Авторы

  • Sh. B. Turg’unboyeva
    O’zDJTU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47005

Ключевые слова:

Konstitutsiya qomus qonun islohotlar inson qadri idoralar qo’shimchalar kiritish amaliyotga tatbiq etish.

Аннотация

Ushbu maqolada bosh qomusimiz–Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi, bir necha Konstitutsiyaviy islohotlar, umume’tirof etilgan normalar hamda   ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr va mulohazalar aks ettiriladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

152

KONSTITUTSIYA– FAROVON HAYOTIMIZ POYDEVORI

Turg’unboyeva Sh. B.

O’zDJTU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13777334

Annotatsiya:

Ushbu maqolada bosh qomusimiz–Konstitutsiyamizning yaratilish tarixi,

bir necha Konstitutsiyaviy islohotlar, umume’tirof etilgan normalar hamda ularning bugungi
kundagi ahamiyati haqida fikr va mulohazalar aks ettiriladi.

Tayanch so’z va tushunchalar:

Konstitutsiya, qomus,qonun, islohotlar,inson qadri,

idoralar,qo’shimchalar kiritish, amaliyotga tatbiq etish.


Ma’lumki, dunyoda minglab mustaqil davlatlar mavjud. Ularning har biri o’zining

bayrog’i, gerbi va eng asosiysi, Konstitutsiyasiga ega. Aynan mana shu timsollar davlat
mustaqilligini isbotlab turuvchi omillar hisoblanadi. Bundan kelib chiqadiki, davlatning har
taraflama rivojlanishida, har bir masala qonuniy jihatdan ko’rib chiqilishida, eng asosiysi,
fuqarolarning tinch va osoyishta hayoti ta’minlanishida Konstitutsiyaning o’rni va ahamiyati
nihoyatda katta.

Har bir mezonning ishlab chiqilishida uning tarixiy ahamiyati, tajribada nechog’lik

qo’llanganligi muhim ahamiyati kasb etadi. Bundan kelib chiqadiki, Konstitutsiya haqida so’z
borganda, avvalo, uning tarixini ko’zdan kechirish asosiy masalalar qatorida turadi.
Dunyodagi ilk yozma Konstitutsiya Amerika Qo’shma Shtatlarida 1787- yilda qabul qilingan
bo’lib, bugungi kunga qadar eng kichik va o’zgarmas qomus hisoblanadi. Necha asr o’tibdiki,
bu mashhur Konstitutsiyaga umumiy hisobda 27 marta o’zgartirish kiritilgan xolos. Bu o’sha
davrdayoq uning yaratilishiga jiddiy ahamiyat qaratilgani va o’z kasbining mutaxassislari
tomonidan yaratilganidan dalolat beradi. Bugun bu mamlakat ko’p jihatdan dunyoning
yetakchi mamlakati ekanligi barchamizga ma’lum. AQShning bu darajagacha erishishida puxta
ishlangan Konstitutsiyaning o’rni katta ekanligi hech kimga sir emas. Demak, davlat qanchalik
to’g’ri tizimga qurilsa, qonun va qarorlar o’z vaqtida bajarilsa, fuqarolar ham o’z
majburiyatlarini to’laqonli bajara olsa, davlat hech shubhasiz, istalgan boshqa mamlakatlar
bilan tenglasha oladi.mamlakatlar asta-sekinlik bilan o’zlarning qonun-qoidalari aks ettirilgan
qomuslarini qabul qila boshlashgan. Bu davlat boshqaruvini yanada osonlashtirgan, chunki
qonunlarning barcha uchun barobar bo’lishi fuqarolarni boshqarishda, ularga erkin hayot
tarzini yaratib berishda nihoyatda qo’l kelgan.

