Авторы

  • Mira’zam To‘xtasinov
    Namangan Davlat Universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo‘nalishi talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47068

Ключевые слова:

Sharaful mulk Hujjatul haq Shayx ur-rais Tabiblar podshosi metafizika dorivor giyohlar kasaliklar turlari ularni tabiiy vositalar bilan davolash Kitob ush-shifo.

Аннотация

Ushbu maqolada Somoniylar sulolasi davrida yashagan Abu Ali Ibn Sinoning hayot yo‘llari va sharq tibbiyoti ilm faniga qo‘shgan beqiyos hissalari va asarlar davomida tibbiyot sohasida muhim dasturamal hisoblangan ,,Al-qonun fit-tib” ya’ni ,,Tib qonunlari” asari haqida ma’lumotlar berilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

71

ABU ALI IBN SINO - SOMONIYLAR DAVRIDA TIBBIYOT ILMIGA O‘Z

HISSASINI QO‘SHGAN MASHHUR TABIB

To‘xtasinov Mira’zam Abdujabbor o‘g‘li

Namangan Davlat Universiteti

Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix yo‘nalishi talabasi

mirazamtohktasinov@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.13340826

Annotatsiya.

Ushbu maqolada Somoniylar sulolasi davrida yashagan Abu Ali Ibn

Sinoning hayot yo‘llari va sharq tibbiyoti ilm faniga qo‘shgan beqiyos hissalari va asarlar
davomida tibbiyot sohasida muhim dasturamal hisoblangan ,,Al-qonun fit-tib” ya’ni ,,Tib
qonunlari” asari haqida ma’lumotlar berilgan.

Kalit so‘zlar:

Sharaful mulk, Hujjatul haq, Shayx ur-rais, Tabiblar podshosi, metafizika,

dorivor giyohlar, kasaliklar turlari, ularni tabiiy vositalar bilan davolash, Kitob ush-shifo.

Абстрактный:

В данной статье рассмотрен образ жизни Абу Али ибн Сины,

жившего во времена династии Саманидов, и его несравненный вклад в науку
восточной медицины и его труды «Аль-канун фит-тиб», т. е. «Законы медицины». »,
которая считалась важной программой в области медицины, представлена в данной
статье. Приведена информация.

Ключевые слова:

Шарафул мульк, Худжатул хак, Шейх ур-Раис, Царь врачей,

метафизика, лекарственные травы, виды болезней, их лечение природными
средствами, Китаб уш-шифа.

Abstract:

This article examines the way of life of Abu Ali ibn Sina, who lived during the

Samanid dynasty, his incomparable contribution to the science of oriental medicine, and the
works of "Al-Qanun Fit-Tib", i.e. "The Laws of Medicine". ”, which is considered an important
program in the field of medicine, is presented in this article. Information provided.

Key words:

Sharaful Mulk, Khujatul Haq, Shaykh ur-Rais, king of healers, metaphysics,

healing herbs, types of diseases, their treatment with natural remedies, Kitab ush-shifa.

Abu Ali Ibn Sino to‘liq ismi Abu Ali ibn Abdulloh ibn Hasan ibn Ali bo‘lib, yaqin

qarindoshlari tomonidan Abu Ali, xalq orasida Ibn Sino, Yevropada ,,Avitsenna” , allomalar
orasida esa ,, Shayx ur-rais” nomlari bilan tanilgan. Ibn Sino 980-yilda 21-avgustda Buxoro
yaqinidagi Afshona qishlog‘ida mahalliy amaldor oilasida tug‘ilgan. Ibn Sinonig otasi Abdulloh
Balx shahridan bo‘lib, Somoniylar hukmdori Nuh Ibn Mansur (976-997) davrida Buxoroga
ko‘chib kelgan. Bu yerda Afshonalik Sitora qizga uylanib, undan ikkita farzand ko‘rgan.

