Авторы

  • Xikmatilla Qarshiyev
    “Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy kotibi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47004

Ключевые слова:

otlar evolyutsiyasi xonakilashtirish Shimoliy Qozog‘iston Shimoliy Kavkaz osmon otlari Alpomish Boychibor G‘irot ot abzallari ko‘pkari.

Аннотация

ushbu maqoladaotlar va ularning qo‘lga o‘rgatilishi, insoniyat taraqqiyotidagi ahamiyati, otlarga bog‘liq milliy qadriyatlar va boshqalar haqida ayrim ilmiy qarashlar bayon qilingan bo‘lib, bu fikrlar mavzuni dolzarb deb hisoblashga imkon beradi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

158

OT VA UNING ANJOMLARI HAQIDA AYRIM ILMIY QARASHLAR

Qarshiyev Xikmatilla Quvvatovich

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi ilmiy kotibi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13777431

Annotatsiya:

ushbu maqoladaotlar va ularning qo‘lga o‘rgatilishi, insoniyat

taraqqiyotidagi ahamiyati, otlarga bog‘liq milliy qadriyatlar va boshqalar haqida ayrim ilmiy
qarashlar bayon qilingan bo‘lib, bu fikrlar mavzuni dolzarb deb hisoblashga imkon beradi.

Kalit so‘zlar:

otlar evolyutsiyasi, xonakilashtirish, Shimoliy Qozog‘iston, Shimoliy

Kavkaz, osmon otlari, Alpomish, Boychibor, G‘irot, ot abzallari, ko‘pkari.


Olimlarning qayd etishlaricha, otlarning evolyutsiyasi taxminan 55 million yil oldin

boshlangan.

Otlar insoniyat hayotida necha ming yillar mobaynida muhim o‘rin egallab kegan.

Xonakilashtirishda ham ular it vaechki-qo‘ydan orqada qolgan xolos. Otlarni birinchi qo‘lga
o‘rgatilgan joy hozirgi Shimoliy Qozog'iston hududida topilgan (

taxminan o‘rta asrlardagi

Dashti Qipchoqda(muallif)).

U yerda taxminan 5500 yil oldin sodir bo'lgan hayvonlarni

xonakilashtirishga urinishlar haqida dalillar topildi (

Botay madaniyati

).Ammo bir guruh

olimlar DNK testida bu otlar hozirgi zamonaviy otlarning ajdodlari emasligi balki, ushbu otlar
yovvoyi Prjevalskiy otlariga qarindosh ekanligi nazariyasini ilgari surishdi

.

Shunday qilib,

odam otlarni o'z xizmatiga qachon “yollaganini” aniqlash uchun bir guruh olimlar butun
Yevropadan 300 ga yaqin ot qoldiqlaridan DNK testini o‘tkazdilar va ular hozirgi otlar
taxminan 4200 yil oldin Shimoliy Kavkazda xonakilashtirilgan degan fikrni o‘rtaga
tashlashdi

(Когда человек приручил лошадей: ученые раскрыли тайну. Автор:

ВячеславЖурба. Техно Наука 23 октября 2021).

Umuman, shimoliy Qozog'istonda ham shimoliy Kavkazda ham qo‘lga o‘rgatilganligi

ko‘chmanchi turkiylar “xizmati” bo‘lganligiga taxmin qilishga asos beradi. Lekin diniy
adabiyotlarda otlarni birinchi bo‘lib otlarni arablardan Ismoil alayhissalom qo‘lga orgatgan
deb kelinadi.Xonakilashtirishdan atigi 500 yil o‘tgach, ushbu otlar eski dunyoning katta
qismiga tarqaldi: Misrdan Xitoygacha. Shu bilan birga, tadqiqot natijalariga ko'ra,
hayvonlarning o'ziga xos "demografik portlashi" kuzatildi, ya’ni otlarni turli maqsadlar uchun
ommaviy ravishda ko'paytirish va ulardan dalalarda, sayohatlarda, go‘sht va sut olishda va,
albatta, jangovar harakatlarda ishlatish boshlandi.

Qadim zamonlardan beri inson otning sifatini yaxshilagan, uning ehtiyojlariga javob

beradigan zotlarni yaratgan.Masalan, otlarda sun’iy urchitish ishlarini arablar VI-VII
asrlardayoq yo‘lga qo‘yishganligi haqida ayrim ma’lumotlar bor.