Bugungi kunda ham mamlakat mustaqilligini belgilab beriladigan asosiy omillardan biri

Konstitutsiya ekanligi ma’lum. O’zbekiston Respublikasi ham mustaqillikka erishgach, asta-
sekinlik bilan o’z bayrog’i, gerbi va Konstitutsiyasiga ega bo’ldi. Mustaqillikning ilk yillarida
har bir mezonni to’la-to’kis amalga oshirish ancha qiyin bo’lgan, biroq vaqt o’tgan sari har bir
qonun o’z ifodasini topa boshlagan. Mustaqillikdan bir yil o’tib, 1992- yil 8-dekabrda XII
chaqiriq O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining XI sessiyasida Konstitutsiyamiz qabul
qilindi. Mustaqil Oʻzbekistonning birinchi Konstitutsiyasini yaratish gʻoyasi ilk bor 1990-yil
20-iyunda boʻlib oʻtgan mamlakat Oliy Kengashining 2-sessiyasida ilgari surilgan. Ushbu
sessiya Prezident Islom Karimov raisligida 64 kishidan iborat Konstitutsiyaviy komissiyani
tuzish toʻgʻrisida qaror qabul qilgan. Uning tarkibiga deputatlar, Qoraqalpogʻiston
Respublikasi va viloyatlarning vakillari, davlat hamda jamoat birlashmalari, korxonalar va
xoʻjaliklarning rahbarlari, huquqshunos olimlar va mutaxassislar kirgan. Oliy Kengashning 10-


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

153

sessiyasida komissiya tarkibi qisman yangilangan. Komissiya ishlab chiqqan loyiha matbuotda
eʼlon qilinib, keng muhokama etilgan. Konstitutsiyaviy komissiya umumxalq muhokamasi
yakunlarini koʻrib, loyihani tuzatib va maʼqullab Oliy Kengash sessiyasida koʻrib chiqishga
tavsiya qilgan. Loyiha Oliy Kengash sessiyasida ham moddama modda muhokama etilgandan
soʻng qabul qilingan. Bosh qomusimiz 6 bo’lim, 26 bob va 128 moddadan iborat bo’lib, unda
huquqiy-demokratik davlat barpo etish, erkin fuqarolik jamiyatini qurish asosiy g’oya bo’lib
xizmat qiladi. Konstitutsiya oliy yuridik kuchga ega bo’lib, katta-yu kichik masalalarni qamrab
oladi. Bundan kelib chiqadiki, Konstitutsiya sabab hayotimiz tinch va osuda, osmonimiz
musaffo. Uning tarkibiy jihatiga keladigan bo’lsak, muqaddimada Konstitutsiya qabul qilish
sabablari va mamlakatimiz oldiga qo’yilgan vazifalar belgilangan. 1- bo’limda O’zbekiston
Respublikasining mustaqil davlat sifatidagi asosiy konstitutsiyaviy prinsiplari ko’rsatilgan.
Bunday prinsiplar qatoriga davlat suvereniteti, xalq hokimiyatchiligi, Konstitutsiya va
qonunning ustunligi hamda tashqi siyosat tamoyillari kiradi. 2- bo’limga keladigan bo’lsak,
unda inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari aks ettirilgan. Bu shuni
anglatadiki, inson deganda, nafaqat O’zbekiston Respublikasining fuqarolari, balki chet el
fuqarolari, ikki fuqaroligi bo’lgan shaxslarning ham huquqlari inobatga olinadi, ularga ham
har jihatdan imkoniyatlar yaratib beriladi. Bu esa tenglik tamoyilining yorqin namunasidir.
Avvalambor, hamma uchun vijdon erkinligining kafolatlanishi Konstitutsiyada
mustahkamlangan, har bir shaxs mulkdor bo’lishga haqli, meros huquqi bilan kafolatlanadi.
Har bir shaxs mehnat qilish, erkin kasb tanlash huquqiga egadir. Barcha fuqarolar dam olish
huquqiga ega yoki bepul umumiy ta’lim olish, tibbiy xizmatdan foydalanish ham shular
jumlasidandir. Yana bir muhim jihati, har bir fuqaro o’z huquq va erkinliklarini sud orqali
himoya qilish huquqiga ham ega. Bu esa fuqarolarga o’z huquqlarini yanada ko’proq himoya
qilish imkonini beradi. Xotin-qizlar va erkaklar huquqining ham teng ekanligi aynan ana shu
bo’limda o’z ifodasini topgan. Bu bo’limda faqat huquq va erkinliklar emas, balki fuqarolar
majburiyatlari ham keltirib o’tilgan. Xususan, Konstitutsiya qonun-qoidalariga to’laqonli rioya
etish, harbiy yoki muqobil xizmatni o’tash, umummilliy meroslarni asrab-avaylash eng asosiy
majuburiyatlar sirasidandir. Ham huquq va erkinliklarning, ham majburiyatlarning bir
bo’limda ifoda etilishi, ularning o’zaro mutanosibligini ta’minlay olgan. “Jamiyat va shaxs “ deb
nomlangan uchinchi bo’lim jahondagi hech bir davlat Konstitutsiyasida mavjud emas. Unda
fuqarolik jamiyati an’analarining tiklanishi, jamiyat va fuqarolar o’rtasidagi munosabatlar
aniq berilgan. Bu orqali jamiyat va shaxs o’rtasidagi masofa yanada yaqinlashadi, hech bir
muammo yechimsiz qolmaydi. Konstitutsiyamizning to’rtinchi bo’limi mamlakatimizning
ma’muriy-hududiy tuzulishiga bag’ishlangan bo’lib, unda yurtimizdagi 12 viloyat,
Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent shahriga geosiyosiy jihatdan ta’rif berilgan.
Beshinchi bo’limga keladigan bo’lsak, u davlat hokimiyati idoralarini tashkil etish masalalarini
qamrab oladi. Bunda hatto eng kichik hokimiyat tizimidan tortib, eng katta idoralar: Oliy
Majlis, Vazirlar Mahkamasi, Prezident, Sudlar faoliyatigacha tavsif berilgan. Bu esa ularga har
jihatdan qonuniy ishlash mas’uliyatini yuklaydi. Eng oxirgi bo’lim Konstitutsiyaga o’zgartirish
kiritish haqida bo’lib, unda o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish tartibi keltirib o’tilgan.
Umuman olganda, har bir bo’lim va ular tarkibidagi moddalar o’z ichida eng muhim va


