Авторы

  • Zulxumor Abdug'aniyeva
    Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Qo‘qon filiali Iqtisodiyot yo'nalishi 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.yosc.47133

Ключевые слова:

Potensial imkoniyatlar tabiat resurslari ishlab chiqarish iste'mol muqobil variantlar alternativ variantlar imkoniyatlar dunyo davlatlari tajribasi kelajak resurslari.

Аннотация

Ushbu maqolada iqtisodiyotdagi va jamiyatdagi mavjud tabiiy resurslar, ularning mavjud imkoniyatlari hamda insonlar ehtiyojlarini ular orqali qondirish yoki alternativ variantlar yaratish orqali mavjud tabiiy resurslarni kelajak avlodlar uchun ham saqlash borasida davlatlar tajribalari va o'z takliflarim yoritilgan.


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

128

TABIIY RESURSLARNING CHEKLANGANLIGI SHAROITIDA AHOLINING

CHEKSIZ EHTIYOJLARINI OQILONA QONDIRISH

Abdug'aniyeva Zulxumor Alijon qizi

Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti

Qo‘qon filiali Iqtisodiyot yo'nalishi 2-bosqich talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.12783659

ANNOTATSIYA.

Ushbu maqolada iqtisodiyotdagi va jamiyatdagi mavjud tabiiy resurslar,

ularning mavjud imkoniyatlari hamda insonlar ehtiyojlarini ular orqali qondirish yoki
alternativ variantlar yaratish orqali mavjud tabiiy resurslarni kelajak avlodlar uchun ham
saqlash borasida davlatlar tajribalari va o'z takliflarim yoritilgan.

TAYANCH SO’ZLAR:

Potensial imkoniyatlar, tabiat resurslari, ishlab chiqarish, iste'mol,

muqobil variantlar, alternativ variantlar, imkoniyatlar, dunyo davlatlari tajribasi, kelajak
resurslari.

АННОТАЦИЯ

. В данной статье освещен опыт стран и мои предложения

относительно существующих ресурсов в экономике и обществе, их существующих
возможностей и удовлетворения через них потребностей людей или создания
альтернативных вариантов сохранения имеющихся ресурсов для будущих поколений.

КЛЮЧЕВЫЕ СЛОВА:

Потенциальные возможности, ресурсы, производство,

потребление, альтернативные варианты, альтернативные варианты, возможности,
опыт стран мира, будущие ресурсы.

ABSTRACT

. In this article, the experiences of the countries and my suggestions regarding

the existing resources in the economy and society, their existing opportunities, and the
satisfaction of people's needs through them or the creation of alternative options to preserve
the existing resources for future generations are highlighted.

KEY WORDS:

Potential opportunities, natural resources, production, consumption,

alternative options, alternative options, opportunities, experience of world countries, future
resources.

KIRISH.

Insoniyat paydo bo'libdiki, uning yashashi, hayot kechirishi uchun zarur bo’lgan

resurslarga ehtiyoj tug‘iladi. Ushbu ehtiyojlarni qondirish uchun insonlar tabiat yaratgan
resurslardan tashqari iqtisodiy resurslardan ham foydalanadilar. Tabiatda mavjud
resurslardan oqilona va samarali foydalanish, ularni kelajak avlodlarga ham yetkazish butun
dunyo uchun ham birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan va har doim dolzarb bo‘lgan
ijtimoiy iqtisodiy masala hisoblanadi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2023-yil 31-avgust
kuni Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 32 yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosimda
nutq so‘zladi va ushbu nutqlarida ham tabiiy resurslarni asrash to’g’risida alohida to’xtalib
o’tdilar. ,,

Tabiiy resurslar kelajak avlodlarga ham tegishli boylikdir” -

Shavkat Mirziyoyev

ekologik muammolar va suv tanqisligini O‘zbekiston uchun muhim masala deb
atadi

:“Tarozining bir pallasida o‘sib borayotgan qurilishlar, ishlab chiqarish, qishloq xo‘jaligi

turgan bo‘lsa, ikkinchi pallasida har birimiz uchun eng zarur bo‘lgan suvni tejash, atrof-muhit
ifloslanishining oldini olish va yer resurslaridan oqilona foydalanish masalasi turibdi.Bizning
vazifamiz har ikki yo‘nalishda ham muvozanatni saqla bois ulardan nafaqat bugungi, balki
ertangi kunimizni ham o‘ylab, oqilona foydalanishimiz zarur. Hech qachon unutmasligimiz
lozimki, tabiiy resurslar kelajak avlodlarimizga ham tegishli bo‘lgan boylikdir. Shu bois ulardan