Turkiylar hayotida ko‘chmanchilik asosiy rol o‘ynaganligi va otlar dastlab Dashti

qipchoq hududida qo‘lga o‘rgatilganligini e’tiborga olsak, turkiylar birinchilardan bo‘lib
otlarni qo‘lga o‘rgatganlar deb bemalom ayta olamiz.Yana turkshunos olimlar va
tarixchilarning e’tirof etishicha uzangi ham turkiy xalqlar tomonidan (

nega aynan turkiylar

)

kashf etilgan va bu hodisa ularning harbiy-ijtimoiy hayotda ulkan burilish yasashiga sabab
bo‘lgan.Qadimda bobolarimiz, “Turk (turkiylar) qahramonlari o‘lganda, ular bilan birga otlari
ham qo‘shib ko‘milgan. Chunki ular oxiratda ham otning xizmat etishiga ishonishgan” (

Usmon

Turon Turkiy xalqlar mafkurasi Toshkent Cho‘lpon nashriyoti 1995

).


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

159

Turkiylar ot minishni shu darajada san’at darajasiga olib chiqdiki, buning natijasi

o‘laroq, Yevroosiyo hududida ulkan turk hoqonligi tuzilishi, Ottilaxonning 500 000 otliq
qo‘shin bilan “Abadiy Rim”ning kulini ko‘kka sovurishi, Chingiziylar boshchiligida dunyoni
egallashi kabi ulkan hodisotlar ro‘y berdi va bu ro‘yxatni uzoq davom ettirishimiz mumkin.
Boz ustiga otliq armiyaning eng g‘aroyib urush taktikalarini ham turkiylar ming yillar
mobaynida mohirona qo‘llab kelishdi.

Umuman, otlar qisqa fursatda inson hayotiga shunchalik chuqur kirib bordiki, ularsiz

jamiyatni tasavvur etish ilojsiz bo‘lib qoldi. Yurtimiz hududidagi otlarga butun dunyo qiziqqan
va hatto o‘sha davrdagi otlarimizni xitoyliklar “Osmon otlari” deb atashgan.Otlarning xalqimiz
hayotida qanchalik o‘rin egallaganini ma’naviyatimizdan ham bilish mumkin aytaylik, O‘zbek
xalq dostonlari "Alpomish" va "Go‘ro‘g‘li"dagi Boychibor va G‘irotlar obrazlari bunga yorqin
misoldir. Bundan tashqari, dinimiz ham bu sohaga alohida urg‘u bergan.Masalan, Quronda

«Отлар, хачирлар ва эшакларни минишингиз ва зийнат учун (яратди) ва У сиз
билмайдиган нарсаларни ҳам яратур»

(

Наҳл сураси, 8-оят

) deb keladi yoki

Rasululloh (sallallohu alayhi va olihi vasallam)dan otning ahamiyati va o‘rni haqida ko‘plab
hadislar rivoyat qilingan bo‘lib, ulardan birini keltiramiz: «Xayru baraka otning peshonasiga
qiyomat kuniga qadar bitilgan» (

Shayx Tabarsiy, «Majma’ul-Bayon», 4-jild, 475-bet

).

O‘zbeklar qadim millatligi va ot bilan birinchilardan bo‘lib shug‘ullanliklarining yana bir

dalillaridan bu “Ko‘pkari” xalq milliy o‘yinidir. Bu o‘yinning jozibalaridan biri yurtimizning
turli hududlarida qoidalarning biroz farqlanishidir. Xalqimizning farovonligi oshishi
pirovardida ko‘pkari o‘yini yana jonlanib, bir pog‘onaga ko‘tarildi deya olamiz. Eng qizig‘i,
otlar bilan bog‘liq rasmiy sport o‘yinlari dunyoning barcha mintaqasida tarqalgan masalan,ot
sporti taraqqiy etgan chet el mamlakatlari ichida Buyuk Britaniya, Germaniya, Shvetsiya,
AQSH alohida o‘rin tutadi. Lekin ot bilan bog‘liq milliy o‘yinlar ko‘proq turkiylardagina
mavjud degan xulosadamiz. Bu voqelik xalqimiz hayotida otlarning naqadar ahamiyatli
ekanlini ko‘rsatib turuvchi omildir deyish mumkin.

Insof bilan aytilsa, ot minib choptirgandagi tuyg‘uni boshqa hech joyda his qilib

bo‘lmaydi, faqatgina buni ot minganlargina biladi xolos.

