Авторы

  • Akobr Abdullayev
    Profi universiteti o‘qituvchisi, PhD

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47031

Аннотация

Bugungi zamonaviy professional sportdagi yutuqlar ilm-fan yutuqlaridan faol hamda samarali foydalanish hisobiga ham qo‘lga kiritilmoqda deb ishon bilan aytish mumkin. Zero, so‘zimiz isboti sifatida butun jahonda sport ijrosini (sport performance) yaxshilashni ilmiy tadqiq etuvchi 100 dan ortiq markazlar, shuningdek, dunyo bo‘ylab 300 dan ortiq universitetda sport ijrosini o‘rganish va takomillashtirish masalalarini o‘rganuvchi labaratoriya hamda bo‘limlar ish faoliyatini olib borayotganini aytish mumkin. Bu esa o‘z navbatida sportda oliy yutuqlarni qo‘lga kiritishning ilmiy asoslangan metodlarini yuzaga kelayotgani va professional sportchilar va murabbiylar shu metodlardan foydalanib natijalarini yaxshilab borayotgani katta ehtimoldir. Shaxmatda ham boshqa sport turlari qatori, sport psixologik tayyorgarlik masalasiga e’tibor qaratish shaxmatchilarning oliy yutuqlarini yanada yaxshilashga olib boruvchi ilmiy asoslangan yondoshuvni amalga oshirishga olib boradi deb o‘ylaymiz.

 


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

30

SHAXMATDA SPORT PSIXOLOGIK TAYYORGARLIK DOLZARB MUAMMO

SIFATIDA

Abdullayev Akobr Shokir o‘g‘li

Profi universiteti o‘qituvchisi, PhD

https://doi.org/10.5281/zenodo.13744913

Bugungi zamonaviy professional sportdagi yutuqlar ilm-fan yutuqlaridan faol hamda

samarali foydalanish hisobiga ham qo‘lga kiritilmoqda deb ishon bilan aytish mumkin. Zero,
so‘zimiz isboti sifatida butun jahonda sport ijrosini (sport performance) yaxshilashni ilmiy
tadqiq etuvchi 100 dan ortiq markazlar

1

, shuningdek, dunyo bo‘ylab 300 dan ortiq

universitetda sport ijrosini o‘rganish va takomillashtirish masalalarini o‘rganuvchi
labaratoriya hamda bo‘limlar

2

ish faoliyatini olib borayotganini aytish mumkin. Bu esa o‘z

navbatida sportda oliy yutuqlarni qo‘lga kiritishning ilmiy asoslangan metodlarini yuzaga
kelayotgani va professional sportchilar va murabbiylar shu metodlardan foydalanib
natijalarini yaxshilab borayotgani katta ehtimoldir. Shaxmatda ham boshqa sport turlari
qatori, sport psixologik tayyorgarlik masalasiga e’tibor qaratish shaxmatchilarning oliy
yutuqlarini yanada yaxshilashga olib boruvchi ilmiy asoslangan yondoshuvni amalga
oshirishga olib boradi deb o‘ylaymiz.

Shaxmat boshqa sport turlaridan farqli ravishda yaqqol mental xususiyat kasb etuvchi

sport turi sanaladi, bu esa ayrim shaxmatchilar yoki ekspertlarda “psixologik tayyorgarlik
shart emas, shusiz ham shaxmatchilarning mashqlari 100% psixologik tayyorgarlik sanaladi”
degan paradoksal fikrni kun tartibiga qo‘yishi mumkin. Biroq, sport psixologik tayyorgarlik
sohasida shunday tushuncha bor, “Mental o‘yin (mental game)” unga ko‘ra sportchi, qaysi
sport turi bo‘lishidan qat’iy nazar psixologik bilim-ko‘nikmalar sohasida mohir bo‘lsa, bu
mental mahorat unga nafaqat shunchaki g‘alabaga erishish imkoniyatini oshirib beradi, balki
sportdagi ekstremal vaziyatlardan tez va oson chiqib keta olishga ham ko‘maklashadi. Har
qanday sport g‘alaba va mag‘lubiyatdan iboratligi inkor etib bo‘lmas fakt, buni esa yuqorida
aytilgan mental mahoratga ega bo‘lgan sportchilargina tan olib, tushuna oladi.

