Авторы

  • Risolat Pirnafasova
    UrDU akademik litseyi jismoniy tarbiya o’qituvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47113

Ключевые слова:

sport psixologiya tajovuzkor holat sport turlari yakkakurash agressiv holat xulq-atvor.

Аннотация

Ushbu maqolada sportning inson hayotidagi o’rni,xususan uning inson psixologiyasiga salbiy va ojobiy jixatlari sportning yakkakurash turi misolida yoritib o’tilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

153

SPORTNING INSON PSIXOLOGIYASIGA SALBIY VA IJOBIY JIXATLARI

(YAKKAKURASH SPORT TURI MISOLIDA)

Pirnafasova Risolat Ramatillayevna

UrDU akademik litseyi jismoniy tarbiya o’qituvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12800141

Annotatsiya

Ushbu maqolada sportning inson hayotidagi o’rni,xususan uning inson psixologiyasiga

salbiy va ojobiy jixatlari sportning yakkakurash turi misolida yoritib o’tilgan.

Aннотация

В данной статье на примере боевых искусств освещена роль спорта в жизни

человека, в частности, его отрицательные и положительные стороны для психологии
человека.

Annotation

In this article, the role of sport in human life, in particular, its negative and positive

aspects to human psychology, is highlighted using the example of martial arts.

Kalit so’zlar: sport, psixologiya, tajovuzkor holat, sport turlari, yakkakurash, agressiv

holat, xulq-atvor.

Ключевые слова:

спорт, психология, агрессивное состояние, спорт, боевые

искусства, агрессивное состояние, поведение.

Key words:

sport, psychology, aggressive state, sports, martial arts, aggressive state,

behavior.

Bugungi kunga kelib jamiyyatimizda va isonlar hayotida sportning o’rni tobora ortib

bormoqda,xususan maktabgacha va maktab ta’limida,darsdan tashqari vaqtlarda sport
to’garaklari faoliyatlarini takomillashtirishga oid bir necha qonun va qarorlar chiqarildi.
Sportning inson hayotidagi o’rni uning soglom turmush tarzini shakllantira olishida namoyon
bo’ladi,ayniqsa kichik yoshdan boshlab sportning ayrim turlarini sjhakllantirish,turli sport
to’garaklariga jalb qilish bilan jaxon arenalarini zabt etuvchi sport ustalarini yaratish
imkoniyati tug’iladi.

Sportning –yakkakurash, qo’l to’pi, tennis,valeybol, basketbol,futbol kabi turlarini

o’rganish uchun bugun mamlakatimizda juda kata imkoniyatlar yaratilgan. Ayniqsa
yakkakurash turi bular orasida alohida e’tirofga sazovor sport turlaridan sanalib,butun
jahonda, yakkakurashchilar o‘zlarining muayyan jangovar mahoratini namoyon eta olishyapti.

Ilmiy manbalarda boks sporti kabi tajovuzkor sport turi bilan shug‘ullanish va uni

sportchi shaxsiyatiga bog‘liqlik tomonlari borligi tobora ko‘proq e’tiborga olinmoqda. Bir
tomondan, sport adrenalin chiqarish va tajovuzni bostirishning bir usuli sifatida qaralsa,
boshqa bir tomondan, sportdagi vaziyatlar, musobaqalar va mashg‘ulotlarda ko‘proq
tajovuzkorlikni talab qilishi bilan ajralib turadi. Sportchining asosiy psixologik
qobiliyatlaridan biri esa tajovuzkor holatlarni nazorat qilishdir. Shunga bog‘lik holda
yakkakurash sport turlaridan biri, o‘rganishimiz dolzarb hisoblangan boks sportida agressiv
holatlar kuzatilayotganligi sababli keng ilmiy jamoatchilik dikkat markazida bo‘lgan asosiy
muammolardan biri bulib qolmoqda. Jahonda boks hamda dzyudo sporti sohasida olib
borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda, ularning hissiy-emotsional holatlari, individual-psixologik
xususiyatlari, irodaviy motivasion sohasini o‘rganish yuzasidan psixodiagnostik
metodikalarni yaratish va g‘alabani ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadigan ijobiy shaxs


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

154

sifatlarni rivojlantirish, mag‘lubiyatga sabab bo‘ladigan salbiy sifatlarni xususan
tajavvuzkorlikni meьyordan oshishi va uni sport faoliyati bilan birgalikda sportdan tashqari
holatlarda nomoyon bo‘lishini optimallashtirishga qaratilgan ilmiy izlanishlar amalga
oshirilmoqda. Bu borada yakkakurashchilarning agressiyasini optimallashtirishning
psixokorreksiyalash amaliyotini joriy etishga yo‘naltirilgan masalalarni ilmiy tadqiq etish
zarurati kuzatilmoqda.

