Авторы

  • Sh. B. Turg’unboyeva
    O’zDJTU talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47008

Ключевые слова:

ayollar huquqlari gender tengligi deklaratsiya xalqaro himoya strategik aloqalar.

Аннотация

Ushbu maqolada kundan –kunga dolzarb masalalardan biriga aylanib kelayotgan ayollar haq-huquqlarini himoya qilish masalasi ko’rib chiqiladi.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

139

AYOLLAR HUQUQI HIMOYASI-JAHON HAMJAMIYATI NUQTAI NAZARIDA

Turg’unboyeva Sh. B.

O’zDJTU talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13771093

Annotatsiya:

Ushbu maqolada kundan –kunga dolzarb masalalardan biriga aylanib

kelayotgan ayollar haq-huquqlarini himoya qilish masalasi ko’rib chiqiladi.

Tayanch so’z va tushunchalar:

ayollar huquqlari, gender tengligi, deklaratsiya, xalqaro

himoya, strategik aloqalar.


Bugungi erkin va farovon jamiyatimizda har bir shaxs o’z huquq va erkinliklaridan

boxabar bo’lib, huquqiy savodxonligini yanada shakllantirib borayotgani hech kimga sir emas,
albatta. Ammo ayollar huquqi yoxud gender tengligi masalalari hali- hamon to’laqonli
yechilmagan muammolar qatoridan joy egallamoqda.

Ayollar huquqi masalasi bizga kechagina kirib kelgan ibora emas. O’tmishga nazar

tashlansa, ayolning jamiyatda tutgan o’rni uning oiladagi vazifalaridan kelib chiqqan holda
belgilanganligining guvohi bo’lamiz. Jumladan, bundan 150 yil muqaddam Amerikada qabul
qilingan “Ayollar huquqi deklaratsiyasi”da “Ayollar tarixi – ayollarning erkaklar tomonidan
doimiy hukmronlik ostida olinishi tarixidan iborat” deb ta’riflangan. 1595 – yili Olmoniyada
“Ayolning odam emasligi haqida dissertatsiya” kitobi nashr qilingan. O’rta asrlarga xos bo’lgan
ushbu qarashlar ayolning qiziqishlari faqat bola-oshxona-cherkovdan iborat ekanligini
uqtiradi, ayol o’zining ongli hayoti orqali jamiyat rivojiga o’z hissasini qo’shishi mumkinligini
inkor etadi. XVIII – XIX asr birinchi yarmida jamiyat taraqqiyotida yuz bergan o’zgarishlar
ayollarga bo’lgan munosabatning o’zgarishiga olib kela boshladi.Ushbu davrning Volter, Didro,
Monteskye, J.J. Russo, Jozef Prezdon, Avgust Bebel kabi ilg’or fikrlovchi ziyolilari ayollarga
millatning bir qismi, jamiyatning a’zosi sifatida qaray boshladilar. XIX asr ayollarning erkaklar
bilan teng huquqli bo’lish uchun kurash voqealariga to’la bo’lib, tarixda bu voqealar
“Feministlar harakati”, “Qizil paypoqlilar harakati”, “Ko’k paypoqlilar” nomini olgan.
Ayollarning o’z huquqlari uchun ommaviy chiqishlari xalqaro standartlar qabul qilishga olib
keldi[1;15].

Ayollarning iqtisodiy – siyosiy, kasbiy huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotga ilk bor

1871 – yil 18 – martda Parij Kommunasi tashkil topgan davrda asos solingan edi. Ikkinchi
jahon urushi tugagach esa, jahonda birinchi yirik tashkilot – Xalqaro Demokratik Xotin –
Qizlar Tashkiloti (XDXQT) tuzildi. Mazkur tashkilot jahondagi barcha xotin – qizlar harakatiga
boshchilik qilib, bir necha bor ayollar muammosiga bag’ishlangan xalqaro kongresslarni,
jumladan, 1945 – yil noyabr oyida Parijda, 1948- yil dekabrda Budapeshtda, 1953 – yil iyunda
Kopengagenda,1958 – yil iyun oyida Vena shahrida o’tkazishga muvaffaq bo’ldi. XDXQT ning
Vena Kongressida Prezident Ejeni Kotton jahon ayollari huzurida “Hozirgi jamiyatda xotin –
qizlarning roli va mas’uliyati” to’g’risida ma’ruza qilib, butun dunyoda ayollarning teng
huquqlarga ega bo’lishi, ularning fuqaro, ona, ishchi sifatidagi qadr – qimmatini hurmatlash
to’g’risidagi talablarni ko’tarib chiqqan edi”[2;123].

