YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
40
RAQAMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISHNING MOLIYAVY
MUNOSABATLARGA TA’SIRI
Matniyazova Dilbar Ilxom qizi
Ma’mun universiteti talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13822562
Hozirda olib borilayotgan islohatlar samarasi yanada oshirish,davlat va jamiyatning har
tamonlama va jadal rivojlanishini uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatimizni
modernizatsiya qilish hamda hayotning barcha sohalarini liberallashtirish bo’yicha ustuvor
yo’nalishlardan biri bo’lib, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish hisoblanadi.
Takidlash joizki, glabol jahon moliyaviy –iqtisodiy inqirozi davrida ham mamlakatimiz
bank-moliya tizimi barqaror o’sish suratlarini saqlab qoldi. Bugunki kunda bank tizimi
Respublikamiz iqtisodiyotining eng tez rivojlanayotgan segmentlaridan biri bo’lib, sohadagi
aktivlar, kapital darajasi, kredit qo’yilmalari va investitsion amaliyotlar hajmi kabi asosiy
ko’rsatgichlarning o’sish sur’atlari buni yaqqol tasdiqlamoqda.
Moliya bazasi - bu jamiyatdagi moliya tizimlari bazasidir ya’ni bu moliya mablag’larni
vaqtincha haq to’lab ishlatish yoki ularni sotib olish yuzasidan bo’lgan munosabatlardir. Moliya
bozorini rivojlantirishda raqamli texnologiyalarning o’rni katta. Elektron hukumatga doir
elementlarni tarqg’ib etish va raqamli iqtisodiyotni qo’llab quvvatlash O’zbekistonning yaqin
istiqbolidagi taraqqiyot rejasidan mustahkam o’rin olgan.
Hozirgi kunda dunyoda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishini uchta asosiy segmentda
kuzatiladi: Real tovarlar va xizmatlar ta’minotchilari va xaridorlari sektori; dasturiy ta’minot va
texnologiyalar ishlab chiqaruvchilar sektori hamda qonunchilik bazasi kadrlar tayyorlash
tizimi ma’lumotlarni uzatish va saqlash kanallari ko’rinishidagi infratuzilma.
U asosan quyidagilarni o’z ichiga oladi: Big data; sun’iy intellekt; blokcheyn; kvant
texnologiyalari; ishlab chiqarish texnologiyalari; sanoat interneti; rabotexnika; simsiz aloqa,
virtual reallik
1
.
Dunyoda blokcheyn inqilobi Internetda yangi iqtisodiy voqealik bitqoinning paydo
bo’lishi (2009-yil 9-yanvardagi Satoshi Naqamoto taxallusi bilan ishlagan noma’lum shaxs yoki
shaxslar guruhi tomonidan yaratilgan) bilan boshlanadi. Bitkoin valyutaning muqobili bo’lib, u
davlat tomonidan chiqarilmaydi va taminlanmaydi. Ushbu valyutaning o’ziga xosligi shundaki,
undan foydalanuvchilar bir-biriga ishonishi shart emas, o’zini-o’zi boshqaradigan algoritmlar
tizimi har qanday aldovning oldini ola oladi. Hozirda jahonning turli mamlakatlarida moliyaviy
texnologiyalar yer resurslarini boshqarish, transport sog’liqni saqlash, ta’lim sohasida aynan
blokcheyn tizimidan keng foydalaniladi. Xalqaro ekspert Daniel Mensinning fikricha, bugungi
kunda raqamli iqtisodiyot eng ko’p rivojlangan mamlakatlar bu AQSH va Xitoy bo’lib, dunyo
bo’ylab blokcheyn texnologiyalariga doir patentlarning 75 foizi aynan shu davlatlarga to’g’ri
keladi. Blokcheyn inqilobining texnologik jihatlarini uch toifaga ajratish mumkin bo’lib, ular
quyidagilardir:
Blokcheyn 1.0 – bu valyuta. Kriptovulyutalar pullar bilan bog’liq bo’lgan turli ilovalarda
masalan, pul o’tkazmalari va raqamli to’lovlar tizimida ishlatiladi.