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

154

ahamiyatli masalalarga bag’ishlangan.Ularni shu ketma-ketlikda tuzish va amaliyotga tatbiq
etish ham muhim vazifalardan biri bo’lib xizmat qilgan.

1

Bosh qomusimiz erkin va farovon hayotimizni ta’minlaydigan omil ekanligi shubhasiz.

Konstitutsiya sabab hayotimiz har jihatdan tizimga solingan. Qayerga bormaylik, o’z
huquqlarimizdan foydalana olamiz, muammolarimizga yechim topa olamiz. O‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi haqiqatdan ham demokratik konstitutsiyadir. Tarixan sinalgan
umuminsoniy, umumbashariy qadriyat, ko‘p asrlik tajriba,ma’naviy qadriyatlarni, ulug‘
ajdodlarimizning huquqiy merosini o‘z ichiga olgan va mujassam etgan huquqiy hujjatdir.
Sobiq Sho’ro davrida huquq va erkinliklarimiz toptalgan, inson qadri hech qanday ahamiyatga
ega bo’lmagan. Insonlar nima deyilsa, shuni bajarishga, har bir buyruqni so’zsiz ado etishga
majbur edilar. Biroq oradan vaqt o’tib, mustaqillik deya atalmish ne’mat bizga taqdim
etilgach,har qanday imkoniyatlar eshigi ochildi. Erkin fuqarolik jamiyatida yashay boshladik.
Har kim o’zini, o’zligini anglab yetdi, huquqlarini tushuna boshladi. Konstitutsiyaviy
burchlariga amal qilish kerakligini anglay boshladi. Demak, mustaqillik bu faqat ozodlik emas,
balki ma’naviy-huquqiy o’sish ham demakdir. Hech bir yutuq fuqarolarning o’zini anglab
yetganichalik, muhim ahamiyatga ega emas. Chunki davlatni fuqarolar tashkil etadi, ma’naviy
o’sish, kelajak, rivojlanish– barcha-barchasi aynan xalqning qay darajada rivojlanayotganiga
bog’liq. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ham Konstitutsiya davlatni davlat, millatni
millat sifatida dunyoga tanitadigan Qomusnoma ekanligi, u xalqimizning irodasini, ruhiyatini,
ijtimoiy ongi va madaniyatini aks ettirishi, uning xalqimiz tafakkuri va ijodining mahsuli
ekani haqidagi hikmatli xulosalari to‘g‘ri va asosli ekanini yaqqol tasdiqlaydi. Demak,
Konstitutsiya nafaqat yuridik kuchga ega mezon, balki ongimizni ma’naviy jihatdan ham
boyita oladigan muhim omildir.