Shaxmatda psixologik yondoshuv uslubi mavjud bo‘lib, unga ilk bora XIX asrning

oxirlarida Emanuel Lasker tomonidan asos solingan. Ta’kidlash kerakki E.Lasker ikkinchi
jahon chempioni sanaladi va u 27 yil jahon chempionligini saqlab tura olgan.

3

Mazkur misol

shaxmatda psixologik yondoshuv in’ikosida psixologik tayyorgarlik masalasini aktullashtirgan
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. O‘ninchi jahon chempioni Boris Spaskiyning murabbiysi bo‘lgan,
psixolog olim Nikolay Krogiusning (1979) ushbu sohadagi psixologik izlanishlaridan kelib
chiqib

4

, uning quyidagi muhim mulohazasi e’tiborga molikdir, shaxmatchilarning o‘yin uslubi,

ularning individual-psixologik xususiyatlari, psixologik holatidan kelib chiqib namoyon
bo‘ladi. Bilamizki, o‘yin uslubi, shaxmatchi g‘alabasining hal qiluvchi omillaridan biri,
mantiqan uslub to‘g‘ri tanlansa, raqib uchun noqulay bo‘lsa bu muvaffaqiyat degani. Lekin,
uslubni tanlash sportchining umumiy psixologik va shaxsiy xususiyatlari, joriy psixologik
holati hamda psixologik bilim-ko‘nikmalaridan kelib chiqib tanlanadi, foydalanilaniladi yoki

1

https://sportperformancecentres.org/#block-block-10

2

https://www.shanghairanking.com/rankings/grsssd/2023

3 https://ru.wikipedia.org/wiki/Ласкер,_Эмануил
4 Крогиус Н.В. Психологическая подготовка шахматиста. М.: Изд-во МГУ, 1979. 134 с.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

31

zarur vaqda o‘zgartiriladi. Bu esa yuqorida biz ta’kidlagan mental mahoratni yana bir bora
yuzaga chiqaradi.

Professional sport tayyorgarligining asosiy besh yo‘nalishi belgilangan bo‘lib, mazkur

beshta yo‘nalishdan intizom bilan “borish” orqali muakammal sport formasiga ega bo‘lish
mumkin, ular:
I.

taktik tayyorgarlik;

II.

texnik tayyorgarlik;

III.

jismoniy tayyorgarlik;

IV.

psixologik tayyorgarlik;

V.

salomatlik tayyorgarligi.
Yuqorida sanab o‘tilgan sport tayyorgarligi yo‘nalishlari allaqachon mahalliy

5

hamda

xorijiy ilmiy-nazariy manbaalar

6

da mukammal sport formasi omillari, oliy sport yutuqlari va

yuqori darajadagi sport mahorati kaliti sifatida tavsiflab, qolaversa asoslab berilgan.

Ta’kidlash kerakki, taktik tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, jismoniy tayyorgarlik,

psixologik tayyorgarlik, salomatlik tayyorgarligi kabi umumiy sport tayyorgarligi yo‘nalishlari
o‘zaro to‘ldiruvchi va mustahkamlovchi xususiyat kasb etadi va ularni bir-biridan ayro
tasavvur qilish, amaliyotda qaysidir bir yo‘nalishni tushirib qoldirish oliy yutuqlar sari
harakatlanoyotgan professional sportchi uchun ulkan xató bo‘lishi mumkin. So‘ngi yillarda esa
psixologik tayyorgarlik masalasi esa, barcha sport turlarida

7

, shu qatorda shaxmatda

8

ham

oliy sport yutuqlarining omili sifatida ajratib ko‘rsatilmoqda. Olib borilgan ilmiy tahlillarga
asoslanib, psixologik tayyorgarlik aktualligini oshiruvchi quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatish
o‘rinli:

Birinchidan, COVID-19 pandemiyasi oqibatida butun insoniyat qatori professional

sportchilarning ham psixologik salomatligida muayyan destruktiv o‘zgarishlar bo‘lgani
ehtimol, bu esa ularning umumiy psixologik holatida o‘zini ko‘rsatgan holda, sport ijrosiga va
uslubiga ta’sir qilishi mumkin;