“Inson tajovuzkorlikka moyilligi bo‘lgan agressiv xulq-atvor egasi sifatida dunyoga

keladimi yoki aksincha agressiv tendensiyalardan ozod holda tug‘iladimi”, degan masala
yuzasidan yarim asr mobaynida psixolog va sosiologlar bahs-munozara olib borishdi. Bu
muammo keng qamrovli bo‘lib o‘rganish ob’yekti inson xulq-atvori hisoblanadi. Bevosita
tabiat qonuniyatlari va tarbiya bilan chambarchas bog‘liq holda tadqiq etiladi. Birinchi
yondashuvga ko‘ra: insonlar agressiv xulq-atvorga moyil bo‘lib, agressiya orqali ular o‘zlarini,
oila a’zolari, yaqin kishilarini himoya qilishlari belgilanadi. Ikkinchi yondashuvga ko‘ra:
insonlar jamiyatdagi agressiv modellar va xulq-atvor usullarini o‘zlashtirishlari orqali
agressiv xulq-atvor egalariga aylanishadi. Biz yuqorida agressiv xulqqa talluqli bo‘lgan asosiy
nazariyalar bilan tanishib, ularning mazmun mohiyati,ahamiyati xususida qisqacha
ma’lumotga ega bo‘ldik. Bu borada xorij olimlari, mutaxassis-psixologlarining agressiv xulq-
atvorga oid qarashlarini ham tahlil qilish muhim ahamiyatga egadir. Chunki, ular tomonidan
ishlab chiqilgannazariy tadqiq etishda metodologik asos bo‘lib xizmat qilmoqda.Chet ellik
psixologlarining (Y.Ilin va b.q.)ta’kidlashicha, eng avvalo agressiv xulq-atvor bo‘lishi uchun
birinchi navbatda nizoli yoki odamni xavotirga soluvchi vaziyat bo‘lishi lozimdir. Lekin,
vaziyatning mavjudligi hali insonda janjanlashishga moyillik holati paydo bo‘ldi, degan
ma’noni anglatmaydi. Birinchidan, insonlarning o‘zaro muomalasida fikr-istaklari, qiziqish-
maqsadlarida tafovutlar bo‘lishi kerak. Ikkinchidan, bu tafovutlar har bir kishi
tomonidan, deyarli bir xil anglanishi lozim. Uchinchidan, bu holat hech bo‘lmaganda bir
tomonning ikkinchi tomonni yoqtirmasligi, ko‘ra olmasligiga olib kelishi, fikrlar amalda
to‘qnash kelishi kerakdir. Agressivlik muammosi turli tadqiqotchilar tomonidan birday inson
xulq-atvorining korreksiyasini taqozo qiluvchi, nomaqbul xulq shakli sifatida interpretasiya
qilinadi. Agressiyaning turli: bevosita kuch ishlatishdan, raqibni so‘z bilan haqoratlab, unga
tahdid qilishdan tortib boshqa bir insonni yashirincha boshqarishga, kelgusida kutilayotgan
noxushliklarga sha’ma qiluvchi bilvosita tanbehlar kabi shakllari mavjud. Agressiyaning
ijtimoiylashuvga bo‘ysunmaydigan dardmandlik darajasidagi shakllari ham kuzatiladi.
Shuningdek, shunday xatti-harakatlar