Turkiylardan boshqa hech bir xalqda otlarning yoshi va tusi, xili bu darajada mukammal

nomlanmagan deb o‘ylaymiz: masalan, otning yangi tug‘ilganidan bir yoshgacha bo‘lgan bolasi
– Qulun, otning ikki yashar bolasi – Toy, uch yashar ot, ayg‘ir – G‘onon, to‘rt yashar ot -
Do‘non, besh yashar ot - To‘lon, 3-4-5-6-7 yoshli erkak ot - Ayg‘ir , xashaki ot - Cho‘bur , ola
targ‘il – Tarlon, qora-qizil, to‘q tusli ot - To‘riq, qizg‘ish-malla ot – Jiyron, och malla, somon
rang ot – Saman, ola-bula, qora xolli ot – Chavkar, ko‘zida oqi bor ot – Chagir, peshanasida oqi
bo‘lsa - Qashqa, rangi oq bo‘sa – Bo‘z, sal ko‘kish bo‘lsa – Ko‘kbo‘z, mingi bo‘lmagan, hali
minishga ko‘nikmagan ot – Asov, minganda tekis, to‘rt oyoyini alohida navbat bilan yuradigan
ot - Yo‘rg‘a, nasldor, chopqir, uchqur ot - Arg‘umoq yoki – Tulpor deb ataladi.

Yuqoridagilardan tashqari, ajdodlarimiz otlardan samarali foydalanish uchun ot

abzallarini qat’iy tartib va shakl bilan shunchalik mukammal ishlab chiqishgangi, qoyil
qolmasdan iloj yo‘q. Masalan, ot abzallari:Ko‘krakpo‘sh, kallapo‘sh, suvluq, bosildiriq, egar,
egar ko‘pchik (bezak), egar tupak, jahannik, julcha, digil, taqimchirgi, chirgi, qamchi, pushtan,
quyushqon, to‘shayil, uzangi, jilov yoki jugan, tushov.

“Termiz” davlat muzey-qo‘riqxonasi fondida ham ushbu anjomlardan bir qanchasi

saqlanadi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

160

Ishchiegar. 1885/13Arava egari. 333. 1642/8Tushov 299.1571Tushov 130.

1005/6Tushov 7. 21. 233/40

To‘shayil 551.1885/4Ot jilovi 75.132. 1008/4Uzangi 19-asr.2020. 2258Uzangi

316.1571/38Uzangi.448. 1702/4

Ta’kidlash kerakki, yuqoridagi qaydlar otlarning insoniyat o‘tmishidagi o‘rni va

ahamiyatiningalmashtirb bo‘lmas darajada ekanini asoslab beradi. Bugungi kunda ham ot
bilan bog‘liq ko‘p asrlik qadriyatlarimiz borki, ta’bir joiz bo‘lsa, ular ming yillardan beri turkiy
xalqlarning milliy kamolotiga xizmat qilib kelmoqda.

Qadimda ota-bobolarimiz farzand tarbiyasida otdan unumli foydalanishgan. Masalan,

Surxon vohasida bobolarimiz “ - O‘g‘ling juda sho‘x bo‘lsa otga qo‘y, bo‘sh bo‘lsa kitobga qo‘y”
deganlar. Buning ma’nosi shuki, sho‘x bolada nazorat yetarlicha bo‘lmasa, u yomon yo‘llarga
kirib ketadi va uni kuchli tabiiy nazorat qilish vositasi bu otga “do‘st” qilib qo‘yishdir. Chunki
ot maftunkor jonzot, u bilan bola ovunadi, yuvadi, taraydi, minadi, ko‘pkariga o‘rganadi va
asosiysi band bo‘ladi.

Qisqasi, ot azaldan turkiy xalqlar hayotining ajralmas bo‘lagi bo‘lib kelgan. Texnika asri

vataraqqiyot otlarga bo‘lgan ehtiyoj anchagina susaytirdi. Buning ortidan ot bilan bog‘liq
qadriyatlarimiz va urf-odatlarimizning anchasi unutildi va yana qanchasi yo‘qolib bormoqda.
Xayriyatki, Surxon vohasida uloq-ko‘pkariga va uning orqasidan otga bo‘lgan qiziqish hali
saqlanib turibdi. Hukumat tomonidan ham ot sportiga oid bir qancha salmoqli ishlar
qilinmoqda. Ot va unga bog‘liq tarix, udum va an’analar ilmiy nuqtai nazardan ham o‘rganilsa,
foydadan xoli bo‘lmaydi.

References:

1.

Википедия-свободная энциклопедия.

2.

Когда человек приручил лошадей: ученые раскрыли тайну. Автор:

Вячеслав

Журба

.

Техно Наука

23 октября 2021.

3.

Коневодство С. А. Козлов, В. А. Парфенов Москва «КолосС» 2012 г.

4.

Quroni Karim.

5.

Anonim ma’lumotlar.

Библиографические ссылки

Википедия-свободная энциклопедия.

Когда человек приручил лошадей: ученые раскрыли тайну. Автор: Вячеслав Журба. Техно Наука 23 октября 2021.

Коневодство С. А. Козлов, В. А. Парфенов Москва «КолосС» 2012 г.

Quroni Karim.

Anonim ma’lumotlar.