Авторы

  • Sitora Xabilova
    Termiz davlat Pedagogika institute Maktabgacha ta`lim kafedrasi o`qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47032

Ключевые слова:

tarbiyachi yosh avlod talaba shaxs jamiyat individual ta’lim oʻquv jarayoni sifat rivojlantirish koʻnikma kreativ kasbiy

Аннотация

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va unda jamiyatda  tarbiyachining tutgan oʻrni, zamonaviy tarbiyachilarni tarbiyalash jarayonida boʻlajak tarbiyachilarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish muammo ekanligi chuqur tahlil qilinib, unda boʻlajak tarbiyachilarnining fikrlashini rivojlantirish, individual ta’lim traektoriyalariga asoslangan, boʻlajak tarbiyachilarda kreativ fikrlash, amaliy koʻnikmalarni shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilgan. Oliy ta’lim muassasalari oʻquv jarayonida bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich oʻtish rejalashtirilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

28

BO`LAJAK TARBIYACHILARNING KASBIY SHAXSIY SIFATLARINI

RIVOJLANTIRISHNING IJTIMOIY AHAMIYATI

Xabilova Sitora Tursunmurod qizi

Termiz davlat Pedagogika institute Maktabgacha ta`lim kafedrasi o`qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13744197

Annotatsiya.

Bugungi kunda oliy ta’lim tizimidagi islohotlar va unda jamiyatda

tarbiyachining tutgan oʻrni, zamonaviy tarbiyachilarni tarbiyalash jarayonida boʻlajak
tarbiyachilarning kasbiy shaxsiy sifatlarini rivojlantirish muammo ekanligi chuqur tahlil
qilinib, unda boʻlajak tarbiyachilarnining fikrlashini rivojlantirish, individual ta’lim
traektoriyalariga asoslangan, boʻlajak tarbiyachilarda kreativ fikrlash, amaliy koʻnikmalarni
shakllantirishga oid muammolarni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratilgan. Oliy ta’lim
muassasalari oʻquv jarayonida bu vazifalarni amalga oshirishga bosqichma-bosqich oʻtish
rejalashtirilgan.

Kalit so`z:

tarbiyachi, yosh avlod , talaba,shaxs, jamiyat, individual ta’lim, oʻquv jarayoni,

sifat,

rivojlantirish, koʻnikma, kreativ, kasbiy

Аннотация

Сегодня глубоко анализируются реформы системы высшего

образования и роль педагогов в обществе, развитие профессиональных личностных
качеств будущих педагогов в процессе воспитания современных педагогов. Особое
внимание уделяется решению проблем, связанных с формированием педагогических
кадров. практические навыки. Поэтапный переход к реализации этих задач
планируется в образовательном процессе высших учебных заведений.

Ключевые слова:

педагог, молодое поколение, студент, человек, общество,

индивидуальное образование, образовательный процесс, качество, развитие,
мастерство, творческий, профессиональный.


Maktabgacha ta’lim-tarbiya sifatini ta’minlashning eng muhim yo‘nalishlaridan biri

maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bevosita ta’lim-tarbiya jarayonini amalga oshiruvchi
tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy tayyorgarlik sifatlarini oshirishdir. Tarbiyachi-pedagogning
kasbiy faoliyati uning ko‘nikma va kasbiy ahamiyatli fazilatlari to‘plamiga ega bo‘lishini
nazarda tutadi. Oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak tarbiyachi-pedagoglari kasbiy tayyorlash
masalasi ko‘plab tadqiqotchilar tomonidan o‘rganilgan bo‘lsada, bugungi globallashuv
sharoitida ham dolzarb masala sifatida ko‘plab tadqiqotlarning ob’ekti va peredmetiga
aylanmoqda.

Bo‘lajak tarbiyachi va pedagoglarni kasbiy tayyorlash, tarbiyachilarni kasbiy

kompetentligini rivojlantirish muammolari respublikamiz olimlaridan N.SH.Abdullaeva,
N.N.Azizxodjaeva, H.Abdukarimov, G.N.Ibragimova N.A.Muslimov, N.Mo‘minova,U.Nishonaliev,
M.Ochilov, B.X.Raximov, J.Tolipova, S.T.Turg‘unov, I.Tursunov, N.Sh.SHodiev,D.I.Yunusova,
O.Q.Haydarova va boshqalarning tadqiqot ishlarida o‘rganilgan. X.Abdukarimov ilmiy tadqiqot
ishida bo‘lajak tarbiyachilarda quyidagi ahlokiysifatlarmujassam bo‘lishi kerakligini
ta’kidlagan:

Bolalarni sevishi kerak;

O‘z kasbiga sadoqatli bo‘lishi kerak;

Nazariy bilimlarni amaliyotga tadbiq eta olishi kerak.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

29

B.Raximov ilmiy tadqiqotida kasbiy madaniy munosabatlar tizimini yaratib, uni

pedagogik amaliyotda qo‘llash mazmun mohiyatini asoslab bergan va bo‘lajak pedagogda har
ikkala munosabatning, ya’ni kasbiy-madaniy munosabatlarning uyg‘un va izchil bo‘lishi
ijtimoiy hayotning ehtiyoji hisoblanishini ta’kidlagan.