2

Adolat va haqiqat har bir jamiyatda hukm surishi lozim boʻlgan ezgulik va orzudir. Ana

shu orzu mamlakatimiz Konstitutsiyasining nazariy va amaliy asosini tashkil qiladi.
Rasululohning hadisi shariflaridan birida: “Najot beruvchi narsa gʻazab paytida adolat
qilmaklik, demak doimo adolat yoʻlini tutmoqlik najot kafolatini beradi”, - deyilgan. Ana shu
tamoyil asosida bugun erkin fuqarolik jamiyatida barcha huquqlarimizdan foydalangan holda
hayot kechirmoqdamiz. Yildan yilga inson qadri eng muhim masala sifatida qaralib, bunga
doir qarorlar qabul qilinib, amaliyotga tatbiq etilmoqda. O‘tgan davr mobaynida
mamlakatimiz parlamenti Konstitutsiya normalariga muvofiq 8 ta konstitutsiyaviy qonun, 15
ta kodeks, 600 dan ziyod qonunni qabul qildi, 200 dan ortiq ko‘p tomonlama xalqaro
shartnomani ratifikatsiya qildi va shu tariqa Asosiy Qonunimizni amalga oshirishning yaxlit
huquqiy mexanizmi yaratildi. Uning samaradorligini vaqtning o‘zi ko‘rsatib turibdi va bu
bugun jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etilmoqda. Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi 3-moddasida “Har bir inson yashash, erkin bo‘lish va shaxsiy daxlsizlik
huquqlariga egadir” degan qoida butun dunyoda inson huquqlari birinchi o‘rinda ekanligini
ko‘rsatadi. “Inson huquq va erkinliklariga amal qilinishini ta’minlash, har bir shaxsning qadr-

1

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. “O‘zbekiston” nashriyoti 2019

.

2

Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O‘zbekiston, 1992.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

155

qimmatini e’zozlash biz barpo etayotgan ochiq, erkin va adolatli jamiyatning ajralmas
xususiyatidir”- deydi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev. Demak, inson qadri uning sha’ni va
obro’si masalasi avvalgidan ko’ra ko’proq ahamiyatga ega bo’ldi. Xususan, ta’lim sohasi haqida
gapirganimizda, albatta, Konstitutsiyamizning 41-moddasini keltirish maqsadga muvofiq.
Ya’ni unda har kim bepul umumiy ta’lim olish huquqiga ega ekanligi aniq so’zlar bilan yozib
qo’yilgan. Darhaqiqat, dunyoda ta’lim bepul bo’lgan mamlakatlar sanoqli. Aynan bizning
yurtimizda uning joriy etilishi quvonarli hol, albatta. Shu modda asosida turli qaror va
farmoyishlar qabul qilinib,amaliyotga tatbiq etilmoqda, ta’lim tizimi tubdan isloh etilmoqda.
Nafaqat umumiy o’rta ta’lim, balki oliy ta’lim muassasalari faoliyatiga ham jiddiy e’tibor
qaratilmoqda. Demak, bu modda amalda o’z ifodasini topa olgan. Yoxud bepul umumiy tibbiy
xizmatdan foydalanish huquqi ham Konstitutsiyamizda belgilab qo’yilgan. Fuqarolar o’z
sog’liqlaridagi muammolar bilan shifokorlarga murojaat etishlari va unga yechim topa
olishlari mumkin. Insonning eng katta boyligi-sog’ligiga bo’lgan e’tibor bizda siyosatimizga
bo’lgan hurmat hissini yanada oshiradi. Oʻzbek xalqini millatidan qatʼi nazar, Oʻzbekiston
fuqarolari tashkil etadi (8-modda) deb eʼtirof etilishi ham fuqarolarning millatidan, irqi, jinsi,
tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, eʼtiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeidan qatʼi nazar qonun
oldida tengligi, huquq va erkinliklar barcha uchun bir xilda, teng sharoitlarda taʼminlanishi
jamiyat barqarorligi va osoyishtaligining garovi boʻlib xizmat qilmoqda. Jamiyat aʼzolari
manfaatlarining teng himoya qilinishi barobarida davlat oʻzining kuchli ijtimoiy siyosatini
amalga oshiryapti. Tenglik tamoyili, hech shubhasiz, inson va fuqarolarda rozilik hissini
uyg’ota oladi.