1

Bundan ko‘rinib turibdiki Ibn Sino oilada yakka farzand bo‘lmagan uning Mahmud ismli ukasi
bo‘lgan. Husayn (Ibn Sino) besh yoshidan boshlab ilmga mehr qo‘yadi. Dastlabki bilimlarni
qur’oni karimni yod olishdan boshlaydi. To‘qqiz yoshida qur’oni karimni yod olib, o‘n yoshida
qorilik dajasiga yetadi. Undan so‘ng esa matematika ilmiga mehr qo‘yadi va uni qunt bilan
o‘rganadi. Shu bilan birgalikda arab adabiyotiga bo‘lgan qiziqish tufayli ko‘plab arab
adabiyotlarini o‘qigan va ularni bemalol tarjima qila olgan.

Ibn Sinoning buyuk tabib bo‘lib yetishida uning ota-onasi va ustozlarining mehnatlari

juda katta bo‘lgan. Xususan Ibn Sinoning ilk ustozi hisoblangan Abu Abdulloh Notiliydan

1

Abu Ali Ibn Sino. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi tomonidan

nashr qilingan IBXITM-2022. 3-4 betlar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

72

mantiq, muhandislik va astronomiya ilmlarini qunt bilan o‘rgangan.

2

Abu Abdulloh Notiliy

shogirdi hisoblanmish Ibn Sinoning qobilyatiga yuqori baho berib, uni yana ko‘proq va
chuqurroq ilm olishga undagan. Ibn Sino tinmay mutolaa qilar va o‘zi uchun qiziq bo‘lgan
musiqa, optika, kimyo, fiqh kabi fanlarni o‘rganadi. Bu ilmlarning foydasi ila qalbida tabobat
ilmiga bo‘lgan muhabbat asta-sekinlik bilan ildiz ota boshlaydi. Ibn Sino tib ilmiga bo‘lgan
chuqur mehri ila o‘z davrining yetakchi tabiblaridan biri bo‘lgan Buxorolik tabib Abu Mansur
Hasan ibn Nuh Qumriydan tabobat sir-asrorlarini o‘rgana boshlaydi. Allomaning o‘zi shunday
deydi: ,, Keyinchalik tib ilmi bilan shug‘ullangim kelib qoldi.Unga oid kitoblarni o‘qishga
kirishdim.Tib ilmi o‘zi qiyin ilmlardan emas edi.Shu sababli qisqa muddat ichida bu sohada
shunday natijalarga erishdimki, hatto fozil tabiblar ham huzurimga kelib, mendan tib ilmini
o‘rganadigan bo‘ldi”. Ibn Sino yoshligidan juda tirishqoq va ilmga chanqoq bo‘lib, allomaning
o‘zi yozib qoldirishicha: ,, O‘sha kezlari biron kecha (ya’ni ilm bilan hamnafas bo‘lgan damlari)
to‘yib uxlamas edim, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsalar bilan shug‘ullanmas edim. Har
bir masalani o‘rganayotganimda bir qancha qiyosiy faktlarni solishtirib, shu faktlar nuqtayi
nazaridan o‘sha dastlabki masala yuzasidan xulosa chiqarar edim. Nihoyat uning asl mohiyati
menga ayon bo‘lib qolardi. Ana shu zaylda hamma bilimlarni mustahkam egallab oldim. Bir
insonning imkoniyati darajasida ularni o‘zlashtirdim” deya ma’lumotlar bergan

3

.

Bundan

ko‘rinib turibdiki Ibn Sino masalaning mohiyatini tez tushuna olish qobilyatiga ega bo‘lib, eng
asosiysini ikkinchi darajasidan ajrata oladigan kuchli ilm egasi bo‘lgan.

Ibn Sino yoshligidan o‘zidan avval yashab o‘tgan Sharq mutafakkirlarining asarlarini

chuqur o‘rganish bilan birga, qadimgi yunon tabiiy-ilmiy, falsafiy merosini, xususan Aristotel,
Yevklid, Ptolemey, Galen, Gippokrat, Pifagor, Porfiriylaming asarlarini ham qunt bilan
o‘rgandi. Shu tariqa tabobat ilmiga asta sekinlik bilan qadam tashlay boshlaydi.