ham mavjudki, ular guruhiy ixtiloflar

qatnashchilarining ayrimlari tomonidan agressiya sifatida e’tirof etilsa, boshqa bir
ishtirokchilar tomonidan qat’iylik, faollik, maqsadga erishishdagi izchillik sifatida tahlil
qilinadi. B.Klayn agressivlikning salbiy jihatlarini inkor etmagan holda, agressiyada “ma’lum
ma’nodagi sog‘lom jihatlar” ham mavjud bo‘lib, ular faol hayot kechirish uchun asqotishi
mumkinligini ta’kidlaydi. Bu maqsadlarga erishish yo‘lidagi qat’iylik, tashabbuskorlik, shiddat,
muvaffaqqiyatga erishish,to‘siqlarni yengib o‘tish bilan belgilanadi. Mazkur sifatlar liderlar va
g‘oliblarga xosdir. R.S.Xomans “agressiyani adolatni o‘rnatishga intilishi bilan bog‘liq bo‘lgan
vaziyatlar ham vujudga keltirishi mumkin”,- deb hisoblaydi. Adolatni o‘rnatish vaziyatida
insonlar “taqsimlanuvchi adolatni” ya’ni mukofot va jazolarni xolis, teng taqsimlanishini
qidirib qoladilar. Adolat mezonlari buzilayotgan damda, aksariyat hollarda insonlar yashirin
nafratni his qilib, e’tiroz yokiasabiylik asosida javob reaksiyalarini qaytaradilar. Ijtimoiy


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

155

muhitda agressivlik darajasi ijtimoiylashuv va etnomadaniy normalar bilan belgilanadi.
X.Xyekxauzen fikriga ko‘ra, madaniyat “norma”ni belgilaydi va xulq-atvorning agressiv
shakllarini paydo bo‘lish chastotasiga ta’sir ko‘rsatadi. Biroq, inson qanchalar
ijtimoiylashmasin o‘zining tabiatidan voz kecholmaydi M.Ratter ijtimoiy dezadaptasiya deb
shunday vaziyatlarga aytadiki, bunda shaxsning asosiy muammosi xulq-atvorning ijtimoiy
nomaqbul jihatlarini namoyon qilishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Bularga janjallashish, urishish,
betoqatlik, yolg‘onchilik, insonlar bilan yomon munosabatda bo‘lish taalluqlidir. Darslarni
qoldirish, darslarni buzish, o‘g‘rilik, bezorilik kabi aksilijtimoiy xatti-harakatlar ham
ijtimoiy dezadaptasiyaga misol bo‘la oladi. Aksilijtimoiy xulqatvorni keltirib chiqaruvchi omil
sifatida agressivlikni M.Ratter boshqacha nuqtai-nazardan ko‘zdan kechiradi.M.Ratter
agressivlikni oiladagi og‘ir sharoitlar, ko‘pbolalilik, maktab bilimlarini o‘zlashtirmaslik, oila va
maktabdagi ta’lim va tarbiya uslublari kabi boshqa omillar bilan mushtaraqligini
ta’kidlaydi. Kognitiv yondashuv. Agressiv xatti-harakatlarning sabablarini o‘rganishga
kognitiv-xatti-harakat yondashuvi nuitai nazaridan bir qator mualliflar (A.Bek, K. Dodj, N.Krik,
F.Kendell) va h.k. “kognitiv nuqson” va “kognitiv” atamalaridan foydalaning deformasiya".
Axborotni qayta ishlashning kognitiv etishmovchiligi (taqchilligi) deganda xatti-
harakatlarning muqobil shakllarini rivojlantirishning cheklangan qobiliyati tushuniladi.
Kognitiv buzilish (deformasiya) - bu tahdid va xavfni noto‘g‘ri idrok etish,shaxslararo o‘zaro
ta’sirda boshqa shaxsning xattiharakatlarini noto‘g‘ri talqin qilishdir. Berkovich o‘zining
neo-assosiativ kognitiv modelida [3] noxush hodisaga duch kelishdan g‘azabning
boshlanishigacha bo‘lgan batafsil sxemani taqdim etadi. Shaxslar noxush vaziyatga duch
kelganda, ular birinchi navbatda ajralib bo‘lmaydigan salbiy hissiy holatni boshdan
kechiradilar. Mahalliy va xorijiy fanlarda ko‘plab tadqiqotlar inson tajovuzkorligi fenomeniga
bagʻishlangan. Bu muammoning kuchayishi bilan bogʻliq turli ijtimoiy guruhlardagi tajovuz
(oilada, taьlimda, sportda) ushbu muammoga bagʻishlangan qarashlarda o‘z aksini topgan. Bu
ontogenez davri bilan tavsiflanadi bilan birga inqiroz sifatida ko‘plab mualliflar kayfiyatning
beqarorligi, xatti-harakatlari, tebranishlari o‘z-o‘zini hurmat qilish, ziddiyat, shuningdek,
ehtiyoj o‘z-o‘zini tasdiqlash. Аgressivlikni optimallashtirish borasidagi fikrlarni ko‘pchilik
mualliflar o‘z tadqiqotlaridaturli xil yo‘llarini ko‘rsatib o‘tganlar. Аgressiya bu insonlar
guruxiga nisbatan jismoniy va ruhiy zarar yetkazishga qaratilgan individual va jamoaviy xatti-
harakatlar majmui hisoblanadi. Butun insoniyat tarixi ishonchli tarzda shuni isbotlamoqdaki
agressiya shaxs va jamiyat hayotining ajralmas qismiga aylanmoqda. Bundan tashqari,
agressiya ulkan tortishish kuchi va yuqumlilik xususiyatiga ega ko‘pchilik o‘zining agressiv
ekanini inkor etadi, ammo o‘zining kundalik hayotida esa, uni keng namoyish
qiladi[4;44-47-b]. Аynan agressiv xulq atvor shaxslararo nizolarning vujudga kelishiga va
ularni xal etishning asossiz yo‘llari paydo bo‘lishiga olib keladi. Sport musobaqalarida
sportchilar o‘rtasidagi munosibatlar da nomoyon bo‘luvchi xulq atvor tiplaridan biri
agressiyadir. “Аgressiya” tushunchasiga izox berish qator qiyinchiliklarni tugʻdiradi, chunki
bu atama ko‘plab xattiharakat shakllarini ifodalaydi. Odamlar biron kimsani agressiv shaxs
sifatida tavsiflaganlarida, uni boshqalarni haqorat qiluvchi yoki badfeʼl, barcha narsani o‘zi
istaganidek qilishni istaydigan yoki o‘z gʻoyalarini qatʼiy himoya qiladigan, yechimi yo‘q
muammolar gidobiga o‘zini giriftor qiladigan kabi taʼriflarni keltirish mumkin[5; 22-25-b].
Bugungi kunda bu boradagi tadqiqotlar yetarli emas. Kurash bilan shugʻullanadigan
sportchilarga kelsak, tajovuzkorlik muammosining bu tomoni to‘liq o‘rganilmagan bo‘lib