Oliy hujjatning muqaddima qismidayoq ijtimoiy adolatga sadoqatni namoyon qilish

xalqimizning yuksak fazilati ekanligi bayon qilingan boʻlib, adolatli ijtimoiy siyosat yuritish
davlat siyosatining ustuvor tamoyili ekani Konstitutsiyamizning qator moddalarida aks etadi.
Jumladan, mehnat qilish, erkin kasb tanlash, adolatli mehnat sharoiti (37-modda)ga ega
boʻlish, yollanib ishlayotganlarning huquqlari (38-modda), ijtimoiy taʼminot olish (39-modda),
voyaga yetmagan, mehnatga layotqatsiz va yolgʻiz keksalarning huquqlari davlat himoyasida
ekani (45-modda) mustahkamlangan. Demak, nafaqat ta’lim sohasida balki, mehnat faoliyati
jarayonida ham fuqarolarning erkinliklari kafolatlanadi. Hech qaysi faoliyat jarayonida
fuqarolarning huquqlari toptalishiga yo’l qo’yilmaydi. Undan tashqari jamiyatning ijtimoiy
himoyaga muhtoj qatlami ham nazardan chetda qolmaydi. Ularga ham moddiy, ham ma’naviy
jihatdan madad berish, kontrakt to’lovlarini to’lashda, uy olishda yordam berish, yoki ularning
tadbirkorlik faoliyatini boshlab olishda ko’mak berish ham shulra jumlasidandir. Yoki
keksalarning huquq va erkinliklarini ta’minlash, yolg’iz keksalar holidan xabar olish ham
Konstitutsiyamiz naqadar amalda o’z ifodasini topganidan darak beradi. Konstitusiyamizning
XIV bobi oila institutiga bag‘ishlangan. 63-moddada “Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘inidir
hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega” ekanligi takidlangan. Demak,
oilani jamiyat va davlat himoya qiladi. Butun bir bobning oila mavzusiga bag’ishlanishi
jamiyatning asosini hech shubhasiz, oila tashkil etishini bildirib turadi. Oila tinch va farovon
bo’lsa, davlat ham har jihatdan yuksalaveradi.

Jamiyatning iqtisodiy asoslari har bir davlatning iqtisodiy tuzumi ahvoliga baho

beruvchi omillardan hisoblanadi. Bir tuzumdan ikkinchi tuzumga oʻtish, birinchi navbatda,
iqtisodiy muammolarni hal etish bilan bogʻliq yechim va vositalarni toʻgʻri tanlash, tegishli
huquqiy bazani shakllantirish uchun oqilona tamoyillarni konstitutsiya darajasida eʼtirof etish