Ayollar muammolarini ularni hal etish maqsadida xalqaro Konferensiyalar ham tashkil

etildi. Ayollar harakatlarining muhim bosqichlari:

1975– yil I Butunjahon Ayollar Konferensiyasi va Xotin – qizlar yili deb e’lon qilinishi

(Mexiko, Meksika);


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

140

1976- 1985 – yil BMT tomonidan “Tenglik, Taraqqiyot, Tinchlik” shiori ostida Ayollar

o’n yillligi deb e’lon qilinishi;

1980– yil II Butunjahon Ayollar konferensiyasi (Kopengagen, Daniya);
1985- yil III Butunjahon Ayollar konferensiyasi (Nayrobi, Keniya);
1995- yil Ayollar holati bo’yicha IV Butunjahon konferensiyasi (Xitoy,
Pekin), Pekin deklaratsiyasi va Harakatlar Platformasi;
1995– 2004 – yillar BMT Bosh Assambleyasining 49 – sessiyasida “Inson huquqlari

ta’limining o’n yilligi” e’lon qilinishi.

“Gender tenglik uchun kurash 1945 – yil BMT ning tashkil topishi bilanoq boshlandi.

Tashkilotning dastlabki 51 a’zosidan 30 tasi ayollarga erkaklar bilan tenglikda saylov huquqi
va davlat ishlari bilan tenglikda saylov huquqi va davlat ishlari bilan shug’ullanish huquqini
berdi. BMT Nizomida erkaklar va ayollarning teng huquqliligi e’tirof etildi. Gender tenglikka
erishish uchun dastlabki qilingan ishlar ayollarning yuridik va fuqarolik huquqlaridagi
muammolarni yechish dunyo bo’ylab ayollarning ahvoli bo’yicha ma’lumotlar yig’ishga
qaratildi. Vaqt shuni ko’rsatdiki, faqatgina qonunlar bilan teng huquqlilikni ta’minlashga
erishib bo’lmas ekan. Shundan keyin gender tengligi uchun kurashning ikkinchi bosqichi
boshlandi. Shu maqsadda ayollar ahvolini yaxshilash borasida reja va strategiyalarni ishlab
chiqarish uchun BMT tashkilotining tashabbusi bilan to’rtta xalqaro konferensiya chaqirildi.
Bu konferensiyalar BMT tomonidan jahon miqyosida tashkil qilingan bo’lib, butun dunyo
e’tiborini gender tengligi muammosiga qaratishga muvaffaq bo’ldi. Konferensiyalar butun
dunyo aholisini bir maqsad yo’lida birlashtirdi va rejalar tuzish, yo’nalishlarini belgilash,
ayollarning jamiyatdagi va shaxsiy hayotidagi ahvollarini yaxshilash uchun asos bo’ldi”[3;89].

1980- yillar oxiri va 1990- yillarning boshlariga kelib esa ayollar huquqi tushunchasi ilk

marotaba ishlatila boshladi. Qayd etish lozimki, 1995 – yilda Pekinda chaqirilgan
konferensiyada gender tengligi bo’yicha kurashning yangi sahifasi ochildi. Aynan shu yilda
BMT ning Ayollar ahvoli bo’yicha IV Umumjahon konferensiyasida qabul qilingan Pekin
Harakatlar platformasi alohida muhim o’rin tutadi. Konferensiyada bir ovozdan Pekin
deklaratsiya va Harakat platformasida 12 yo’nalishdagi alohida sohalarga ahamiyat berildi.
Uning muqaddimasi va 12 bo’limi ayollar huquqlari bo’yicha ayollar ahvolini global darajada
baholash va butun dunyoda ayollar huquqlarini amalga oshirish bo’yicha strategiyalar, siyosat
va choralar tadqiq etilgan eng to’liq dastur hisoblanadi. Bu sohalarda hukumatlar va
jamiyatlar tomonidan quyidagi maxsus me’yorlar qabul qilinishi kerakligi ta’kidlandi:

Ayollar va qashshoqlik;

Ta’lim va ayollarning kasbiy tayyorgarligi;

Ayollar va sog’liqni saqlash;

Ayollarga nisbatan zo’ravonliklar;

Qurolli mojarolar davrida ayollar;

Ayollar va iqtisod;

Ayollarning boshqaruv organlarida va qaror qabul qilishdagi ishtiroki;

