YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
82
UMUMIY OʻRTA TA’LIM MAKTABLARIDA TASVIRIY SAN’AT FANINING OʻRNI
VA AHAMIYATI
Baymetov Botir Boltaboyevich
Chirchiq davlat pedagogika universiteti professori
Xamraqulova Muqaddam Tojiqoʻzi qizi
Chirchiq davlat pedagogika universiteti doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13837396
Annotatsiya:
Ushbu maqola umumiy oʻrta ta’lim maktablarida tasviriy san’at fani
oʻqitilishining yoshlar tarbiyasidagi oʻrni, fanning maqsad va vazifalari, fanning rivojlanishiga
hissa qoʻshgan jahon namoyondalari, tasviriy san’atning inson kamolotidagi ahamiyati
toʻgrisida keng fikrlar yuritadi hamda metodik tavsiyalar beriladi.
Аннотация:
В данной статье дано широкое мнение о роли преподавания
изобразительного искусства в общеобразовательных школах в воспитании молодежи,
представлены цели и задачи науки, мировые проявления, способствовавшие развитию
науки, роль изобразительного искусства в развитии человека и даны методические
рекомендации.
Abstract:
This article gives a broad opinion about the role of teaching fine arts in
secondary schools in the education of young people, presents the goals and objectives of
science, world manifestations that contributed to the development of science, the role of fine
arts in human development and gives methodological recommendations.
Kalit soʻzlar:
tasviriy san’at, oʻqituvchi, oʻquvchi, rassom, ijod, fikr, idrok, ta’lim-tarbiya,
yosh avlod, borliq, tabiat, koʻnikma, rassom.
Ключевые слова:
изобразительное искусство, творчество, композиция, учитель,
студент, художник, творчество, мысль, восприятие, образование, молодое поколение,
сущность, природа, навыки, художник.
Keywords:
fine arts, creativity, composition, teacher, student, artist, creativity, thought,
perception, education, young generation, essence, nature, skills, artist.
Umumiy oʻrta ta’lim maktablarida tasviriy san’at oʻquv predmetining maqsadi barkamol,
komil insonni uning badiiy madaniyatini shakllantirishga qaratiladi. Tasviriy san’at oʻquv
predmeti har har bir inson uchun zarur boʻlgan badiiy madaniyatga doir elementar bilim va
malakalar beradi. Chunki har bir oʻquvchi kelajakda qaysi sohada ishlashidan qat’iy nazar u
ishdan tashqari vaqtlarida dam olishi, hordiq chiqarishi, ish vaqtida sarflangan quvvatini
tiklashi kerak boladi. Bunga u yuksak badiiy saviyada ishlangan san’at asarlari bilan muzey,
koʻrgazmalar va boshqa joylarda tanishish, ularni idrok etish, ulardan zavqlanish orqali
erishadi. Oʻquvchilar oʻzlarining kelajak hayotlarida ma’lum miqdorda rasm ishlashlariga
toʻgʻri keladi.
Maktabda tasviriy san’at mashgʻulotlarining vazifalari haqida toʻxtalganda ularni shartli
ravishda ikki qismga boʻlish mumkin.
1.
Tasviriy san’at darslarining oʻziga xos, maxsus vazifalari hisoblanib ular: borliqdagi va
san’atdagi goʻzalliklarni koʻra bilish, idrok etish, tushinish va qadrlashga oʻrgatish; estetik va
badiiy didni oʻstirish; bolalar badiiy fikr doirasini kengaytirish; badiiy ijodiy qobiliyat va
fantaziyani rivojlantirish; tasviriy san’atning nazariy asoslari (yorugʻ,soya,rangshunoslik,
perspektiva, kompazitsiya) bilan tanishtirish; rasm ishlash, haykal yasash, badiiy
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
83
qurishyasash yuzasidan elementlar, malakalar hosil qilish; kuzatuvchanlik, koʻrish xotirasi,
chamalash qobiliyati, fazoviy va obrazli tasavvurlarini, abstrakt va mantiqiy tafakkurni
rivojlantirish; tasviriy, amaliy me’morchilik san’at asarlarini tushungan holda oʻqiy olishga
oʻrgatish; san’atga nisbatan qiziqish uygʻotish uni qadrlashga, sevishga oʻrgatish.
2.
Tasviriy san’at darslarining qoʻshimcha vazifalari,ular; borliqni, hayotni bilishga
koʻmaklashish; milliy gʻurur va milliy istiqlol mafkurasini amalga oshirish; bolalarga axloqiy
(vatanparvarlik, baynalminal); mehnat, jismoniy tarbiyani amalga oshirish; bolalarni turli
kasb va hunarga yoʻllash.