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

156

zarurati asosiy qonunimizda oʻzining ijobiy aksini topgan. Bozor munosabatlariga asoslangan
iqtisod, uning xilma-xil shakldagi mulkka asoslanishi, mulk shaklidan qatʼi nazar ularning
daxlsiz va davlat himoyasida ekanligi (53-modda), mulkdorning oʻz mulkidan foydalanishdagi
erkinligi (54-modda) kabi qoidalar barqaror iqtisodiyotga, erkin tadbirkorlik faoliyatiga
huquqiy asos boʻldi. Aynan mana shu moda doirasida tadbirkorlarga juda katta imkoniyatlar
yaratib berildi, bu orqali ular nafaqat o’zlari uchun, balki davlat iqtisodiyoti uchun ham katta
foyda keltirishmoqda. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan
tadbirkorlar faoliyati tubdan isloh etilib, ishsizlik muammosi ham hal etildi. Demak, bir qonun
doirasida bir yo’la bir necha muammolarga yechim berilishi mamlakatimizning har
tomonlama rivojlanayotganidan darak beradi. Mamlakatimizda siyosiy partiya va boshqa
jamoat birlashmalari faoliyatining huquqiy asoslari ijtimoiy hayotning erkinligi, fikrlarning
xilma-xilligi, demokratik tamoyillar talabalari darajasida mustahkamlangani bilan ifodalanadi.
Bugungi kunda koʻppartiyaviylik tizimining mavjudligi davlat hokimiyatini shakllantirish
uchun oʻtkazilayotgan saylovlarda, umumxalq referendumi va siyosiy partiyalarning davlat
boshqaruvidagi faol ishtirokida namoyon boʻlmoqda. Har bir partiya xalqni o’z dasturlari
bilan tanishtirib, o’z sohalari doirasida yetarlicha ishlar amalga oshirmoqda. Partiyalarimiz
qatoriga Ekologik harakatning ham qo’shilishi yurtimiz tabiatidagi muammolarga yechim
berish masalasini o’z oldiga maqsad qilib olgan. Ularning faoliyati sabab fuqarolar jamiyatda
nima muammoga duch kelishsa, bemalol ayta oladigan bo’lishdi, ochiq muloqotlar bunga
zamin yaratdi. Chunki inson qadri ulug’langan bu zamonda fikr erkinligi tamoyili birinchi
darajaga qo’yiladi.

Bugungi kunga qadar Konstitutsiyamizga bir necha bor o’zgartirish kiritilgani ma’lum.

Har bir o’zgarish jamiyatda yanada ko’proq imkoniyatlar yaratish, xalqni har jihatdan qo’llab-
quvvatlash masalasini nazarda tutadi. Ilk konstitutsiyada ular e’tibordan chetda qolgan
bo’lishi mumkin, biroq asta-sekinlik bilan bu kamchiliklar to’g’irlanib, mukammal tarzga
keltirilmoqda. 2011-yilda kiritilgan o‘zgartirishlar bosh vazirni tayinlash va unga
ishonchsizlik votumini bildirish tartibiga tegishli edi. Bundan tashqari, amaldagi prezident o‘z
vazifalarini bajara olmaydigan hollarda uning vazifa va vakolatlari vaqtincha Senat raisining
zimmasiga yuklatilishi to‘g‘risidagi norma joriy qilindi- avvalgi tahrirda bunday hollarda Oliy
Majlis deputatlardan (senatorlardan) birini mazkur vazifani bajaruvchi etib tanlashi kerak edi.
Shuningdek, alohida tuzatish bilan yetti yillik o‘rniga besh yillik prezidentlik vakolati muddati
qaytarildi. 2014-yilda asosan Prezident, Vazirlar Mahkamasi, hokimlar va Markaziy saylov
komissiyasi faoliyatiga taalluqli o‘zgarishlar kiritildi. 2017-yilda Konstitutsiyaga uch marta:
mart, may va avgust oylarida mahalliy kengashlar, Konstitutsiyaviy sud va Oliy sudlar faoliyati
bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritildi. Oxirgi o‘zgarishlar 2019-yil avgust va 2021-yil fevral
oylarida kiritilgan. Umuman olganda, bu o’zgarishlar zamirida yanada farovon turmush tarzi
barpo etish, xalq ishonchini oqlash masalalari yotibdi.

3

Bugun O‘zbekistonda inson huquq va erkinliklarini ta’minlash, xalq farovonligini

oshirishga qaratilgan amaliy ishlar jahon hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilyapti.
Masalan, 2020-yil sentabr oyida BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasida O‘zbekiston
tomonidan ilgari surilgan bir qator tashabbuslar, aniq amaliy takliflar xalqaro miqyosda keng

3

O.T.Husanov, Konstitutsiyaviy huquq, darslik, G’afur G’ulom nashriyot matbaa-uyi.2020