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

156

qolmoqda. Tadqiqotimiz maqsadi kurashda tajovuzkorlikning, zo‘ravonligi kurashchilarning
sportdan tashqaridagi hayotga moslashishining o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati, ularning
tajovuzkorligiga qarab, uning shaxsiy holatinihisobga olgan holda uni pedagogik tuzatish
imkoniyatini ko‘rib chiqishdir. Аgressivlik inson evolutsiyasi jarayonida muhim rol o‘ynagan
bo‘lsada, ba’zi olimlar tajovuzkorlik inson mohiyatiga hos emas deb xisoblashadi, chunki
bolalar deyarli tugʻilgan onlaridan boshlab tajovuzkor xatti xarakatlarni o‘rganib borishadi. [6;
76-77-b]. Аgressivlik sabablari turli xil nizolar, jumladan huddi empatiya singari ichki
psixologik holat, identifikatsiya qilish, detsentratsiya-tajovuzni cheklash kabi psixologik
jarayonlar inson qadriyatlarini anglash va mustaqil baxolay olishi uchun huddi kalit sifatida
namoyon bo‘ladi. Аgressiya muhim energiya va motivatsion xarakatlarni talab qilganligi
sababli, masalan sportchilarga nisbatan “tajovuzkor” atamasi xarakterli xususiyat sifatida
ishlatila boshlandi Sportning har bir turida biror natijaga erishish uchun albatta vajohat va
jiddiylik talab qilinadi,lekin har bir narsada me’yor bo’lishi kerak, bunda xulq- atvor
mezonlari orqali sportda biror natijaga erishish uchun o’zaro raqibning hurmati ham joyiga
qo’yilishi lozim va albatta sport musobaqalaridan so’ng arenadagi ziddiyatli vaziyatlar
hayotda aslo davom qildirilmasligi lozim,zero, inson tabiati va uning boshqa insonlarga bogʻlik
jihatlarini o‘rganish uchun xulqning aynan shu tomonini ham o‘rganish, bilish va boshqara
olish lozimdir.