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

129

nafaqat bugungi, balki ertangi kunimizni ham o‘ylab, oqilona foydalanishimiz zarur. Bu borada
suvni, energiya va boshqa tabiiy resurslarni tejaydigan iqtisodiyotga tezroq o‘tish muhim
ahamiyatga ega. Biz uchun „yashil“ va raqamli texnologiyalar, innovatsion ishlab chiqarish
korxonalarini barpo etish vazifasi ham dolzarb bo‘lib turibdi”,

—dedi davlatimiz

rahbari[1].Mamlakatda va jamiyatda mavjud resurslar imkoniyatlari hamda ulardan qanchalik
samarali foydalanilayotganligi ushbu mamlakatdagi iqtisodiyotning rivojlanishida ham alohida
o'rin tutadi. Shu sababdan resurslarga boy bo'lgan va ulardan samarali foydalana olgan
mamlakatlar iqtisodiyoti barqaror va rivojlangan bo'ladi. Lekin shu o'rinda aytib o'tish
kerakki,shunday rivojlangan mamlakatlar borki, ularning mavjud tabiiy resurslari kam yoki
umuman yo'q desa ham boladi. Ular iqtisodiyotni, mamlakatlarini rivojlanishida faqatgina
tabiiy resurslardan foydalanish orqali emas,balki, mehnat resursi ya'ni inson salohiyati,aqliy
yutuqlaridan ham foydalanib rivojlanish mumkinligini isbotlab berishdi.

Mavjud resurslar, ehtiyojlar turlari va ularning potensial imkoniyatlari.
Resurslar

(fransuzcha: ressource — yordamchi vosita) — pul mablagʻlari, boylik, zaxira,

imkoniyatlar; davlat byudjetida daromad manbalari, tabiiy, iqtisodiy, mehnat, valyuta va
boshqa resurslar boʻlishi mumkin[2].

Iqtisodiy resurslar

— bu tabiat, mehnat, inson tomonidan yaratilgan ne’matlar ishlab

chiqarish vositalari bo’lib, ulardan mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlarni amalga oshirishda
foydalaniladi. Shuni ta’kidlash kerakki, iqtisodiyot hayotiy ehtiyojni qondirish vositasidir.
Кishilarning yashashlari va inson sifatida kamol topishlari uchun zarur narsalar ularning
hayotiy ehtiyojlarini tashkil etadi[3].

Ehtiyojlarni quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:

1. moddiy ehtiyojlar;
2.ijtimoiy ehtiyojlar;
3.mehnat qilish ehtiyojlari.

Moddiy ehtiyojlar deganda kishilarning tovar va xizmatlarga bo’lgan talabi, uning nafliligi

hamda xarid qilish imkoniyati tushuniladi. Extiyojlar birlamchi va ikkilamchi ko’rinishda
ifodalanadi. Birlamchi ehtiyojlar insonlarni yashashi bilan bog’liq bo’lgan iste’mol buyumlarida
ifodalansa. Ikkilamchi ehtiyoj insonlarni faoliyatlari uchun zarur bo’lgan ehtiyojlardan
(sog’liqni saqlash, bilim olish, dam olish, malaka oshirish) va boshqa omillarni o’z ichiga oladi.
Xizmat ko’rsatish sohasi ham kishilar ehtiyojini qondiradi. Masalan, sartaroshlik, avtomobilni
ta’mirlash kabilar. Кishilarning ehtiyojlari va uning qondirilish darajasi ishlab chiqarish
munosabatlarining xarakteri va ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasiga bog’liq[4].

Ehtiyojlarning qondirish darajasiga qarab ular:

1.hozirgi davrdagi ehtiyojlarga;
2. haqiqiy ehtiyojlarga;
3. mutlaq ehtiyojlarga bo’linadi.

Hozirgi davrdagi ehtiyojlar — minimum ehtiyojlarga mos keladi. Haqiqiy ehtiyojlar

deganda kishilarning normal holda o’z ehtiyojlarini qondirishi tushuniladi. Mutlaq ehtiyojlar bu
kishilarning orzu havaslaridir. Ya'ni amalga oshirilishi qiyin va imkonsiz bo'lgan
xohishlaridir[5].

