Авторы

  • Jumagul Muqimjonova
    Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani, 19-umumta’lim maktabi 2-toifali ingliz tili oʻqituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.46971

Аннотация

Pragmatika tilshunoslikning muhim boʻlimlaridan biri boʻlib, u soʻzlovchining gapirishdan maqsadi, tinglovchining vaziyati, shaxslarning ruhiy holati, oldingi dialog va boshqa omillarni oʻrganish bilan shug’ullanadi. Pragmatikaning asosiy obyekti nutqiy aktdir. Nutqiy akt 3 ta asosiy qisimdan iborat boʻladi: akt muallifi, matn va aktni oʻzlashtiruvchi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

80

OʻZBEK VA INGILIZ TILLARIDA PRAGMATIK TOʻSIQNI YUZAGA

KELTIRUVCHI OMILLAR

Muqimjonova Jumagul Moʻydinjoq qizi

Fargʻona viloyati Uchkoʻprik tumani,

19-umumta’lim maktabi 2-toifali ingliz tili oʻqituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13836659

Pragmatika tilshunoslikning muhim boʻlimlaridan biri boʻlib, u soʻzlovchining

gapirishdan maqsadi, tinglovchining vaziyati, shaxslarning ruhiy holati, oldingi dialog va
boshqa omillarni oʻrganish bilan shug’ullanadi. Pragmatikaning asosiy obyekti nutqiy aktdir.
Nutqiy akt 3 ta asosiy qisimdan iborat boʻladi: akt muallifi, matn va aktni oʻzlashtiruvchi.

“Pragmatik toʻsiq” tushunchasi birinchi boʻlib 1983 yilda angilyalik olim Jenni Tomas

tomonidan ishlatilgan. Uning nazariyasiga koʻra pragmatik toʻsiq bu- tinglovchining soʻzlovchi
nutqini uning vaziyatidan kelib chiqib tushinmasligidir. J.Tomas pragmatik toʻsiqni ikkiga
ajratadi: pragma-linguistik toʻsiq va ijtimoiy-pragmatik toʻsiq. Pragma-linguistik toʻsiq nutq
aktining ma’lum strategiyalari bir tildan boshqasiga notoʻg’ri oʻtkazilganda yoki soʻzlovchining
fikri ona tilidagi boshqa soʻzlovchilarning umumiy fikriga zid kelganda yuzaga keladi. Bundan
farqli oʻlaroq, ijtimoiy-pragmatik toʻsiq ma’lum bir nutqiy akt haqida turli xil
tushunchalarning paydo boʻlishi natijasida yuzaga keladi.

Oʻzbek tilida tinglovchiga yot uslubda qoʻllanilgan soʻzlar, soʻzlovchining me’yorsiz

nutqiy hatti-harakatlari, ifoda talaffuzining me’yorsiz uslubi, soʻz va soʻz birikmalarining
ma’nosiga nomuvofiq qoʻllanilganligi pragmatik toʻsiqning paydo boʻishiga sabab boʻishi
mumkin. Ba’zida soʻzlovchi va tinglovchining turli xil ijtimoiy guruhdan ekanligi, millatlari,
ona tillari oʻrtasidagi farq ham pragmatik toʻsiqning yuzaga kelishiga bir sabab boʻlib xizmat
qilishi mumkin. Shuning uchun biror til oʻrganayotganda oʻsha tilda soʻzlashuvchilarning
muloqot madaniyati, an’nanalarini ham oʻrganish oʻrganilayotgan tildan samarali foydalainish
uchun muhim omildir.

Tilshunos Kiselevaning ta’kidlashicha, tildagi u yoki bu nutqiy hodisani pragmatik toʻsiq

deb tasnif qilinishida quyidagilarga e’tibor beriladi:
1.

Rejalashtirilgan pragmatik effektning belgilari

2.

Soʻzlovchi va tinglovchi oʻrtasidagi ijtimoiy munosabat

3.

