YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
24
PEDAGOGIK MULOQOT – O‘ZARO TA’SIR KO‘RSATISH VOSITASI
Fatullayeva Sitora Ilhom qizi
Intern-teacher of the department "Technological machines and equipment" of the
Bukhara Engineering-Technological Institute
https://doi.org/10.5281/zenodo.13329668
Annotatsiya.
Mazkur maqolada pedagogik takt talablariga amal qilgan o‘qituvchilarga
muloqot uslubini shakllantirish, talabalar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishishini
ta’minlash, ishontirish va uqtirish orqali talabalarga ta’sir kuchini singdirish masalalari yoritib
berilgan.
Kalit so‘zlar:
muloqot, takt, pedagogik muloqot, pedagogik takt, ishontirish, uqtirish,
talaba, o‘qituvchi, muloqot jarayoni, pedagog.
O‘qituvchi va talabaning muloqot jarayoni talabalarda ikki xil hissiyot tug‘dirishi
mumkin, faqat ijobiy hissiyotlangan muloqotgina haqiqiy tarbiyaviy xarakterga ega bo‘lishi
mumkin. Salbiy xissiyotlar esa, ta’sir ko‘rsatishning oqibat natijasi sifatida emas, balki ijobiy
xissiy samaraga erishish yo‘lidagi xususiy hol sifatida sodir bo‘lishi mumkin.
Tajribalarning
ko‘rsatishicha, o‘qituvchida aynan pedagogik takt bo‘lganidagina, talabalar ijobiy hissiyotli
muloqot va psixologik bog‘lanish o‘rnatishi mumkin.
Pedagogik takt talablariga amal qilgan o‘qituvchilarga o‘zida demokratik muloqot
uslubini shakllantirish, talabalar bilan haqiqiy muloqot madaniyatiga erishishi mumkin. Takt
so‘zini aynan ma’niosi-tegib turish, daxldor bo‘lish demakdir. U odamlar o‘rtasidagi
munosabatlarini sozlab turuvchi ahloqiy toifadir. Insoniylik prinsipiga asoslangan holda taktli
ahloq – eng murakkab xolatlarda ham inson xurmatini saqlashni talab etadi.
Taktli (odobli) bo‘lish-har bir inson, ayniqsa kamol topayotgan yoshlar bilan ishlaydigan
pedagoglar uchun muhim axloqiy talabdir. Pedagogik takt o‘qituvchining professional sifati,
pedagogik mahoratining muhim qismidir. Pedagogik taktning o‘ziga xos xususiyati shundan
iboratki, u faqat o‘qituvchi shaxsi xususiyatini (xushmuomalalik, talabani sevish, xurmat
qilish) anglash, balki talaba ko‘ngliga to‘g‘ri yo‘l topa olishini ham bildiradi.
Pedagogik takt – bu o‘qituvchining talabaga ta’sir etishi pedagogik jihatdan muvofiqlik
o‘lchovi, eng samarali muloqot uslub o‘rnatishiga bog‘liqdir. Pedagogik takt talabalar bilan
muloqotda haddan oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. O‘qituvchilik faoliyatini xarakterlab
K.D.Ushinskiy shunday degan edi: «Maktabda hazilga yo‘l qo‘yuvchi, Lekin hamma ishni
xazilga aylantirmaydigan – jiddiylik, faqat taltaytirmaydigan erkalatish, injiqsizlik –
haqgo‘ylik, loqaydsizlik -xushmuomala, rasmiyatchiliksiz – tartib, eng muhimi domio oqilona
faoliyatda bo‘lishi kerak». Bunday ta’sir ko‘rsatish me’yori tarbiyaviy vositalardan
foydalanishda ham namoyon bo‘ladi.
Tibbiyotdagi dorilar kabi o‘qituvchining so‘zi va metodi ham aniq o‘lchovga, foydalanish
rejimiga ega bo‘lishi kerak. U yuqori samarali, zo‘ravonliksiz va oliyjanoblik bilan qo‘llashi
zarur.
O‘qituvchini talabalar timsolida barcha talabalarni hurmat qiluvchi shaxsni ifodalashi
zarur. Hurmatni anglagan talabada o‘z shaxsi qiymatini sezish hislari vujudga keladi,
pedagogik ta’sirga berilmayotgan qaysarlarni moyillashtiradi – ularni tarbiyaviy jarayon
qatnashchilariga aylantiradi.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
25
Pedagogik takt darsning hamma bosqichlarida o‘qituvchi uchun zarurdir. Ayniqsa,
talabalar bilimini baholashda juda e’tiborli bo‘lishi kerak. Bu takt - talaba javobini to‘la
eshitishda, ya’ni javob shakli va mazmuniga diqqat bilan e’tibor berishda, talaba adashganda
vazminlik bilan to‘zatishda, bahoni haqqoniy qo‘yish va uni izohlab berishir.