Kunlarning birida Somoniylar saroyida noodatiy holat yuz berdi: mamlakat amiri kasal

bo‘lib qoldi, biroq saroy tabiblaridan birortasi ham uni davolay olmadi. Shunda amirni
davolash uchun yosh Ibn Sino taklif qilindi. U esa o‘z navbatida to‘g‘ri tashhis qo‘yib, kasallik
turini aniqlay olgan va amirni muvaffaqiyatli davolagan. Bu paytda Husayn 17 yoshda edi,
shunga qaramasdan u amirning shaxsiy tabibi etib tayinlandi. Shu bilan birgalikda Ibn Sino
Somoniylarning davlat kutubxonasidan foydalanishga ruxsat so‘raydi. Nuh Ibn Mansur Ibn
Sinoni Somoniylar kutubxonasiga rahbar etib tayinlamoqchi bo‘ladi. Ayrim manbalarda
keltirishicha Ibn Sino bu taklifni dastavval rad etadi. Bu taklifni o‘ylab ko‘rish uchun Ibn Sino
Nuh Ibn Mansurdan uch yil muddat so‘raydi. Bu vaqt oralig‘ida Ibn Sino Somoniylar
kutubxonasidagi barcha kitoblarni o‘qib , kutubxona uchun qanday kitoblar kamligini va
ularni qayerdan olib kelish kerakligini ro‘yxatini tuzib Nuh Ibn Mansurga taqdim etadi.
Bundan hayratda qolgan Nuh Ibn Mansur Ibn Sino taklifiga binoan turli shaharlardan kitoblar
olib kelinadi. Shu tariqa Somoniylar kutubxonasi Islom olamidagi eng yirik va qimmatli
kitoblar jamlangan kutubxona sifatida tilga olinadi. Keyinchalik Ibn Sino Nuh Ibn Mansurni
taklifini qabul qilib kutubxona boshqaruviga kirishadi. Ibn Sino davrida ushbu kutubxonaning
dong‘i yetti iqlimga tarqaladi. Ilm o‘rganish istagida bo‘lgan barcha olimlar ushbu

2

Abu Ali Ibn Sino. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi tomonidan

nashr qilingan IBXITM-2022. B. 5

3

Abu Ali Ibn Sino. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi tomonidan

nashr qilingan IBXITM-2022. B. 3.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

73

kutubxonaga kelib ilm o‘rganish baxtiga muyassar bo‘ladilar. Ibn Sino rahbarligida ushbu
kutubxona ilm-ma’rifat maskaniga aylanadi.

Ibn Sino ko‘plab asarlarini Buxoro shahrida yozgan bo‘lib, 20 yoshida bir necha kitoblar

yozib ulgurgan edi: ,,Katta ensiklopediya”, ,,Etika bo‘yicha nashr’’, ,,Tabobat lug‘ati” va shu
kabi mashhur asarlari uning dastlabki asarlari hisoblanadi.

Ibn Sino asarlarining umumiy soni 450 dan oshadi, lekin bizgacha faqat 160 ( ba’zi

ma’lumotlarda esa 242 ta) ga yaqin asari yetib kelgan xolos. Ko‘p manbalarda Ibn Sino avvalo
tabib sifatida talqin etiladi, holbuki tabobat uning ilmiy sohalari orasida muhimlaridan biridir.
Ibn Sino asarlarining asosiy qismi Yaqin va O‘rta Sharqning o‘sha davr ilmiy tili hisoblangan
arab tilida, ba’zilari fors tilida yozilgan. Uning bizga ma’lum bo‘lgan katta asari «Kitob ush-
shifo» («Shifo kitobi») 22 jilddan iborat bo‘Iib, 4 ta katta bo‘limini mantiq, fizika, matematika,
metafizikaga doir masalalar egallagan. Uning ayrim qismlari lotin tiliga, Yevropadagi boshqa
tillarga, Sharq tillariga, shuningdek, rus, o‘zbek tillariga tarjima qilingan.

