YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
76
O‘ZBEKISTON KOMPOZITORLARI IJODIDA MIKSODIATONIKANING O‘RNI
Mulladjanova Hilolaxon Jamoliddin qizi
O`zRFA San`atshunoslik instituti tayanch doktoranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.13833520
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekiston kompozitorlari yaratgan asarlarda tabiiy
ladlar asosida hosil bo‘lgan miksodiatonik tovushqatorlar turlari va qo‘llanilish usullari batafsil
yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
lad, tetraxord, miksodiatonika, tovushqator, kompozitor, texnika, an'anaviy
musiqa.
Аннотация:
В статье подробно рассматриваются миксодиатонические звукоряды,
сформированные на основе натуральных ладов, а также способы их использования в
произведениях композиторов Узбекистана.
Ключевые слова:
лад, тетрахорд, миксодиатоника, звукоряд, композитор,
техника, тардиционная музыка.
Annotation:
The article examines in detail mixodiatonic scales formed on the basis of
natural modes, as well as ways of using them in the works of composers of Uzbekistan.
Key words
: mode, tetrachord, mixodiatonic, scale, composer, technique, traditional
music.
Jaxon kompozitorlik amaliyotida XIX asrning ikkinchi yarmidan lad tizimining jadallik
bilan kengayish jarayoni tahminan XX asrning yarmidan turli sintez tendentsiyalari bilan ajralib
turadigan yangi bosqichga qadam qo‘ya boshladi. XX-XXI asr musiqasida tabiiy ladlarning
ulushi nafaqat ortibgina qolmay, balki ularning turlari va foydalanish usullari ham sezilarli
darajada boyidi. Asosiy tuzilmalar bilan bir qatorda murakkab, kombinatsiyalashgan, xilma-xil
shakllar keng tarqaldi. Murakkablik lad shakllarining turli xil birikishlari, modal aralashmalar,
bog‘lanishlar va qoplanishlar (nalojeniye) asosida yuzaga keladi. Natijada, miksodiatonika (bir
nechta tabiiy lad belgilarining kombinatsiyasi) paydo bo‘ladi. Modal qorishuv shakllari, ya'ni
o‘ziga hos “mikst”lardan foydalanish XX asrning ikkinchi yarmidan B.Bartok, P.Xindemit,
I.Stravinskiy, S.Prokofьev ijodlarida keng tarqaladi.
Musiqa istilohida 7ta tabiiy ladlar mavjud bo‘lib (doriy frigiy lidiy miksolidiy eoliy lokriy),
ular sof ko‘rinishda an'anaviy musiqa va kompozitorlik ijodiyotda keng tarqalgan. Modal
qorishuv (sintez, mikst) tabiiy ladlarning tetraxordlarini ketma-ket ulanishi(1) yoki bir
vaqtning o‘zida(2) mujassamlanishi tamoyiliga ko‘ra birlashtirish asosida bo‘ladi. “Birinchi
holda o‘ziga hos modal “gibrid”lar yuzaga keladi va ladlarning nomlanishida ham aks etadi:
lidiy-miksolidiy, lidiy-eoliy, frigiy-ioniy.
Ikkinchi holda esa murakkablashuv umumiy tayanch tonga ega tetraxord yoki
pentaxordlarning qo‘llanilishi asosida yuzaga keladi” [1. 47b].
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
77
Bunda turli tabiiy lad pentaxord (tetraxord)larining qoplanishi (наложение) yuzaga
keladi. B.Bartok bu usulni “xromatikaga zichlangan diatonika” deb ataydi. Pog‘onalarning
variantli o‘zgartirishdan foydalanib, kompozitorlar turli hil tovushqatorlarga, shu jumladan,
xromatik yarim tonlarni o‘z ichiga olgan tovushqatorlarga murojaat qilishadi. Ladning har
qanday bosqichini variantli o‘zgarishi oqibatida yuzaga kelgan xromatik komplekslar, turli lad
tovushqatorlari modal tonlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Jumladan, Sh.Sobirovning torli
cholg‘ular uchun “Kvartet”ining II qism mavzusi eoliy va frigiy ladi elementlarining o‘zaro
birikishi asosida yozilgan.