Jamiyat yoki ishlab chiqarishda bo'lsa ham insonlarning cheksiz ehtiyojlarini samarali

qondirish hamda ular uchun zarur bo’lgan resurslardan to'g'ri foydalanishni yo'lga qo'yish
iqtisodiyot uchun eng birinchi masala hisoblanadi. Chunki mamlakatda mavjud resurslar


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

130

daromad manbalari hisoblanadi. O’zbekistonda ham shunday daromad manbalaridan bur
nechtalari mavjud: Foydali qazilmalar zaxirasi 5,7 trln AQSH dollaridan ko’proq: oltin zaxirasi
3-o’rinni ,oltin qazib olish bo’yicha dunyoda 9-o’rinda; uran zaxirasi bo'yicha 11-o’rinni, uran
qazib olish bo’yicha 7-o’rinda;mis zaxirasi esa 12-o’rinni , mis qazib olish bo’yicha esa quyi
o’rinda; [6].Bundan tashqari mamlakatimiz o'zining go'zal tabiati,shifobaxsh maskanlari,
minerallarga boy bo'lgan tog'lari hamda shifobaxsh buloqlarga ham boy mamlakat hisoblanadi.
Ushbu boy tabiat resurslariga zarar yetkazmagan holatda ulardan foydalanish, turizm va kurort
retreaksion zonalarni tashkil etish mamlakatimiz iqtisodiyotiga, uning rivojlanishiga sezilarli
darajada ta’sir ko’rsatadi. Turistlar oqimi ortishiga, yurtimiz tabiati jahon miqyosda tanilishiga
hamda iqtisodiyot uchun xizmat ko’rsatish sohasi, valyuta kirib kelishi, ish bilan bandlik, aholi
dunyoqarashi, chet tillarini bilish darajasi oshishiga ham xizmat qiladi.

Ishlab chiqarish va iste'molda resurslardan samarali foydalanish yo'llari.

Tabiiy, mehnat, moliyaviy resurslar va tadbirkorlik faoliyati iqtisodiy resurslar

hisoblanadi. Iqtisodiy resurslar cheklanganligi tufayli insonlar o’z ehtiyojlarini to’liq qondira
olmaydilar. Ularning cheklanganligi insonlarning oziq-ovqatga, tovarlargagina emas balki
xizmat ko’rsatishga bo’lgan ehtiyojlarini ham chegaralab qo’yadi. Bunday holda insonlar bilan
davlat, jamiyat a’zolari o’z daromadlariga yarasha tanlash muammosiga duch keladilar.
Masalan: O’zbekiston Respublikasi energiya mustaqilligini ta’minlash maqsadida neft qazib
olish va gaz kondensati ishlab chiqarishga boshqa tarmoq ishlab chiqarishga nisbatan ko’proq
mablag’ ajratishga majbur bo’ladi. Aholi ehtiyojlarini maksimal darajada qondirishga harakat
qilinadi lekin bu ko'p mablag' hamda harajatlarni keltirib chiqaradi. Bundan tashqari ishlab
chiqarishda va boshqa xizmatlarda ham resurslardan ko'p yoki samarasiz foydalanish, o'sha
mahsulotning narxiga bevosita ta’sir ko’rsatadi. Ishlab chiqarishga ketgan resurslar va boshqa
omillar mahsulot tannarxini keltirib chiqaradi. Bu harajatlarni hamda bozorda mavjud talabni
qanchalar qondira olish, narxlar aholi daromadiga mos ravishda bo'lishini ishlab chiqaruvchi
nazorat qilishi kerak bo‘ladi. Buning uchun eng avvalo, to'g'ri boshqaruv, mehnat
taqsimoti,ishlab chiqarish ketma - ketligini uzluksizligini ta'minlash kabi tashkiliy-iqtisodiy
vazifalarni yo'lga qo'yish kerak bo‘ladi. Shundagina samarali va tejamkor ishlab chiqarish
hamda iste'molga erishiladi.

Resurslarning muqobil yoki alternativ variantlariga o'tish, kelajak resurslarini

yaratish.

Mavjud resurslardan samarali foydalanish yo'llarini topish, ularni hayotga tadbiq etish

nafaqat hozirgi kundagi ,balki, azaldan yechimini topishi kerak bo'lgan insoniyat muammosi
hisoblanadi. Buning uchun esa resurslar o'rnini bosuvchi, ekologiyaga zarar yetkazmaydigan
,kamroq harajat talab etiladigan resurslar topish yoki yaratish lozim. Lekin ko’pgina sun'iy,
kimyoviy yo'l bilan yaratilgan mahsulotlar foydalilik xususiyatlarini o'zida saqlamay, zararli
oqibatlarga olib keladi. Har qanday muammoning yechimi ham, boshlanish nuqtasi ham ilm,
inson aql idroki hisoblanadi. Yer qaridan to koinotgacha bo'lgan sir - sinoatlarga ham faqat
inson ongi, ilmi va izlanishlari orqali yo'l ochish mumkin. Shunday ekan resurslar borasida ham
yechimga ega bo'lish uchun eng avvalo ilm va izlanishlar kerak bo'ladi. Mamlakatda resurslar
qanchalik ko'p bo'lmasin baribir bir kun kelib tugaydi yoki kelajak avlodlar uchun juda kam
qismi qolishi ham mumkin. Hozirda mavjud resurslarni qazib olib, undan ko'p miqdorda
foydalanilayotgan bo'lishi mumkin va shu sabab rivojlanib ketishi ham mumkin. Lekin hech bir
resurslar bepoyon emas. Shuning uchun muqobil variantlarni topish va ularni hayotga tadbiq


background image

YOSH OLIMLAR

ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

in-academy.uz/index.php/yo

131

etish lozim. Shunday mamlakatlar borki, ularda tabiiy resurslar, konlar ,foydali qazilmalar
zaxirasi yo'q. Lekin ular ilm, aql idrok,to'g'ri boshqaruv nayijasida dunyoda rivojlangan
mamlakatlar qatorida turadi. Misol uchun,[2]