Ibn Sino asarlari o‘rta asrlarda Yevropada ilmiy til hisoblangan lotin tiliga, u orqali

Yevropaning boshqa tillariga tarjima qilingan. Ibn Sino ilmiy risolalardan tashqari, chuqur
falsafiy mazmunli badiiy obrazlar va ma’lum voqealar orqali ifoda etuvchi «Tayr qissasi»,
«Salomon va Ibsol», «Hayy ibn Yaqzon» kabi falsafiy qissalar yaratgan. Ibn Sino zamonasining
yetuk shoiri ham bo‘lgan. U Sharq, xususan, fors poeziyasida ruboiy janrining asoschilaridan
biri bo‘lib, ruboiylari o‘zida chuqur falsafiy xulosalami ifodalaydi. Ibn Sino tabobat
masalalarini ommabop holda nazm bilan izohlovchi «Urjuza» nomli tibbiy asar yaratdi. Uning
Aristotel (Arastu) ta’limoti xususida Abu Rayhon Bemniy bilan va o‘zining shogirdi -
ozarbayjonlik mutafakkir Baxmanyor bilan yozishmalari fan olamida mashhur. Ayniqsa,
tabobat u bilan bog‘liq holda anatomiya, psixologiya, farmakologiya, terapiya, xirurgiya,
diagnostika, gigiyena kabi ilmlar Ibn Sino ijodida bir qancha yangi ixtirolar bilan boyidi va
yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bulardan tashqari, kimyo, mineralogiya, astronomiya,
matematika, o‘simlik dunyosi, geologik jarayonlarni o‘rganish sohasida ham u yangi-yangi
fikrlarni olg‘a sura oldi. Ibn Sinoning tibbiyot sohasidagi asarlaridan «Kitob al-qonun fit-tib»
(«Tib qonunlari»), «Kitob ul-qulanj» («Ichak sanchiqlari»), «Kitob un-nabz» («Tomir ko‘rish
haqida kitob»), «Fuj ul-tibbiya joria fi majlisih» («Tib haqida hikmatli so‘zlar»), «Tadbir ul-
manzil» («Turarjoyning tuzilishi»), «Fil-hindubo» («Sachratqi o‘simligi haqida»),«Risola fi-
dastur ittibbiy» («Tibbiy kо’rsatmalar haqida») kabi asarlari mavjud

4

. Uning tibbiyotga oid

qomusiy asari «Kitob al-qonun fit-tibb» beshta mustaqil katta asardan tarkib topgan: ularning
har biri ma’lum sohani izchil, har tomonlama yoritib beradi.

Ibn Sinonig shoh asari hisoblanmish «Kitob al-qonun fit-tibb» asarini Xamada shahrida

yashayotgan paytlarida ushbu kitobini yozib tugatdi. Ushbu kitob beshta tomdan iborat.

1-tom:

tibbiyot ilmi – o‘tkir va surunkali kasalliklarning ta’rifi, ularning tashhisi,

davolanishi, jarrohlik.

2-tom:

tabiiy giyohli dorilar haqida hikoyalar.

3-va 4- tomlar:

inson

tanasidagi kasalliklar, a’zolardagi sinishlarni davolash bo‘yicha tavsiyalar.

5-tom:

Ibn Sino

tarafidan mustaqil tayyorlangan murakkab tarkibli dorilar xususiyatining ta’rifi hamda
Yevropa va Osiyodagi qadimgi tabiblarning yozuvlaridan manba sifatida foydalanilganligi.