1
Raqamli iqtisodiyotda blokcheyn texnologiyalar: O'quv qo'llanma / S.S.Gulyamov, R.H.Ayupov, O.M.Abdullayev,
G.R.Baltabayeva; — Т.: “Iqtisod-Moliya”, 2019, - 380 b.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
41
Blokcheyn 2.0 – bu shartnomalar asosini blokcheyn tashkil etgan barcha iqtisodiy,
moliyaviy va bozorga oid ilovalar turli xillardagi moliyaviy vositalar bilan bog’liq masalan,
aksiya, obligatsiya, fyuchers, aqlli aktivlar va aqlli shartnomalar bilan ishlaydi.
Blokcheyn 3.0 – bu ilovalar. Ilovalarning qo’llanilish sohasi, pulli hisob-kitoblar, moliya va
bozorlar doirasida chetga chiqib davlat boshqaruvi, sog’liqni saqlash, ilm-fan va ta’lim,
madaniyat va fanni ham qamrab oladi.
Mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotning ayrim elementlari allaqachon joriy qilingan
masalan, hujjatlar va kommunikatsiyalarning ommaviy ravishda raqamli vositalarga
o’tkazilishi, elektron raqamli imzodan foydalanish, muloqat uchun elektron platformalarning
shakllantirish nafaqat axborot-kommunikatsiya tarmog’ini balki, mamlakatdagi barcha
sohalarni qamrab olgan, shu jumladan iqtisodiy faoliyat sohasini ham qamrab olgan, ularning
qo’llanish sohasi juda keng, xususan moliya, iqtisodiyot, pulli hisob-kitoblar, moddiy va
nomoddiy aktivlar bo’yicha amalga oshiriladigan amaliyotlar. Uni ko’pchilik kripto valyuta
texnologiyasi sifatida bilsa-da, asosan blokcheyndan raqamli identifikatsiya, egalik va mulkiy
huquqlar himoyasi, to’lov tizimi sifatida foydalanish mumkin.
Umuman olganda, raqamli iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain)
texnologiyasini va ulardan xalqaro moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki
kriptovalyutalarni tushunish kerak emas. Raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda,
raqamli kommunikatsiyalar, IT yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Ta’kidlash
lozimki, Prezidentimizning “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018 yil 19 fevraldagi Farmoni
Hukumatimiz
tomonidan raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bo‘yicha muhim chora-tadbirlar ishlab
chiqilishiga va hayotga tatbiq etilishiga asos bo‘ldi.
Ba’zilar raqamli iqtisodiyot nega kerak va nima beradi, deb o‘ylashi mumkin. Raqamli
iqtisodiyot deganda, faqatgina Blokcheyn (Blockchain) texnologiyasini va ulardan xalqaro
moliya bozorlarida foydalanish masalalarini yoki kriptovalyutalarni tushunish kerak emas.
Albatta, Blokcheyn texnologiyasi, kriptovalyutalar ham raqamli iqtisodiyotning bir bo‘lagi.
Lekin raqamli iqtisodiyot (Digital Economy) deganda, raqamli kommunikatsiyalar, IT
yordamida olib boriladigan iqtisodiyot tushuniladi. Bunda, yashirin iqtisodiyotga barham
berish vositasi sifatida ham qarash mumkin. Chunki birinchidan, barcha operatsiyalar elektron
ro‘yxatdan o‘tilishiga, ikkinchidan shaffof bo‘lishiga erishiladi. Qolaversa, ishlab chiqarishda
yangi IT texnologiyalar qo‘llanilishi tufayli mahsulot va xizmatlarning tannarxi pasayadi
2
.
