Авторы

  • Sevara Yo‘ldashova
    UrDPI 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47052

Ключевые слова:

Ayol tenglik gender tenglik huquq kamsitish imkoniyat ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash konvensiya jamiyat konstitutsiya adolat.

Аннотация

Ushbu maqolada ayollar huquqlarini himoya qilish va xotin-qizlarni kamsitilishiga barham berish shuningdek, O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya qilishning huquqiy asoslari va gerder tenglik kabi masalalar yoritib berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

124

O‘ZBEKISTONDA AYOLLAR HUQUQLARINI HIMOYA QILISHNING HUQUQIY

ASOSLARI VA GENDER TENGLIK

Yo‘ldashova Sevara Nuraddin qizi

UrDPI 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13576740

Annotatsiya:

Ushbu maqolada ayollar huquqlarini himoya qilish va xotin-qizlarni

kamsitilishiga barham berish shuningdek, O‘zbekistonda ayollar huquqlarini himoya
qilishning huquqiy asoslari va gerder tenglik kabi masalalar yoritib berilgan.

Kalit so‘zlar:

Ayol, tenglik, gender tenglik, huquq, kamsitish, imkoniyat, ijtimoiy qo‘llab-

quvvatlash, konvensiya, jamiyat, konstitutsiya, adolat.

Abstract:

This article highlights the content of the Law on the Protection of Women's

Rights and the Elimination of Discrimination against Women, as well as the Protection of
Women from Harassment and Violence

Key words:

Women,equality, rights, discriminaton, opportunity, socialsupport,

convention, society, constitution, justice

Аннотация:

В данной статье освещено содержание Закона о защите прав женщин

и ликвидации дискриминации в отношении женщин, а также о защите женщин от
притеснений и насилия.

Ключевые слова:

Женщины, равенство, права, дискриминация, возможности,

социальная поддержка, конвенция, общество, конституция, справедливость.

Bugungi kunda xotin-qizlarimizni turmushini o‘tgan kunlarning o‘tmish sahifalariga

yozilgan va bitilgan kechmishlariga aslo solishtirib bo‘lmaydi. Momolarimizni cheklangan
huquqlari, siyosiy tugul oddiy o‘rta maktab ta’limini olish borasidagi cheklovlar va ularni
yengish uchun qanchalik darajadagi chekkan mashaqqatlari ayollarning hozirgi huquq va
manfaatlariga yetishishi yo‘lida debocha bo‘lgan desak adashmagan bo‘lamiz. Nafaqat bizni
mamlakatimizda balki, butun dunyoda ayollar huquqlarini himoya qilish har doim dolzarb
bo‘lib kelgan.

Ayollar huquqlarining global muammolari dunyoning ko‘plab mamlakatlarida eng

muhim muammolardir. Bu sohadagi muammolar va muammolarni aks ettiruvchi bir necha
asosiy jihatlarni sanab o‘tsak:
1.

1. Gender tengsizlik: Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tengsizlik asosiy muammo bo'lib

qolmoqda. Bu ish haqi, ta'lim olish imkoniyati, biznes va siyosiy faoliyat bilan shug'ullanish
imkoniyatlariga taalluqlidir.
2.

Zo‘ravonlik: Ayollarga nisbatan zo‘ravonlik millionlab ayollar hayotiga ta'sir qiluvchi

global muammodir. Bu oiladagi zo‘ravonlik, jinsiy zo‘ravonlik, odam savdosi va huquqlarning
buzilishining boshqa shakllarini o‘z ichiga olishi mumkin.
3.

Ta'lim olish imkoniyati: Dunyoning ayrim hududlarida ayollar hali ham sifatli ta'lim

olishda qiynalmoqda. Bu ularning shaxsiy va kasbiy rivojlanishiga to‘siqlar yaratadi.
4.

Sog'liqni saqlash: Bir qator mamlakatlarda ayollar sifatli tibbiy xizmatdan, jumladan,

reproduktiv salomatlik xizmatidan foydalanish imkoniyati cheklangan. Bu ularning
farovonligi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.
5.

Siyosat va yetakchilikdagi ishtiroki: Taraqqiyotga qaramay, ko‘plab mamlakatlarda

ayollarning siyosat va yuqori rahbarlik lavozimlarida ishtirok etish darajasi hali ham yetarli
emas.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

125

6.