4

Sagdullayev A. O‘zbekiston tarixi. –T.:Donishmand ziyosi. 2021.453-454 betlar.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

74

Ibn Sinoning aniqlashicha, viruslar infektsion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchisi hisoblanadi,

biroq bu faraz 800 yildan keyingina fransuz olimi Paster tomonidan tasdiqlandi. Ibn Sinoning
tomir urishi haqidagi falsafasi ham diqqatga sazovordir. U kitobida bu haqda kengroq
ma’lumot bergan. Olim shuningdek, o‘lat, gepatit, vabo va boshqa shu kabi kasalliklarga
birinchilardan bo‘lib, ta’rif bergan. Qisqa davr ichida Ibn Sinoning “Tib qonunlari” kitobi
barcha mamlakatlarda foydalanadigan dunyo miqyosidagi ensiklopediyaga aylandi. Xususan
«Kitob al-qonun fit-tibb» asari 800 yil davomida hakimlar uchun asosiy qo‘llanma bo‘lib keldi.
О’rta asrlarda «Kitob al-qonun fit-tibb» Sharqdagina emas, balki G‘arb mamlakatlarining
universitetlarida ham talabalar uchun tibbiyotda yagona qo‘llanma sifatida foydalanilgan edi.
Ushbu asar Yevropadagi ma’rifat, madaniyat taraqqiyotiga katta ta’sir ko‘rsatdi. O‘z davrida
Sharq va Yevropada «Shayx ur-rais», «Olimlar boshlig‘i», «Tabiblar podshohi» kabi eng buyuk
nomlarga sazovor bo‘ldi. Ibn Sino mashhur murabbiy sifatida Abu Ubayd Jurjoniy, Umar
Isfahoniy, Muhammad Sheroziy, Ahmad Ma’suriy, mashhur ozarbayjon mutafakkiri
Baxmanyor ibn Marzbon, Yusuf Iyloqiy, ajoyib olim va shoir Umar Xayyom kabi shogirdlarini
tarbiyaladi. O‘simliklarning birinchi ilmiy tasnifini yaratgan tabiatshunos Karl Linney doimo
yashil bo‘lib turuvchi bir o‘simlikni Ibn Sino sharafiga «Avitseniya» deb atagan.

5

Ibn Sino

asarlari Yevropada XII asrdan boshlab lotin tiliga tarjima qilina boshlandi. «Tib qonunlari»
asarining o‘zi lotinchada 30 martadan ko‘p nashr qilindi. «Kitob ush-shifo»ning ko‘p
bo‘limlari, mantiq, musiqa, yering tuzilishi, geologik jarayonlar, metafizikaga oid qismlari ham
lotinchada nashr etildi.

Faylasuf, olim va shoir bo‘lmish Ibn Sino tarafidan yozilgan ko‘plab poemalarda ayol

go‘zalligi, uyg‘unlik va mukammallik kuylangan. U hayoti davomida ko‘p sayohat qilgan,
muqim bir yerda yashamagan, shuning uchun uni bir oilaning boshi bo‘lgan, deb aytish qiyin.
Ibn Sinoning eng sevimli shogirdlaridan biri hisoblangan Abu Ubayd Juzjoniyning yozishicha ,,
Ibn Sino jismonan baquvvat bo‘lsada, shaharma-shahar yurishi, kecha-kunduz tinim bilmay
ishlashi va bir necha bor ta’qib qilinishi, hatto hibsda yotishi olimning salomatligiga jiddiy
ta’sir ko‘rsatgan edi. Oqibatda qulanj (kolit) kasalligiga chalingan“ deya ma’lumotlar bergan.
Isfahon hokimi Alouddavlaning Hamadonga harbiy yurishi vaqtida Ibn Sino qattiq betobligiga
qaramay, u bilan birga safarga chiqadi. Yo‘lda ahvoli yomonlashib, 1037-yilda Hamadonda 57
yoshida vafot etadi[2].

Ibn Sino juda boy ilmiy hayot yo‘lini bosib o‘tdi. U yuksaklikka ko‘tarildi, pastga ham

tushdi. Vatanidan qochib chiqib ketgan Ibn Sinoga o‘z ona yurtiga qaytib kelish nasib etmadi,
Ibn Sino begona yurtda vafot etdi. Buyuk ilm namoyondasi Hamadon shahrida dafn etildi,
sakkiz oydan so‘ng esa uning jasadi Isfahonga ko‘chirib olib kelinib, shu yerga dafn etiladi.

Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlash joizki Ibn Sino o‘z davrining yetuk olimi, Sharq tabobati

ilmining yorqin namoyondalaridan biri bo‘lgan. Ibn Sino birinchilardan bo‘lib insonlardagi
vabo va o‘lat kasalligini farqlab bergan. Insonni davolashda eng muhim omillardan biri
hisoblangan to‘g‘ri tashxis qo‘yish kerakligini va kasallikka qarshi kurashishishdan oldin
kasallik keltirib chiqaruvchi narsalarga qarshi kurashish zarurligini ilmiy tarzda isbotlab
bergan olim hisoblanadi. Uning shoh asari hisoblangan «Kitob al-qonun fit-tibb» asarida 560
ta dorivor o‘simliklar haqida ma’lumot berib, uni amaliyotda sinab ko‘rsatib bergan. Hozirgi

5

Sagdullayev A. O‘zbekiston tarixi. –T.:Donishmand ziyosi. 2021.454 bet.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

75

kunda esa shulardan 365 taga yaqin dorivor o‘simliklardan zamonaviy tibbiyot sohasida keng
foydalanib kelinmoqda. Bundan tashqari Ibn Sino kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi bakteriyalar bu
viruslar ekanligini zamonaviy texnologiyalarsiz aniqlagan. YUNESKO tomonidan 1980-yilda
buyuk alloma Ibn Sinoni 1000 yilligi keng miqyosda nishonlangani va «Kitob al-qonun fit-
tibb» asarini o‘zbek tilida 10 jildlik to‘plami nashr etilgani ham Ibn Sinoni nafaqat Osiyoda
balki butun dunyoda o‘zining o‘chmas va yorqin o‘rni borligidan dalolat beradi.

References:

1.

Buyuk yurt allomalari. O‘zbekiston xalqaro Islom Akedemiyasi. (3-nashr). –

T:O‘zbekiston, 2020. B. 426.
2.

Abu Ali Ibn Sino. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom

svilizatsiyasi markazi tomonidan nashr qilingan IBXITM-2022. B. 16.
3.

Sagdullayev A. O‘zbekiston tarixi. –T.:Donishmand ziyosi. 2021.B. 624.

4.

Uvatov. U. Muhaddislar sultoni. –T.: Ilmiy meros. 1998.88 bet.

5.

Hoji Ismatulloh Abdulloh. M.O.da Islom madaniyati.- T.: 2005.

6.

Buyuk siymolar, allomalar. K.1.-T.: 1995. 48-53betlar.

7.

Safarboev. M. Ma’mun akademiyasi va uning jahon ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni.-

Urganch.: 2007.
8.

Ma’mun akademiyasi va uning dunyo ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni. ma’ruzalar matni.-T.:

2007.
9.

w.w.w.ziyouz.com

10.

www.elib.buxdu.uz

Библиографические ссылки

Buyuk yurt allomalari. O‘zbekiston xalqaro Islom Akedemiyasi. (3-nashr). –T:O‘zbekiston, 2020. B. 426.

Abu Ali Ibn Sino. Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi, O‘zbekistondagi Islom svilizatsiyasi markazi tomonidan nashr qilingan IBXITM-2022. B. 16.

Sagdullayev A. O‘zbekiston tarixi. –T.:Donishmand ziyosi. 2021.B. 624.

Uvatov. U. Muhaddislar sultoni. –T.: Ilmiy meros. 1998.88 bet.

Hoji Ismatulloh Abdulloh. M.O.da Islom madaniyati.- T.: 2005.

Buyuk siymolar, allomalar. K.1.-T.: 1995. 48-53betlar.

Safarboev. M. Ma’mun akademiyasi va uning jahon ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni.-Urganch.: 2007.

Ma’mun akademiyasi va uning dunyo ilm-fan taraqqiyotidagi o‘rni. ma’ruzalar matni.-T.: 2007.

w.w.w.ziyouz.com

www.elib.buxdu.uz