Ikkinchidan, professional sportdagi tobora kuchayib borayotgan raqobat muhiti,

sportchilardan raqobatbardoshlik, o‘z navbatida bu irodaviy xususiyat talab qiluvchi
psixologik doimiy stresslarga chidamlilikni talab etib bormoqda;

Uchinchidan, uzoq muddat muayyan yuqori reytinglarda turib va chempionlik

darajalarida bo‘lib quyi pog‘onalarga tushish, mag‘lubiyatlardan tilkanib yana g‘alaba qozona
olish uchun psixologik tiklanish yoki sportdan keyingi va shaxsiy hayotni qurish kabi
masalalarga bog‘liq psixologik muammolarni qabul qilish, ularning yechimlari bilan ishlash
dolsarb ahamiyat kasb etmoqda.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki sport psixologik tayyorgarlik

barcha sport turlari qatorida shaxmatda ham o‘zining aniq va bugunki kunda tobora
aktuallashib borayotgan, determinatsion xususiyatga ega o‘rni bor. Buni tan olish va sport
psixologik tayyorgarlikni umumiy sport tayyorgarligi rejalariga kiritish shaxmatchini ham

5

Захид Гаппарович Гаппаров, Жавлон Мавлонбоевич Иштаев, Отабек Хамиджонович Хасанов, & Отабек

Аметович Хасанов (2022). СУЩНОСТЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ. Central Asian Research Journal
for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (11), 483-488.

6

Платонов В. Н., Булатова М. М., Бубка С. Н. Олимпийский спорт: в 2-х т. Под общ. ред. В. Н. Платонова. К. :

Олимпийская литература, 2009. Т. 1. С. 195-207.
7 https://penntoday.upenn.edu/news/sports-psychologist-talks-athletes-and-mental-health
8 https://nhsjs.com/2023/motivating-factors-in-elite-chess-players-a-review/


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

32

sportchi ham shaxs sifatida rivojlanishi omili bo‘ladi. Psixologik tayyorgarlikka alohida e’tibor
qaratmaslik, maskur sport tayyorgarligi komponentini inkor etish kamida noprofessional
yondoshuv bo‘lishi mumkin deb o‘ylaymiz.

References:

1.

Крогиус Н.В. Психологическая подготовка шахматиста. М.: Изд-во МГУ, 1979. 134 с.

2.

Захид Гаппарович Гаппаров, Жавлон Мавлонбоевич Иштаев, Отабек

Хамиджонович Хасанов, & Отабек Аметович Хасанов (2022). СУЩНОСТЬ
ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary
Studies (CARJIS), 2 (11), 483-488.
3.

Платонов В. Н., Булатова М. М., Бубка С. Н. Олимпийский спорт: в 2-х т. Под общ.

ред. В. Н. Платонова. К. : Олимпийская литература, 2009. Т. 1. С. 195-207.
4.

https://sportperformancecentres.org/#block-block-10

5.

https://www.shanghairanking.com/rankings/grsssd/2023

6.

https://ru.wikipedia.org/wiki/Ласкер,_Эмануил

7.

https://penntoday.upenn.edu/news/sports-psychologist-talks-athletes-and-mental-

health
8.

https://nhsjs.com/2023/motivating-factors-in-elite-chess-players-a-review/

Библиографические ссылки

Крогиус Н.В. Психологическая подготовка шахматиста. М.: Изд-во МГУ, 1979. 134 с.

Захид Гаппарович Гаппаров, Жавлон Мавлонбоевич Иштаев, Отабек Хамиджонович Хасанов, & Отабек Аметович Хасанов (2022). СУЩНОСТЬ ПСИХОЛОГИЧЕСКОЙ ПОДГОТОВКИ. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2 (11), 483-488.

Платонов В. Н., Булатова М. М., Бубка С. Н. Олимпийский спорт: в 2-х т. Под общ. ред. В. Н. Платонова. К. : Олимпийская литература, 2009. Т. 1. С. 195-207.