Ayollar holatini yaxshilashda institutsional mexanizm;

Ayollar va inson huquqlari;

Ayollar va ommaviy axborot vositalari;

Ayollar va atrof – muhit;

Qizlar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

141

Pekin konferensiyasi juda katta muvaffaqiyatga erishdi. Unda 189 davlatning 17000

delegati ishtirok etdi. Qilingan ishlarning tahlili Pekin Harakat platformasi qabul qilingandan
keyin besh yildan so’ng, BMT Bosh Assambleyasining maxsus sessiyasida ko’rib chiqildi.[4;11]
AQSHning birinchi xonimi Hillari Rodham Klinton aynan shu konferensiyada so’zlagan
nutqini “Ayollar huquqlari- inson huquqlari” deya nomladi va shundan keyin ayollar huquqi
tushunchasi yuzaga keldi. Bundan ko’rinib turibdiki, ayollarning oiladagi, jamiyatdagi nufuzini
yanada oshirish, ularning haq-huquqlari ijrosini ta’minlash aynan XX asr oxirlarida asta -
sekinlik bilan o’z ifodasini topa boshlagan ekan.

Bugungi kunga kelib esa bu masala yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Sababi

ayollar bugun har sohada ildamlab, yuqori marralarni zabt etib kelmoqda. “Adolat talab
qilayotganlar, matbuot erkinligi talab qilayotganlar, iqlimdagi salbiy o’zgarishlarga nisbatan
chora talab qilayotganlar va hammaning manfaatlari uchun jasorat ko’rsatayotganlar-
ayollar”,-deydi AQSH davlat departamenti so’zlovchisi Neyt Pros. Haqiqatan ham, ayollar
bugun o’z mustaqil fikriga ega, jamiyatdagi o’zgarishlarga befarq bo’lmagan, kelajak sari o’z
maqsadlari bilan odimlab borayotgan jamiyatning muhim a’zosi hisoblanadi.

Bugungi shiddatli va murakkab globallashuv davrida inson huquqlarining ajralmas

qismi sifatida xotin-qizlarning huquqlariga rioya etilishi sohasidagi vaziyat ham jahon
hamjamiyatini tashvishga solib kelyapti. Maʼlumki, BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 1979-
yil 18-dekabrda Xotin-qizlarni kamsitishning barcha shakllariga barham berish toʻgʻrisidagi
konvensiya qabul qilingan. Ushbu Konvensiyaga Oʻzbekiston 1995-yil 6-mayda qoʻshilgan.
Oʻzbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishning milliy tizimi yaratilgan va u oltita
yoʻnalishdan iborat. Birinchidan, bu borada zarur huquqiy baza yaratilgan; ikkinchidan,
tegishli institutsional tizimga asos solingan; uchinchidan, muayyan oʻquv-tarbiya ishlari yoʻlga
qoʻyilgan; toʻrtinchidan, sohaga oid qonunlar ijrosining monitoringi olib borilyapti;
beshinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarining imkoniyatlaridan samarali foydalanilyapti;
oltinchidan, ayollar huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro hamkorlik izchil amalga
oshirilyapti.

Mamlakatimizda gender tenglik masalasi davlat siyosati darajasiga koʻtarilgan boʻlib,

“Oʻzbekiston – 2030” strategiyasida ham ushbu muhim masalalar oʻz aksini topdi.

Keyingi yillarda Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy strategiyasiga

muvofiq xotin-qizlarni himoya qilish, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini, jamiyatda
ayollarga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik boʻyicha murosasizlikni taʼminlash borasida qator
qonun hujjatlari qabul qilindi. Oʻzbekistonda gender tenglikni taʼminlash, barcha xotin-
qizlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan 9 ta maqsad ishlab chiqilgan va ular izchil
amalga oshirib kelinyapti.

Mamlakatimizda ayollarga yetarli shart-sharoitlar yaratish, ularning huquqlari poymol

etilishining oldini olish, ularning bandligini ta’minlash masalalari ham davlat siyosati
darajasiga ko’tarilgan. Xotin-qizlar ham zimmalaridagi mas’uliyatni to’liq his etib, qaysi
sohada bo’lmasin, samarali mehnat qilib, yurt ravnaqi, xalq farovonligiga o’zlarining munosib
hissalarini qo’shib kelishmoqda. Jumladan, bugungi kunda Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga
saylangan 150 nafar deputatning 48 nafari yoki 32 foizini xotin-qizlar tashkil etadi. Senatda
esa, bu ko’rsatkich qariyb 25 foizga yetdi. Mahalliy Kengashlar deputatlarining 31 foizi ham
faol ayollardan iborat. Ana shunday natijalar tufayli O’zbekiston parlamenti ayol deputatlar
soni bo’yicha dunyodagi 190 ta milliy parlament o’rtasida 37 pog’onaga ko’tarildi. Holbuki,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