Intelekt imkoniyati fondi va xarakteri

4.

Lingvistik materialning xususiyati
Pragmatik toʻsiqni aniqlash soʻzlovchi uchun hech qanday qiymatga ega emas, bunda

faqat tinglovchining holati e’tiborga olinadi.

Shuningdek, Kiseleva pragmatik toʻsiqni lisoniy va nolisoniy kabi turlarga ajratdi. Uning

nazariyasiga koʻra lisoniy pragmatik toʻsiqlarning oʻzi ham ikkiga ajraladi. Bular ifodaning
hosil boʻlishi bilan bog’liq toʻsiqlar (juda tez talaffuz qilish, husnixatni oʻqib boʻlmaydigan
darajada boʻlishi) va ifoda formasi bilan bog’liq toʻsiqlar (notoʻg’ri talaffuz, notoʻg’ri soʻz
qoʻllash, notoʻg’ri gramatik forma, sintaktik qurilmalarning notog’ri qoʻllanilishi).

Deyarli barcha tillarda pragmatik toʻsiqlar va ularning kelib chiqish sabablari bir-birga

oʻxshash. Ba’zi holatlardagina farqlarni koʻrishimiz mumkin. Ingiliz tili bugungi kunda eng
koʻp faol foydalanuvchilari bor boʻlgan til hisoblanadi. Bu degani, ingiliz tildan turli xil yuzlab
millatlarga mansub insonlar foydalandi. Shu sababli ingiliz tili foydalanuvchilari orasida eng
koʻp uchraydigan pragmatik toʻsiqning sababi millatlar orasidagi madaniy farqlardir.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

81

Shunindek, birinchi tili boshqa til boʻlgan foydalanuvchilarning birinchi tilidagi tezligi juda tez,
yoki juda sekin boʻlishi, aksenti, ba’zi tovushlarning ona tilisida yoʻqligi ingiliz tilisiga ham
ta’sir qilib pragmatik toʻsiqni paydo qiladi. Lekin bu hodisalar oʻzbek tilida koʻp kuzatilamaydi.
Chunki oʻzbek tilining faol foydalanuvchilari asosan bir hududda istiqomat qilishadi va
ularning kelib chiqishi, millatlari deyarli bir biriga yaqin. Lekin ingiliz tili foydalanuvchilari
butun dunyodagi deyarli barcha davlatlarda istiqomat qiladi. Ba’zilari uchun oddiy hol boʻlgan
holatlar, oson boʻlgan tushunchalar ba’zi foydalanuvchilar uchun mavhum.

References:

1.

Киселева Л.А. Вопросм теории речевого воздействия. -Л.: Изд-воЛГУ, 1983.

2.

Магжан Сауле. Виды парадействий в языке и исследование невербальных

элементов в языкознании. // Успехи современного естествознания.2012. – No 2.
3.

Хайруллин В.И. Лингвокультурологические и когнитивные аспекты перевода. –

Москва, 1995.
4.

Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tili omonimlarining izohli lug‘ati. –T.:Oʻqituvchi, 1984.

5.

Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – T., 2002.

6.

http://hozir.org/toshkent-davlat-sharqshunoslik-instituti-tarjimashunoslik-

v2.html?page=109

Библиографические ссылки

Киселева Л.А. Вопросм теории речевого воздействия. -Л.: Изд-воЛГУ, 1983.

Магжан Сауле. Виды парадействий в языке и исследование невербальных элементов в языкознании. // Успехи современного естествознания.2012. – No 2.

Хайруллин В.И. Лингвокультурологические и когнитивные аспекты перевода. – Москва, 1995.

Rahmatullayev Sh. Oʻzbek tili omonimlarining izohli lug‘ati. –T.:Oʻqituvchi, 1984.

Hojiyev A. Tilshunoslik terminlarining izohli lug‘ati. – T., 2002.