Turli
lad tovushqatorlarining bir-biriga birikishi, birining elementlari boshqasining elementlari
ichiga singishi asosidagi aloqani modal sintez deb atashimiz mumkin Ladlarning sintezi, ya'ni
bitta umumiy tayanch asosida turli tovushqatorlarni umumlashishi natijasida barcha 12
tovushdan foydalanishga imkon beradigan mobil tuzilmalarning turli qatlami paydo bo‘lishi
mumkin. Shunga o‘xshash hodisa “polimodal xromatika” yoki “diaxromatika” deb nomlangan”
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
78
[1. 49-51b]. Yu.Xolopov esa “miksodiatonik modal xromatika” [2. 222-224b] tushunchasini
qo‘llaydi va asosiy sharti sifatida faqatgina tabiiy lad tovushqatori elementlarini aralashtirish
natijasida hosil bo‘lishini belgilaydi.
M.Bafoyevning “Tagorga bag‘ishlov” turkumining №5 Fasli ioniy va frigiy lad
tovushqatorlari elementlarining o‘zaro birikishiga asoslangan.
№5 Fasl
M.Bafoyev
Aynan bir nechta pog‘onalarning variantli o‘zgarishi rang-barang melodik ifodaviylik
bilan birgalikda sharqona kolorit timsoliga aylangan. Bu yerda re frigiy-ioniy tovushqatorlari
elementlarining o‘zaro taqqoslanishi va mohirona birikishi kuzatiladi. Miksodiatonik
tovushqatorlar xromatik intervallarni o‘z ichiga olishi mumkinligiga guvox bo‘ldik. Biroq, ko‘p
hollarda xromatik tovushlar tug‘ridan to‘g‘ri bo‘rttirib yangragan holda taqdim etilmaydi
(garchi ba'zan bu sodir bo‘lsa ham). Bu ularda diatonik ildiz ustunlik qiladi degan xulosaga
kelishga to‘laqonli asos bo‘la oladi.
Umumiy xulosalarga keladigan bo‘lsak, O‘zbekiston kompozitorlik ijodiyotining
rivojlanishi jarayonida modal ladlar va ayniqsa, tabiiy ladlar milliylikni tashkil qiladigan asosiy
tayanch vosita sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan va salmoqli o‘rinni egallab kelmoqda.
Dastlabki jarayonlarda ular sof ko‘rinishda qo‘llanilgan bo‘lsa, tajriba va malakaning oshishi
hamda ijodiy izlanishlar natijasida lad borasida yangiliklar (turli xil tuzilmalar, mikstlar) va
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
79
murakkabliklar yuzaga kelgan. Xususan, asarlarda turli lad tovushqatorlarining aralashishi
turli yo‘llar bilan sodir bo‘ladi: miksodiatonikada turli ladlarning (tovushqatorlarning,
elementlarining) vertikal bo‘yicha bitta qatlamda birikishi bo‘lsa, polimodallikda ular turli
qatlamlarda gorizontal holatda umumlashadi. Shuningdek, shaxsiy kuzatuv va farazlarimdan
kelib chiqib aytishim mumkinki, jahon kompozitorlik amaliyotida, hususan B.Bartok,
P.Xindemit, I.Stravinskiy va boshqa kompozitorlar ijodida miksodiatonikaga murojat yangi
ohang manba'larini kashf qilish, zamonaviy yangicha kolorit bahsh etib, kompozitorlik
texnikalardan biri sifatida talqin qilinadi. Bizda esa, O‘zbekiston kompozitorlari ijodining lad
asoslari an'anaviy milliy musiqamiz tamoyillari bilan bevosita uzviy bog‘liqdir. Miksodiatonika
misolida ushbu aloqalar
- lad tovushqatorlarining shakllanishida,
- ularning o‘zgaruvchanligida,
- pog‘onalarning variantliligida yorqin namoyon bo‘ladi.
References:
1.
Дьячкова Л. “Гармония в музыке ХХ века”. Уч.пос. – М., 2004.
2.
Холопов.Ю. Гармония.Теоретический курс. – М.: Музыка, 2003.