Bolalar nikohi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlik: Ko‘pgina qizlar majburiy turmushga

chiqish va zo‘ravonlikka duch kelishadi, bu ularning huquqlarining buzilishi va jiddiy ijtimoiy
va psixologik oqibatlarga olib keladi.
7.

Texnologiyadan foydalanish imkoniyati: Ayrim jamiyatlarda ayollarning axborot

texnologiyalari va raqamli resurslardan foydalanish imkoniyati cheklangan, bu esa ularning
ta’lim olishi va rivojlanishi uchun qo‘shimcha to‘siqlar yaratishi mumkin.

Dunyo bo‘ylab ko‘plab guruhlar va tashkilotlar ma’rifiy tadbirlarni o‘tkazish,

qonunchilikka o‘zgartirishlar kiritish va hayotning turli sohalarida xotin-qizlarning mavqeini
oshirishga qaratilgan loyihalarni qo‘llab-quvvatlash orqali ushbu muammolarni hal qilish
ustida ishlamoqda.

Mamlakat ayollar huquqlarini qay darajada ta'minlayotganini baholash turli jihatlarga,

jumladan, qonunlar, siyosatlar, ijtimoiy-madaniy omillar va haqiqiy turmush sharoitlariga
bog'liq bo‘lishi mumkin. Biroq, ayrim davlatlar tenglik va ayollar huquqlarini ilgari surish
borasidagi sa'y-harakatlari bilan taniqlidir. Shuni ta'kidlash kerakki, bunday mamlakatlarda
ham muammolar mavjud bo‘lishi mumkin va hech bir davlat bu sohada to‘liq mukammallikka
erishmagan. Jamiyatda ayollarning ijtimoiy faolligi juda muhim ahamiyatga ega bo‘lib
hisoblanadi. O‘quvchi-qizlarning ijtimoiy faolligi jamoada, guruhda, norasmiy birlashmada
muloqot qilish va harakat qilish, boshqalar bilan samarali munosabatda bo‘lish, tengdoshlari,
oilaning katta va kichik a’zolari, mahallalar oldidagi muayyan majburiyatlarni ixtiyoriy
ravishda bajarishlari, o‘zini va o‘zgalarini rivojlantirish va faollashtirishga qaratilgan ongli
hamda tizimli faoliyatidir. Jamoat arbobi S.L.Rubinshteynning fikricha “ijtimoiy faollik faqat
insonning ongli faoliyatida namoyon bo‘ladi”. Shu sababli ham jamiyatda ayollarning ijtimoiy
faolligini oshirish borasida mamalakatimizda ham juda ko‘plab islohotlar amalga oshirilgan va
yanada amalga oshririb borilmoqda. Open Data Watch tashkilotining “Gender Data Compass”
reytingida 2023 yil yakuniga ko‘ra, O‘zbekiston 37 ball to‘plagan holda 185 ta mamlakat
orasidan 56-o‘rinni, Markaziy Osiyo mintaqasida 3-o‘rinni egalladi. “Gender Data
Compass” mamlakatning gender ma’lumotlari tizimini yaxlit baholashni ta’minlaydi. U 53 ta
gender ko‘rsatkichlarining besh jihati: mavjudlik, ochiqlik, asoslar, imkoniyatlar va
moliyalashtirish manbalariga tahlil qilinadi. Mamlakatimizda ham gender statistikasini
yuritish bo‘yicha Statistika agentligi vakolatli organ bo‘lib, agentlikda gender statistikasini
yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish bo‘yicha alohida bo‘linma tashkil etilgan. Agentlik
tomonidan yuritiladigan gender.stat.uz saytining barcha bo‘limlarida bugungi kunda 180 dan
ziyod gender statistikasiga oid ko‘rsatkichlar 3 ta tilda, 5 xil formatda joylashtirib borilmoqda.
Bundan ko‘rinib turibdiki, yildan yilga gender tenglikni ta’minlashga va ayollarning ijtimoiy
turmush sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan islohotlar rivojlanib bormoqda. So‘nggi yillarda
Gender tenglikni ta’minlashga qaratilgan qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlarni e’tirof
etadigan bo‘lsak, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Xotin-
qizlarning mehnat huquqlari kafolatlarini yana-da kuchaytirish va tadbirkorlik faoliyatini
qo‘llab-quvvatlashga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4235-on qarori, O‘zbekiston
Respublikasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonuni,
O‘zbekiston Respublikasining “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar
kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil
30-martdagi “Normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini gender-huquqiy
ekspertizadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” 192-son qarori,


