ida
hudhud qushlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, ularga pand-nasihat qiluvchi, umumtasavvufiy fikr
yurituvchi shayx, pirning allerogik obrazi sifatida ifodalangan. Ushbu asarda ham hudhud
donishmad va yo‘lboshchi sifatida tasvirlanadi. Hudhud qushlarga bir hikoya ytib beradi. Ya’ni
Bir kuni tushti koʻkdin boron,
Koʻrsakim yer, muhit bepoyon.
2
Shukurova Zilola. Mumtoz nasrda og‘zaki ijod an’anasi (Qisasi Rabg‘uziy” asari misolida). – Toshkent: Zukko
kitobxon, 2020. – B. 72.
3
Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘atit turk. – Toshkent: 1984. 401-bet.
4
Raxmonova, Sh.M. 2022. "Irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati". O‘zbekiston: til va
madaniyat. 2 (2): 26-41.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
102
Munda tushtiyu munfail boʻldi,
Tushkaniga base xijil boʻldi.
Dedi: – Man munda kimki jo qilsam,
Bahr ila bahs, mojaro qilsam.
Koʻrgach oʻzini kam oʻshul yomgʻur,
Sadaf ichiga tushtiyu b.oʻldi dur.
Hudhud ul dam soʻz“n ado qildi.
Barcha qushlar apga duo qildi.
Ya’ni bir kuni bo‘ron osmondan yerga tushadi va yerni juda bepayon ekanligini ko‘radi.
U yerga tushganiga hijolat bo‘la boshlaydi va kim bilan majaro qilishni bilmaydi. Sadafni ichiga
tushadi va durga aylanadi. Demak inson qachonki, o‘zini anglasa, qalbiga nazar solsa, nafsini
jilovlay olsa, qalbidagi sadafni ko‘radi va ko‘ngil ko‘zi ochiladi.
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, ushbu asar majoziy xarakterga ega bo‘lib, qushlar
obrazi orqali jamiyatdagi insonlarning, amaldorlarning qalb ko‘zi yopiqligi, manmanlik,
xudbinlik, o‘zini boshqalardan ustun qo‘yish kabi illatlar avj olganligiga urg‘u beriladi,
References:
1.
Abdullayev V. Xokisor va Nishotiy.-Samarqand, 1960.
2.
Abdullayev V. XVII-XVIII asrlarda Xorazmda o‘zbek adabiyoti. Dok.diss... Samarqand,
1958.
3.
Abdullayev V. O‘zbek adabiyoti tarixi. Ikkinchi kitob.-T.: O‘qituvchi, 1964.
4.
Xolid Rasul. Nishotiy va uning “Husn-u Dil” dostoni//O‘zbek adabiyoti masalalari.-
T.:1962, 4-son.
5.
Xolid Rasul. Nishotiy. Husn va Dil. Lirika.-T.: G‘,G‘ulom, 1967. 1-18-betlar.
6.
Rasulov X. O‘zbek epik she’riyatida xalqchillik.-T.:1973. 29-56-betlar.
7.
Qosimova M. Muhammadniyoz Nishotiy.-T.: Fan, 1975. O‘zbek adabiyoti. III tom.-T,
1959. 444 – 467-betlar. Qayumov A. Qo‘qon adabiy muhiti.-T, 1961. 5-bet 8.Tursunov M.,
O‘rinboyev B. O‘zbek adabiy tili tarixi.-T.: Fan, 1982. 101 – 104-betlar
8.
Valixo‘jayev B. O‘zbek epik poeziyasi tarixidan.-T.:Fan, 1974.
9.
Abduvohidova M. Nishotiyning “Shohboz va Bulbul” munozarasi//Adabiy meros.-T.:
1976, 3 – son Ayyomiy. O‘t chaqnagan satrlar.-T.:1983.
10.
Shukurova Zilola. Mumtoz nasrda og‘zaki ijod an’anasi (Qisasi Rabg‘uziy” asari
misolida). – Toshkent: Zukko kitobxon, 2020. – B. 72.
11.
Mahmud Qoshg‘ariy. Devonu lug‘atit turk. – Toshkent: 1984. 401-bet.
12.
Raxmonova, Sh.M. 2022. "Irfoniy dostonlarda vazn va mazmun munosabati".
O‘zbekiston: til va madaniyat. 2 (2): 26-41.