Jahon bankining “Raqamli dividendlar” nomli tadqiqoti xulosalari mamlakatlar
iqtisodiyotini rivojlantirishda raqamli iqtisodiyotning naqadar dolzarb va muhim masala
ekanligini ko‘rsatadi. Xususan,
internet tezligining 10 foizga o‘sishi mamlakat YaIM
o‘sishiga olib keladi. Rivojlangan davlatlarda bu ko‘rsatkich 1,21 foizni tashkil etsa,
rivojlanayotgan mamlakatlarda 1,38 foizga teng. Demak, internet tezligi 2 barobar
oshadigan bo‘lsa, YaIM hajmi 13-14 foiz ortishiga erishish mumkin.
Jahondagi globallashuv sharoitida tashqi migratsiya, xalqaro savdo va kapitallar harakati,
turizm, xorijiy investitsiyalar, IT rivojlanishi mamlakatlarning iqtisodiy o‘sish sur’atlariga ta’sir
etadi. Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlar natijasida ochiqlik, xalqaro
iqtisodiy-siyosiy aloqalarning rivojlanishi yurtimizda sanoat tarmoqlarini modernizatsiya
2
https://review.uz/uz/post/raqamli-iqtisodiyot-mamlakatimiz-taraqqiyoti-garovidir
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
42
qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash imkoniyatlarini yuzaga keltirdi. Bunga
mamlakatimiz tashqi savdo hajmining o‘sishini misol qilib keltirish mumkin. “Elektron
hukumat”, “Elektron boshqaruv”, “Telekommunikatsiya”, “Internet”, “Veb-sayt” kabi ko‘plab
iboralar hayotimizning ajralmas bo‘lagiga aylandi. IT kundalik hayotimizning barcha sohasini
qamrab olmoqda.
Raqamli aktivlarni boshqarishda axborot xavfsizligini ta’minlash muhim omil sanaladi.
Bunda asosiy e’tibor raqamli ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, ularni axborot vositachilaridan
himoya qilgan holda xavfsizligini ta’minlash va axborotlar uzatishning soddaligini ta’minlashga
qaratilishi lozim.
Raqamli aktivlarni boshqarishning muhim muammolaridan biri — bu ularning huquqiy
himoyasidir. Ta’kidlash lozimki, qisqa vaqtlarda va originaldan kamroq xarajat qilib raqamli
aktivlar nusxasini yaratish hamda ishga tushirish mumkin. Bu, albatta, raqamli aktivlarning
umumiy daromadiga ta’sir qiladi. Raqamli aktivlarni boshqarishda bulutli texnologiyalardan
foydalanish asosiy shartlardan bo‘lib, texnik, huquqiy va tashkiliy jihatdan axborotlar himoyasi
bo‘yicha usullarni ishlab chiqish hisoblanadi.
Raqamli aktivlarning rivojlanishini raqamli tijoratning rivojlanishisiz tasavvur qilish
qiyin. Raqamli tijorat esa, sodda va ishonchli raqamli to‘lov tizimlarini yaratishni talab etadi.
Birinchi “onlayn” to‘lov tizimlariga xizmat ko‘rsatishda aholi o‘rtasida keng tarqalganligi
sababli kredit va debet kartalaridan foydalanilgan. “Visa” va “Master Card” kredit kartalari
emitentlari sotuvchilardan axborot almashinuvida yuqori xavfsizlik choralarini ko‘rish
shartlarini talab etishgan.
Xulosa sifatida shuni ta’kidlash joizki, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish bevosita
mamlakatimizda korrupsiyaning kamayishiga, iqtisodiyotni jadallashishiga, tovar va
xizmatlarning tannarxini pasayishiga, daromadlarni o’z vaqtida tushishi va xarajatlarni o’z
vaqtida manzilli va maqsadli sarflanishini ta’minlashga, insonlarning jismoniy mehnatini
kamaytirish va aqliy mehnatini sarflashi natijasida bir necha barobar daromadning oshishiga
olib keladi degan fikrdamiz.