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

126

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 23-iyundagi “Oliy ta’lim
muassasalariga qo‘shimcha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari doirasida xotin-
qizlarga tanlovda ishtirok etish uchun tavsiyanoma berish va ularni o‘qishga qabul qilishni
tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 402-sonli qarori, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish
tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020-yil 4-yanvardagi 4-son qarori,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 20-noyabrdagi “Xotin-qizlarni ish
bilan ta’minlash, ular o‘rtasida tadbirkorliknir rivojlantirish tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 919-son qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2018-yil 12-apreldagi “Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga,
nogironligi bo‘lgan, kam ta’minlangan, farzandlarini to‘liqsiz oilada tarbiyalayotgan va uy-joy
sharoitini yaxshilashga muhtoj onalarga arzon uy-joylar berish tartibi to‘g‘risidagi nizomni
tasdiqlash haqida”gi 285-son qarorini e’tirof etish mumkin. Shunungdek, 11-sentyabr 2023-
yildagi

PF-158-sonli

O‘zbekiston

Respublikasi

Prezidentining

“O‘zbekiston

-

2030” strategiyasining 25-maqsadida Gender tenglikni ta’minlash siyosatini davom ettirish,
xotin-qizlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish orqali boshqaruv lavozimlaridagi xotin-
qizlar ulushini 30 foizga oshirish. Jamiyatda xotin-qizlarga tazyiq va zo‘ravonlikka nisbatan
murosaasizlik muhitini yaratish, xotin-qizlarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini
ta’minlash. «Ayollar daftari» bilan manzilli ishlashning shaffof mexanizmini yaratish, mazkur
ishlar bo‘yicha jamoatchilik nazoratini o‘rnatish nazarda tutilgan. Ushbu qabul qilingan qonun
va qarorlar albatta mamlakatimizdagi xotin va qizlarning huquq va majburiyatlarini
kafolatlab, shu bilan birgalikda ko‘pgina huquqbuzarliklarni oldini olishda ham samarali
xizmat qiladi.

Milliy darajada ayollar maqomini oshirish va ularning iqtisodiy huquqlarini ham

mustahkamlash bo'yicha dasturlar va tadbirlar amalga oshirilmoqda. Gender muammolarini
hal qilishda respublika davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat va ilmiy
tashkilotlari faoliyatining faollashishi hamda bir-biri bilan uyg‘unlikda faoliyat yuritishlari
maqsadga muvofiq bo‘ladi. Albatta buning uchun moliyaviy qo‘llab – quvvatlash masalasi
birinchi o‘ringa chiqadi. 2024-yil 14-martdagi Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi
oʻrinbosari va BMT Ayollar tashkiloti ijrochi direktori Sima Baxousning BMT shtab-
kvartirasidagi Ayollar maqomi boʻyicha komissiyaning 68-sessiyasida “Avlodlar tengligi”ga
bagʻishlangan yon tadbirdagi kirish soʻzida, “...Bizning 2023-yil uchun gender istiqbollari
haqidagi hisobotimiz CSW68 da muhokama qilinganidek, asosiy Barqaror rivojlanish
maqsadlarida gender tengligiga erishish, jumladan, qashshoqlikka barham berish uchun yiliga
qo‘shimcha 360 milliard AQSh dollari zarurligini aniqladi. Hayotning barcha jabhalarida
ayollar va qizlar huquqlarini ta’minlash farovon va adolatli iqtisodiyotni, kelajak avlodlar
uchun sog‘lom sayyorani ta’minlashning yagona yo‘lidir.

References:

1.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

2.

https://uzmarkaz.uz/news/ozbekistonda-ayollar-huquqlarini-himoya-qilishning-

huquqiy-asoslari
3.

https://lex.uz/docs/-2685528

4.

Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonun

5.

https://lex.uz/ru/docs/-5320582?ONDATE=01.01.2024%2000

Библиографические ссылки