Mohir o‘qituvchilar hatto duduqlanib javob berayotgan talabani kamchiligini to‘g‘rilab
boradilar. Taktsiz o‘qituvchida esa, hatto qobiliyatli bola ham duduqlanib javob berolmasligi
aniqlangan. Barcha talabalar, ularni diqqat va xurmat bilan tinglaydigan, javobni to‘g‘rilab,
yo‘llab turadigan o‘qituvchiga javob berishni yoqtiradilar. Javob berayotgan talabaga
jilmayish, imo-ishora, bosh qimirlatish bilan ma’qullab turish juda ahamiyatlidir.
O‘qituvchining to‘g‘ri muloqot uslubini tanlashi, har qanday sharoitda pedagogik taktga
amal qilishi, takomillashgan kommunikativ ko‘nikmalarga ega bo‘lishini talab qiladi.
A.N.Leontyev kommunikativ malakalarga quyidagicha xarakteristika beradi:
ijtimoiy perstepsiya yoki (yuzidan uqib olish) malakasini egallash;
talabaning tashqi belgilariga xos ravishda uning shaxsi, psixik holati va boshqa
xususiyatlarini modellash;
talabalar bilan muloqot paytida vazmin bo‘lishi;
nutqni psixologik nuqtai nazardan eng maqsadga muvofiq qilib tuzish, ya’ni nutq
muloqotining talabalar bilan nutqli va nutqsiz muloqot qilishni bilish.
Kishilarning o‘zaro ta’sir etishdagi barcha vaziyatlar, asosan to‘rtta o‘zaro bog‘liq
munosabatlar orqali amalga oshiriladi: ishontirish, o‘ziga rom qila olish, taqlid qilish, uqtirish.
Ishontirish – bu biror fikr yoki xulosani mantiqiy asoslashdir. Ishontirish suhbatdosh
yoki guruh ongini o‘zgartirib, ma’lum fikr (nuqtai nazarni) qo‘llab- quvvatlaydigan va uning
asosida faoliyat ko‘rsatishni nazarda tutadi. So‘z bilan ishontirish eng qiyin tarbiyaviy
vositalardir. Bunda tinglovchilar fikrini o‘zgartira oladigan mantiq yoki suhbat ohangini
tanlash juda muhimdir.
Ichki taqlid qilishda kishining tashqi qiyofasi ham hisobga olinadi, Lekin ular tabiiydek
tuyuladi. Axir biz ixtiyoriy kishi bilan muloqotda bo‘lganimizda, uni xayolan ifodalay
olishimizdan ko‘proq ma’lumotni o‘zimizga olamiz, va sezamiz. Ichki va tashqi taqlid qilishni
bilish yosh o‘qituvchiga o‘z ustida ishlashga yordam beradi.
Uqtirish – bu bir kishini ikkinchi kishiga yoki kishilar guruhiga ruhiy ta’sir etishi bo‘lib,
unda so‘z ifoda va fikrlarni hech qanday tanqid alomatisiz erkin tushuntiriladi. Fanda
ta’kidlanganidek, uqtirishning mohiyatii tinglovchining so‘zlovchiga nisbatan to‘la ishonch
bildirishdir. Bu holda so‘zlovchi tinglovchida aynan o‘zidagi tasavvur, qiyofa va sezgilarni
gavdalantiradi-yu natijada uning oldida to‘la ishonch qozonadi.
Uqtirib ta’sir etishning asosiy shakli bir tomondan axborot mambai sozlovchining
obro‘ga ega bo‘lishi, ikkinchi tomondan esa tinglovchida ishonch hosil qilishi, hech
bo‘lmaganda, ta’sir ko‘rsatishga qarshilik bildirmasligiga erishishdir. Mana shunga amal
qilgandagina uqtirishni muvaffaqiyatli amalga oshirish mumkin. Uqtirish, kishilarning
muloqotda o‘zaro ta’sir etish jarayoni sifatida ixtiyoriy va ixtiyorsiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri
ko‘rinishga ega bo‘lishi mumkin. Pedagogik jihatdan to‘g‘ri qo‘llangan uqtirish juda katta
tarbiyaviy kuchga ega bo‘lishi mumkin.
Muloqot texnikasini bilish o‘qituvchiga har bir vaziyatda o‘z hatti-harakatlarini to‘g‘ri
tashkil etishiga yordam beradi. O‘zaro ta’sir uchun tanlangan noto‘g‘ri pedagogik hatti-
harakat yoki noto‘g‘ri muloqot shaklini qo‘llanilishi, ya’ni muloqotga uni amalga oshirish
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
26
nuqtai nazardan tayyorlanmaganlik, o‘qituvchi va talaba o‘rtasida kelishmovchiliklarga sabab
bo‘lishi mumkin. Kommunikativ o‘zaro ta’sir samaradorligini oshiruvchi quyidagi vositalarga
to‘xtalib o‘tamiz: muloqotga moslashish mushaklarning safarbarligi, tashabbuskorlik, rollar
pozitsiyasidan oqilona foydalanish, imo-ishora, har bir fikrni oldingisiga nisbatan balandroq
tovush bilan boshlash, muloqotning ko‘p qatlamligini e’tiborga olish.