Tarbiyachi bolalarga kundalik hayotda, o‘yinlarda, mashg‘ulotlarda, birgalikdagi mehnat

faoliyatida va ular bilan bo‘ladigan muomalada taʼsir ko‘rsatadi. U har bir bolani diqqat bilan
o‘rganishi, uning shaxsiy xususiyatlarini, qobiliyatlarini bilishi, pedagogik nazokatini
namoyon qilishi, bolalarning xulqatvorini, ish natijalarini haqqoniy baholashi kerak, ularga o‘z
vaqtida yordam ko‘rsata olishi, oiladagi ahvoli bilan qiziqishi zarur. Hozirgi zamon
tarbiyachisining asosiy fazilatlaridan biri o‘z kasbiga sadoqatliligi, g‘oyaviy eʼtiqodliligi oʼz
kasbini sevishi va bu kasbga boʼlgan cheksiz sadoqati boshqa kasb egalaridan ajratib turadi.
Tarbiyachi shaxsiga qoʼyiladigan muhim talablaridan biri shuki, u o‘z predmetini, uning
metodikasini chuqur o‘zlashtirgan bo‘lishi zarur Tarbiyachi pedagoglarning kasbiga xos
bo‘lgan muhim fazilatlaridan, talablaridan biri bolalarni sevish ularning hayoti bilan qiziqish
har bir shaxsni hurmat qilishdan iborat. Tarbiyachi pedagog mashg‘uloti uchun kerakli
bo’lgan didaktik ashyoni maqsadga ko’ra o’zi tayyorlaydi, tarbiyalanuvchilarni yasash, ijod
qilish jarayoniga jalb qilib, ularning aqliy, jismoniy va ruhiy rivojlanishiga turtki beradi.

O’z faoliyati mobaynida tarbiyachi kreativlik sifatlariga ega bo’lishi uning shaxsiy

qobiliyatlari, tabiiy va ijtimoiy quvvatini kasbiy faoliyatni sifatli, samarali tashkil etishga
yo’naltiradi. Boʻlajak pedagog tarbiyachilarning kreativlik sifatlariga ega bo‘lishlari ularda
ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etishga an’anaviy yondashishdan farqli yangi g‘oyalarni
yaratish, bir qolipda fikrlamaslik, o‘ziga xoslik, tashabbuskorlik, noaniqlikka toqat qilmaslikka
yordam beradi. Shuningdek, kreativlik sifatlariga ega pedagog kasbiy faoliyatini tashkil
etishda ijodiy yondashish, yangi, ilg‘or bolalarning o’quv faoliyatini, shaxsiy sifatlarini
rivojlantirishga xizmat qiladigan g‘oyalarni yaratishda faollik ko’rsatish, ilg‘or pedagogik
yutuq va tajribalarni mustaqil o’rganish, shuningdek, hamkasblar bilan pedagogik yutuqlar
xususida doimiy, izchil fikr almashish tajribasiga ega bo’lishga e’tibor qaratadi. Odatda
boʻlajak pedagog tarbiyachilarning kreativlik qobiliyatiga ega bo‘lishlari pedagogik
muammolarni hal qilishga intilish, ilmiy-tadqiqot ishlari yoki ilmiy loyihalarni amalga oshirish
va o‘zaro ijodiy hamkorlikka erishishlari orqali ta’minlanadi, shakllantiriladi va u asta- sekin
takomillashib, rivojlanib boradi.

References:

1.

Fotima Qodirova, Shoista Toshpo'latova, Nargiza Kayumova, Malohat A'zamova

“Maktabgacha Pedagogika” Darslik "Tafakkur" Nashriyoti Toshkent – 2019-688 b
2.

O.U. Hasanboyeva, M.X. Tojiyeva, Sh.K. Toshpo‘Latova, M .M . Pirmuhamedova, |R.T.

Akbarova I, M .Sh. Nurmatova, N .M . Qayumova, N.N. Jamilova, X. Sariboyev, L.A. Kulay
“Maktabgacha ta`lim pedagogikasi” Toshkent - «ILM ZIYO» - 2011- 184 b.
3.

S. T. Xabilova , H. Payg‘amova , Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish. Educational

Research in Universal Sciences, 2023 2(10)-son 100–102-b
4.

S.T.Xabilova, Nazarova, M. Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri.

Educational Research in Universal Sciences,2023 2(10)-son 94–96-b
5.

S.T Xabilova, Ziyodullayeva , M. Hozirgi jamiyatda tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talab

va vazifalar. Educational Research in Universal Sciences,2023 2(10)-son 97–99-b.

Библиографические ссылки

Fotima Qodirova, Shoista Toshpo'latova, Nargiza Kayumova, Malohat A'zamova “Maktabgacha Pedagogika” Darslik "Tafakkur" Nashriyoti Toshkent – 2019-688 b

O.U. Hasanboyeva, M.X. Tojiyeva, Sh.K. Toshpo‘Latova, M .M . Pirmuhamedova, |R.T. Akbarova I, M .Sh. Nurmatova, N .M . Qayumova, N.N. Jamilova, X. Sariboyev, L.A. Kulay “Maktabgacha ta`lim pedagogikasi” Toshkent - «ILM ZIYO» - 2011- 184 b.

S. T. Xabilova , H. Payg‘amova , Pedagog - tarbiyachi shaxsini shakllantirish. Educational Research in Universal Sciences, 2023 2(10)-son 100–102-b

S.T.Xabilova, Nazarova, M. Tarbiya turlari va ularning shaxs kamolotiga ta’siri. Educational Research in Universal Sciences,2023 2(10)-son 94–96-b

S.T Xabilova, Ziyodullayeva , M. Hozirgi jamiyatda tarbiyachi shaxsiga qo‘yiladigan talab va vazifalar. Educational Research in Universal Sciences,2023 2(10)-son 97–99-b.