142

bundan 5 yil ilgari 128 o’rinda edi. Shuningdek, mamlakatimiz xotin-qizlari ta’lim, madaniyat
va ilm-fan sohasi rivojiga salmoqli ulush qo’shmoqda. Ilmiy-ta’lim muassasalarida 700
nafarga yaqin ayol fan doktori va 6 nafar ayol akademik, 15 nafar ayol O’zbekiston Qahramoni
unvonlariga ega ekanliklari quvonarli holdir. Bundan tashqari, O’zbekiston Respublikasi
Fanlar akademiyasining ilmiy-tadqiqot institutlarida, Oliy ta’lim muassasalarining ilmiy-
tadqiqot yo’nalishlarida ming-minglab xotin-qizlar samarali tadqiqot ishlarini olib bormoqda.
O’zbek olima ayollari nafaqat tabiiy fanlar, balki ijtimoiy jabhalarda ham kuchli intellektual
salohiyatga ega ekanliklarini namoyon etmoqdalar[5;46].

Shu bilan bir qatorda xotin- qizlarga Oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida

alohida kvotalarning joriy etilishi, magistraturaga tavsiya etilganlarga esa kontrakt to’lovining
byudjet hisobidan to’lab berilishi ham ayollarga bo’lgan e’tibor natijasi desak, xato bo’lmaydi.
Nogironligi bo’lgan xotin- qizlarga ham shart- sharoitlar yaratish, ularning layoqatiga mos
kasb- hunar o’rgatib, ularning bandligini ta’minlash ham bugun o’zining ijobiy natijalarini
ko’rsatmoqda. Bu bilan ayolning psixologik holati ham yaxshilanib, jamiyatdan ajralib qolish
xavfi kamaymoqda. Ularga tegishli nafaqalar tayinlanib, moddiy taraflama ham qo’llab-
quvvatlanib kelinmoqda. Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 apreldagi “Og’ir ijtimoiy
vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga, nogironligi bo’lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini
to’liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-
joylar berish tartibi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida»gi Qaroridir. Ushbu hujjatga
asosan xotin-qizlar va oilani qo’llab-quvvatlash jamoat fondi mablag’lari hisobidan har yili
respublika bo’yicha mingdan ziyod og’ir turmush sharoitida yashayotgan, nogironligi bo’lgan,
uy-joyga muhtoj xotin-qizlarga berilgan uylarning 10 foizlik boshlang’ich badal to’lovlari
to’lab berilmoqda. Bu imkoniyatlarning barchasi farzandini yolg’iz o’zi voyaga yetkazayotgan
yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatli bo’lmagan ayollar uchun yangi imkoniyatlar
eshigini ochishi shubhasiz. Bundan ko’rinib turibdiki, jamiyatimizda jinsi, tili, irqi, jismoniy
holati, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar har bir ayol qonun himoyasi ostida ekan.

Yosh ayol -qizlar o’rtasida tadbirkorlikka qiziqqanlar uchun ham alohida sharoitlar

yaratib, ularning reja va maqsadlari qo’llab- quvvatlanib kelinmoqda. Xususan,
respublikamizning barcha hududlarida xotin-qizlar tadbirkorlik markazlari tashkil etildi.
Bugungi kunda ular tomonidan 28 mingga yaqin opa-singillarimizga tadbirkorlik,
hunarmandlik, kasbga qayta tayyorlash, bandlikni ta’minlash yuzasidan amaliy yordam
ko’rsatilmoqda. Shuningdek, besh muhim tashabbus doirasida 21ming 500 nafar qiz qisqa
muddatli kasb-hunar kurslarida o’qitildi. Ana shunday imkoniyatlar tufayli tadbirkorlik
faoliyatini yo’lga qo’ygan ayollar soni bir yilda qariyb 45 ming nafarga ko’payib, ular
tomonidan minglab yangi ish o’rinlari barpo etilmoqda.