References:

1.

Gottsdanker R.Osnovы psixologicheskogo eksperimenta: Ucheb. posobie. Per. s angl.- M.:

Izd-vo Mosk. un-ta. 1982.-464
2.

Beron R., Richardson D. Аgressiya.- SPb.: Piter, 2001.- 352 s.

3.

Chaldini R., Kenrik D., Neyberg S. Sotsialьnaya psixologiya. Poymi sebya, chtobы ponyatь

drugix! (seriya “Glavnыy uchebnik”).- SPb.: Praym- YeVROZNАK, 2002.- 336 s.
4.

Spravochnik prakticheskogo psixologa: Psixoterapiya/ sost. S.L.Solovьyova.- M.:

АST.SPb.: Sova, 2005.- 575 s.
5.

Eliseev O.P. Praktikum po psixologii lichnosti. 2-e izd., ispr. i pererab.- SPb.: Piter, 2002.-

512 s.
6.

Martin D. Psixologicheskie eksperimentы. Sekretы mexanizmov psixiki.- SPb.: praym –

YeVROZNАK, 2004.- 480 s.
7.

Ross А., Nisbett R. Chelovek i situatsiya: Uroki sotsialьnoy psixologii/ per. s angl.- M.:

Аspekt Press, 2001.- 429 s.
8.

Sapogova Ye.E. Psixologiya razvitiya cheloveka: Uchebnoe posobie.- M.: Аspekt Press,

2001.- 460 s.
9.

Sikevich Z.V., Krokinskaya O.K., Posselь Yu.А. Sotsialьnoe bessoznatelьnoe.- SPb.: Piter,

2005.- 267 s.
10.

Sikevich Z.V. Sotsiologicheskoe issledovanie: Prakticheskoe rukovodstvo.- SPb.: Piter,

2005.- 320 s.
11.

Sidorenko Ye.V. Metodы matematicheskoy obrabotki v psixologii.- SPb.: OOO “Rechь”,

2001.- 350 s.
12.

Slavskaya А.N. Lichnostь kak subʼekt interpretatsii.- Dubna: Feniks+, 2002.- 240 s.

Библиографические ссылки

Gottsdanker R.Osnovы psixologicheskogo eksperimenta: Ucheb. posobie. Per. s angl.- M.: Izd-vo Mosk. un-ta. 1982.-464

Beron R., Richardson D. Аgressiya.- SPb.: Piter, 2001.- 352 s.

Chaldini R., Kenrik D., Neyberg S. Sotsialьnaya psixologiya. Poymi sebya, chtobы ponyatь drugix! (seriya “Glavnыy uchebnik”).- SPb.: Praym- YeVROZNАK, 2002.- 336 s.

Spravochnik prakticheskogo psixologa: Psixoterapiya/ sost. S.L.Solovьyova.- M.: АST.SPb.: Sova, 2005.- 575 s.

Eliseev O.P. Praktikum po psixologii lichnosti. 2-e izd., ispr. i pererab.- SPb.: Piter, 2002.- 512 s.

Martin D. Psixologicheskie eksperimentы. Sekretы mexanizmov psixiki.- SPb.: praym – YeVROZNАK, 2004.- 480 s.

Ross А., Nisbett R. Chelovek i situatsiya: Uroki sotsialьnoy psixologii/ per. s angl.- M.: Аspekt Press, 2001.- 429 s.

Sapogova Ye.E. Psixologiya razvitiya cheloveka: Uchebnoe posobie.- M.: Аspekt Press, 2001.- 460 s.

Sikevich Z.V., Krokinskaya O.K., Posselь Yu.А. Sotsialьnoe bessoznatelьnoe.- SPb.: Piter, 2005.- 267 s.

Sikevich Z.V. Sotsiologicheskoe issledovanie: Prakticheskoe rukovodstvo.- SPb.: Piter, 2005.- 320 s.

Sidorenko Ye.V. Metodы matematicheskoy obrabotki v psixologii.- SPb.: OOO “Rechь”, 2001.- 350 s.

Slavskaya А.N. Lichnostь kak subʼekt interpretatsii.- Dubna: Feniks+, 2002.- 240 s.