Tasviriy san’at oʻquv predmetining maqsadi va vazifalari haqida toʻxtalganda yana shuni
qayd qilish lozimki, u maktabda oʻqitiladigan deyarli barcha oʻquv predmetlari bilan
bogʻlanadi va ular yuzasidan materiallarni oʻzlashtirishga samarali ta’sir korsatadi. Ayniqsa u
oʻqish, adabiyot, geografiya, tabiatshunoslik, biologiya, tarix, matematika, mehnat darslarida
alohida ahamiyat kasb etadi. Tasviriy san’at, hattoki, jismoniy tarbiya, kimyo, musiqa darslari
uchun ham foydalidir. Shuni ham qayd qilish lozimki, tasviriy san’at estetik tarbiyani amalga
oshirishga qaratilgan boʻlsada u axloqiy, mehnat, ekologik, jismoniy tarbiya darslari
samaradorligini oshirishga ham xizmat qiladi.
Maktabda tasviriy san’at estetik tarbiyani amalga oshirishga yonaltirilgan asosiy oʻquv
predmeti hisoblanib, u quyidagi yonalishlarda amalga oshiriladi:
Oʻquvchilarning tabiat, sanat va hayotdagi goʻzalliklarni idrok etishga oʻrgatish:
Oʻquvchilarning estetik didini tarbiyalash, goʻzallikni baholay olish qobiliyati, haqiqiy
goʻzallikni xunuk voqea va narsalardan farqlay bilishga oʻrgatish;
Shaxsning tasviriy-ijodiy faoliyatida oʻzini koʻrsata bilishga, hatti-harakatini
qoʻllabquvvatlash va hayotga goʻzallik kiritish malakalarini oʻstirish:
Bolalarning badiiy fikr doirasini kengaytirish va boshqalar.
Tasviriy san’at oquv predmetining muhim vazifalaridan biri u bolalarda
kuzatuvchanlikni oʻstirish, borliqni koʻra bilish, qolaversa shu orqali xotirani rivijlantirish
hisoblanadi. Ma’lumki, odamzod tevarak-atrofdan olayotgan axborotlarning deyarli 90% dan
ortigʻini koʻz orqali oladi, qolgan 10% ni quloq, burun, ogʻiz va boshqa a’zolar orqali
oʻzlashtiradi. Bundan koʻrinib turibdiki, kishilar faoliyatida koʻz va xotirani rivojlantirish
nihoyatda katta ahamiyat kasb etadi. Bu sifatlar bolalar tomonidan borliqni idrok etish
mashgʻulotlarida, shuningdek, naturadan tasvirlash, san’atshunoslik asoslari mashgʻulotlarida
alohida ahamiyatlidir. Bunday darslarda oʻquvchilar narsalar va hodisalarning tuzilishi, shakli,
rangi, oʻlchovlari, fazoviy joylashishi, harakat goʻzalligini kuzatadilar hamda ularni oʻz
xotiralarida saqlab qolishga harakat qiladilar.
Kuzatuvchanlikni mohiyati shundaki, bunda bolalar narsa va hodisalar haqida keng va
chuqur tasavvurga ega boʻladilar. Masalan, kuzatuvchanligi rivojlanmagan kishilar gulni
kuzatar ekanlar, unga nisbatan yuzaki yondoshadilar,ya’ni gul bandi, guli, yaproqlari, gul
rangiga oʻz e’tiborlarini qaratadilar.
Kuzatuvchanligi rivojlangan kishilar esa gullarning gul bandi, guli, yaproqlari va
boshqalarning oʻlchovlari, oʻlchov nisbatlari, har bir qismning rangi, yaproq va gulbarglarning
joylashuvini bir koʻrishdayoq eslab qoladilar. Bolalarning kuzatuvchanligi va sinchkovligi, oʻz
oʻrnida narsalar haqidagi ma’lumotlarni xotirada yaxshi saqlanib qolishga ta’sir koʻrsatadi.
Shuning uchun ham xotirani ayniqsa, koʻz xotirasini rivojlantirishda tasviriy san’at oʻquv
predmetining qanchalik ahamiyatli ekanligi oydinlashadi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
84
Tasviriy san’at darslarining eng muhim vazifalaridan biri tasviriy, amaliy va
me’morchilik san’atlari asarlarini oʻqishga oʻrgatishdir. Tasviriy san’at asarlari ertak, hikoya,
doston, roman kabi ma’lum bir mazmunni aks ettiradi. Biroq uni kitob oʻqigandek oqib
boʻlmaydi. Tasviriy san’at asarlarini oʻziga xos tili bor. Ularni bilgan kishilargina oʻqiy oladilar.