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

157

qo‘llab-quvvatlandi. Konstitutsiyamiz jahondagi yirik siyosatshunoslar-ekspertlar tomonidan
xalqaro me’yorlarga to‘la javob beradigan mukammal hujjat sifatida tan olingan. Negaki, unda
nafaqat inson huquq va erkinliklari kafolati, balki davlat va jamiyat faoliyatining barcha
yo‘nalishlarini belgilab beruvchi dasturiy hujjat sifatida ham yuksak e’tiborga sazovardir.
Jumladan, 11- moddada “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi -
hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linishi prinsipiga
asoslanadi”, deyiladi. 14-moddada “Davlat o‘z faoliyatini inson va jamiyat farovonligini
ko‘zlab, ijtimoiy adolat va qonuniylik prinsiplari asosida amalga oshiradi” deb mustahkamlab
qo‘yilgan. Bundan kelib chiqadiki, Konstitutsiya shunchaki modda va bo’limlar jamlanmasi
emas, aksincha ham davlat, ham jamiyat, ham fuqarolarning faoliyatini to’la- to’kis tartibga
solib turuvchi muhim va universal qo’llanma hisoblanadi. Bu borada har bir shaxs o’z
huquqlaridan foydalanish jarayonida burchlarini ham unutmasligi, qonun- qoidalarga to’liq
rioya etishi, Vatanni sevib, uni ko’z qorachig’idek asrashi maqsadga muvofiqdir.

Konstitutsiyamizda xalqimizning huquqiy demokratik davlat adolatli fuqarolik jamiyati,

erkin va farovon hayot qurishdek orzu-havasi o‘zining to‘la ifodasini topgan. Konstitutsiya
mustaqil huquqiy davlatning asosiy belgisi hisoblanadi. Dunyoda necha-necha davlatlar hali-
hamon o’z huquqlariga ega emas, chunki ularning davlat tizimida inson qadrini ulug’lash
emas, aksincha, davlatni moddiy jihatdan o’stirish, masofalarni kengaytirish eng asosiy
maqsad sifatida qaraladi. Darhaqiqat, har bir yurtboshi o’z davlatini o’z yo’sinida, o’z
prinsiplariga asoslangan holda boshqaradi. Bizning mustaqil Vatanimizda esa Konstitutsiya
har bir tashkilot, organlar tomonidan tan olinadi va e’tirof etiladi. Uning shu darajaga
yetishida har bir shaxsning hissasi bor desak, adashmagan bo’lamiz. Zero, davlatni bir bino
sifatida olsak, uning yuqori qubbasi Konstitutsiyadir.

Xulosa sifatida aytish lozimki, mustaqillikni mustahkamlovchi, inson va uning

huquqlarini oliy qadriyat sifatida belgilab beruvchi mezon, xalq xohish-irodasi va istaklarini
o‘zida ifoda etuvchi tamoyillar, jamiyatning ijtimoiy-siyosiy xususiyati, taraqqiyotning bosh
mezonlari, mamlakat ichki va tashqi siyosatining asosiy yo‘nalishlarining huquqiy asosi
Konstitutsiya hisoblanadi. Yildan yilga yuksalib, takomillashib borayotgan bosh Qomusimiz
shubhasiz,hali ko’p yillar mobaynida davlatimizni idora etishda qo’llanila oladi.

References:

1.

Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O‘zbekiston, 1992.

2.

Konstitutsiyaviy huquq, ensiklopedik lug‘at. “O’zbekiston” nashriyoti.2006

3.

O.T.Husanov, Konstitutsiyaviy huquq, darslik, G’afur G’ulom nashriyot matbaa-uyi.2020

4.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. “O‘zbekiston” nashriyoti 2019.

5.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston

Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 22-iyunda 6012-sonli
Farmoni.
6.

www.constitution.uz

7.

www.lex.uz

Библиографические ссылки

Karimov I.A. O‘zbekiston – kelajagi buyuk davlat. – T.: O‘zbekiston, 1992.

Konstitutsiyaviy huquq, ensiklopedik lug‘at. “O’zbekiston” nashriyoti.2006

O.T.Husanov, Konstitutsiyaviy huquq, darslik, G’afur G’ulom nashriyot matbaa-uyi.2020

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. T. “O‘zbekiston” nashriyoti 2019.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi 2020-yil 22-iyunda 6012-sonli Farmoni.

www.constitution.uz

www.lex.uz