Jadal rivojlanib borayotgan mamlakatimiz hayotidagi muhim o’zgarishlardan yana biri

Taraqqiyot Strategiyasida ham ayollar masalasining o’rin olishi har birimizni quvontiradi.
Taraqqiyot strategiyasining 69-maqsadi «Xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash, ularning jamiyat
hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash» deb nomlangan. Unda, jumladan:

2022–2026 yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining

barcha jabhalarida faolligini oshirish bo’yicha Milliy dastur hamda uni 2022–2023 yillarda
amalga oshirishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash;

xotin-qizlarning ta’lim olishiga qo’shimcha shart-sharoitlar yaratish, ilm-fan sohasida

ayollarning o’rnini yanada oshirish;


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

143

xotin-qizlar o’rtasida biznes ko’nikmalarini shakllantirish bo’yicha bepul o’quv amaliy

kurslarini tashkil etish, imtiyozli kreditlar va lizing ajratish, xotin-qizlarni ishga jalb qilgan
holda kooperatsiya usulida tadbirkorlikni yo’lga qo’yish;

«Ayollar daftari»ga kiritilgan va jarrohlik amaliyotini o’tkazish lozim bo’lgan xotin-

qizlarning tibbiy muolaja xarajatlarini qoplab berish;

«Ayollar daftari» orqali xotin-qizlarning muammolarini hal etish amaliyotini o’rganish

va tahlil qilish hamda orttirilgan tajribadan kelib chiqib, “Ayollar daftari»ni yuritish orqali
xotin-qizlar muammolarini tizimli ravishda hal etish va ularni ijtimoiy qo’llab-quvvatlash
bo’yicha tartibi hamda «Ayollar daftari»ga kiritilgan xotin-qizlarni qo’llab-quvvatlash
jamg’armasi to’g’risidagi namunaviy nizom loyihalarini ishlab chiqish kabi vazifalar ko’zda
tutilgan.

Yuqorida sanab o’tilgan vazifalar ijrosini bugun biz atrofimizdagi yurtdoshlarimiz

misolida ko’ra olishimiz mumkin. U xoh tibbiyot, xoh ta’lim, ish bilan ta’minlashmi,
tadbirkorlikmi yoki pensiya masalasi bo’lsin, barchasi o’z vaqtida odilona hal etilib, xalqimiz
minnatdorchiligiga sazovor bo’lib kelinmoqda. Muqaddas dinimizda ham ayolni qadrlash,
ulug’lash, unga yaxshi munosabatda bo’lish masalasi ilgari surilgan. Buni bugun biz o’z
hayotimizda, jamiyatimizda bu natijalarni ko’ra olayotganimiz hammamizni quvontiradi.

Xulosa qilib aytganda, bugun nafaqat O’zbekistonda, balki butun jahon hamjamiyatida

ayolning qadri, xohish- istaklari, huquq va erkinliklari dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ular
ham jamiyatning muhim a’zosi sifatida ko’rilib, hurmatga sazovor bo’lib bormoqda. Bu
imkoniyatlar natijasi o’laroq, har bir ayol hayotda o’z o’rnini topib, aqlli, zamonaviy
fikrlaydigan, intellektual salohiyatli kelajak avlodlarni voyaga yetkaza olishi shubhasiz.

References:

1.

Saidov A. “Ayollar huquqlari bo’yicha xalqaro va milliy qonun hujjatlari rivojlanishning

asosiy yo’nalishlari”,T.:1999. – B. 34
2.

Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti. G’G’2015.

№1. -B.125-126.
3.

Mo’minov A.R. Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqaro-

huquqiy himoya qilish.G’G’. T . Adolat. 2013.- B.365.
4.

Saidov A.X Inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar: to’plam. – T.Adolat. 2004. –

B.44
5.

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son

6.

www.wikipedia.org

7.

www.cyberleninka.ru

8.

www.gazeta.uz

Библиографические ссылки

Saidov A. “Ayollar huquqlari bo’yicha xalqaro va milliy qonun hujjatlari rivojlanishning asosiy yo’nalishlari”,T.:1999. – B. 34

Shamsiyeva M.X. Gender tenglik. Buxoro Davlat Universiteti ilmiy axboroti. G’G’2015. №1. -B.125-126.

Mo’minov A.R. Tillaboyev M. A Inson huquqlari. Ayollar huquqlari va erkinligini xalqaro- huquqiy himoya qilish.G’G’. T . Adolat. 2013.- B.365.

Saidov A.X Inson huquqlari bo’yicha xalqaro shartnomalar: to’plam. – T.Adolat. 2004. – B.44

Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 10.08.2022 y., 09/22/438/0726-son

www.wikipedia.org

www.cyberleninka.ru

www.gazeta.uz