Xususan rassomlar, chiziqlar, ranglar, oʻlchovlar, kompazitsiya, proportsiya, ritm,
simmetriya shakl kabi ifodalilik vositalari yordamida asar mazmunini ochib beradilar.
Tasviriy san’at oʻquv predmeti yoshlarning estetik tarbiyasida ahamiyatli bolibgina
qolmay balki, axloqiy tarbiyada ham salmoqli oʻrinni egallaydi. Ayniqsa, tasviriy san’at
darslari yoshlarda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirishda, vatanparvarlik va baynalbinnal
tarbiyada, doʻstlik va oʻzaro yordam gʻoyalarini tashkil toptirishda katta kuchga ega. Maktab
tasviriy san’at dasturiga nazar solar ekanmiz unda Vatanimizning buyuk oʻtmishi,
vatandoshlarimizning mustaqillik uchun olib brogan kurashlari, Oʻzbekistonning nafosatga
toʻla tabiati, xalqlar doʻstligi gʻoyalarini ifoda etuvchi tasviriy san’at asarlari bilan tolib
toshganligining shohidi boʻlamiz.
Masalan ona tuproq uchun kurash olib borgan, Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi,
Spitamen, Muqnna kabi buyuk vatandoshlarimiz hayoti va obrazlarini, Oʻzbekistonning rango-
rang goʻzal manzaralarini, oʻzbek xalqining Respublikamizda yashayotgan boshqa millat
vakillari bilan tinch-totuv mehnat qilayotganligini tasvirlovchi tasviriy san’at asarlari mavjud.
Ularni oʻrganish jarayonida bolalar san`atning qonun va qoidalari bilan tanishadilar, yuqorida
qayd qilingan mazmunda rasmlar ishlaydilar.
Xulosa oʻrnida aytish mumkinki, inson uchun zarur bilimlar miqyosi tobora kеngayib
borayotgan hozirgi sharoitda muayyan faktlar yigʻindisini oʻzlashtirish bilan chеklanib
boʻlmaydi. Shuning uchun oʻquvchilarga oz bilimlarini mustaqil ravishda toldirib va boyitib
borishni, ozining diqqat-e'tiborini ilmiy va siyosiy axborotlarning eng muhimlariga qaratishni
oʻrgatish kеrak. Bu vazifa oʻquvchilarning tasviriy san’at darslar ini ta'lim-tarbiya jarayoni
bilan uzviy bog`liq holda kеngaytirish va rivojlantirishni taqozo etadi.
References:
1.
N.Saidaxmedov ”Yangi pedagogik tehnalogiyalar”.”Moliya” nashriyoti 2003-yil Toshkent.
2.
B.Azimova “Natyurmort tuzish va tasvirlash”.”Oʻqituvchi” nashriyoti 1984-yil Toshkent.
3.
N.Abdullayev San’at tarixi.1-tom.”Oʻqituvchi” nashriyoti 1986-yil Toshkent
4.
S.Abdirasilov. Tasviriy san’at oʻqitish metodikasidan amaliy mashg’ulotlarni
bajarish.1996-yil Toshkent.
5.
B.N.Oripov. Tasviriy san’atni oʻqitishning zamonaviy pedagogik tehnalogiyasi,didaktikasi
va metodikasi.”Ilm-ziyo” nashriyoti 2013-yil.
6.
S.F.Abdirasilov. Tasviriy san’atni oʻqitish metodikasi.2012-yil Toshkent.
7.
B.Oripov. Tasviriy san’at va uni oʻqitish metodikasi.”Ilm-ziyo nashriyoti” 2005-yil
Toshkent.
8.
R.Hasanov.
Maktabda
tasviriy
san’at
mashgulotlarini
takomillashtirish
yoʻllari.”Oʻqituvchi” nashriyoti 1986-yil Toshkent.
9.
R.Xasanov. Maktabda tasviriy san’at oʻqitish metodikasi. ”Fan” nashriyoti 2004-yil
Toshkent.
10.
B.N.Oripov. tasviriy san’at kabineti darsdan tashqaridagi tarbiyaviy ishlar.1974-yil
Toshkent.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
85
11.
R.Hasanov.Narsaning oʻziga qarab rasm chizish.1986-yil Toshkent.
12.
B.Boymetov.”Qalamtasvir”oʻquv qoʻllanma.”ILM-ZIYO” nashriyoti. 2017-yil Toshkent.
13.
Muratovich, M. R., & Abdurahmonovich, Q. A. (2021). Children's and Girls' Community
Learning and Raising Their Children's Community. Academicia Globe, 2(10), 92-98.
14.
H.Muratov .“Qalamtasvir” oʻquv qoʻllanma.”Ijod-print” nashriyoti. 2020-yil. Toshkent.