Muloqotda bir tomondan tashabbusni qo‘ldan bermaslik, ikkinchi tomondan esa
muloqotdagi moslashishlar sistemasi orqali bu tashabbuskorlikni boshqarish, unga zarur
kommunikativ vaziyat shaklini berish zarur. Xuddi shu ma’noda avtoritar tashabbus bolalar
tashabbusini yaratuvchi demokratik yashirin avtoritarlik deb fikr yuritish mumkin.
Pedagogik muloqotning ko‘p qatlamligini e’tiborga olish ham uning ta’sir ko‘rsatish
kuchini oshiruvchi vositadir. O‘qituvchi bir vaqtning o‘zida butun sinf bilan va har bir talaba
bilan, talaba orqali esa butun sinf bilan muloqotda bo‘ladi. Bir talaba bilan muloqotda bo‘lgan
holda o‘qituvchi o‘z e’tiborini to‘la ana shu talabaga qaratib qo‘yishi mumkin emas. Darsda
alohida talaba bilan muloqotni shunday tashkil etish kerakki bundan boshqa barcha talabalar
ham nazardan chetda qolmasligi zarur. Faqat shundagina muloqot, pedagogik muloqot
jarayoni o‘zviy va sistemaviy bo‘ladi.
Pedagogik muloqot ijtimoiy psixologik o‘zaro ta’sir ko‘rsatishning jamoa sistemasini
ifodalaydi. Shuning uchun muloqotni quyidagi yo‘nalishlarda qatlamlarga ajratish mumkin:
- pedagogni alohida talaba bilan muloqoti;
- pedagogni alohida talaba orqali butun sinf bilan muloqoti
- butun sinf bilan bo‘lgan muloqot;
- pedagogni butun sinf orqali alohida talaba bilan muloqoti.
Demak, yosh o‘qituvchi o‘zida har bir yangi pedagogik vaziyatga kommunikativ
moslashuvlar sistemasini juda tez kirita olish malakalarini o‘zida shakllantirish zarur. Ta’sir
ko‘rsatishning har bir metodi muloqotga moslashish sistemasi bilan birgalikda o‘zgacha
ohang, ahamiyat, kuch va yo‘nalish kasb etadi.
Yuqoridagi barcha "psixologik" usullarning asosiy sharti – pedagoglik kasbiga qiziqish,
bu kasbning mohiyatini tushunish, bolalarga muhabbat bo‘lgandagina, qisqacha aytganda
pedagog shaxsi professional-pedagogik yo‘nalishiga ega bo‘lgandagina yaxshi samara beradi.
References:
1.
Kroeber A.L., Kluckhohn C., Untereiner W., Meyer A.G. Culture: A critical review of
concepts and definitions // – New York: Vintage Books. 2021. – P. 97.
2.
Lisetskii F., Terekhin E., Marinina O., Zemlyakova A. Worldwide trends in the
development of education and academic research // Integration Strategies of Academic
Research and Environmental Education. Procedia – Social and Behavioral Sciences. 2015. – Р.
183-191.
3.
Olimov, K. T., & Sh, T. Z. (2019). Integration of Special Subjects, Opportunities and
Solutions. Eastenr European Scientific Journal, (2), 67-70.
4.
Тухтаева, З. Ш. (2011). Межпредметные связи и преемственность в
профессиональном образовании. Профессиональное образование. Столица, (9), 43-44.
5.
Sh, T. Z., & Kh, S. K. (2020). Innovative forms of education in Uzbekistan. International
journal of innovations in engineering research and technology. IJIERT, 7(4), 258-261.
YOSH OLIMLAR
ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI
in-academy.uz/index.php/yo
27
6.
Sharifovna, T. Z., & Bakhriniso, T. (2020). Modernization of higher education by solving
integration problems. European Journal of Research and Reflection in Educational
Sciences, 8(12 Part II), 44-49.
7.
Тухтаева, З. Ш. (2012). Методика межпредметной преемственности в
профессиональном образовании.
8.
Тухтаева, З. Ш. (2016). Касб-ҳунар таълимида фанлараро узвийликни таъминлаш
методикаси.
9.
Тухтаева, З. Ш., & Искандарова, Г. Б. (2014). Обеспечение межпредметной
преемственности при обучении специальным предметам. Молодой ученый, (8), 882-
884.