Finlandiya

- yuksak darajada rivojlangan

industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 32%, qishloq xoʻjaligi,
oʻrmon va baliq xoʻjaliginiki 5%, xizmat koʻrsatish sohasiniki 63%.[7]

Singapur

-Janubi-Sharqiy

Osiyoda iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan davlat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi
28%, transport va aloqaning ulushi 13,1%, qishloq xoʻjaligi ulushi 0,2%[8]. Ushbu
mamlakatlarda tabiiy resurslar juda kam bo'lib, ular bunday natijalarga faqatgina ilm,
innovatsiya va to'g'ri davlat boshqaruv strategiyasi orqali erishishgan. Shunday mamlakatlar
borki, tabiiy resurslarga juda boy lekin ulardan foydalanish uchun texnika, texnologiyalar ,
infratuzilma ,foydalanish va qayta ishlash imkoniyatlaridan foydalana olishmaydi. Bunga misol
qilib Afrika, Janubiy Amerika kabi mamlakatlarni keltirish mumkin.

MASALA YUZASIDAN TAKLIF VA YECHIMLAR

Yurtimizda mavjud resurslardan samarali foydalanish va kelajak avlodlarga ham

yetkazish uchun ko‘plab davlatlar tajribalaridan kelib chiqib, raqamli texnologiyalarni
rivojlantirish, aqliy salohiyat,ilm-fan,innovatsiyalarga investitsiyalarni ko'paytirish, ta'limni
rivojlantirishga ko'proq e'tibor qaratish lozim. Ishlab chiqarish va boshqa sohalarda ham
resurslardan foydalanishda zamonaviy texnologiyalar, yangi ilmiy tadqiqotlardan foydalanish
ham tabiiy resurslarni, ham vaqtni tejashga va samaradorlikni oshirishga, tovar va xizmatlar
sifatini yaxshilashga, tannarxini qisqartirishga katta ta'sir ko‘rsatadi. Tashqi savdoda ham
import mahsulotlar sifatida xomashyolar,yarimtayyor tovarlarni sotib olib, ularni tayyor
mahsulotga aylantirib eksport qilish, mavjud resurslarni ham iloji boricha tayyor mahsulot
sifatida, yuqori qiymatli mahsulot sifatida yaratish kerak. Buning uchun ham avvalo, ta'limni,
texnologiyalarni rivojlantirish, inson kapitalining sifatini yaxshilash, kasbiy mahoratni
rivojlantirish va bular yuzasidan nazoratni kuchaytirish kerak.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tabiatda resurslar cheklangan va bu resurslarning

oxiri bor. Insoniyatning cheksiz ehtiyojlarini samarali qondirish uchun faqatgina mavjud
resurslardan foydalanish yetmaydi. Kelajak resurslarini ishlab chiqishni takomillashtirish, ilm,
innovatsiyalar, raqamli texnologiyalar sohalarini va energiya tejovchi manbalar: shamol
generatorlari, quyosh panellari kabi energiya ishlab chiqarish manbalarini rivojlantirish lozim.
Shundagina mavjud resurslarni samarali taqsimlash, ularni kelajak avlodlarga ham yetkazish
imkoniyatlari bo'ladi.

References:

1.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/09/01/independence/

2.

Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T. Universitet 2002 y. 7-13-boblar

3.

N. Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.

4.

O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.

5.

Iqtisodiy bilim asoslari_9. E.Sariqov, B. Xaydarov

6.

https://xs.uz/uz/post/ozbekiston-dunyo-reytinglarida-qanday-orinlarda-bormoqda

7.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Finlandiya

8.

https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Singapur

Библиографические ссылки

Iqtisodiyot nazariyasi” Umarov I. Raxbar.T. Universitet 2002 y. 7-13-boblar

N. Beknazarov “Iqtisodiy nazariyasi”. T.2005 2-bob.

O‘lmasov A. “Iqtisodiyot nazariyasi” T 2001 y 2-3 boblar.

Iqtisodiy bilim asoslari_9. E.Sariqov, B. Xaydarov